scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OT KISHNAGAN OQSHOM QISSASI" HAQIDA

Abdusamatova Ozoda Xolmamat qizi

Abstract

Ushbu maqola “Ot kishnagan oqshom” qissasining g’oyasi, qahramonlar xarakteri va uning tarbiyaviy ahamiyati haqida bo’lib, qissa xususidagi ilmiy fikrlar o’rganiladi, voqealar tahlil qilinadi.

Full text

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1085 “OT KISHNAGAN OQSHOM QISSASI” HAQIDA Abdusamatova Ozoda Xolmamat qizi SamDU magistiratura bosqichi talabasi. Annotatsiya: Ushbu maqola “Ot kishnagan oqshom” qissasining g’oyasi, qahramonlar xarakteri va uning tarbiyaviy ahamiyati haqida bo’lib, qissa xususidagi ilmiy fikrlar o’rganiladi, voqealar tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Uslub, ot, halollik, qahramonlar xarakteri, yaxshilik, befarqlik, vijdon, haqiqat Tog’ay Murodning “Ot kishnagan oqshom” qissasida insonning ezgulik, yaxshilik, to’g’rilik, haqiqatgo’ylik kabi fazilatlari ulug’lanadi, befarqlik, yovuzlik, yolg’on, tuhmat, zo’ravonlik illati qoralanadi. Shu o’rinda, quyidagi parchani tahlil qilamiz: Bosh qahramon Ziyodulla chavandozning bozordagi holatini eslaymiz: “… Bo’zbolalar ko’zlariga qaramay tepdi. Beqasam choponlik yuzlari burishdi. Bir ichini, bir biqinini ushladi… men atrofimga alangladim. Burchakda o’tirgan militsionerlarga qaradim… militsionerlar parvoyi falak bo’ldi, beg’am-beg’am choy ichdi. Bizga aloqasi yo’q, bu yer boshqa birovning uchastkasi - dedi…” Bu voqea orqali atrofidagi voqealarga qanchalar e’tiborsiz bo’lgan odamlarni yozuvchi tanqid qiladi. Ya’ni, qissamizning bosh qahramoni Ziyodulla Chavandoz bozorda, uch nafar yosh yigitlardan iborat o’g’rilar to’dasining, bezori bolalarning beqasam choponli bir kishini ham pulini o’g’irlab, ham o’zini o’lar holatda do’pposlayotganini ko’rib qoladi, atrofdagi yuzdan ortiq odam ularni tomosha qilib turardi. Shu joyda yozuvchi odamlarga nisbatan “olomon” so’zini ishlatadi. O’zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov “Qachon xalq bo’lasan, ey olomon” – deya bejiz aytmagan edi. Ha, ular chindanda olomon edi: - “ Ur, sol, tumshug’iga! - Ur, musht turganda muomala nima kerak! “…Beqasam choponlik bargday uchib tushdi. Qo’llarini yonlariga yoyib, qimirlamay qoldi. Bo’zbolalar beqasam choponlikni o’rtaga olib tepdi. Oyoqlari ostiga olib tepdi. Ko’zlariga qaramay tepdi ”. Kaltaklar zarbidan qimirlamay yotib qolgan holatdagi odamni uch kishi tinimsiz, tepib uryaptiyu, yuzdan ortiq odamdan birontasi “miq” etmayapti, tomosha qilyapti! Voqeani ko’rib turgan Ziyodulla Chavandoz tilidan shunday hikoya qilinadi: “ Birodarlar, ezilib ketdim, ichichimdan ezilib ketdim! Jonim halqumimga keldi! Alam ham armon bilan burchakka qaradim… Militsionerlar choyxona yonalab pisib-pisib ketyapti… Qahr bilan, nafrat bilan so’ridan tappa tashladim… Olomonni qulochlarim bilan yorib o’rtaga kirib bordim… …Iymoning kuygurlar! Bir mo’min bandani o’ldirasanmi! - dedim.” Nihoyat, yuzlab olomon ichidan faqat Ziyodulla kal qonga belanib, o’lar holatda yotgan beqasam choponli odamni qutqarishga harakat qiladi. O’zi cho’pon. Elning qo’yini, molini boqib yuruvchi, Ziyodulla kal obrazi 5sinfdan keyin kalligi uchun bolalar tomonidan mazax qilingani sabab hatto, maktabda ham o’qimagan bo’lsada, kimgadir yordam qo’lini cho’zishga aqli, odamgarchiligi yetadi. ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1086 Yo’ldan tasodifan o’tib qolgan tez yordam mashinasiga ham beqasam choponlini qutqarish uchun, Ziyodulla chavandozgina yalinadi, ugina iltijo qiladi, beqasam choponli odam Ziyodulla kalga hech kim bo’lmas edi. Ammo, olomon ularni birodari yoki qarindoshi deb o’ylaydi. O’quvchi ham shafqatsiz kaltaklanayotgan odam, kimnidir otasi, akaukasi yo bolasi ekanini o’ylab achinadi. Asarning qimmati va ahamiyati ham shundaki: Qissani o’qigan kitobxon endi shunday vaziyatni ko’rsa, qarab turmaydi, albatta, Ziyodulla chavandozdek yordamga shoshiladi. Xullas, tez yordam ham beqasam choponli og’ir ahvolda yotgan bir odamga yordam bermadi, shifoxonaga Ziyodulla Chavandozning yordami bilan zo’rg’a yetib bordi. To’g’ri, bir muddat qahramonimizni ovora qilishdi, Ichki ishlarga so’roq uchun Ziyodulla Chavandoz bir necha marta bordi ham, ammo u bundan hecham og’rinmadi, birodarining esonomonligi uchun ko’ngli taskin topgan edi. Yozuvchi bu voqea orqali o’quvchiga inson shunday bo’ladi va shunday bo’lishi kerak degan fikrni singdiradi. Adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo’ldoshev ” Tog’ay Murod asarlarining badiiyati” nomli maqolasida “T.Murod asarlarida ko’pincha o’zini yozadi, Ziyodulla personajidagi ko’plab jihatlar muallif shaxsidan aynan olinganga o’xshaydi… Bu Ziyodulla kalning bo’ysunmas, halol va to’g’riso’zligida ko’rinadi”- deb yozadi. Beqasam to’nlini kaltaklagan bir yosh bola va ikki bo’z boladan iborat bezori bolalar, yozuvchi Toxir Malikning “Shaytanat” asarini eslatadi. Undagi jamiyatda paydo bo'lgan yirik jinoyatchilar to’dasi Kesakpolvon va Asadbeklar ham bolaligida xuddi shu bolalar kabi kichik o’g’irliklardan boshlagan edi. Agar yuqoridagi voqeada ham odamlar befarq bo’lmaganida, jonkuyarlik bilan vaziyatga hamma bir bo’lib yondashganida, uch yigitdan iborat kichik o’g’rilar to’dasi ham balki, to’g’ri yo’lga kirishiga sabab bo’lishi mumkin edi. Albatta, bu bolalar qissa so’ngida Ziyodulla Chavandoz yordamida qo’lga olinadi. Ammo, bu yaxshilik Ziyodulla kal uchun ancha qimmatga tushdi. Lekin bir insonni o’limdan saqlab qolishga sababchi bo’lgan, Ziyodulla kal asar so’ngida qilgan yaxshiligi evaziga o’lar holatda do’pposlanganida ham, birovga yordam bergani uchun biror o’rinda afsuslanmadi: “…Shunda birovi ketimdan keldi, belimga tepdi. Men yuztuban yiqildim… O’pkam to’lib ketdi. Qo’ynimdagi nogiron qo’limni tashqari chiqardim. Birodarlar Jo’ra boboning otidan yiqilib, qo’lim chiqib edi. Mana…mana - dedim. Ular xoxolab-xoxolab kuldi. O’zaro gapirishdi: - Bu o’zi unga kim bo’ladi? - Hech kim! - Hech kim? Yo’g’-e?.. Men shundagina ularning kimligini bildim. Qo’limning nogironligini aytib, yig’lamsiraganimga ming-ming pushaymon bo’ldim. Bir balo qilib joyimdan turdim. Oyoqlarimda tik turdim, shunda birovi jag’imga urdi. Men ketimga tisarilib-tisarilib, bunisiga borib urildim. unisidan iyagimga yedim. Tag’in turdim. Dalbanglab - dalbanglab borib, birovining bo’yniga osildim. Birodarlar, men sizlarga nima qildim… dedim. Uni jonimning boricha quchoqlab turdim. U ichimga ko’r musht urdi… Birodarlar, aybimni ayting, aybimni… deya ingrandim. Belimga uchli bir nima zarb bilan tegdi. Keyin biqinimga tegdi. Zarb har tekkanida, jonim halqumimga kelib ketdi. Birodarlar, men ham odamman-ku, deya ingrandim.” ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1087 “Shaytanat” asarida tarixchi olim yigit, Anvar obrazi tomonidan ba’zi insonlarga nisbatan ”…Hayvonga o’xshatsam hayvonlar xafa bo’ladiyov”- degan jumla bor. Bunday odamlarni Tog’ay Murod bizga Ziyodulla Chavandoz tilidan ham bir necha bor tanishtiradi. “Ot kishnagan oqshom” qissasida otning, itning insonga do’stligi haqida so’z boradi. Zero, inson tabiat bilan birga yaratilgan. “…Ayo Tarlon, sen mening birodarimsan, birodarim. Bo’ldi, mening birodarim sensan, Tarlon… Ayo Tarlon, sen mening qiyomatlik birodarimsan, qiyomatlik birodarim…” Voqealar shiddat bilan boradiki, kitobxon yozuvchi yaratgan har bir qahramon haqida mulohaza qiladi. Asar Ziyodulla kalning, 5sinf bolaning maktabda ustozi shapkasini majburlab yechgani va bolalar uning ustidan kal deb xoxolab kulgani hamda shu voqea sabab, Ziyodulla kal maktabga qaytib boshqa bormaganligi voqeasi bilan boshlanadi. “Kal” so’zi, Ziyodulla Chavandozga sochi kasallik sabab to’kilib ketgani uchun qo’yilgan laqab. Yozuvchi bu bilan, inson zotining birovning ustidan kulishga, birovga laqab qo’yishga, bir - biriga qo’l ko’tarishga haqqi bormi?! - degan savolni ko’ndalang qo’ymoqda. Xo’sh, bunday illatlarni o’zida mujassam qilgan bu ikki oyoqli yaratiqni inson nomiga loyiq ko’ra olamizmi?! Nahotki, Ot vafo qilib turgan paytda, odamlar bir biriga shunchalik qabihliklarga borolsa! Tinch qulog’im deb yonginangda bezorilar to’dasi bir yurtdoshingni, dindoshingni o’lar holatda do’pposlasa-yu, sen o’zingni ko’rmaganga olsang, degan fikrlar anglashiladi. Ma’lum bir mamlakat yoki xalq yanada rivoj topishi uchun, faqat davlat va boshqaruv emas, undagi har bir mavjud insonning o’ylari, dunyoqarashi, insoniy fazilatlari ham yuksak ahamiyat kasb etadi, albatta! Asardan parcha: Muallim: “Bosh kiyimingni olmasang dars o’tmayman! - dedi. Old qatorda o’tirgan sinf oqsoqolimiz muallimga bir nimalar dedi. Ammo, muallimimiz telpagimni boshimdan yulib oldi. Derazadan tashqariga otib yubordi. Sinfimiz bolalar kulgusidan zirillab ketdi… Kallamni qo’llarim bilan yashirdim, ho’ngrab yig’ladim. Keyin tashqariga otildim. Maktabdan qochib ketdim… Beshinchi sinf kallam bilan qoldim.” O’qituvchi sinf oqsoqolining ogohlantirishiga qaramay, bir bolaning maktabga qaytib bormasligiga sababchi bo’ldi. Shu yerda yozuvchi bir so’z ishlatadi, ya’ni “tavallo” so’zini qo’llaydi. Qisqagina qilib “Direktorimiz bilan sinf rahbarimiz kelib tavallo qildi, baribir maktabga qaytib bormadim”- deb qo’ya qoladi. “Tavallo” so’zi “O’zbek tilining izohli lug’ati”da (Yolvorish, yalinib, so’rash, iltijo) degan ma’nolarda berilgan. Qissada , “ Chol mahobat qildi” - degan jumla bor. “Mahobat” so’zi (Vahima qilmoq, vahima bilan gapirmoq) degan ma’nolarda izohlangan. Mahobat, tavallo kabi bir qator so’zlarning saqlanib qolishi bilan ham, asar yanada ahamiyatli hisoblanadi. Momosuluv bilan Ziyodulla Chavandozning bir xil tush ko’rgani ham xalq dostonlarimizni eslatadi. Professor Q. Yo’ldoshev: “ Tog’ay Murodning asarlarida xalq eposlariga xos qandaydir jihatlar bor. Lekin adibning bitiklari dostonlarga o’xshamaydi, ularda epos stilistikasi yo’q”- deb yozadi. Milliy ruh va milliylik so’zlari adib ijodi haqida gapirilganda ko’p ishlatiladi. ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1088 Milliylik bu - muayyan xalqqa, millatga xos bo’lgan, uni boshqalardan farqini ko’rsatuvchi xususiyatdir. Xo’sh, bu atama qissaning qaysi o’rinlarida ko’rinadi?! Ziyodulla Chavandoz biror o’rinda, Momosuluvni yo ismi bilan yoki xotinim deb gapirmaydi. Momosuluvga nisbatan boshdan oyoq “Ayolimiz” jumlasini ishlatadi. Yoki yana bir o’rinda, Qurbonnazar raisning uyiga qo’lini soldirish uchun borgan Ziyodulla kal tilidan hikoya qilinadi: “U kishi ishdalar, kirib o’tirib turing, hamzamat (halizamon, tez orada kelib qoladi, ma’nosida qo’llangan) kelib qoladilar, dedi zaifa. Qurbonnazar mehmonxonasiga salom berib kirdim. Zaifa dasturxon yozib ketdi. Choyni o’zim quyib, o’zim ichib o’tirdim. Qurbonnazar ukamiz keldi. Quchoqlashib ko’rishdim. Taomlardan keyin dardimni aytdim”. Endi yuqoridagi parchaga diqqat qilamiz: Ayol erini falonchi aka, yoki erim degani yo’q, “u kishi” so’zi ishlatilgan. Choyni ayol quyib bermayapti, oldiga qo’yib o’zi chiqib ketdi. Yoki o’zbekning mehmondo’stligini ko’rish mumkin bu yerda. Nimaga kelding degani yo’q, mehmonga. Quchoqlashib ko’rishyapti mehmon bilan tanisatanimasa. Taomlardan keyin, dardini aytyapti Ziyodulla kalning nimaga kelganini, ungacha uy egasiyam, uning xotiniyam “Nima xizmat” - degani yo’q. Qissada muallif uch marta uylanib, farzandli bo’lolmagan Jo’ra bobo obrazida farzandsizlik o’zbek uchun nima ekanini, uning o’ylarini aks ettirgan. Ziyodulla kalning Rixsiyev bilan suhbatida falsafiylik mavzusini ham ko’rish mumkin: “ Rixsiyev aka, bir kun kelib biz ham ketamiz, o’lim barimizning boshimizda bor savdo. Shunday kunda birbirovimizning kunimizga yaramasak, odam bo’lib nima qilib yuribmiz… Rixsiyev gapimni og’zi bilan eshitdi. Hammaning borishi shartmi o’rtoq Qurbonov - dedi. Qarindosh urug’idan to’rt kishi borsa bo’ldi-da. Tobutning to’rt yog’ochidan ushlab ko’tarib boradi… Rixsiyev aka, odam it bo’lsa ekan, oyog’idan sudrab olib borib chuqurga tashlab kela bersa, odam o’z nomi o’zi bilan odam, odamdan ulug’ jonzot bormi… Rixsiyev: Ha, endi bir kampir ekanda. Bor yo’g’i bir qorovul – dedi… Rixsiyev aka, odamning kattakichigi bo’lmaydi, bariyam odam. Bir odam yaxshimi yomonmi bir umr yashadi. Qo’lidan kelgancha tirikchilik qilib, o’zini odam sanab yurdi. Biz bilan betmabet bo’ldi, yelkamayelka bo’ldi, davrmadavr bo’ldi. Endi qaytmas bo’lib ketayapti. Odam qaytmas bo’lib ketayotganda bormagan odam odammi ?!” Ziyodulla Chavandoz samimiy, to’g’riso’z, jaydari, chapani, mard, kezi kelganda o’jar, g’ururi baland obrazi o’zbekning obrazi. O’zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad, Tog’ay Murodning qissalari to’plamiga yozgan so’zboshisida “ Tog’ay Murod qissa bitmaydi, nazarimda, bor ovozi bilan qo’shiq aytadi. Bu qo’shiqda avj pardalar bor, nolishlar bor, savt bor” – deb yozadi.