SHARQ VA G'ARB OLIMLARI ME'ROSIDA KASBGA O'RGATISH MASALALARINING ILMIY TALQINI
Abstract
Maqolada Sharq va G’arb olimlari me’rosida kasbga o‘rgatish masalalarining ilmiy jihatdan tahlil qilingan, maktabgacha yoshdagi bolalarning qiziqishlarini kasb-hunar tanlashga yo‘naltirish zarurati ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 191 SHARQ VA G’ARB OLIMLARI ME’ROSIDA KASBGA O‘RGATISH MASALALARINING ILMIY TALQINI Nargiza Nuritdinovna Djamilova O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) https://doi.org/10.5281/zenodo.17499211 Annotatsiya. Maqolada Sharq va G’arb olimlari me’rosida kasbga o‘rgatish masalalarining ilmiy jihatdan tahlil qilingan, maktabgacha yoshdagi bolalarning qiziqishlarini kasb-hunar tanlashga yo‘naltirish zarurati ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan. Kalit so‘zlar: kasb-hunar, qiziqish, kasbiy yo‘nalish, o‘yin faoliyati, shaxsiy rivojlanish, kelajak kasbiy faoliyat. Bolalarning kelajakda qanday inson bo’lishlari va qaysi kasbni egallashlari aynan maktabgacha yosh davrida yaqqol namoyon bo’ladi. Bizning maqsadimiz ham yurtimiz ravnaqiga hissa qo’shadigan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga еtkazishdan iboratdir. Shu sababdan, maktabgacha yosh davridan bolalarni kasb tanlashga qiziqishni shakllantirish muhim hisoblanadi. Bolalarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularni kelajakda turli kasblarni tanlashga qiziqishlarini shakllantirish lozim. Yosh avlodni mehnatsevarlikka, kasb-hunarga o’rgatish масаласи sharq mutafakkirlari, olimlari o’z asarlarida, qarashlarida o’z ifodasini topgan. Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Farobiy kasb-hunar to’g‘risida ilk fikrlarini bildirib, ta’lim – so’z va ko’nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish - harakat ekanligini, muayyan kasb-hunarga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo’lishini aytgan. Bu mulohazalardan anglashilib turibdiki, kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur hayotiy vosita bo’lib kelgan. Forobiyning fikricha, insonning kasb-hunar va san’atdagi fazilatiga kelsak, bu fazilat tug‘ma emasdir, aks holda uning fikru-fazilatida mutlaqo kuch va ulug‘lik bo’lmas edi. Agar kasb-hunar fazilati tug‘ma bo’lganda podshohlar ham o’zlari ishlab va harakat qilib emas, balki podshohlik ularga faqat tabiiy ravishda muyassar bo’lgan, tabiat talab qilgan tabiiy majburiy bo’lib qolar edi. Nazariy va buyuk fikriy fazilat ulug‘ tug‘ma fazilat va ulug‘ (kasb-hunar ) fazilati odat – malaka bo’lib qolgan odamda bu fazilatlar irodani hosil qilishning va odatga aylantirishning sababi bo’ladi, bunday odamlar cheksiz, juda kuchli tabiat va irodaga egadirlar. Agar insonda mana shunday go’zal xususiyatlar yoki fazilatlar birlashsa, uyg‘unlashsa, shundan so’ng u o’zidagidek go’zal fazilat va irodani xalqlar va shahar ahillarida hosil qilish yo’llarini o’rganishi kerak. Buyuk qomusiy olim sifatida barcha hodisalarning mohiyatini ilmiy jihatdan ochib berishga harakat qilgan sharq mutafakkirlaridan biri - Abu Ali Ibn Sinodir. Uning pedagogikpsixologik qarashlari ilmiy asosda qurilgan bo’lib, bolaning fe’l-atvori va tasavvurlarini shakllantirishda umuminsoniy g‘oyalar qo’llanishini yaratgan hamda murabbiy, ota-onalarga uni qattiq tanjazosidan ko’ra, shaxsiy ibrat orqali voyaga еtkazish ma’qulligini ko’rsatgan.