TOSHKENT SHAHRIDAGI HAZRATI IMOM MAJMUASI VA ZAMONAVIY ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZI: TARIX VA ZAMONAVIYLIK UYG'UNLIGI, SHAHARSOZLIK VA TURIZMDAGI AHAMIYATI
Abstract
Toshkent shahrining markaziy qismida joylashgan qadimiy Hazrati Imom majmuasi va zamonaviy Islom Sivilizatsiyasi markazi nafaqat diniy va madaniy ahamiyatga ega, balki o‘zining me’moriy, shaharsozlik va turizm nuqtai nazaridan ham muhim betaktor obidalardandir. Bu ikki muhim maskan orasidagi o’zaro uyg‘unlik, ularning tarixiy ildizlar va zamonaviy g‘oyalar bilan uyg‘unlashtirilgan holda barpo etilishi, Toshkent shahrini islom sivilizatsiyasining zamonaviy markazlaridan biriga aylantirmoqda. Mazkur tezisda ushbu majmualarning shaharsozlikdagi o‘rni, turizmga qo‘shgan hissasi, madaniy yodgorlik sifatida ahamiyati va eng muhimi – tarix va zamonaviylik qanday uyg‘unlashgani tahlil qilinadi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1571 TOSHKENT SHAHRIDAGI HAZRATI IMOM MAJMUASI VA ZAMONAVIY ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZI: TARIX VA ZAMONAVIYLIK UYG‘UNLIGI, SHAHARSOZLIK VA TURIZMDAGI AHAMIYATI Shahzod Shomansurov Sharofiddin o’g’li San’atshunos https://doi.org/10.5281/zenodo.17498643 Toshkent shahrining markaziy qismida joylashgan qadimiy Hazrati Imom majmuasi va zamonaviy Islom Sivilizatsiyasi markazi nafaqat diniy va madaniy ahamiyatga ega, balki o‘zining me’moriy, shaharsozlik va turizm nuqtai nazaridan ham muhim betaktor obidalardandir. Bu ikki muhim maskan orasidagi o’zaro uyg‘unlik, ularning tarixiy ildizlar va zamonaviy g‘oyalar bilan uyg‘unlashtirilgan holda barpo etilishi, Toshkent shahrini islom sivilizatsiyasining zamonaviy markazlaridan biriga aylantirmoqda. Mazkur tezisda ushbu majmualarning shaharsozlikdagi o‘rni, turizmga qo‘shgan hissasi, madaniy yodgorlik sifatida ahamiyati va eng muhimi – tarix va zamonaviylik qanday uyg‘unlashgani tahlil qilinadi. The ancient Hazrati Imam Complex, located in the central part of Tashkent city, along with the modern Center of Islamic Civilization, holds not only religious and cultural significance but also serves as important and influential landmarks from the perspectives of architecture, urban planning, and tourism. The harmony between these two prominent sites — rooted in deep historical foundations and integrated with modern ideas — is transforming Tashkent into one of the contemporary centers of Islamic civilization. This thesis analyzes the urban development role of these complexes, their contribution to tourism, their value as cultural heritage, and, most importantly, how history and modernity are harmoniously intertwined. Hazrati Imom majmuasi (eski nomi – Hastimom majmuasi) – Toshkent shahrining eng qadimiy va diniy maskanlaridan biridir. Majmua tarkibiga quyidagi muhim obidalar kiradi: Baroqxon madrasasi (16-asr) Tilla Shayx masjidi Mo’yi Muborak kutubxonasi Hazrati Imom (Qaffol Shoshiy) maqbarasi Zamonaviy Hazrati Imom masjidi (2007 yilda bunyod etilgan) Bu yodgorliklar nafaqat diniy jihatdan, balki o‘ziga xos sharqona me’morchiligi, tarixiy qatlamlari va madaniy ahamiyati bilan xalqimizning milliy o‘zligini ifodalaydi. Hazrati Imom majmuasi, tarixiy jihatdan, Toshkentning diniy markazi sifatida shakllangan bo‘lib, islom ilmfani, tasavvuf va ruhiy-ma’naviy hayot markazi bo‘lib xizmat qilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan yangi Islom Sivilizatsiyasi markazida quyidagilar joylashgan: Zamonaviy kutubxona va arxivlar Ilmiy-tadqiqot markazlari Muzeylar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1572 Interaktiv ekspozitsiyalar Raqamli islom merosi bo‘yicha fondlar Bu majmua o‘zining zamonaviy arxitekturasi orqali tarixiy me’moriy unsurlarni qamrab olgan holda, kelajak avlodlarga islom ilm-fani, madaniyati va sivilizatsiyasini chuqur anglash imkonini beradi. Hazrati Imom majmuasi va Islom Sivilizatsiyasi markazi orasidagi uyg‘unlik ikki bosqichda ko‘rinadi: Me’moriy uyg‘unlik: Ikkala majmua ham o‘ziga xos sharqona me’moriy uslubga ega bo‘lsa-da, ular orasida tarixiy silsilaga hurmat va zamonaviy ifoda uyg‘un tarzda uyg‘unlashtirilgan. Yangi markazning bino fasadlarida sharqona naqshlar, gumbazlar va peshtoq elementlari bilan birgalikda zamonaviy va texnologik yechimlar mavjud. Ma’naviy uyg‘unlik: Hazrati Imom majmuasi o‘tmishning bilim va ruhiyat manbai bo‘lsa, zamonaviy Islom Sivilizatsiyasi markazi bu bilim va qadriyatlarni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirib, yangi avlodga yo‘naltiradi. Bu – tarixiy uzviylikning timsolidir. Shaharsozlik nuqtai nazaridan, bu ikki majmua Toshkentning madaniy va qadimiy diniy markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlab, quyidagi yo‘nalishlarda muhim rol o‘ynaydi: -Shahar markazining ko‘rinishini boyitadi – Yangi majmua bunyod etilishi bilan shaharning eski qismi yangicha qiyofaga ega bo’ldi, arxitektura rivojlandi. -Ijtimoiy makon yaratildi. Bu majmualar atrofida jamoat joylari, madaniyat markazlari, kutubxonalar va sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar bunyod etildi. O‘zbekistonning turistik brendi tobora kuchayib borayotgan bir paytda, ushbu majmualar milliy va xalqaro miqyosda quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: Ziyorat turizmi – Hazrati Imom majmuasiga musulmon dunyosidan ko‘plab sayyohlar tashrif buyuradi. Madaniy turizm – Islom sivilizatsiyasi markazi orqali xalqaro tadqiqotchilar, talabalar va sayyohlar islom madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ilmiy turizm – Kutubxona, raqamli arxiv va ilmiy markazlar ilm-fan sohasida xalqaro aloqalarni mustahkamlaydi. Toshkent shahrida qad ko‘targan Hazrati Imom majmuasi va yangi Islom Sivilizatsiyasi markazi – bu shunchaki bino va obidalar emas. Ular o‘zida tarix va zamonaviylikni, an’ana va innovatsiyani, ruhiyat va bilimni, milliylik va umuminsoniylikni uyg‘unlashtirgan buyuk loyihalardir. Ularning uyg‘unlashuvi nafaqat shaharsozlik va turizmda, balki xalqimizning ma’naviy va madaniy yuksalishida, global sahnadagi imiji va ilm-fan taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etadi. Bu maskanlar orqali O‘zbekiston islom dunyosining zamonaviy, tolerant va ilm-fan rivojiga hissa qo‘shayotgan ilg‘or davlatlaridan biri sifatida tanilmoqda.