scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JIZZAX SHAHRIDA TARQALGAN DARAXT BUTALAR

Maxammadiyev Davron Muyassarovich

Abstract

: Jizzax viloyati Sirdaryo va Zarafshon vohalarining o‘rtasida joylashgan bo‘lib, shimoliy va shimoliy sharq qismi tеkisliklardan, janubiy hamda janubiy sharq tomonini tog‘ tizmalaridan iborat.Iqlimi quruq kontinеntal, yillik yog‘ingarchilik kam bo‘ladi, havo harorati va namlikning yil davomida kеskin o‘zgarib turadi. Jizzax shahri viloyatning markazida joylashgan bo‘lib, bu yerda O‘zbekistonda uchraydigan deyarli barcha foydali o‘simliklarning vakillari bor.

Full text

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1089 JIZZAX SHAHRIDA TARQALGAN DARAXT BUTALAR Maxammadiyev Davron Muyassarovich Jizzax davlat pedagogika universiteti, “Biologiya” kafedrasi katta o‘qiuvchisi Tel:93-613-61-29 [email protected] Annotasiya: Jizzax viloyati Sirdaryo va Zarafshon vohalarining o‘rtasida joylashgan bo‘lib, shimoliy va shimoliy sharq qismi tеkisliklardan, janubiy hamda janubiy sharq tomonini tog‘ tizmalaridan iborat.Iqlimi quruq kontinеntal, yillik yog‘ingarchilik kam bo‘ladi, havo harorati va namlikning yil davomida kеskin o‘zgarib turadi. Jizzax shahri viloyatning markazida joylashgan bo‘lib, bu yerda O‘zbekistonda uchraydigan deyarli barcha foydali o‘simliklarning vakillari bor. Kalit so’z va iboralar: matеrik, flora, foydali o‘simlik, voxa, tog‘ tizmalari, iste’molbop turlar, xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor turlar, qurilish material-lari sifatida foydalaniladigan turlar, manzarali o‘simlik turlar, dori-darmon, daraxt va butalar, vitamin, tabiat durdonalari. Аннотация: Джизакская область расположена между оазисами Сырдарья и Заравшан.Северная и северо-восточная части представлены равнинами, а южная и юговосточная части — горными хребтами. Климат сухой континен-тальный, годовое количество осадков небольшое, температура и влажность воздуха резко изменяются в течение года. Город Джизак расположен в центре области, где встречаются представители практически всех полезных растений, встречающихся в Узбекистане. Ключевые слова и фразы: материк, растительный мир, полезное растение, вокса, горные массивы, съедобные виды, лекарственные виды, используемые в народной медицине, виды, используемые в качестве строи-тельного материала, виды декоративных растений, лекарственное средство, деревья и кустарники, витамин, шедевры природы. Annotation: Jizzakh region is located between the oases of Syrdarya and Zarafshan. The northern and northeastern parts consist of plains, and the southern and southeastern parts are mountain ranges. The climate is dry continental, annual precipitation is low, air temperature and humidity change sharply throughout the year. The city of Jizzakh is located in the center of the region, where there are representatives of almost all useful plants found in Uzbekistan. Key words and phrases: mainland, flora, useful plant, voxa, mountain ranges, edible species, medicinal species used in folk medicine, species used as building materials, ornamental plant species, medicine, trees and shrubs, vitamin, natural masterpieces. Jizzax viloyati Rеspublikamizning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, maydoni 20,5 ming km2yoki rеspublikaning umumiy maydonini 