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 192 Mutafakkirning «Donishnoma», «Risolai ishq», «Uy xo’jaligi», «Tib qonunlari» asarlari mamlakatimiz xalqlari odob-axloq psixologiyasi va tabobat olamida alohida o’rin tutadi. Mutafakkirning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. Jumladan, u har bir bolani biror hunarga o’rgatmoq shart, deydi. Ibn Sino har bir insonning mijozidan kelib chiqqan holda unga alohida e’tibor berish kerakligini ta’kidlashi tufayli juda katta amaliy ish qilganligiga guvoh bo’lish mumkin. Uning fikricha, har bir inson faqat unga tegishli bo’lgan xususiyatlargagina egadir, unga o’xshagan insonlar kamdan-kam bo’ladi. Abu Ali ibn Sinoning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. Jumladan, u har bir bolani biror hunarga o’rgatmoq shart, deydi. Yosh yigit biror hunarni o’rgansa, uni hayotga tatbiq eta olsa va mustaqil hunar tufayli oilani ta’minlaydigan bo’lsagina otasi uni uylantirib qo’ymog‘i lozim, deb hisoblaydi. O’spirin hunar egallashi bilan unda nafaqat axloqiy hislar, balki xarakterning irodaviy xislatlari ham tarkib topa boshlaydi. Hunar egallash orqali o’spirinlardan sabr-bardoshlik, chidamlilik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, zukkolik kabi insoniy sifatlar shakllanadi. XII asrning buyuk mutafakkiri Yusuf Xos Hojib o’zining «Qutadg‘u bilig» [106]asarida inson va uning hayotiga oid qarashlarini tahlil qilgan. U odamning Alloh tomonidan yaratilganligini hamda odamning dunyoga kelishi va uning kelajakda qanday odam bo’lib voyaga еtishi ajdodi va kelib chiqishiga, hayotda shug‘ullanayotgan faoliyatiga, atrofga nisbatan munosabatlariga bog‘liqligini aytib: «Kimning nasli otadan boshlab toza bo’lsa, undan elga yaxshilik, ko’p manfaatlar keladi» deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy ham mamlakatning obodonchiligi, kishilarning baxt-saodati va kamolati uning halol mehnat qilishida va kasb-hunar o’rganishida deb biladi. U kasb-hunar, ixtirolashga, turli asboblarni yasashga bag‘ishlab 9 ta asar yozgan. Asarlarida o’zi yashab turgan davrdagi ishlab chiqarishning rivoji va kasb-hunarga oid qimmatli mahlumotlar berilgan. Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy o’z zamonasida zargarlar, kulollar, tikuvchilar kabi turli tuman hunar sohiblarining hammasiga zo’r hafsala, qunt, ehtibor bilan maslahatlar berib, rag‘bat ko’rsatib, hamda ularga homiylik qilganlar hamda o’z asarlarida yosh avlodni kasb-hunarga o’rgatish borasida ham o’z fikrlarini bayon etganlar. Alisher Navoiyning fikricha “Inson bo’lib dunyoga keldingmi? Biron-bir kasbni egalla, hunar o’rgan, shunda dunyodan hammomga kirib toza yuvinib chiqmagan kishidek o’tmaysan”- deydilar. Kaykovusning “Qobusnoma” asarida shunday deyiladi: “Farzandlarga odob-hunar o’rgatmak merosdur. Sen odob, hunar va donishini o’zingdan meros qilgin, toki uning haqqini bajo kelturmish bo’lgaysan. Chunki xos kishilarning farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros yo’qdir. Oliy xaloyiqning farzandlariga xirfa (savdo hunari) pesha (kasb) din yaxshiroq meros yo’qdir. Agar xos odamlarning farzandlari yuz hunar bilsa va lekin hech kasbni bilmasa ayb emasdur. Hunar esa bir kun ishga yaragusidir. Demak albatta hunar o’rganmoq zarurdir”. Ushbu asar juda qimmatli asar bo’lib, unda kasb-hunar egallash zarurligi masalalari keltirib o’tilgan. O’zining ta’lim-tarbiya, ahloq nafosatga doir fikr mulohazalari bilan XIIX asrda shuhrat qozongan Ahmad Donish o’qituvchilik kasbi haqida bir qancha fikr mulohazalarni bildiradi. Ahmad Donish kasb tanlash, kasb yo’naltirish kasb egalari xususidagi fikrlarini ko’zdan kechirar ekanmiz, uning o’qituvchilik kasbi xususidagi qarashlarida axloq masalasiga katta e’tibor berganligini ko’ramiz. U o’qituvchini talabalarga kuchli ta’sir etuvchi deb biladi. Uning ta’kidlashicha, o’qituvchilik kasbini tanlaganlarning nopoklik niyatida bo’lishi g‘oyatda zararlidir, chunki ular o’zlaridagi axloqiy buzuqlikni yosh avlod o’rtasida tarqatadilar. Demak,
