GLOBALIZATSIYA DAVRIDA MILLIY O'ZLIK VA TILNI ASRASH MASALALARI
Abstract
Ushbu maqola globalizatsiya jarayonidagi milliy o’zlik va uning tilga bo’lgan ta’siri tahlil qilinadi. Global madaniy almashinuv sharoitida kichik xalqlarning tili, madaniyati, qadriyatlari va madaniy merosini saqlash masalalari yoritiladi. Maqolada - hozirgi kunda tilni asrashning ijtimoiy- ma’naviy ahamiyati, ulg’ayib kelayotgan yosh avlod ongida o’zlikni shakllantirish zaruriyati va raqamli texnologiya davrida ona tilimizning rivojlanish va boyish yo’llari haqida bayon qilinadi.
Full text
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1171 GLOBALIZATSIYA DAVRIDA MILLIY O’ZLIK VA TILNI ASRASH MASALALARI Murodova Odina Zafarjon qizi Namangan Davlat Chet tillari Instituti Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Electron pochta: [email protected] Annotatsiya:Ushbu maqola globalizatsiya jarayonidagi milliy o’zlik va uning tilga bo’lgan ta’siri tahlil qilinadi. Global madaniy almashinuv sharoitida kichik xalqlarning tili, madaniyati, qadriyatlari va madaniy merosini saqlash masalalari yoritiladi. Maqolada - hozirgi kunda tilni asrashning ijtimoiyma’naviy ahamiyati, ulg’ayib kelayotgan yosh avlod ongida o’zlikni shakllantirish zaruriyati va raqamli texnologiya davrida ona tilimizning rivojlanish va boyish yo’llari haqida bayon qilinadi. Kalit so’zlar: globalizatsiya, milliy o’zlik, til, madaniyat, o’zlikni anglash, raqamli davr This article analyzes the national identity in the globalization process and its impact on language. In the context of Global cultural exchange, issues of preserving the language, culture, values and cultural heritage of small peoples are covered. The article describes the socio - spiritual significance of language preservation, the need to form identity in the minds of the growing younger generation, and the ways of development and enrichment of our native language in the era of digital technology. Keywords: globalization, national identity, language, culture, self-awareness, digital age KIRISH Bugungi rivojlanayotgan texnologiya davrida insoniyat hayotining har jabxasida o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Axborot texnologiyalarining tez sur’atlarda rivojlanishi, madaniy aloqalar mustahkamlanishi, ta’lim va turizm soxasida talabalar almashinuvi hamda tillararo muloqotning ortishi natijasida dunyo xalqlari toboro bir-biri bilan yaqinlashmoqda. Biroq bu o’zgarishlar bir paytni o’zida milliy o’zlik, madaniyat, qadriyat, urf-odatlar va milliy tilning yo’qolish xavfini ham keltirib chiqarmoqda. Til – bu millatning ruhi, milliy o’zlikning, tarixiy xotiraning eng muhim unsurlaridan biridir. Shu bois, har bir xalq o’z tilini asrash orqali – o’z tarixiy merosini, madaniy qadriyatlarini va ma’naviy boyligini himoya qiladi. Ammo hozirgi kunda global madaniy oqimlarning ta’siri natijasida ayrim tillarning yo’qolib borayotgani, yoshlar orasida o’z madaniy tiliga hurmatsuizlik, dunyo tiliga aylanayotgan o’zga tilga bo’lgan hurmat va natijada o’z ona tilidan uzoqlashish kabi holalatlar kuzatilayotgani, milliy xavfsizlik darajasidagi dolzarb masalaga aylanmoqda. Mazkur maqolada, globalizatsiya jarayonining tilga va millatga ta’siri haqida tahlillar orqali yoritiladi, shuningdek ona tilini asrash va yangi davr shart-sharoitlarida rivojlantirishning ayrim