O'ZBEKISTONNING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN MUNOSABATLARI TARIXI (1991-2025)
Abstract
Ushbu maqolada O’zbekistonning 1991-yildan 2025-yilgacha bo’lgan muddatda Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston va Turkmaniston bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarining bosqichma-bosqich rivojlanishi yoritib berilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) kabi mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi integratsiya jarayonlariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada 2016-yildan so’ng Prezident Shavkat Mirziyoyev o’z davrida “ochiq va pragmatik” tashqi siyosat olib borganligi va buning natijasida mintaqaviy diplomatik aloqalarning sezilarli darajada barqarorlashganligi haqida ham ma’lumot berilgan.
Full text
689 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 O’ZBEKISTONNING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN MUNOSABATLARI TARIXI (1991-2025) Z. J. Mirshoxidova Millat Umidi Universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17497046 Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekistonning 1991-yildan 2025-yilgacha bo’lgan muddatda Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston va Turkmaniston bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarining bosqichma-bosqich rivojlanishi yoritib berilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) kabi mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi integratsiya jarayonlariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada 2016-yildan so’ng Prezident Shavkat Mirziyoyev o’z davrida “ochiq va pragmatik” tashqi siyosat olib borganligi va buning natijasida mintaqaviy diplomatik aloqalarning sezilarli darajada barqarorlashganligi haqida ham ma’lumot berilgan. Kalit so’zlar: mintaqaviy hamkorlik, integratsiya, tashqi siyosat, diplomatik aloqalar. 1991-yilda Markaziy Osiyo davlatlari birin-ketin o’z mustaqilligiga erishishni boshladi. Ammo barcha davlatlar bir qancha iqtisodiy muammolarga duch keldi, 1990-yilning ikkinchi yarimiga kelibgina iqtisodiyot yaxshilanishni boshladi. Buning natijasida esa aholining turmush tarzi sezilarli darajada ijobiy tarafga o’zgardi. Mustaqillik yillarida 5 ta Markaziy Osiyo davlatlari aholisining soni 50 milliondan oshiq bo’lgan edi, 2024 yilga kelib bu ko’rsatgichlar 80 milliongacham ko’tarildi. Eng baland ko’rsatgichlar Tojikiston (98%) hamda O’zbekiston (84%)da aniqlangan edi. Bunga qaramay Qozog’iston, Qirg’iziston va Turkmaniston davlatlari ko’rsatgichlari ham bardavom o’sib bordi. Iqtisodiy murakkablik indeksi: iqtisodiy murakkablik indeksi mamlakatning iqtisodiy bilmi hamda salohiyatini o’lchaydi. Germaniya va Yaponiya davlatlariga o’xshagan iqtisodiy murakkablik indeksi baland bo’lgan mamlakatlar texnik jihatdan rivojlangan va ko’p turdagi mahsulotlarni, iqtisodiy murakkablik indeksi (ECI) past bo’lgan davlatlar esa kamroq turdagi mahsulotlarni eksport qiladi. Sovet ittifoqi davrida Markaziy Osiyo davlatlari asosan xomashyo yetqazib berish uchun hukumatga xizmat qilgan. Davlatlar iqtisodiyot bo’yicha neft, gaz, minerallar va xo’jalik mollarini eksport qilishga tayanib qolgan edi, shu sababdan iqtisodiy murakkablik indeksi (ECI) past edi. 2023-yili 132 ta davlat o’rtasida iqtisodiy murakkablik indeksi reytingi bo’lib o’tdi, unda O’zbekiston 66, Qirg’iziston 72, Qozog’iston 86, Turkmaniston 107 va Tojikiston 110-o’rinlarni egalladi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan hech biri yaxshi natija ko’rsata olmadi.(Kun.uz, 2023) 1990-yildan beri O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy integratsiya ustida ishlab kelmoqda. Ammo bir qancha ichki va tashqi omillar sababli bu jarayon to’liq amalga oshmadi. Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati 1994-yilda O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida tuzildi, 1998-yilga kelib Tojikiston Respublikasi ham unga qo’shildi. 2002-yilga kelib Markaziy Osiyo Hamjamiyati nomi Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkilotiga (CACO) o’zgardi. Lekin, 2004-yilda bu tashkilotga Rossiya qo’shildi va buning natijasida tashkilot ichidagi kuchlar muvozanati o’zgardi. Bir vaqtning o’zida Markaziy Osiyo davlatlari, Moskva boshchiligidagi Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo edilar. 2005-yilga kelib, ikki tashkilotning o’zaro maqsadlari o’xshashligi tufayli Markaziy Osiyoda mustaqil mintaqaviy integratsiya jarayonlari to’xtab qoldi. Shu bilan boshqa mintaqaviy integratsiya tashkiloti qayta tuzilmadi.
