scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'XSHATISHLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Rashidova Sarvinoz Mirzohidovna

Abstract

Ushbu maqolada komparativ troplarning, xususan, Usmon Azimning “So‘ngso‘zlar” asaridagi o‘xshatishlarning lingvokulturologik ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqotda o‘xshatishlarning til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligi, ularning madaniy qadriyatlar va xalq dunyoqarashini aks ettirishdagi roli tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, o‘xshatishlarning lingvistik va madaniy jihatlari chuqur yoritilib, ularning kontekstga bog‘liq o‘zgarishlari ko‘rib chiqilgan.

Full text

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1054 O‘XSHATISHLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI (Usmon Azim “So‘ngso‘zlar” asari misolida) Rashidova Sarvinoz Mirzohidovna [email protected] Annotatsiya:Ushbu maqolada komparativ troplarning, xususan, Usmon Azimning “So‘ngso‘zlar” asaridagi o‘xshatishlarning lingvokulturologik ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqotda o‘xshatishlarning til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligi, ularning madaniy qadriyatlar va xalq dunyoqarashini aks ettirishdagi roli tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, o‘xshatishlarning lingvistik va madaniy jihatlari chuqur yoritilib, ularning kontekstga bog‘liq o‘zgarishlari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: o‘xshatish, komparativ trop, lingvokulturema, lingvomadaniy mentalitet. Abstract: This article explores the linguocultural significance of comparative tropes, specifically the similes found in Usmon Azim’s work “So‘ngso‘zlar”. The study analyzes the interrelation between language and culture through these similes, highlighting their role in reflecting cultural values and the worldview of the people. Furthermore, the article provides an in-depth examination of the linguistic and cultural aspects of similes, considering their contextdependent variations. Key words: simile, comparative trope, lingvokulturema, linguocultural, mentality. KIRISH Har bir xalqning milliy ruhiyati va mentaliteti, o‘ziga xosligi va madaniyati tilda yaqqol aks etadi, u bilan birgalikda yashaydi. Tildagi birliklarda, ayniqsa, frazeologizmlar, o‘xshatish va metaforalarda xalqning mental xususiyatlari muayyan tarzda ko‘proq jamlangandir. Negaki, bunday obrazli ifodalar xalqning teran mushohadalari, obrazli dunyoqarashi, idroki va tafakkuri mahsuli o‘laroq dunyoga keladi. Ushbu birliklardan biri bo‘lgan o‘xshatishlar tashqi dunyoni bilishning eng qadimiy usullaridan hisoblanadi. O‘xshatishlar har bir millatning dastlabki tafakkurini, tasavvurlarini o‘zida tamsil etib keladi. Shu sababli ham ularda ma’lum davrda yashagan ajdodlarimizning yashash tarzi, turmush sharoiti, o‘y-xayollari mujassamdir. ASOSIY QISM O‘xshatish eng qadimgi tasviriy vosita bo‘lishi bilan birga, eng sodda va ko‘p ishlatiladigan, tez-tez qo‘llaniladigan sintaktik hodisa hisoblanadi. Panini grammatikasidan boshlab (eramizdan oldingi IV asr) qadimgi hind poetik-grammatik traktatlarida o‘xshatishlar poetik figura sifatida o‘rganilgan va o‘xshatishning muntazam to‘rt unsuridan tarkib topishi ta’kidlangan, ya’ni: 1) o‘xshatiladigan narsa yoki subyekt; 2) unga o‘xshash bo‘lgan narsa yoki obyekt; 3) o‘xshatish belgisi yoki asosi; 4) o‘xshatishning formal ko‘rsatkichi [1]. O‘xshatishlar