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 193 Ahmad Donish o’qituvchining axloqiy qiyofasiga katta e’tibor beradi. U o’qituvchidan yosh avlod manfaatini birinchi o’ringa qo’yishni talab qiladi. O’qituvchi o’quvchi va talabalarga ko’p bilim berish o’z bilimini oshirish va chuqurlashtirish uchun o’z ustilarida ko’p ishlashlari lozimligini aytadi. Bundan ko’rinadiki, Ahmad Donish o’qituvchi kasbiga nisbatan jiddiy talab qo’yadi. U go’zal axloqlilik va chuqur bilimdonlikni o’qituvchining go’zal sifati deb biladi. XX asrning еtuk ma’rifatparvari Abdulla Avloniyning 1913 yilda yozilgan “Turkiy Guliston yohud axloq” asarida bola tarbiyasi, uning ijtimoiy ahamiyati falsafiy-pedagogik jihatdan tushuntirib berilgan[24]. Olim ta’lim va tarbiya jarayonida oila va jamoatchilikning o’rni ularning o’zaro hamkorligini ulug‘laydi. Uning talqiniga qaraganda, barkamol shaxsning ko’p qirrali bilimlarga ega bo’lishi, yaxshi bir kasb-korning sirlarini egallashi ko’p jihatdan ijtimoiy muhit bilan oilaviy sharoitning uyg‘unligiga bog‘liqligini ta’kidlaydi. Ma’lumki, so’nggi yillarda kasbga yo’naltirishning ma’rifiy jihatlarini tashxislash va maslahat berish yo’nalishida axborot tizimi uchun kasbga yo’naltirish jarayonlarini boshqarish algoritmini ishlab chiqish (M.Yu.Makarova)[28] muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu muammo bizning tadqiqot ishimizga ham aloqador bo’lib, bizningcha, maktabgacha ta’lim bosqichida o’yinlar vositasida tarbiyalanuvchilarda yangi kasblar haqida boshlang‘ich tasavvurlarni hosil qilish zarur. Chunki yangi kasblarning paydo bo’lishi va ba’zi bir kasblarning yo’qolib ketishi tarbiyalanuvchilarning kasb tanlashga bo’lgan ehtiyojlariga ta’sir qiladi. Maktabgacha ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilarni kasbga yo’naltirish tushunchasi “Kasb-hunar”, "Mehnat tarbiyasi", “Kasbga yo’naltirish”, “Kasbiy axborot", “Erta kasbga yo’naltirish”, “Politexnik ta’lim", “Kasb-hunar bilan tanishtirish” kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi. “Kasb-hunar” tushunchasi mohiyatini aniqlashda O.Abduqudusovning kasb-hunarning paydo bo’lishi haqidagi ushbu fikrlari e’tiborga loyiqdir: “… kasb-hunarning paydo bo’lishi tarixan insonlar faoliyatini turli sohalarga bo’linishiga borib taqaladi. Hazrati inson oliy ne’mat ong, his, tuyg‘u, aql-idrok, til va tafakkur, mehnat qilish zaruriyatini bilgan davrdanoq yanada farovon yashash va jamiyat taraqqiyotini ta’minlash uchun turli sohalarda faoliyat ko’rsata boshlagan”[18]. R.Jo’raev, O’.Tolipov va Sh.Sharipovlar kasb-hunarning “mehnat mazmuniga ega bo’lishi”ni o’ta muhim deb biladilar. Bolalarni kasbga yo’naltirishda ularning “qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari va imkoniyatlarini muntazam ravishda o’rganish zarur” ekanligini uqtiradilar[19]. E.Ginsbergning fikricha, kasb tanlash jarayoni bolaning hissiy va intellektual rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo’lib, bir-biriga o’tadigan uch bosqichdan iborat: xayoliy davr (4-11 yosh), sinovlar va urinishlar davri. (11-17 yosh), real davr (17-21 yosh)[20]. Kasb tanlashni "psixologik jihatdan asoslash" urinishlari bilan bir qatorda, faqat sub’ektiv omillarni tan olgan holda, G‘arb psixologiyasida boshqa tushunchalar ishlab chiqilmoqda, ular kasb tanlashga ob’ektiv omillarning ta’sirini hisobga oladi, ammo sub’ektiv omillar hal qiluvchi bo’lib qolmoqda. Bular «texnokratik» deb ataladigan nazariyalar bo’lib, ular «inson munosabatlari» ta’limotiga asoslanadi, mahalliy iqtisodiyotning holati va tuzilishi va mehnat bozori (M.Musgrave, E.Gross, D.Xeys va boshqalar). D.Super shaxs hayotining davrlari, bosqichlari rivojlanishini qisman qobiliyat va qiziqishlarning shakllanish jarayonini osonlashtirish, qisman unga voqelikni tushunish va o’zining "men" tushunchasini rivojlantirishga yordam berish orqali boshqarish mumkin deb hisoblaydi. Kasbiy intilishlarning shakllanishi, mohiyatiga ko’ra, ushbu kontseptsiyani ishlab chiqish va o’rnatish jarayonidir.