690 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Respublika Prezidentlari orasidagi siyosiy kelishmovchilik savdo aloqalarini keskin yomonlashishi ya’ni pasayishiga olib kelgan. 2007-yilda O’zbekiston va Tojikiston o’rtasidagi tovar ayrboshlash hajmi 300 millionni tashkil etgan bo’lsa, 2014-yilga kelib bu ko’rsatgich 2,1 millionga tushib ketti. (Kun.uz, 2023) Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) - bu davlatlararo tashkilot hisoblanib, u 1991-yil 8-dekabrda Rossiya, Belarus va Ukraina tomonidan Minskda tuzilgan tashkilotdir. Uch davlat ham iqtisodiy, siyosiy gumanitar, madaniy va boshqa yo’nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish niyatini bildirdi. So’ng 1991-yilning 21-dekabriga kelib O’zbekiston, Qozog’iston, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Armaniston, Tojikiston, Turkmaniston va Moldova ushbu bitimga qo’shildi. Ular Belarus, Rossiya va Ukraina bilan birgalikda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining maqsad va tamoyillari haqida Deklaratsiyani 1997-yilgacha Qozog’istonning poytaxti bo’lgan Olmaota shahrida imzoladilar. 2014-yildagi Rossiya bilan siyosiy va harbiy ziddiyatlarga uchragan Ukraina hukumati, 2018-yil 19-mayda MDHdan rasman chiqish to’g’risida qaror qabul qildi. Turkmaniston esa 2005-yilgacha MDH tarkibida bo’ldi, so’ng cheklangan darajadagi savdo va energetika hamkorligidan foydalanadigan bo’ldi. MDHga a’zo bo’lga davlatlar ko’plab afzalliklarga erishishdi, masalan siyosiy foyda, MDH davlatlar o’rtasida urishlarni oldini olishda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda yordamchi bo’ldi, iqtisodiy tomonlama bo’lsa, erkin savdo hududi yaratildi ya’ni ba’zi tovarlarga boj olinmas edi va ba’zi davlatlar masalan Rossiyadan gaz, neft ya’ni arzon energiya olish imkoni yaratildi. MDH orqali davlatlar amaliy foydaga ham erishdi, ular MDH yaratib berayotgan imkonyatlar orqalixalqaro tashkilotlarda o’zaro yordam berishdi, madaniy hamda gumanitar ustunliklarga keladigan bo’lsak, tarixiy, ilmiy va madaniy me’roslarni birgalikda saqlash siyosati yo’lga qo’yildi va talabalar almashinuvi, madaniy dasturlar yoki sport musobaqalari (masalan, MDH o’yinlari) orqali xalqlar o’rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlandi. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – bu mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti hisoblanadi. SHHT ning asosiy maqsadi mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, terrorizm, ekstremizmva separatizmga qarshi kurashish, shuningdek, iqtisodiy, gumanitar va madaniy aloqalarni hamkorliklarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash bo’lgan. 1996-yili 5 ta davlat – Qozog’iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va Qirg’iziston rahmarlari o’rtasida “Shanxay beshligi” uchrashuvi bo’lib o’tgan. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti 2000-yilgi Tojikistonning Dushanbe shahrida bo’lib o’tgan sammitida O’zbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashgan. Wikipedia saytidagi ma’lumotlarga ko’ra: “SHHT ta’sischilaridan biri sifatida ishtrok etish haqidagi qarorni O’zbekiston o’z milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001-yil iyun) yangi tashkilotning maqsad va prinsiplarini eʼlon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilindi” deyilgan. (Wikipedia, 2025) SHHTga a’zo davlatlar soni bugungi kunda 10 tani tashkil etadi, ular: Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston, O’zbekiston, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron va Belarus. Eron Islom Respublikasi 2023-yil 4iyulda va Belarus Respublikasi esa 2024-yil 6-iyulda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo’ldi. MDHga o’xshab SHHT ning ham ko’pgina afzalliklari bor. Xavfsizlik va barqarorlik davlatlararo ta’minlandi, a’zolar terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi birgalashib kurashish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Bu esa mintaqaviy xavfsizlikni kuchaytiradi. SHHT orqali davlatlar transport, energetika va savdo loyihalarida o’zaro hamkorlik qiladi.