nutqni emotsional ekspressivligini, obrazliligini ta’minlagan holda nutqqa bezak beradi. Prof. N.Mahmudov o‘zbek tilidagi o‘xshatishlarni to‘rt unsur: o‘xshatish subyekti, o‘xshatish etaloni, o‘xshatish asosi, o‘xshatishning shakliy ko‘tsatgichi deb ajratadi. Umumiy holda, o‘xshatishlarni ikki turi, ya’ni erkin va turg’un o‘xshatishlarni farqlaganini ko‘ramiz. Lingvokulturologiya uchun turg’un o‘xshatishlar ahamiyatli hisoblanadi. Chunki ular bevosita millatning madaniyatidan xabar berib turuvchi birliklar sanaladi. Aytish mumkinki, inson dunyoni bilishda bir narsani boshqa biriga qiyoslab, taqqoslab, solishtirib fikr yuritadi. Aslida butun hayotimiz qiyoslashdan iboratdir. Biz bir predmetning qanday ekanligini ikkinchisiga qiyoslagan holda bilamiz. Chunki qiyoslash uning xususiyatini bilishda osonlik tug’diradi. Masalan, qorning oqligi va tozalik xususiyati bilingan holda, boshqa narsalarning shu ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1055 xususiyati qorga qiyoslanib (qordek oppoq, qorday beg’ubor kabi) osonlik bilan idrok etilaverishi mumkin. O‘xshatish va metafora kabi hodisalar tilshunoslikda komparativ troplar deb ham yuritiladi [2]. Sababi, albatta, o‘xshatishning asosida ham, metaforaning asosida ham o‘xshatish-qiyoslash yotganidir. Aslida metafora ham o‘xshatish hodisasi sifatida qaraladi, faqat u qisqargan, yashirin holatdagi o‘xshatishdir. Bu kabi til birliklarining barchasi nutqimizning ekspressivligi uchun xizmat qiladi. Yuqorida aytganimizdek, lingvokulturologiya uchun turg’un o‘xshatishlar qimmatlidir. Usmon Azimning “So‘ngso‘zlar” nomli memuar asarida ham milliy mentalitetni o‘zida aks ettirgan o‘xshatishlarga ham murojaat qilinganki, biz ushbu maqolada ularning ba’zilariga qisqa to‘xtalamiz. Olamda hamma narsa bir-biriga bog’liq yaratilganidek, insoniyat ham tabiat bilan chambarchas yashaydi. Kishining xatti-harakatlari, xarakteri va tashqi ko‘rinishini hayvon yoki o‘simlik nomlari bilan atash yoki o‘xshatish buning yaqqol isbotidir. Tarixdan insonlarning xulq atvori turli hayvonlarga o‘xshatilgan. O‘zbek tillaridagi mavjud o‘xshatishlarni qiyosiy tahlil qilganda, o‘xshatish etaloni sifatida ko‘pincha hayvon yoki jonivorlarlarni bildiruvchi so‘zlardan foydalanilganligini ko‘rish mumkin. Masalan, o‘zbek tilida “qo‘yday yuvosh”, “musichaday beozor” o‘xshatish etalonlari mavjud bo‘lib, bu o‘xshatishlar orqali o‘zbek mentalitetiga xos jihat, ya’ni qadimdan qo‘yning yuvosh hayvon, musichaning beozor, zararsiz qush ekanligi ifodalanmoqda. Insonning ovozi yoki jismoniy xususiyati bilan bog’liq bo‘lgan holatni yoritish uchun ayiqday, arslonday ajdahoday, bo‘riday o‘xshatishlari qo‘llaniladi. Keng tarqalgan o‘xshatishlardan biri sifatida “ayiqday” birligi alohida ajralib turadi. Turkiy xalqlarga xos bo‘lgan bu o‘xshatish ko‘pincha salbiy ottenkani o‘zida jamlagan: “ayiqday uxlamoq, ayiqday yotmoq, ayiqday o‘kirmoq, ayiqday och qolmoq, ayiqday esnamoq, ayiqday yurmoq” kabi. Tadqiqot obyektimiz bo‘lgan asarda ham bu o‘xshatish turi uchraydi: “Aroqni bir koʻtargancha yutadi-da, yozda halloslagan ayiqday suv shishalardan birini gazak uchun boshiga koʻtaradi va nogoh restorandagi qora tanli doʻstimizdek ogʻzi vahimali ochilib, bir zum qotib qoladi”(“So‘ngso‘zlar”,62-bet). Asardan olingan ushbu gapda mazkur o‘xshatish oʻxshovsiz harakat qilish ma’nosida kelgan. Yana bir o‘rinda muallif Azim Suyun bilan bog’liq kulgili voqeani eslab tasvirlagan “Oʻzi ham gazak