scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SISTEMALI BIRIKTIRUVCHI TO'QIMA KASALLIKLARIGA CHALINGAN BEMORLARNING KLINIKO-PSIXOPATOLOGIK XUSUSIYATLARI

Gopurova. G.F., Gayubov U.M. Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Abstract

sistemali biriktiruvchi to‘qima kasalliklari, kliniko-psixopatologik xususiyatlar, depressiya, tashvish, hayot sifati

Full text

ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 5 SISTEMALI BIRIKTIRUVCHI TO‘QIMA KASALLIKLARIGA CHALINGAN BEMORLARNING KLINIKO-PSIXOPATOLOGIK XUSUSIYATLARI Gopurova. G.F., Gayubov U.M. Toshkent davlat tibbiyot universiteti Kalit so‘zlar: sistemali biriktiruvchi to‘qima kasalliklari, klinikopsixopatologik xususiyatlar, depressiya, tashvish, hayot sifati. Kirish. Sistemali biriktiruvchi to‘qima kasalliklari (SBK) – surunkali, ko‘p organ va tizimlarni zararlovchi autoimmun kasalliklar guruhidir. Unga revmatoid artrit, sistemali qizil volchanka, sistemali sklerodermiya, dermatomiozit va boshqa nosologiyalar kiradi. Ushbu kasalliklarning uzoq muddatli davom etishi, qaytalanib turishi, og‘ir og‘riq sindromi va jismoniy cheklanishlar bemorlarning psixologik holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Maqsad. SBK bilan og‘rigan bemorlarda psixopatologik buzilishlarning klinik ko‘rinishlarini aniqlash va ularning asosiy kasallikning kechishi bilan bog‘liqligini baholash. Material va metodlar. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan klinik kuzatuv va psixodiagnostik tadqiqotlar SBK bilan og‘rigan bemorlarda ruhiy buzilishlarning yuqori uchrash chastotasini ko‘rsatmoqda. Ularning tahlili asosida asosiy kliniko-psixopatologik xususiyatlar o‘rganildi. Natijalar. • Tashvishli va depressiv buzilishlar – kasallikning surunkali davom etishi va og‘riq sindromi bilan bevosita bog‘liq; ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ZTFIT — http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 9–to’plam 2025 y. Sahifa: 6 • Astemo-nevrotik sindrom – kuchli charchoq, zaiflik, ish qobiliyatining pasayishi; • Kognitiv funksiyalarning susayishi – diqqatning tarqoqligi, eslab qolish qiyinlashuvi, fikrlash jarayonining sekinlashuvi; • Ipoxondrik fikrlar – sog‘liq haqida ortiqcha tashvishlanish; • Uyqu buzilishlari – uyqusizlik, tez uyg‘onish, uyqu sifatining pasayishi. Aniqlangan buzilishlarning og‘irligi kasallik davomiyligi, jismoniy imkoniyatlarning cheklanishi va invalidlik darajasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekani kuzatildi. Xulosa. SBK bilan og‘rigan bemorlarning kliniko-psixopatologik xususiyatlari turli xil (polimorf) bo‘lib, ular asosiy kasallikning klinik kechishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Tashvish-depressiv buzilishlar va astenik holatlar eng ko‘p uchraydi. Ushbu psixopatologik buzilishlarni erta aniqlash va psixokorrektsiya hamda psixofarmakoterapiya choralarini qo‘llash bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va davolash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.