scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EKOLOGIK ONGNI RIVOJLANTIRISHDA OTA-ONALAR HAMKORLIGI VA STEAM TEXNOLOGIYALARINING ROLI

Sultonova Nurxon Anvarovna, Karimova Nilufar Muzaffarjon qizi, Abdurahmonova Gulmira Shaxobiddin qizi

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ongni shakllantirishda ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil etish hamda STEAM texnologiyalarini qo‘llashning samarali yo‘llari yoritilgan. Tadqiqot davomida ekologik tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalarni integratsiyalash orqali bolalarda tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirishning metodik asoslari tahlil qilinadi.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 232 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EKOLOGIK ONGNI RIVOJLANTIRISHDA OTA-ONALAR HAMKORLIGI VA STEAM TEXNOLOGIYALARINING ROLI Sultonova Nurxon Anvarovna1, Karimova Nilufar Muzaffarjon qizi2, Abdurahmonova Gulmira Shaxobiddin qizi3 1Qo‘qon DU Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti, 2Qo‘qon DU talabasi 3Qo‘qon DU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17499371 Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ongni shakllantirishda ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil etish hamda STEAM texnologiyalarini qo‘llashning samarali yo‘llari yoritilgan. Tadqiqot davomida ekologik tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalarni integratsiyalash orqali bolalarda tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirishning metodik asoslari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ekologik ong, ekologik tarbiya, ota-onalar hamkorligi, STEAM texnologiyalari, maktabgacha ta’lim, innovatsion yondashuv. KIRISH Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning tabiatga ta’sir etish darajasi ham shunchalik ko‘p bo‘lar ekan. Aholi sonining tez o‘sib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta’minlash haqidagi muamolar butun dunyo (global) muammolariga aylanib bormoqda. Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo‘nalishlari mavjud. Bu yo‘nalishlar ichidan pedagogik yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi. Ekologik tarbiya insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgata boriladi. Bugungi kunda ekologik muammolar butun dunyo miqyosida dolzarb masalaga aylangan. Shu boisdan bolalarda ekologik ongni erta yoshdan shakllantirish ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya bolani tabiat bilan uyg‘un yashashga, resurslardan oqilona foydalanishga, ekologik madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ekologik tarbiya jarayonining muvaffaqiyati nafaqat tarbiyachi, balki ota-onalarning faol ishtirokiga ham bog‘liq. Ota-onalar bola uchun birinchi tarbiyachi sifatida ekologik qadriyatlarni kundalik hayotda namoyon etish orqali bu jarayonni mustahkamlaydilar. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda ta’limda keng qo‘llanilayotgan STEAM texnologiyalari (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) ekologik ta’limga yangi yondashuvni taklif etmoqda. U orqali bolalarda kuzatish, tajriba o‘tkazish, muammoni hal qilish, ijodiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlanadi. METODOLOGIYA Har qanday pedagogik jarayonda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash yuqori samara beradi. MTTda ota-onalar bilan birgalikda ekologik bayramlar, “Ekologik ertaklar”, “Go'zal REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 233 archayoqar barchaga”, “Jajji ekologlar”, “Hayvonot olami”, “Ona sayyora” kabi bolalar va kattalar ijodiy ko'rgazmalarini tashkil etish ham bolalarda atrof-muhit muhofazasi bo'yicha bilimlarini oshishiga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida quyidagi metodlar qo‘llanildi: - Nazariy tahlil: ekologik tarbiya, ota-onalar hamkorligi va STEAM texnologiyalariga oid ilmiy manbalar o‘rganildi; - Kuzatish: maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ekologik faoliyatini o‘rganish orqali amaliy holat tahlil qilindi; - So‘rovnoma: ota-onalar va tarbiyachilar o‘rtasida ekologik ongni rivojlantirishdagi hamkorlik shakllarini aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazildi; - Pedagogik eksperiment: “Ota-onalar bilan birgalikda ekologik loyiha” asosida tajriba darslari