etmoqchi boʻladi. Ammo stolning ustida endi hech vaqo yoʻq. U ayiqday oʻkirib, atrofga qaraydi”[4, 58] gapida qahramonning holati va ovozi ayiqqa o‘xshatiladi. Ushbu gapda o‘xshatish izohini “nara tortmoq, hayqirmoq, oʻkirmoq, baland ovoz chiqarmoq”, deya olamiz. Mazkur o‘xshatish turi boshqa tillarda ham uchraydi. “Turli lingvomadaniyatlarda turg’un o‘xshatishlar mazmun va obraz jihatidan bir biriga uyg’un bo‘lishi mumkin. Masalan, aynan shu ayiqday o‘xshatishi “befahmlik, qo‘pollik, besunaqaylik” ma’nosida ayi gibi (turkcha), ko‘m kathi (koreyscha), как медведь (ruscha) kabi etalonlar orqali ifodalanadi [2]. Turkiy xalqlar tafakkurini ifodalashda o‘xshatishlarning o‘ziga xos o‘rni haqida Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida alohida ta’kidlangan: “Biror xotin tuqqanda doyadan tulki tug’dimi yoki bo‘rimi”, deb so‘raladi. Ya’ni qizmi yoki o‘g’ilmi demakdir. Qizlar aldoqchi hamda yalinchoq bo‘lganligi uchun tulkiga, o‘g’il bolalar ulardagi botirlikka asosan bo‘riga o‘xshatiladi” [2]. Ma’lumki, Turkiy xalqlar o‘zlarining otabobolari bo‘ridan kelib chiqqan deb tushunishgan va unga e’tiqod qo‘yishgan. Bo‘ri turkiy xalqlarda totem darajasiga ko‘tarilgan jonivor. “Ona bo‘ri” nomli afsonada tasvirlanishicha, qadimgi turklar ko‘k bo‘ridan tarqalgan. “Bo‘ri”, “Bo‘ri qiz”, “Cho‘loq bo‘ri” kabi ertaklarda talqin etilgan totemik bo‘ri obrazi insonning xaloskori, himoyachisi sifatida tasvirlanadi [3]. Xalqimiz tasavvurida bo‘rining totemik obrazliligi – muqaddas hayvonligi unutilgach, bu jonivor vahshiy hayvon sifatida tanilgan. Qo‘y-qo‘zilarni yeb ketishi oqibatida odamlar bo‘rini yomon ko‘rib qolganlar. Ammo hali ham bo‘rini omad keltiradigan jonivor sifatida tushunadiganlar bor, shuning uchun uning tishini yonlarida olib yurishadi. O‘zbek tilidagi bo‘riday qo‘rqmas yoki bo‘ri kabi yovqur kabi o‘xshatish turi keng tarqalgan va dovyurak, ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1056 yovqur, mard, o‘z o‘ljasiga yetmaguncha ortga qaytmaydigan ma’nolarida qo‘llaniladi. Shu bilan bir qatorda “bo‘riday och” o‘xshatish etaloni ham mavjud. “Och” so‘zining bo‘ri bilan birga ishlatilishi o‘zbek lingvokulturologiyasiga xos bo‘lib, o‘zbek xalq ertaklaridagi och bo‘ri ko‘z oldimizga keladi. “So‘ngso‘zlar” asarida ma’lum davrdagi ochlik va bechoralik ushbu o‘xshatish orqali obrazli qilib beriladi:“Chunki bechorachilik nochorlik odamlarga boʻriday yopishib olgan, uning changalidan qutulish qiyinday edi” [4, 33]. Usmon Azim o‘zining bolalik davrlarini xotirlar ekan, yo‘qsillikning yetti yoshdan yetmish yoshgacha baravar ta’sir etayotganini mazkur o‘xshatish orqali yanada ta’sirli ifodalaydi. An’anaviy holatda insonlarga nisbatan ishlatiladigan mazkur birlikning asarda holatga, davrga moslab qo‘llanilganiga guvoh bo‘lamiz. O‘zbek lingvomadaniyatida behisob, juda ko‘p; o‘rmalamoq, uymalashmoq; juda ham kichkina; ishlamoq, mehnat qilmoq, harakat qilmoq, jonsaraklik bilan mehnat qilmoq kabi ma’nolarni ifodalash uchun insonlarga nisbatan chumoliday mehnatkash o‘xshatishi qo‘llaniladi. Tadqiq etilayotgan asarda ham tinimsiz mehnat qiladigan, qismat bilan jim kurashishga o‘rgangan oddiy xalqimiz odamlarining obrazi mazkur o‘xshatish orqali beriladi. Mustaqil bo‘lmagan vatanda yashayotgan oddiy insonlarning qiynalayotganini ko‘rgan, shu sababli ham tezroq niyatlariga yetishishni, katta bo‘lishni xohlayotgan yosh shoir Usmon Azim ichidagilarini hech kimga, hatto “o‘ziga ham