FALSAFIY G'OYALAR VA NAZARIYALAR: ASOSIY YO'NALISHLARI VA VAZIFALARI
Abstract
Ushbu maqolada falsafa fanini mohiyati, falsafiy g’oyalar va nazariyalar, falsafa faning yo’nalishlari, vazifalari ya’ni yoshlarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollashtirish hamda ularda o’z o’zini anglash, falsafiy mushohada qilish va to’g’ri fikrlash mahorati, ko’nikma va maklakalarini shaklantirishdan iborat.
Full text
650 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 FALSAFIY G’OYALAR VA NAZARIYALAR: ASOSIY YO’NALISHLARI VA VAZIFALARI Habibullayeva Xadicha Sherzod qizi Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-davolash ishi fakulteti. [email protected] Tel: +99893 874 43 08 Xudoyberdiyev Rashid Zokir o’g’li Universitet assisenti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17496672 Annotatsiya. Ushbu maqolada falsafa fanini mohiyati, falsafiy g’oyalar va nazariyalar, falsafa faning yo’nalishlari, vazifalari ya’ni yoshlarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollashtirish hamda ularda o’z o’zini anglash, falsafiy mushohada qilish va to’g’ri fikrlash mahorati, ko’nikma va maklakalarini shaklantirishdan iborat. Kalit so’zlar: falsafa, g’oya, nazariya, yo’nalish, bioetika, materializm, idealism, dualism, ekzistensializm, tibbiy etika, metodologiyalar. Dolzarbligi: Hozirgi davrda insoniyat hayoti, tafakkuri va jamiyatdagi o’zgarishlar juda tez sur’atlarda kechmoqda. Falsafa inson tafakkurini shakllantiradi, uni atrof muhit, jamiyat va o’z hayoti haqida chuqurroq o’ylashga o’rgatadi. Falsafiy nazariyalar orqali biz borliqning mohiyatini, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni, jamiyat taraqqiyotining yo’nalishlarini tushunamiz. Bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan siyosiy, ma’naviy va axloqiy inqirozlar, atrof-muhit muammolari ham falsafiy tahlilni talab qiladi. KIRISH Falsafa – bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borlig’i va bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy faoliyatdir. Ya’ni bu dunyoga va insonning undagi o’rniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir. Tibbiyot sohasida falsafaning ahamiyati inson va uning hayoti, sog’ligi va axloqiy masalalarni tushunishda muhim rol o’ynaydi. Falsafiy yo’nalishlar dunyo ibtidosining tabiati to’g’risidagi masalada u moddiy yoki g’oyaviy yagona substansiya – monizm, teng huquqli mustaqil (moddiy va ruhiy) – dualizm, ko’pchilik substansiyalardan iborat plyuralizm deb e’tirof etiladiganlarga bo’linadi. Falsafa tarixida dualizmning eng mashhur vakili fransuz faylasufi R.Dekart, plyuralizmniki nemis faylasufi G. Leybnis bo’lgan. Monizm falsafa tarixida ikki: materialistik va idealistik shaklda mavjud. Materializm ruhiy ibtidoga qadar ham va unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan tabiat, moddiy substansiya birlamchiligidan kelib chiqadi. Idealizm ruh va ong birlamchiligidan, shaxsiy ong (subyektiv idealizm) yoki shaxsdan tashqari ruhning mutlaq g’oyaligi (obyektiv idealizm)dan kelib chiqadi. Xitoy faylasufi Van Yan Min, ingliz yepiskopi D. Berkli, «esse-percipl» (lat.mavjud bo’lmoq - demak idrok qilinadi) prinsipini ilgari surgan nemis faylasufi I.Fixte subyektiv idealizmning yirik namoyandalari edilar. Empiriokritisizm, neopozitivizm, neokantchilik va boshqa qator falsafiy maktablar subyektiv idealizm prinsiplariga asoslangan. Qadimgi hind falsafasidagi braxmanizm va vedantizm, yunon faylasufi Aflotun, xitoy faylasufi Chju Si, nemis faylasuflari Shelling, Xegel, neotomizm kabilarning falsafiy tizimlari obyektiv idealizmga mansubdir.