6 % ni tashkil qiladi. Jizzax viloyati Sirdaryo va Zarafshon vohalarining o‘rtasida joylashgan. Viloyatning Shimoliy va Shimloiy Sharq qismi tеkisliklardan iborat bo‘lib Janubiy va Janubiy sharq tomonini tog‘ tizmalari tashkil qiladi. Viloyatning shimoliy tеkislik qismi dеngiz sathidan 200-300 metr, janubda 500-600 m va tog‘lik hududlarda 550-600 metr balandlikda joylashgan. Jizzax viloyati matеrikning ichkarisida joylashgan bo‘lib, dеngiz va okeanlardan ancha uzoqda bo‘lganligi sababli ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1090 iqlimining quruq kontinеntal bo‘lishini, bu o‘z navbatida yog‘ingarchilikning kam bo‘lishi, havo harorati va namlikning yil davomida kеskin o‘zgarib turishiga olib kеladi va natijada o‘simlikning o‘suv davrida uning o‘sish va rivojlanishiga katta ta’sir qiladi. [1] Jizzax shahri viloyatning markazida joylashgan bo‘lib, bu yerda O‘zbekistonda uchraydigan deyarli barcha foydali o‘simliklarning vakillari bor. Shu munosabat bilan Jizzax shahar florasida nechta foydali daraxt va buta turlari bor, ularning zahiralari ko‘pmi yoki aksimi degan savol tug‘iladi. Bu savolga qisqacha qilib aytganda, shahar florasida foydali o‘simliklar qanday maqsadlarda foydalanilayot-ganligini har tomonlama aks ettiruvchi maxsus ma’lumot yo‘q. Biz ushbu maqolamizda Jizzax shahar florasidagi o‘simliklarni (asosan daraxt hamda butalarni) quydagi guruhlarga bo‘lib keltirdik. [1,2,3,4] Iste’molbop turlar (mevalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ishlov berish orqali oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan turlar): Zirklar (Berberis oblonga, B.integerrima, B.nummularia) ziravor sifatida ovqatga ishlatiladi, dorivorlik xususiyatiga ham ega butalar. Yong‘oq (Juglans regia) mevasi oziq-ovqat sifatida va turli taomlar (shirinliklar) tayyorlashda, moy olishda, dorivor hamda qurilish materiali sifatida ishlatiladigan salobatli daraxt. Qatrong‘i(Celtis caucasica) mevasi shirin, iste’mol qilinadigan chiroyli shox-shabbali daraxt. Tut (Morus nigra) mevasi iste’mol qilinadigan daraxt. Dorivor, qurilish materiali sifatida ham ishlatiladi. Tut (Morus alba) mevasi iste’mol qilinadigan daraxt. Dorivor, qurilish materiali sifatida ham ishlatiladi. Qoraqat (Ribes janczewskii, R.meyeri) mevasi iste’mol qilinadigan dorivor buta. Nok (Pyrus asiae-mediae, P.korshinskyi) mevasi iste’mol qilinadigan daraxt. Olmalar (Malus sieversii, M.niedzweckiana) mevasi iste’mol qilinadigan, vitaminlarga boy daraxtlar. Do`lana (Crataegus pontica, C.songarica, C.turkestanica) mevalari iste’mol qilinadigan, dorivor daraxt va yirik butalar. Maymunjon (Rubus caesius) mevasi iste’mol qilinadigan dorivor buta. Na’mataklar (Rosa beggeriana, R.canina, R.divina, R.fedtschenkoana, 4 tur) barchasi dorivorlik xususiyatiga ega, vitaminlarga boy butalar. Pochaqirqar (Hulthemia persica) vitaminlarga boy, dorivor buta. Olxo‘ri (Prunus divaricata, P.sogdiana, P.mirabilis) mevasi iste’mol qilinadigan dorivor daraxt yoki yirik buta. Bodomlar (Amygdalus communis, A.bucharica) iste’mol qilinadigan dorivor daraxt yoki yirik butalar. Olvoli, gilos (Cerasus erythrocarpa, C.tianschanica) mevasi iste’mol qilinadigan butacha. Pista, xandon pista (Pistacia vera) mevasi iste’mol qilinadigan dorivor daraxt. Chilonjiyda (Ziziphus jujuba) mevasi