bildirmasdan” orzu qilardi: ulg’aygandan so‘ng xalqiga qo‘lidan kelgancha yordam berish, ular uchun kerakli insob bo‘lish orzusi bilan yashar edi. “Chunki bunday emin-erkin orzu qilishga atrofdagi hayot — odamlarning yashash uchun chumoliday betinim qilgan mehnatlari tufayli zoʻrgʻagina nafas olib turgan turmushning zoʻriqishi yoʻl qoʻymas edi” [4, 33]. Mehnatkashlik ma’nosini ifodalovchi mazkur o‘xshatish turli lingvomadaniyatlarda boshqa etalonlar tasviri bilan beriladi. Masalan, shu mazmunni berish uchun turklar insonlarni chumoliga emas, balki ariga (ari gibi), inglizlar esa ariga hamda itga muqoyasa qiladilar (as busy as a bee, working like a dog). O‘xshatish uchun etalon sifatida tanlangan so‘zlar ham o‘zbek tilining lingvokulturologik xususiyatlarini ko‘rsatuvchi til birligidir. Etalon sifatida nafaqat hayvonlar, balki qush nomlari ham ishlatdiladi. Masalan, o‘tkir nigohli, olg’ir, jasur, yoki burgutday chang solmoq ma’nolarini ifodalash uchun burgutday o‘xshatishi qo‘llaniladi. Asarda keltirilgan quyidagi gaplarda ushbu o‘xshatish etalonidan burgutning tezkorligi, o‘z o‘ljasiga chang solishi xususiyatlari asos qilingan holda ustamona foydalanilgan: “Vallamat Azim stolning bir chetida mungʻayib turgan gazakka Nurota togʻlarining burgutiday changal uradi, tarelkada bir has ham qoldirmay, yigʻishtirib oladi-da, mehmonning ochiq ogʻziga tashlab yuboradi” [4, 58]. “Sheʼr qudratining mavjida burgutday uchib ketgan qoʻlning shamolida dunyodagi eng sirli boshning ustiga qoʻndirilgan doʻppi, mana, hozir uchib ketadi-da, buyuk sir hammaning koʻzi oldida qip-yalangʻoch namoyon boʻladi” [4,73].Yoki muallifning sevimli mashg’ulotlaridan biri bo‘lgan uloq tasvirlanayotganda, chobag’onlarning otlarni tomoshabinlar tomonga shamolday uchirishi burgutday o‘xshatishi orqali berilgan: “Ular burgutlarday uchib, tomoshabinlar tomonga yoʻnaladi” [4, 7]. O‘zbek tilida bulbulday o‘xshatish etaloni ham qo‘llanilib, “sayramoq, xonish qilmoq, fig’on aylamoq, so‘ylamoq” ma’nosida ishlatilishiga guvoh bo‘lamiz: “Ismat aka uni koʻrgani zahoti bulbulday sayrab ketdi” [4, 427]. Bu etalon turk lingvomadaniyatida ham mavjud bo‘lib, Bülbül gibi konuşmak birikmasi holida ishlatiladi va bu “bulbuldek so‘zlash” ma’nosida juda chiroyli va ta’sirli so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lishni anglatadi. Bu ibora, odatda, ovoz ohangining ohangdorligi va ravonligi, nutqning ta'sirchanligi va go‘zalligi bilan bog'liq. Bulbul oʻzining goʻzal va yoqimli ovozi bilan mashhur qush boʻlgani uchun bu ibora odam nutqi tinglovchilarda yoqimli taassurot qoldirishini, soʻzlarni nafis va taʼsirchan ishlatishini, nutqining ravonligini taʼkidlab keladi. XULOSA Xulosa qilib, o‘xshatishlar har bir xalqning lingvomadaniy boyligi bo‘lib, ular milliy dunyoqarash, dunyodagi hodisalarni milliy tasavvurlarga ko‘ra taqqoslash, qiyoslash natijasida ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1057 shakllanadi va xaqlning madaniy, ma’naviy hayoti, urf-odatlari hamda qarashlarini o‘zida aks ettirgani uchun o‘z qiymatini yo‘qotmaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI: 1. Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab ... // O‘zbek tili va adabiyoti. –Toshkent, 2012. –8 bet. 2. Usmanova Sh. Lingvokulturologiya (Darslik) - Toshkent: 2019-b-102 3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000. 4. Usmon Azim. So‘ngso‘zlar. –Toshkent: “Ilm-ziyo-zakovat” nashriyoti, 2020. –512 b 5. Ziyouz.com