scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NOTO'LIQ OILALARDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI IJTIMOIY HAYOTGA MOSLASHUVIGA TIZIMLI YONDASHUV VA UNING NАZАRIY АSОSLАRI

Sultonxonova Munisa Xayotjon qizi

Abstract

Maqolada noto‘liq oilalarda ulg‘ayayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvi tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan. Oila to‘liqligi va barqarorligi bolaning shaxsiy kamolotida muhim omil ekani ta’kidlanadi. Noto‘liq oilalarda tarbiyalangan bolalarda kuzatiladigan psixologik noqulayliklar, o‘ziga ishonchsizlik va ijtimoiy faollikning yetishmasligi kabi holatlar o‘rganiladi. Shu bilan birga, pedagogik va psixologik yondashuvlar uyg‘unligida ijtimoiylashuvni qo‘llab-quvvatlash metodlari tavsiya etiladi.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 235 NOTO‘LIQ OILALARDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI IJTIMOIY HAYOTGA MOSLASHUVIGA TIZIMLI YONDASHUV VA UNING NАZАRIY АSОSLАRI Sultonxonova Munisa Xayotjon qizi Qo‘qon DU 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17501397 Annotatsiya. Maqolada noto‘liq oilalarda ulg‘ayayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvi tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan. Oila to‘liqligi va barqarorligi bolaning shaxsiy kamolotida muhim omil ekani ta’kidlanadi. Noto‘liq oilalarda tarbiyalangan bolalarda kuzatiladigan psixologik noqulayliklar, o‘ziga ishonchsizlik va ijtimoiy faollikning yetishmasligi kabi holatlar o‘rganiladi. Shu bilan birga, pedagogik va psixologik yondashuvlar uyg‘unligida ijtimoiylashuvni qo‘llab-quvvatlash metodlari tavsiya etiladi. Kalit so‘zlar: Noto‘liq oila, maktabgacha yosh, ijtimoiylashuv, tizimli yondashuv, tarbiya, moslashuv. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida yosh avlod tarbiyasi va ularning har tomonlama barkamol inson bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1 gi PQ-3305-son qarori hamda 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” 2 gi O‘RQ-595-son Qonunida bolalarning intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Ushbu hujjatlar jamiyatda maktabgacha ta’limning o‘rni va ahamiyatini oshirish, xususan, noto‘liq oilalarda ulg‘ayayotgan bolalarning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatib beradi. Oila — bola hayotining birlamchi ijtimoiy muhitidir. Uning to‘liqligi yoki noto‘liqligi bolaning shaxsiy rivojlanishi, psixologik holati va ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun aynan shu davr ijtimoiy ko‘nikmalarni egallash, jamoadagi o‘z o‘rnini topish va o‘z-o‘zini anglash jarayonining poydevorini tashkil etadi. Shu bois, noto‘liq oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish masalasi nafaqat nazariy, balki dolzarb amaliy ahamiyatga ham ega. Mazkur masala yuzasidan olimlarning tadqiqotlarida ham muhim fikrlar bildirilgan. Jumladan, pedagog olim F.R. Qodirova 3 o‘z izlanishlarida bolalarning shaxsiy rivojlanishida oilaviy muhit va tarbiyaning beqiyos ahamiyatini ta’kidlaydi. Psixolog olim Sh.Q. Toshpo‘latova 4 esa noto‘liq oilalarda ulg‘ayayotgan bolalarda emotsional beqarorlik, o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik, jamoadagi faollikning sustligi ko‘proq uchrashini qayd etadi. Bu esa bunday bolalarning ijtimoiylashuv 1 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarori “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. 2 O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”. 2019-yil 16-dekabr, O‘RQ-595son. 3 Qodirova F.R., Toshpo‘latova Sh.Q., Qayumova N.M. va boshq. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: “Tafakkur” nashriyoti, 2019. 4 . Toshpo‘latova Sh.Q. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. – Toshkent, 2018. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 236 jarayonini tizimli yondashuv asosida o‘rganish va ularga pedagogik hamda psixologik qo‘llabquvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Shunday qilib, mazkur tadqiqotning dolzarbligi — noto‘liq oilalarda tarbiyalanayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvini tizimli yondashuv asosida tahlil qilish, nazariy va amaliy asoslarini aniqlash hamda samarali tavsiyalar ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi. Oila jamiyatning eng muhim ijtimoiy institutlaridan biri bo‘lib, unda kelajak avlodning ma’naviy, axloqiy va psixologik qiyofasi shakllanadi. Oila bolaning dastlabki ijtimoiy muhitidir, uning to‘liq yoki noto‘liq bo‘lishi esa bevosita bolaning shaxsiy rivojlanishiga, tarbiyasiga va ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Noto‘liq oila, odatda, ota-onadan birining vafoti, ajrim, uzoq muddatli mehnat migratsiyasi yoki boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sabablar natijasida yuzaga keladi. Bugungi globallashuv va iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida bunday oilalar sonining ortib borishi bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuviga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. `Noto‘liq oila tushunchasi, odatda, oilaning normativ yoki ideal shakliga nisbatan mavjud bo‘lgan holatni ifodalaydi. Noto‘liq oila — bu bola yoki bolalar bilan birga yashovchi, lekin otaona yoki oilaning boshqa a'zolari (masalan, ota yoki ona) o‘rtasida biror sababga ko‘ra ajralish yoki aloqaning buzilishi tufayli to‘liq bo‘lmagan oiladir 5 . Ijtimoiy hayotga moslashish (yoki ijtimoiy qobiliyatlar) — bu shaxsning boshqalar bilan samarali va o‘zaro hurmatga asoslangan aloqalar o‘rnatish, turli ijtimoiy vaziyatlarda to‘g‘ri xatti-harakatlar qilish va boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunib, ularga mos ravishda javob qaytarish qobiliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish jamiyatda muvaffaqiyatli integratsiya va ijtimoiy moslashuvning asosiy omili hisoblanadi. Ijtimoiy ko‘nikmalar, asosan, bolaning boshqalar bilan muloqot qilish va jamiyatda o‘zini tutish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar yig‘indisidir. Bu ko‘nikmalar turli ijtimoiy vaziyatlarda to‘g‘ri va samarali muomala qilish, tengdoshlar bilan o‘zaro munosabatlarni tashkil etish, va jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar qilishga yordam beradi. Maktabgacha yosh davri shaxsiy rivojlanishning eng muhim bosqichlaridan biridir. Bu davrda bola atrof-muhitni anglashni boshlaydi, muloqot ko‘nikmalarini shakllantiradi, ijtimoiy rollarni sinab ko‘radi va jamiyat normalarini o‘zlashtiradi. Biroq noto‘liq oilalarda ulg‘ayayotgan bolalarda ko‘pincha psixologik noxotirlik, emotsional beqarorlik, o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik va jamoaviy faoliyatdan chetlashish holatlari kuzatiladi. Shuningdek, ota-onadan biri mehrining yetishmasligi bolada bo‘shliq tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Psixolog olimlar fikricha, bunday sharoitda ulg‘aygan bolalarda agressivlik, qo‘rqoqlik yoki passiv xulq-atvor shakllanishi mumkin. Shu bois, tarbiyachilar, psixologlar va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Noto‘liq oilaga xos xarakterli xususiyat uning o‘ziga xosligi (yopiqligi)dir. Tevarakatrofdan unga ta`sir etish birmuncha qiyinroq bo‘ladi. Chunki oila a`zolari ona va bolalar to‘liq oila a`zolariga nisbatan kamgapligi, kamsuqumligi va tortinchoqligi bilan ajralib turadi. Noto‘liq oilada o‘ziga xos ruhiy muhitning mavjudligi va uning vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turishi bu oilada tarbiyalanayotgan bolaning aqliy, axloqiy va ruhiy kamolotiga alohida ta`sir etadi 6 . Masalan, bolaning ota-onasi bilan bo‘lgan osoyishta va erkin munosabati-uning ijtimoiy ongiga, 5 Akramjonova, F. A. (2023). Maktabgacha ta’limda pedagog professiogrammasini tashkil etishning asosiy jarayonlari. Science and Education, 4(12), 481-482. 6 Hasanboyev O.U, M.X.Tojiyeva, SH.K.Toshpo'latov. Maktabgacha ta'lim pedagokikasi. ''ILM ZIYO'',2011. 