iste’mol qilinadigan dorivor buta. Jiyda (Elaeagnus angustifolia, E.orientalis) mevasi ozuqabop daraxt. Dorivor yoki xalq tabobatida ishlatiladigan turlar: Qizilcha (Ephedra gerardiana, E.equisetum, E.fedtschenkoae, E.regeliana) dorivor buta va butachalar. Archa (Juniperus polycarpos var.zerawschanica, J.pseudosabina) dorivor, efirmoyli daraxtlar. Qayin (Betula pendula, B.tianschanica) dorivor, qurilishbop daraxt. Teraklar (Populus nigra) dorivor va qurilishbop daraxtlar. Ayiq murut (Pyrus regelii) dorivor daraxt. Qizil do`lana (Crataegus turkestanica) guli va mevasi dorivorlik xususiya-tiga ega yirik buta yoki daraxt. Na’matak (Rosa 4 ta turi o‘sadi) barchasi dorivorlik xususiyatiga ega butalar. Pochaqirqar (Hulthemia persica) dorivor buta. ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1091 Bodom (Amygdalus communis, A.bucharica) dorivor daraxt. Sassiq aylant (Ailanthus altissima) dorivor daraxt. Chilonjiyda (Ziziphus jujuba) mevasi dorivor buta. Jiyda (Elaeagnus angustifolia) mevasi iste’mol qilinadigan va dorivor daraxt yoki buta. Chakanda (Hipophae rhamnoides) mevasi dorivor yirik buta. Tirik organizm uchun sog‘liqdan muhim baxt yo‘q. Salomatlik ko‘p jihatdan diyorimizda o‘sayotgan tabiiy durdonalarga – o‘simliklar dunyosiga bog‘liq. Shunday ekan, ulardan oqilona foydalanib, muhofaza qilish ishiga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shaylik. Ulardan kelajak avlodlarimiz ham bahramand bo‘lishsinlar. Qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan turlar Archa (Juniperus polycarpos var. zerawschanica, J.pseudosabina, J. semiglobosa) mustahkam yog‘ochli qurilishda ishlatiladigan daraxtlar. Chinor (Platanus orientalis) mebel sanoatida ishlatiladigan daraxt. Qayin (Betula.tianschanica) qurilishda ishlatiladigan dorivor va manzarali daraxt. Terak (Populus afganica, P.alba, P.nigra) qurilishda ishlatiladigan dorivor daraxtlar. Tol (Salix linearifolia, S.olgae, S.tenuijulis, S.wilhelmsiana) turli xildagi savatlarni to‘qishda va qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan daraxt va butalar. Kamxastak (Cerasus mahaleb) qurilishda ishlatiladigan, iste’mol qilinadi-gan va giloslar uchun payvandtag sifatida ishlatiladigan daraxt. Zarang (Acer semenovii) qurilish materiali. Shumtol (Fraxinus sogdiana) qurilish materiali va yoqilg‘i sifatida ishlati-ladigan manzarali daraxt. Manzarali o‘simliklar Singren (Atrophaxis – 2 ta tur) – barcha turlari (2 ta) gullagan va mevasi pishgan paytda ajoyib manzara baxsh etadigan va dorivor butalar. Kirpio`t (Acantholimon – 5 ta tur) – gullagan paytida chiroyli manzara hosil qiladigan buta. Qayin (Betula pendula, B.tianschanica) – manzarali, qurilishbop va dorivor daraxt. Tol (Salix linearifolia, S.olgae, S.tenuijulis, S.wilhelmsiana) – manzarali va savatlar uchun ishlatiladigan turlar. Terak (Populus afganica, P.alba, P.nigra) – manzarali, qurilish materiali va dorivor daraxtlar. Yulg‘un (Tamarix arcenthoides, T.hohenakeri) – chiroyli manzara hosil qiluvchi butalar. Qayrag‘och (Ulmus densa) – sharsimon shox-shabbali daraxt. Tobulg‘i(Spiraea hypericifolia, S.pilosa) – oq gulli, chiroyli buta. Irg‘ay (Cotoniaster3 turi bor) – barchasi manzarali butalar. Na’matak (Rosa 4 ta turi o’sadi) – manzarali gullari oq, sariq, pushti rangli butalar. Bodom (Amygdalus