tashkil etildi. NATIJA Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ekologik tarbiya jarayonida ota-onalar faol ishtirok etgan guruhlarda bolalarda ekologik ongning quyidagi o‘zgarishlari kuzatildi: Ko‘rsatkich Tajriba guruhi (ota-onalar hamkorligida) Nazorat guruhi Tabiatga mehr va qiziqish darajasi 87% 63% Ekologik mas’uliyatni anglash 78% 55% Amaliy ekologik faoliyatlarda ishtirok 82% 58% Shuningdek, STEAM yondashuvi asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda bolalar tajriba orqali o‘rganish, texnologik fikrlash va ijodiy dizayn ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Tarbiyachilar va ota-onalarning hamkorligi natijasida “Eko-bolajonlar”, “Tabiatni asraylik”, “Bir oiladan bir daraxt” kabi ekologik loyihalar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, ekologik ongni rivojlantirishda oilaviy tarbiya va ta’lim integratsiyasi muhim o‘rin tutadi. Ota-onalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan ekologik faoliyatlar bolalarda ijobiy emotsiyalar, tabiatga mehr, ekologik mas’uliyat hissini kuchaytiradi. STEAM texnologiyalarining qo‘llanilishi esa ekologik ta’limni amaliy, interfaol va ilmiy asosda tashkil etishga imkon yaratadi. Bu yondashuv ekologik tarbiyani nafaqat bilim beruvchi, balki tajriba va ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan jarayonga aylantiradi. XULOSA Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ongni rivojlantirish, ular uchun barqaror rivojlanishning asoslarini yaratadi. Bu jarayon ularning kelajakda tabiatni asrash va resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha ma’suliyatini oshiradi. Ekologik tarbiya nafaqat bolalar, balki butun jamiyat uchun katta ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ongni rivojlantirish - bu ularga tabiatni sevish va uni asrashning ahamiyatini tushuntirishning boshlang‘ich bosqichidir. Ekologik ta’limning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi kelajakda ekologik muammolarga qarshi kurashishda va barqaror rivojlanish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi. Bu jarayonni amalga oshirishda o‘qituvchilar, ota-onalar va jamiyatning barcha qatlamlari faol ishtirok etishi kerak. Ekologik ongni REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 234 shakllantirish uchun zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish va tabiat bilan bevosita muloqot qilish zarur. Tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelindi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ongni rivojlantirishda ota-onalar bilan tizimli hamkorlik — barqaror ekologik madaniyat shakllanishining muhim omilidir. STEAM texnologiyalarini qo‘llash bolalarda ekologik muammolarni ilmiy tahlil qilish, ijodiy fikrlash va ekologik mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Ota-onalar ishtirokidagi ekologik loyihalar ekologik tarbiyani hayotiy, qiziqarli va samarali jarayonga aylantiradi. REFERENCES 1. Abdullaeva, S. (2021). Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalarining o‘rni. Toshkent: Ta’lim nashriyoti. 2. Karimova, N. & Tursunov, D. (2020). Ota-onalar bilan hamkorlikda ekologik tarbiya metodlari. Ta’lim va tarbiya jurnal, 5(2), 45-52. 3. Johnson, L., et al. (2018). STEAM Education for Early Childhood: Integrating Science, Technology, Engineering, Art, and Math. New York: Springer. 4. Murodova, F. (2019). Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ongni shakllantirish. Pedagogika ilmiy jurnali, 3(12), 23-30. 5. Smith, J. & Lee, A. (2022). Parental involvement in early childhood environmental education. Journal of Early Childhood Research, 20(4), 300-315. 6. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation_for_view=Rh71JaMAAAAJ:Zph67rFs4hoC 7. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=Rh71JaMAAAAJ:IjCSPb-OGe4C 8. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 9. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165-168 10. Sultonova N Anvarovna Some Aspects of the Maria Montessori Method in the Education of Preschool Children., International Journal of Inclusive And Sustainable Education 1, 2022., p169-173 11. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Issues of Education during the Oriental Renaissance., International journal of inclusive and sustainable education., 2022, 1/5 p301-305