27-bet REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 237 xulq-atvoriga, o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchining ortib borishiga ijobiy ta`sir etadi. Tekshirishlardan ma`lumki, to‘liq oilada tarbiyalangan bola odatda oila va oila a`zolari to‘g‘risida kamroq tashvishlanadi, o‘z oilasi to‘g‘risida hotirjamlik hissi mavjud bo‘ladi. Oilaning ajralishi tufayli sodir bo‘ladigan to‘xtovsiz oilaviy nizolar va son-sanoqsiz mojarolar oilaviy muammolarning tez-tez muhokama qilinishi bolaning osoyishtaligi, hotirjamligini, tinchini, huzur-halovatini yo‘qotadi, o‘ziga nisbatan ishonchsizlikning ortishiga sabab bo‘ladi. Yosh bolalar ruhiyati uchun, ularning psixologiyasi uchun ajrim jarayoni ham, o‘lim holati ham og‘ir yo‘qotishlardan biri hisoblanadi. Mabodo bola tarbiyasini o‘z zimmasiga olgan ona yoki ota farzandini sobiq turmush o‘rtog‘iga nisbatan qarshilik ruhida tarbiya qilsa, bolaga yanada ko‘proq ruhiy a’zob bergan bo‘ladi. Bunday psixologik jarohat hamda dushmanlik kayfiyati ostida bolajon otasi timsolida o‘zini ham ko‘ra boshlaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘zi bilan tarbiyalanayotgan tengqurlarining otasi yoki onasi “yaxshi” ekanini bolalarcha fikrlaydi, o‘z aqli doirasida o‘ylab ko‘rmoqchi bo‘ladi. Yolg‘iz qolgan ona farzandining tarbiyasiga bel bog‘lar ekan, yakka hukmronlikni o‘z zimmasiga olar ekan, aslo otasiga o‘xshamasin, mas’uliyatni his qilib ulg‘aysin deya, farzandiga nisbatan yanayam qattiqqo‘llik bilan yondoshib, talabchan bo‘lishga harakat qiladi. Bunday jarayon esa bolaning chorasiz vaziyatga tushib qolishiga sabab bo‘ladi. Tabiatan otaning qattiqqo‘lligi bolalar nazdida “oddiy holat” deb qabul qilinsa, onaning qattiqqo‘lligi esa, “mehrsizlik” deb qabul qilinadi. Onaning chegaradan tashqari qattiqqo‘lligi va talabchanligi ostida o‘z qaroriga ega bo‘lmagan, fikrlash doirasi ancha chegaralangan, o‘z maqsadini ochiq ifodalab bera olmaydigan bola ruhiyati shakllanadi. Kuzatishlar natijasida bola qanchalik kichik yoshda bo‘lsa oila va uning oqibatlarini, ajralishini tasavvur qila olmaydi degan tushuncha noto‘g‘ri ekanligi ma`lum bo‘ldi. Bolalar qanday yoshda bo‘lishlaridan qat`iy nazar oilaviy nizo va ajralishdan qattiq iztirob chekadilar, ruhiy tushkun, odamovi bo‘lib qolishadi. Sababsiz oilaviy mojarolar bolaning tasavvurida xotirasida yoqimsiz iz qoldiradi, bu esa uning ruhiy jihatdan normal rivojlanishiga salbiy ta`sir ko‘rsatadi. Natijada bunday oila bolalarida qo‘rquv hissi, hadiksirash hissi uyg‘onadi va hatto bolalarning nutqlarida nuqsonlar paydo bo‘la boshlaydi, duduqlanib, ishonchsizlik bilan gapiradigan bo‘lib qoladilar. Ijtimoiy hayotga moslashuv jarayonida noto‘liq oilalarda tarbiyalangan bolalar qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Ular tengdoshlari bilan muloqotda erkin bo‘lmasligi, o‘z fikrini aniq ifodalashda sustligi yoki jamoadagi o‘rnini topishda qiyinchilikka uchrashi mumkin. Ba’zan bunday bolalarda o‘zini keraksiz his qilish, xavotir va stress kabi hissiy kechinmalar kuchayadi. Natijada ijtimoiylashuv jarayoni sekinlashadi yoki to‘liq amalga oshmaydi. Ushbu muammolarni hal etishda tizimli yondashuv muhim ahamiyatga ega. Chunki bolaning rivojlanishini faqat oilaviy tarbiya bilan chegaralab bo‘lmaydi. Unga maktabgacha ta’lim tarshkiloti, tarbiyachilar, psixologlar va keng ijtimoiy muhit birgalikda ta’sir ko‘rsatadi. Tizimli yondashuv bolaning shaxsini kompleks ravishda — uning psixologik, pedagogik va ijtimoiy ehtiyojlarini uyg‘un holda ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Bu jarayonda bolaga pedagogik qo‘llab-quvvatlash, psixologik yordam, ota-onalar bilan samarali hamkorlik hamda jamiyat bilan integratsiyani ta’minlash muhimdir. Xususan, bolalarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun maxsus o‘yin va mashg‘ulotlar, kommunikativ malakalarni kuchaytiruvchi treninglar tashkil etilishi zarur. Psixologik yordam orqali ularning o‘ziga ishonchi mustahkamlanadi, stress va xavotir kamayadi. Ota-onalar bilan ishlash esa bolaning tarbiyadan chetda qolmasligi va oilaviy mehrni his etishi REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 238 uchun sharoit yaratadi. Bundan tashqari, bolalarni madaniy, sport va turli ijtimoiy tadbirlarga jalb etish ularning jamiyatdagi faolligini oshiradi. Demak, noto‘liq oilalarda tarbiyalanayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash tizimli yondashuv asosida amalga oshirilsa, ularning shaxs sifatida kamol topishi va jamiyatga muvaffaqiyatli moslashuvi ta’minlanadi. Bunday yondashuv nafaqat pedagogik, balki psixologik va ijtimoiy nuqtayi nazardan ham zarurdir. Xulosa qilib aytganda, noto‘liq oilalarda tarbiyalanayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvi masalasi bugungi kunda jamiyatimiz uchun dolzarbdir. Oila bolaning dastlabki ijtimoiy muhitini shakllantiradi, uning shaxsiy kamoloti, psixologik holati va ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun oilaning to‘liqligi yoki noto‘liqligi bolaning kelajagi uchun muhim omil sanaladi. Ushbu omillar ularning jamiyat hayotiga moslashuvini sekinlashtirishi yoki qiyinlashtirishi mumkin. Shu sababli bunday bolalar bilan ishlashda tizimli yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Tizimli yondashuv bolaning shaxsini kompleks ravishda — pedagogik, psixologik va ijtimoiy nuqtayi nazardan o‘rganish va qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Bu jarayonda maktabgacha ta’lim tashkiloti, tarbiyachilar, psixologlar va ota-onalarning hamkorligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Maxsus mashg‘ulotlar, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar, psixologik treninglar, otaonalarga maslahat berish hamda bolalarni madaniy va sport tadbirlariga keng jalb qilish samarali natija beradi. Shunday qilib, noto‘liq oilalarda tarbiyalanayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli tayyorlash uchun davlat siyosati darajasida qabul qilingan qarorlar, pedagogik-psixologik yondashuvlar va oilaviy qo‘llab-quvvatlash bir-biri bilan uyg‘unlashtirilishi zarur. Bu esa nafaqat bolalarning shaxs sifatida to‘laqonli shakllanishiga, balki jamiyatning barqaror rivojlanishiga ham xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarori “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”. 2019-yil 16dekabr, O‘RQ-595-son. 3. Qodirova F.R., Toshpo‘latova Sh.Q., Qayumova N.M. va boshq. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: “Tafakkur” nashriyoti, 2019. 4. Toshpo‘latova Sh.Q. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. – Toshkent, 2018. 5. Akramjonova F.A. Maktabgacha ta’limda pedagog professiogrammasini tashkil etishning asosiy jarayonlari // Science and Education. – 2023. – №4(12). – B. 481–482. 6. Jalolova D.R. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiylashtirish jarayonida o‘yin faoliyatining o‘rni // Pedagogika jurnali. – Toshkent, 2020. – №3. – B. 55–60. 7. Abdurahmonova N. Bolalarda ijtimoiy moslashuv jarayonining psixologik xususiyatlari // Psixologiya va pedagogika muammolari. – 2021. – №2. – B. 78–83. 8. Shodiyeva Z. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish yo‘llari // Ilmiy axborotlar, 2022. – №1. – B. 112–115. 9. Hasanov B. Pedagogik psixologiya. – Toshkent: “Universitet”, 2017. 10. Musurmonova O. Maktabgacha ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy yondashuvlar // Ilmiy tadqiqotlar jurnali, 2021. – №5. – B. 95–99. 11. Vygotskiy L.S. Psixologiya razvitiya rebenka. – Moskva: Pedagogika, 1984. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 239 12. Montessori M. O‘zini o‘zi tarbiyalash sirlari. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2012. 13. Musayev E. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida ota-onaning roli // Pedagogik innovatsiyalar, 2020. – №4. – B. 67–71. 14. Sultonova N Anvarovna Some Aspects of the Maria Montessori Method in the Education of Preschool Children., International Journal of Inclusive And Sustainable Education 1, 2022., p169-173 15. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Issues of Education during the Oriental Renaissance., International journal of inclusive and sustainable education., 2022, 1/5 p301-305