petunnikovii, A.spinosissima) – manzarali va chiroyli gulli butalar. Chiya (Cerasus erithrocarpa, C.tianschanica) – manzarali butalar. Zarang (Acer semenovii) – Yirik buta yoki past bo‘yli manzarali daraxt. Normushk (Euonymus koopmannii, E.semenovii)– shox-shabbasi chiroyli manzarali buta. Jiyda (Elaeagnus angustifolia) – kumush rangli manzarali buta yoki past bo‘yli daraxt. Shahar florasida foydali daraxt va butalarning barchasiga to‘xtalib, ulardagi foydali xususiyatlarni aks ettirish qiyin: birinchidan ulardan ko‘plari masalan, yong‘oq, olma, bodom, olcha, chilonjiyda kabilar haqida mavjud asarlarda keng ma’lumotlar berilgan. Ikkinchidan bo‘yoqbop, tolali, efirmoyli va boshqa shunga o‘xshash turlar kam tarqalganligi sababli ularga alohida urg‘u berilmadi. [1,2,3] Ayni zamonda dori-darmonlarning 40-47 % o’simlik xom ashyolaridan olinadi. Bular sun’iysintetik yo‘llar bilan ishlab chiqarilayotgan dorilarga nisbatan ancha yuqori turadi, ta’sir etish quvvati kuchli bo‘ladi, organizmda asorat qoldir-maydi. Shu bois o‘simliklardan tayyorlanayotgan dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1092 Tabiatimiz foydali o‘simliklarga boy. Olimlarimizning tadqiqotlari vatani-mizda 600 dan ziyod dorivor giyohlar o‘sishini ko‘rsatdi. G‘arbiy Turkiston bag‘ri-dagi flora shahar florasi bundan mustasno emas. Ilmiy manbalar va bizning izlanishlarimiz bu dargohdagi daraxt va butalardan 12 tasining dorivorlik xususiya-tiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Muhimi shundaki, bitta tur bir nechta xususiyatga ega ekanligini ham ko‘rsatdi. Masalan, chilonjiyda dorivor va ozuqa, bodom ozuqa va dorivor, do’lana ozuqa va dorivor, qoraqat ozuqa va dorivor, yong‘oq ozuqa va dorivor va boshqalar. Tahlillar foydali xususiyatlariga ko‘ra daraxt va butalarning quyidagicha taqsimlanganligini ko‘rsatdi. Iste’mol qilinadigan turlar 34, dorivor turlar 22, qurilish materiallari 15 va manzarali turlar 43 turni tashkil etdi. Shuni ham aytish kerakki, manzarali turlar son jihatidan ko‘p bo‘lganligi bilan bir qatorda son jihatidan nisbatan kam yong‘oq, olma, olcha, bodom, archa, do‘lana kabi turlar tuplarining ko‘pligi, ayrim joylarda qalin o‘rmonlar hosil qilishi bilan oldingi o‘rinda turadi. Qayd etilganidek, floradagi daraxt va butalar boshqa xususiyatlari bilan ham katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan, floradagi daraxt va butalar orasida madaniy navlarning yovvoyi ajdodlariga boyligi bilan alohida o‘rinda turadi. Ta‘kidlash joizki, yovvoyi ajdodlarni puxta o‘rganish, istiqbolli meva navlarining yangidanyangi navlarini yetishtirishga asos bo‘ladi, degan fikrdamiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1.Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Эсанкулов А.С., Батошов А.Р., Азимова Д.Э. Кадастр флоры узбекистана: Джизакская область. Ташкент. “Замин нашр”. 2021.368с. 2. Islomov B.S., Hasanov M.A. Botanika. Darslik. Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020. – 568 b. 3. Каландаров М.М. Хамроев X Ф. Юлдашов Я.Х. Ўрмончилик. Олий ўқув юрти талабалари учун дарслик. Т.: 2020. 231б. 4. А.Э.Эргашев, А.Ш.Шералиев, Х.А.Сувонов, Т.А.Эргашев. Экология ва табиатни мухофаза қилиш. Тошкент. Фан нашриёти. 2009. 276 б. 5. J.X.Xo‘jaev.O‘simliklar fiziologiyasi. Darslik, Toshkent – «Mehnat» – 2004 223 bet