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 194 Kasb-hunarga yo’naltirishning tizimli-nazariy modeli o’z kasbini tanlagan shaxsning psixologik kasbiy jihatdan еtuk emasligiga asoslanadi. Kasbiy o’zini o’zi belgilashning mohiyatini aniqlash hali ham hal qilinmagan muammo hisoblanadi, shuning uchun ushbu muammoni hal qilish fanning turli sohalari vakillarini ijodiy izlashda muhim o’rin tutadi. Mahalliy pedagogika va psixologiyada mustahkam ilmiy asos yaratilgan bo’lib, u asosan ushbu muammoga zamonaviy yondashuvlarni belgilab berdi. Bu еrda V.V.Nazimov, A.E.Golomshtok, E.A.Klimov, B.A.Fedorshin, L.A.Yovaishi tadqiqotlarini qayd etishimiz mumkin. va boshqalar. Ushbu tadqiqotlarning o’ziga xos xususiyati kasbiy o’zini o’zi belgilashning shaxsiy jihatlariga e’tiborning kuchayishidir . "Kasbiy o’zini o’zi belgilash" kontseptsiyasini aniqlashga yondashuvlarni ishlab chiqishga va mehnat sub’ekti sifatida shaxsning kasbiy ontogenezini tavsiflashga eng katta hissa E.A.Klimov tomonidan qo’shildi. Hozirgi vaqtda eng yaxshi ma’lum bo’lgan - bu E.A.Klimov tomonidan taklif qilingan inson rivojlanishining mehnat sub’ekti sifatida davriyligi. Ushbu nazariyaga ko’ra, 3 yoshdan 6-8 yoshgacha bo’lgan o’yin inson faoliyatining "asosiy ma’nolari" ni o’zlashtirish, shuningdek, muayyan kasblar bilan birinchi tanishish (haydovchi, shifokor, sotuvchi, o’qituvchi va boshqalar) ”. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar bilan tanishtirish va unga munosabatni rivojlantirishning umumiy muammosi, shu jumladan. va kattalar ishiga, deyarli qirq yil davomida (40-80-yillar) ko’plab olimlar (I.D.Vlasova, G.I.Grigorenko, G.I.Jukovskaya, V.V.Kondratova, F.S.Levin-Shchirina, V.I.Loginova, V.G.Nechaeva, A.) tadqiqot mavzusi bo’ldi. Sh.Shaxmanova). Bolada kasbga qiziqish o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Bolada biron bir kasbga qiziqish quyidagi sabablar tufayli paydo bo’ladi:- oiladagi muhit; biror bir faoliyatga nisbatan qobiliyatning mavjudligi; ta’lim-tarbiya jarayonida kasbga yo’naltirish orqali. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirish aniq maqsadga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga kattalarni kasblar bilan tanishtirishning asosiy maqsadi: - kasblar haqida aniq bilim va tushunchalar berish; kasblarga nisbatan qiziqish va xohishni uyg‘otish; barcha kasblar muhimligini va uning jamiyat hayotida ahamiyatini bola ongiga singdirish; kattalar mehnatini qadrlash va hurmat qilishni tarbiyalash. Mehnat tarbiyasi umuman tarbiyaning asosini, tarbiyalanuvchilar faoliyatining mazmunini tashkil qiladi. Har bir bola maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab mehnatda ishtirok etishi zarur. Maktabgacha ta’lim tashkilotida, oilada bajariladigan uncha murakkab bo’lmagan har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak. Mehnat har bir kishi kamolotida va umuman jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik tomondan tarbiyalashda va kasb-hunarga qiziqishlarini rivojlantirishda mehnat tarbiyasi muhim ahamiyatga ega. Оилаба болаларни эrta kasbga yo’naltirish – bolalarni kasbga qiziqtirish, kasblar bilan tanishtirish va ularda kasbiy tasavvurlarni shakllantirishga oid maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan bir qator tadbirlar majmuini qamrab oladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Abu Ali ibn Sino. Men anglagan dunyo. – T.: S’harq, 2012. – 272 b. - 86-b. 2. Alis’her Navoiy. Hikmatlar.- T.: S’harq nas’hriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi bos’h tahririyati, 2006 y.- 223 b. – 168-b.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 195 3. Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. T., 1992. 4. Buyuk siymolar, allomalar (Markaziy Osiyodagi mas’hhur mutafakkir va donichmandlar). 2-kitob/ nas’hrga tayyorlovchi va muharrir: M.M.Hayrullayev. – T.: A.Qahhor nomidagi Xalq merosi nas’hriyoti, 1996. - 118 b. 5. Кусакова, Л.В. Нравственно-трудовое воспитание в детском саду. Для работы с детми 3–7 лет/ Л.В. Кусакова.- М:.-Мозаика-синтез, 2007.-144с. 6. Потапова,Т.В. Беседы с дошкольниками о профессиях/ Т.В. Потапова.-М.:- Сфера, 2004.- 64с.