scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IJTIMOIY VA MILLIY PSIXOLOGIYANING BADIIY TALQINI

Turg'unboyeva Gulasal

Abstract

Hozirgi oʻzbek adabiyotida badiiy psixologizm masalasi alohida tahlil qilinmoqda. Aynan Nazar Eshonqul ijodida bu yoʻnalishda adabiyotimiz uchun yangiliklar koʻp. Umuman, badiiy psixologizm bu asarda muallif tomonidan qahramon ichki olamiga kirib borish hamda obraz ruhiy olamining, qalb kechinmalarining, his-tuygʻularining tasviri hisoblanadi. Ushbu tezisda asarlda ijtimoiy va milliy psixologiyaning namayon bo‘lishi haqida so‘z boradi.

Full text

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1112 IJTIMOIY VA MILLIY PSIXOLOGIYANING BADIIY TALQINI Turg‘unboyeva Gulasal FarDU mustaqil izlanuvchisi Annotatsiya: Hozirgi oʻzbek adabiyotida badiiy psixologizm masalasi alohida tahlil qilinmoqda. Aynan Nazar Eshonqul ijodida bu yoʻnalishda adabiyotimiz uchun yangiliklar koʻp. Umuman, badiiy psixologizm bu asarda muallif tomonidan qahramon ichki olamiga kirib borish hamda obraz ruhiy olamining, qalb kechinmalarining, his-tuygʻularining tasviri hisoblanadi. Ushbu tezisda asarlda ijtimoiy va milliy psixologiyaning namayon bo‘lishi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: psixologiya, badiiy psixologizm, ijtimoiy psixologiya, milliy psixologiya, ruhiyat tahlili. Аннотация: В современной узбекской литературе проблема художественного психологизма приобретает особую значимость и становится объектом глубокого исследования. В творчестве Назара Эшонкула данное направление проявляется особенно ярко, внося в национальную литературу новые художественные и идейные аспекты. Художественный психологизм в произведениях писателя выражается через глубокое проникновение автора во внутренний мир персонажа, раскрытие его духовных переживаний, эмоциональных состояний и тончайших душевных движений. В настоящей работе рассматриваются особенности проявления социальной и национальной психологии в художественном тексте. Ключевые слова: психология, художественный психологизм, социальная психология, национальная психология, анализ внутреннего мира. Annotation: In contemporary Uzbek literature, the problem of artistic psychologism has gained particular importance and has become a subject of in-depth scholarly analysis. In the creative works of Nazar Eshonqul, this trend is especially prominent, introducing new artistic and conceptual dimensions to modern Uzbek literature. Artistic psychologism in his works is expressed through the author’s profound exploration of the character’s inner world, revealing spiritual experiences, emotional states, and subtle psychological nuances. This paper examines the manifestation of social and national psychology within the literary text. Keywords: psychology, artistic psychologism, social psychology, national psychology, psychological analysis. Nazar Eshonqulning bir qissasiga e’tibor qaratsak. Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” nomli asarida adib goʻyo jahon adabiyotidagi “yoʻqotilgan avlod” masalasini ko’taradi. Haqiqatdan ham bu masala Erix Mariya Remarkning “Uch ogʻa-ini” romanida yorqin koʻrsatib berilgan. Lekin Nazar Eshonqul ham asarida yuqoridagi masalaga oʻziga xos tarzda yondasha olgan. Ushbu qissada urush davridagi front orti hayoti, qiyinchiliklari va urushdan qaytgan odam ruhiyatidagi oʻzgarishlar, undagi tushkunlik, oʻzini bu olamga begona his qilish kabi ruhiy holatlar jonli tasvirlangan. Asar epigrafining oʻziyoq uning yakuniga ishora qiladi. “…Men katta boʻlsam, miltiq sotib olaman”. “Miltiqni nima qilasan?..” “Otamni otaman”. Bu jumlalar goʻyoki Normat polvonning oʻgʻli Xolmat tilidan aytilganday. Menimcha, asar oxirida Normat polvon oʻzini Buxor ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1113 qoyasidan tashlab, nobud boʻlmaganda kun kelib oʻgʻli Xolmat otasidan oʻch olardi. Chunki u otasining onasini qanday otib tashlaganini oʻz koʻzlari bilan koʻrdi. Farzand uchun qancha gunohkor boʻlmasin dunyoda onasidan boshqa pok va farishta insonning oʻzi yoʻq. Zero, Xolmat shunday deb biladi, uning bola qalbi, ruhiyati bunga ishonadi. Gap shundaki, u onasining “buzuq” ekanligini koʻcha ayollaridan, oʻrtogʻlaridan eshitadi, lekin u buning ma’nosi nima degani, odamlar onasini nimada ayblashyapti bu haqida oʻylab koʻrmaydi. Bola bu masalada onasini umuman ayblamaydi, aksincha, otasining onasini kaltaklaganiga tushunmaydi. Oʻz oʻrnida otasidan ularni yana tashlab ketganidan oʻksinadi. Xolmat uchun otasi urushdan qaytib kelganda, unga endi yana otasi, onasi, singlisi va oʻzi bir oila boʻlib yashash baxti nasib qilgan edi. Undan bunday baxtni Biydi momo tortib oldi. Asarda yozuvchi tomonidan bola ruhiyati shunday oʻziga xos va haqqoniy tarzda tasvirlangan. Urushdan bir oyogʻidan ayrilib, nogiron boʻlib qaytgan Normat polvon oʻziga-oʻziga “Endi odam oʻldirmayman”deb va’da beradi. Chunki u urushning bor vajohatini ko’rgan, his qilgan u yerdagi holat unda kuchli depressiya uygʻotgan. Aslini olganda, uning jismonan olgan jarohati uning ruhidagi jarohati oldida hech gap emas edi. Polvon va barvasta yigit boʻlib urushga ketgan Normat u yerdan nimjon jussa va keksaygan bashara bilan qaytadi. Eng yomoni uning ruhiyatidagi jarohat oʻta chuqur va ogʻriqlidir. Afsuski, qaytgach ham bu depressiya davom etdi. Normat endi oʻzini muhitga begona odamdek his qiladigan boʻlib qoldi. Ammo tez orada Normat polvonda yana hayotga, yashashga muhabbat uygʻona boshladi. Uni hayotga qaytargan narsa bu ona tabiat: Buxor zovlari, qot ustidagi dara, togʻdagi sokinlik. “Normat yuragidagi tuygʻularini boshqara olmay, he-e-ey deb baqirdi”. Demak, Normatda hali hayotni, tabiatni sevish, undan zavq olish kabi baxtiyor odamlarda boʻladigan hislar toʻlaligicha yoʻqolib ulgirmagan. Shunday qilib polvonga yana yigitlik zavqi , shijoati qaytdi. Asarda uning “butun urush davomida oʻylagan, orzu qilgan tinch, osuda hayotga qaytganini” anglashi quyidagicha tasvirlanadi. “Endi bu tinchligimni hech narsaga almashmayman, xotinimni hech oʻksitmayman, odamlarning koʻnglini olaman, mana shu togʻlar hurmati… endi xotinimni ham, meni intizorlik bilan kutib olgan odamlarni ham boshimda koʻtarib yuraman. Bir umr ularning izzatini qilaman, mening uchun endi urush, qon, oʻlim degan narsalar tugadi”. Bu oʻrinda adib tomonidan qahramon nutqi orqali uning psixologiyasi toʻla ochib berilgan, Yaʻni Normat tinchlikni sevadi, oilasini xotini va bolalarini jonidan ortiq koʻradi, ular uchun jonini ayamaydi.Normat haqiqiy oilaparvar yigit. U tabiatni muqaddas deb biladi bejizga ahdiga togʻlarni guvoh qilayotgani yoʻq. Normat uchun ona tabiat, ona zamin qadrli va moʻtabardir. Va, albatta, uning urushga, qon toʻkilishiga nafrati cheksizdir. Mana badiiy psixologizmning asar tarkibidagi oʻrni. Birgina nutq oʻquvchiga qahramonning butun boshli ruhiyatini ochib beryapti. Normat urushdan shu darajada bezib ketganki, uning nomini eshitishni ham xohlamaydi. Shu sababli birovnikiga mehmonga ham bormaydi. Sababi uning oʻylashicha, u yerda unga yana urush haqida savollar beriladi. Bunga esa Normatning toqati yoʻq. Yana bir oʻrinda Normatni yana qoʻliga qurol olishga majbur qilishadi. Lekin u shuncha tazyiq ostida ham miltiqni tashlashga oʻzida kuch topa oladi. “Boʻldi shunchasi, agar qirq yil qiron kelsa ham, odam otmayman. Oʻzlari otaversin”. Va bundan keyin Normatning oʻzidan ketib hushsiz boʻlib, yiqilishi bejiz emas. Yozuvchi bu orqali qahramon ruhiyati urushdan nechogʻlik charchaganini tasvirlab beradi. Shunday qilib, yana hayotga qaytgan Normatni yana bir hayot zarbasi kutib turgan edi. Bu ham boʻlsa uning sevimli xotini, bundan keying hayotini ularning tinch-osuda hayoti uchun baxshida qilishni maqsad qilgan ayoli, Anziratning Normat urushdaligida unga xiyonat qilganligi ma’lum boʻladi. Albatta, bu jirkanch xabar oriyati baland boʻlgan, nomusli Normatning hayotini doʻzaxga aylantirdi. Uning ushbu vaziyatdagi holatiga e’tibor bersak: “Uning koʻz kosalari kattalashib, yuzi qoraya boshlagan edi. Koʻzlari qonga toʻlgandi”. Bundan keyingi barcha Normatning nutqilarida badiiy psixologizmning dinamik prinsipi orqali, uning ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1114 holati ochiladi. Ya’ni dinamik prinsipda personaj ruhiyati uning muayyan hayotiy situatsiyalarda o’zini tutishi va xatti-harakatlari va gap-soʻzlari orqali ochiladi, mohiyatan bu dramatik asar personajlari ruhiyatini ochish usuliga oʻxshash, shu bois dinamik prinsip ba’zan psixologik tahlilning dramaturgik usuli deb ham ta’riflanadi. Shunday qilib, qahramonimiz hayotida yana sinovli kunlar boshlandi. U yana hech kimga aylandi. Oilasidan, odamlardan, jamiyatdan ajraldi. Urushdan qaytgan boʻlsada, uning daydi oʻqlari Normatni jarohatlashda davom etmoqda. Eng achinarlisi, bu jarohatlar uning jismida emas, ruhiyatida iz qoldirib, uning hayotini barbod qilmoqda. Lekin yozuvch Normat ruhiyatini shunday kuchli tasvirlay olganki, shuncha zarbalardan keyin ham u oʻzida yana oyoqqa turishga kuch topa oldi. Xotinini kechirishni, buzilgan oilasini tiklab, la’nati urushning turmushlariga solgan dogʻlarini oʻchirishni xohladi. Afsuski, Normatning bu sof niyati amalga oshmadi. Uyga qaytib borganda u Anziratni Mirzaqul bilan birga koʻradi va hammasini tushunib yetadi. Endi uni toʻxtatishning iloji yoʻq. Xuddi shu vaziyatda ham u urushdagi bir voqeani eslab qahriga qahr qoʻshiladi. Bu paytdagi Normat holati shunday tasvirlanadi: “Koʻziga qon toʻldi…Butun vujudida qaltiroq turdi. U nafrat va jirkanish aralash toʻrt yildan beri butun vujudini bulgʻab yotgan manfur soʻzni aytdi. – Fashist! - dedi yarim xirillab va bu soʻz tigʻ kabi koʻksini tilimlab tashladi – Fashist…sizlar fashistsizlar!.. Biroq bilgan soʻzlarining ichidan u bundan ham qabih soʻz topa olmadi. – Fashistlar! – dedi u horgʻin, lekin keskin va xirqiroq tovushda”. Bu oʻrinda , qahramon psixologiyasidagi portlash yuz berganini koʻrishimiz mumkin. Urush zarbalaridan qayta-qayta qoqilib oyoqqa turgan, urushda oʻz yurtiga qaytsa, dehqonchilik qilishni, odamlarga faqat mehnat qilishni, shu yoʻl bilan urushni unutish mumkinligini oʻrgatmoqchi boʻlgan, har bir xonadonga bugʻdoy boshoqlarini ilib qoʻyishni niyat qilgan pok qalbli inson ruhiyatidagi urushga nisbatan bor nafratning namoyon boʻlishi bu. U hammasiga chidadi, u hammasiga koʻz yummoqchi boʻldi. Nima uchun? Urushdan oldingi baxtiyor kunlarga qaytish uchun. Lekin endi uning ham sabr kosasi toʻldi… E’tibor bersak birgina jumla orqali urushga nisbatan Normatning bor nafrati tasvirlangan “…Biroq bilgan soʻzlarining ichidan u bundan ham qabih soʻz topa olmadi”. Uning nazdida, unga xiyonat qilib, hayotini zaharga aylantirgan insonlarning ham fashistdan farqi yoʻq. Bularning bari la’nati urushning kirdikorlaridir. Bu soʻzlarni “horgʻin” tovushda aytgani ham bejiz emas, u fashist degan, urush degan soʻzdan charchadi, uning ruhiyati ortiq bu yovuzliklarga chiday olmaydi. Xulosa: bu asardagi qahramonlar psixologiyasi turlicha va yozuvchi ularni ishonarli hamda oʻziga xos tarzda tasvirlay olgan. Asarda odamlar juvonmarg boʻlish uchun urushga borishi shartmasligi, urush koʻlankasi millionlab kilometrgacha yetib bora olishi va oʻz qurbonlarini topishi koʻrsatib berilgan. Urush tugagan boʻlsada, uning asoratlari insonlarning hayotini zaharlashda davom etyapti. Ularning ruhiyatidagi tushkunlik va jarohatlarni davolash uchun hali koʻp yillar kerak boʻladi.