651 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Agar dunyoni bilish mumkinligi to’g’risidagi masalani oladigan bo’lsak, undagi faylasuflar haqiqiy bilimga erishish mumkinligini e’tirof etuvchi va uni inkor qiluvchilarga bo’linadi. Uni inkor qiluvchilar yo’nalishi agnostisizm degan nom oldi. Falsafiy yo’nalishlarni bilish usullariga ko’ra, empirizm, rasionalizm va irrasionalizmga bo’lish mumkin. Dialektika (tafakkur metodini narsa va hodisalarni o’zaro bog’liqlikda va rivojlanishda deb qarovchi)yoki metafizika (tafakkur metodini narsa va hodisalar umumiy bog’liqlikdan tashqarida, o’z-o’zidan sifat jihatidan rivojlanmaydi deb qarovchi) mavqyeiga ega faylasuflar ham farqlanadi. Falsafa bir necha funksiyalar (vazifalar) ni bajaradi. Ular orasida eng asosiylari: 1. Dunyoqarashlik funksiyasi. Falsafiy bilimlarning asosiy xususiyati bo’lib, insonni borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, inson ongi va tafakkuri, insonni dunyoning bilish haqidagi eng umumiy qarashlari bilimi bilan qurollantiradi. 2. Metodologik funksiyasi. Falsafa boshqa fanlardan farqli o’laroq tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy qonunlari haqidagi fandir. Falsafa metodologiya sifatida tibbiyot ilmi taraqqiyotining konkret tarixiy sharoitlari bilan qonuniyatli aloqasini tushunishga, ilmiy kashfiyotlar va ularning tadbiq etilishini ijtimoiy qiymatini va umumiy istiqbolini chuqurroq a nglashga yordam beradi. 3. Gnoseologik funksiyasi. Falsafa dunyoni bilish asosida uni o’zgarishida insonni faol faoliyat ko’rsatishga undaydi. Falsafa amaliy va nazariy masalalarni hal qilishda katta rol o’ynaydi. Bularning barchasida falsafaning gnoseologik funksiyasida namoyon bo’ladi. 4. Ijtimoiy funksiyasi. Falsafa insonning ijtimoiy tabiatini va mohiyatini ochib berish bilan birga, u insonning tabiatga munosabatini, jamiyatning tabiat bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatib beradi, shuningdek insonning tabiatga g’amxo’rlik bilan munosabatda bhlishini o’rgatadi. 5. Evristik funksiyasi (“evrika” grekcha so’z bo’lib, kashf etish, degan ma’noni anglatadi) gnoseologik vazifasi bilan bog’liq bo’lib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining umumiy yangi qonuniyatlarini kashf etishni xarakterlaydi. 6. Praksiologik funksiyasi falsafiy g’oya va nazariyaning ijtimoiy hayotga amaliy tat 7. Integrativ funksiyasi fan bilan chambarchas bog’liq. Real borliqning yangi va yangi obyektlari va hodisalari inson nazariy tadqiqotlari sohasidan o’rin olishi, shuningdek ilgari ma’lum darajada anglab yetilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o’rganishga bo’lgan ehtiyoj ilmiy bilim o’z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi. 8. Tarbiyaviy funksiyasi. Bu funksiyasi kishining aqliy jihatdan kamol topishida, nazariy tafakkurning qaror topishida, jamiyatning yetuk kishisi bo’lib yetishishida yuksak g’oyaviy mustahkam e’tiqod ruhida tarbiyalashda, ilmiy dunyoqarashni qaror toptirishda muhim rol o’ynaydi. Umuman falsafani o’rganish va chuqur egallash har bir bo’lg’usi mutaxassisning tafakkur doirasini va faol hayotiy pozisiyasini tarbiyalaydi. biq etilishi bilan izohlanadi. Xulosa qilib aytganda, falsafa tafakkur rivojining buyuk yutug’i va insoniyat ma’naviy yuksalishining muhim omilidir. U kishilarning olamni bilishi, jamiyatning yuksalishi, odamlarning mahoratini namoyon qilishi, inson qadriyatlarining yuksaklikka ko’tarilishi bilan bog’liq. Bugun yurtimizda yangi tarixiy davr boshlandi.’’Yangi o’zbekiston-yangicha dunyoqarash’’g’oyasi ostida mamlakatimizda uchinchi renasans poydevori qurilmoqda. Uning tom ma’noda tashabbuskori O’zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevdir.Yangilanayotgan O’zbekistonda falsafiy tafakkur ham yangilanmoqda.
652 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. 3. G‘ofurov A. va boshq. Falsafa: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2020. 4. Abdullayev Q., Yo‘ldoshev S. Falsafa asoslari. – Toshkent: Fan, 2019. 5. Kant I. Sof aql tanqidi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007. 6. Xegel G.V.F. Ruh fenomenologiyasi. – Moskva: Mysl, 2000 (o‘zbekcha tarjima nashridan). 7. Dekart R. Fikrlar to‘g‘risida risola. – Toshkent: Fan, 2015. 8. Internet manbalari:www.ziyonet. uzwww.edu.uz www.lex.uz