samarali yo’llari yoritiladi. Globalizatsiyaning til va ma’daniyatga ta’siri Globalizatsiyabu har bir davlatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, axborot va texnologiya sohalarida o’zaro bog’liqligi ortib borayotgan muhim jarayondir. Bu jarayon bir tomondan, xalqlar o’rtasida madaniy bog’liklik vat til almashinish imkonini kengaytirsa, boshqa tomondan milliy tillarning mustaqilligiga xavf soladi. Hozirgi kunda ingliz tili global aloqa vositasiga aylangan. Ingliz tilining har sohada, xususan, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, biznes kabi sohalarda keng qo’llanilayotgani, boshqa tillarning qo’llanish doirasini toraytirmoqda. Natijada, muloqot qilivchi aholisi kam bo’lgan kichik mamlakat yoki xalq tillari yo’qolish yoki o’lik til sifatida
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1172 xavfga duch kelmoqda. Xususan, UNESCO ma’lumotiga ko’ra har ikki haaftada dunyoda bitta til butunlay yo’q bo’lmoqda. Shu bilan birga, globalizatsiya jarayoni yoshlarning dunyoqarashiga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Va bu jarayon milliy qadriyat, urf-odat va an’analarni sekinlik so’nib borishiga sabab bo’lmoqda. Negaki, yoshlar orasida ommaviy madaniyat, chet el brendlari va ijtimoiy tarmoq ta’sirida milliy tilimiz va tilimizga bo’lgan e’tibor sezilarli tarzda susaymoqda. Milliy o’zlikni anglash va uni asrash zarurati Milliy o’zlik bu – har bir xalqning o’zligi, qadriyatlari va boshqa xalqlardan ajratib turuvchi ma’daniyatidir. U xalqning xotirasini, necha yilliq madaniyati va ma’naviy qadriyatlarining bir butun xolda namoyon bo’lishidir. Globalizatsiya davrida esa milliy o’zlikni anglash, uni chuqur his eta bilish, unga hurmatda bo’lish va avloddan avlodga yetkazish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O’zlikni yo’qolishi esa – millatning millatligini, ma’naviy zaiflashuvi, madaniy ildizlardan butkul uzilishi, rivojlanishdan, yuksalishdan batamom uzilish bilan barobardir. Shu sababli, har bir fuqaro qatsi mamlakatda yashashidan qat’iy nazar tilini asrab avaylayi, uni boshqa tillardan ustun qo’yishi, unga hurmat bilan qarashi hamda uni rivojlanishi uchun mas’ul ekanini his qilishi kerak. Bu nafaqat shaxsiy burch, balki ijtimoiy vazifa hamdir. Bugungi kunda O’zbekistonda milliy o’zlikni anglash va tilni yanada rivojlantirish maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, har xili tantanali tarzda til bayramini butub mamlakat bo’yisha nishonlashimiz, mamlakat miqyosida o’tkazilayotgan imloqoidalariga asoslangan test olimpiadalari yokida milliy o’zligimizni anglashga hissa qo’shgan tarixixy shaxslar, tarixiy yodgorliklarga tashrif buyurish kabi tashabbuslar bu yo’nalishdagi muhim qadamlardir. Shu bilan birga, yoshlaning bilimli, ularni o’z milliy qadriyatlariga sadoqatli qilib tarbioyalash bugungi kunning dolzarb masalalariga aylanmoqda. Milliy o’zlikni saqlash uchun har bir inson o’z ona tilini chuqur o’rganishu, uning tarixini bilishi,, shuningdek zamonaviy dunyoda o’zligini saqlagan xolda boshqalar bilan raqobarbardosh bo’lishi kerak. Faqat shundagini, globalizatsiya davrida milliylik va zamonaviyliknu uyg’unlashtirgan xolda barqaror taraqqiyotga erishish mumkin. Tilni asrash va rivojlantirishning samamarali usullari Aytganimizdek til bu millatning, tafakkurning va madaniyatning ko’zgusidir. Shuning