691 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Siyosiy foydalarga keladigan bo’lsak, SHHT kichkina davlatlarga ham Rossiya va Xitoy kabi yirik davlatlar bilan teng darajada muloqot qilish imkonini beradi va davlatlar o’rtasidagi ishonchni hamda diplomatik aloqalarni barqarorlashtiradi. Madaniy va gumanitar hamkorliklar orqali festival va forumlarga qatnashib xalqlar o’zaro munosabatlarini va do’stlik rishtalarini rivojlantirmoqdalar. SHHT orqali Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa a’zo bo’lgan davlatlar turizm va ta’lim sohasida hamkorlikni kuchaytirishgan. SHHT orqali Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro miqyosda ovozga ega bo’ldi, bu ularni geosiyosiy ahamiyatini oshirdi va global siyosatda ham o’zining mustaqil o’rnini egallashga yordam berdi. 2016-yili Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidentlik lavozimiga saylandi, shundan so’ng O’zbekiston tashqi siyosatida katta o’zgarishlar yuz berdi. Shavkat Mirziyoyev “Ochiq va pragmatik” tashqi siyosat olib bordi.(Khidirov, 2025) Bunday siyosatning asosiy maqsadi mintaqa mamlakatlari bilan ishonchni mustahkamlash, yaqin qo’shnilar bilan o’zaro hamkorliklarni yanda chuqurlashtirish hamda madaniy, insoniy va iqtisodiy aloqalarni tiklash edi. Bu davr boshlangandan keyin, O’zbekiston nafaqat o’z milliy manfaatlarini ilgari sura boshladi, balki mintaqaviy yondashuvni ham qo’llab-quvvatlay boshladi. Respublika alohida urg’u bergan yondashuv shuki Markaziy Osiyo davlatlari duch kelayotgan muammolarga birgalikda o’rinli yechim topish edi. Markaziy Osiyo endilikda raqobat maydoni emas, balki imkoniyatlar makoniga aylandi. Bu makonda muloqot, ishonch va birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali barqarorlik hamda o’zaro taraqqiyotga erishish mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil sentabr oyida Birlashgan MIllatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72 – sessiyasidagi nutqida bu fikrni quyidagicha ifodalagan edi: “Bugun Markaziy Osiyo O’zbekiston tashqi siyosatining eng ustuvor yo’nalishidir – bu bizning ongli tanlovimizdir.” Shuningdek, u: “O’zbekiston muloqotga, konstruktiv hamkorlikka va yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qat’iy sodiqdir. Biz Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha masalalarda – istisnosiz – o’zaro oqilona kelishuvlarga tayyormiz” degan. (Mirziyoyev, 2017) Adabiyotlar 1. Kun.uz (2023) ‘Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi sezilarli darajada qisqardi’. Kun.uz, 1 September 2023. Available at: https://kun.uz/77036277 (Accessed: 27 October 2025). 2. Khidirov, A. (2025) New Uzbekistan – An Important Initiator of an Open and Pragmatic Foreign Policy in the Global Community. UzA, 30 August 2025. Available at: https://uza.uz/en/posts/new-uzbekistan-an-important-initiator-of-an-open-and-pragmaticforeign-policy-in-the-global-community_755123 3. Wikipedia (2025) Shanxay hamkorlik tashkiloti. Available at: https://uz.wikipedia.org/wiki/Shanxay_hamkorlik_tashkiloti 4. Mirziyoyev, Sh. (2017) Statement by H.E. Mr. Shavkat Mirziyoyev, President of the Republic of Uzbekistan, at the General Debate of the 72nd Session of the UN General Assembly. United Nations, New York, 19 September. Available at: https://gadebate.un.org/en/72/uzbekistan