uchun har bir xalq o’ztilini nafaqat asrashi, balki uni zamon talablari asosida rivojlantirib borishi kerak. Ayniqsa, bugungi globallashuv jarayonida bu juda muhim ahamiyatga ega. Birinchida, ta’lim tizimida ona tilining mavqeini yanada mustahkamlash muhimdir. Maktab va Oliy ta’lim muassasalarida o’zbek tilini darslikdan tashqari ilmiy va raqamli sohalar bilan birgalikda qo’llanilishini kengaytirilsa, o’z tilimiz xuddi ingliz tilidek xalqaro miqyosda o’z o’rnini topa oladi. Shuningdek, zamonaviy dasrliklar, yangi yaratilayotgan texnologiyalarga va onlayn platformalar asosidagi tanlash tiliga o’zbek tilini qo’shish orqali til o’rganishni yanada samarali qilish mumkin. Ikkinchidan, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda o’zbek tilidan faol foydalanish zarurdi. Ko’ryapmizki hozirgi kunda ijtimoiy tarmoq deyarli o’zga tillik kontentlarga to’la, xattoki o’zbek blogerlari ham boshqa tilda intervyu berishadi, postlariga ham o’zga tilda izoh qoldirishadi. To’g’ri yurtimizda 40 dan ortiq millat istiqomat qiladi, ammo bu madaniyatimiz va tilimizga bo’lgan e’tibor va nazarning susayishiga olib kelmoqda. Shuning uchun ham jamiyki online platformalarda ona tilining sifatli va to’g’ri qo’llanilishi yoshlar orasida til madaniyatini yuksaltiradi.. Shu yo’l orqali nafaqat kundalik muloqotda, balki raqamli dunyoning asta sekin bir qismiga aylanib boradi.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1173 To’rtinchidan, til siyosatini rasmiy va ilimiy asosda ham isloh qilish. Ya’ni tilshunos olimlar, adabiyotshunoslar hamkorligida yangi atamalar, terminlar, terminologiyalar yaratish orqali tilning zamoniy sohalarga moslashuvchanligi bilan uning moslashuvchanligini oshirish. Shunday qilib, tilni asrash bu ma’lum sohaning, ta’lim tizimi yoki hukumatning vazifa emas, bu – butun jamiyatning umumiy vazifasidir. Agar har bir inson o’z tilini faxrla aytsa, uni farzandiga o’rgatsa, milliy o’zlik hech qachon yo’qolmaydi. Xulosa qilib aytganda, globalizatsiya butun insoniyatning ajralmas qismidir. U xalqlar o’rtasida muhim madaniy va ta’limiy almashinuvlarga zamin yaratadi, ammo shu bilan birga milliy o’zlik va millat madaniyatiga ham sezilarli ta’sirini ko’rsatadi. Har bir millat bu dunyoda o’z o’rnini saqlab qolishi uchun esa o’z milliy tiliga, diniga, madaniyatiga sodiq qolishi, ona tilini asrab-avaylashi, uni zamon bilan hamnafas rivojlantirgan xolda olib borishi zarurdir. Til – bu millatning ruhi va mavjudligi asosidir. Yosh avlodning tilga bo’lgan mehrini kuchaytirish, raqamli dunyoda ona tilining imkonyatlarini kemgaytirish milliy o’zlikni saqlab qolishning samarali yo’llaridandir.Global dunyoda o’zligini saqlab qolgan, o’z tilida faxr bilan so’zlovchi xalqgina haqiqiy mustaqil millat sifatida rivojlana oladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston – yangi dunyoda” asari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023. 3. Xo‘jayev M. Globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni anglash masalalari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. 4. UNESCO. Atlas of the World’s Languages in Danger. – Paris: UNESCO Publishing, 2021. 5. Saidov A. Til, madaniyat va milliy o‘zlik: zamonaviy yondashuvlar. // “O‘zbekiston filologiyasi” jurnali, №2, 2022. 6. www.lex.uz — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni.