XUFAR ZIYORATGOHLARI VA TO'Y MAROSIMLARINING MA'NAVIY AHAMIYATI
Abstract
Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatining Xufar qishlog‘ida saqlanib kelayotgan ziyoratgohlar va to‘y marosimlari tahlil qilinadi. Xufar aholisi orasida shakllangan diniy e’tiqod, xalq og‘zaki ijodi va urf-odatlar orqali muqaddas joylarga bo‘lgan hurmat, to‘y va sunnat marosimlarining ijtimoiy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Xufardagi diniy marosimlar va ziyorat an’analari xalqning ma’naviy hayoti, birlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
Full text
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 519 XUFAR ZIYORATGOHLARI VA TO‘Y MAROSIMLARINING MA’NAVIY AHAMIYATI Nasriddinov Dilovar Muslixadim o‘g‘li Termiz davlat pedagogika instituti stajyor-o‘qituvchisi Annotatsiya. Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatining Xufar qishlog‘ida saqlanib kelayotgan ziyoratgohlar va to‘y marosimlari tahlil qilinadi. Xufar aholisi orasida shakllangan diniy e’tiqod, xalq og‘zaki ijodi va urf-odatlar orqali muqaddas joylarga bo‘lgan hurmat, to‘y va sunnat marosimlarining ijtimoiy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Xufardagi diniy marosimlar va ziyorat an’analari xalqning ma’naviy hayoti, birlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Kalit so‘zlar: Xufar, ziyoratgoh, marosim, xalq og‘zaki ijodi, to‘y, xatna, sunnat, diniy an’ana, avliyo, Xujamqara, hatmi Qur’on. Abstract: This article examines the sacred sites and wedding rituals preserved in the village of Khufar, located in Uzbekistan’s Surkhandarya region. Through an analysis of local religious beliefs, oral traditions, and customary practices, the study highlights the community’s enduring reverence for sacred places and the social importance of wedding and circumcision ceremonies. The findings reveal that the religious and pilgrimage traditions of Khufar play a vital role in nurturing the community’s spiritual life, reinforcing collective identity, and fostering social cohesion within the broader cultural landscape of the Surkhan Valley. Keywords: Khufar, shrine, ritual, folk oral tradition, wedding, circumcision, religious custom, saint, Khujamqara, recitation of the Qur’an O‘zbekiston janubida joylashgan Xufar qishlog‘i o‘zining qadimiy madaniyati, diniy qadriyatlari va xalq og‘zaki ijodi bilan ajralib turadi. Bu hududda asrlar davomida shakllangan ziyorat joylari va marosim an’analari mahalliy aholining e’tiqodi va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Xalq orasida avliyolarning qabri deb e’tiqod qilinadigan joylar, to‘y va sunnat marosimlari orqali e’tiqodiy, axloqiy va ijtimoiy birlik mustahkamlanadi. Muqaddas maskanlar. Xufarda qadimdan mashhur bo‘lgan bir qator ziyorat joylari mavjud: Xo‘ja Isohon Vali, Xo‘ja G‘oyib, Mulla Xo‘ja Qaro, Sangi kalon, Xo‘ja Barkuh va boshqalar. Bu joylar xalq orasida avliyolar yotgan yoki qadami tegkan maskan sifatida e’tiqod qilinadi. Ziyoratchilar bu joylarda Qur’on tilovati qiladi, duo
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 520 o‘qiydi va Allohdan madad so‘raydi. Ziyoratgohlarning shakllanishi, asosan, islomiy e’tiqod bilan bir qatorda, xalqning qadimiy an’analari bilan ham bog‘liqdir. Xujamqara ziyoratgohi. Xufarning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Xujamqara ziyoratgohi qishloqdan 8–10 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, “Xayiti Eshon” nomi bilan ham mashhur. Bu joy xalq orasida orzular ro‘yobga chiqadigan muqaddas maskan sifatida qadrlanadi. Ziyoratchilar yozu-qish demay bu joyga kelib, Qur’on tilovat qiladi, nazr-niyozlar keltiradi 1 . Bu holat xalq orasida avliyolarga bo‘lgan ehtirom va Allohga bo‘lgan muhabbatning amaliy ifodasi sifatida ko‘riladi. Yetti avliyo rivoyati. Xufar aholisining e’tiqodida “Yetti avliyo” haqida mashhur rivoyat mavjud. Unga ko‘ra, qadimda bu hududda yetti aka-uka yashagan, ular solih va halol kishilar bo‘lgan. Ularning qabrlari hozirgacha ziyorat qilinadi: Xo‘ja Pesh — Sangardak bog‘ida, Xo‘ja Ilgor — Sangardak darasida, Xo‘ja Asmin va Xo‘ja Aspbon — Xonchiza hududida, Xo‘ja Murud — Dexobod tog‘larida, Xo‘ja Barkuh — Xufarning yuqori qismida joylashgan. Bu ziyoratgohlar xalq uchun e’tiqodiy markaz bo‘lib xizmat qiladi va ularning ma’naviy hayotida muhim o‘rin egallaydi. Xufarda to‘y va diniy marosimlar. To‘y va tayyorgarlik an’analari. Xufarda to‘y marosimlari, ayniqsa, yozning oxiri va kuz boshlarida — hosil yig‘imi tugagan paytlarda o‘tkaziladi. To‘y joyi sahro yoki keng hovlida tayyorlanadi. Har bir qarindosh va qo‘shni yordam beradi: kimdir qozon olib keladi, kimdir taom pishiradi, boshqalar mehmonlarni kutib oladi. To‘y odatda 3–4 kun davom etadi, bu paytda qo‘shni qishloqlardan ham mehmonlar keladi. Sozandalar chaladi, xalq raqsga tushadi, o‘yinlar o‘tkaziladi 2 . Xatna (sunnat) to‘yi. Xufarda xatna to‘yi eng muhim diniy marosimlardan biridir. Odatda u bahor yoki yoz oylarida o‘tkaziladi. Marosim oqsoqollar duosi bilan boshlanadi. Bola oq kiyim kiyadi, boshi ipak yoki atlas ro‘mol bilan o‘raladi. Xalq “Allohu Akbar” deb duo qiladi, bolani ko‘tarib yurishadi, unga sovg‘alar — kiyim, pul, atir, shirinliklar taqdim etiladi. Bu marosim islomiy e’tiqod, poklik va oila 1 “Зиёратгоҳои Хуфар” — Tojik tilidagi xalq og‘zaki to‘plami 2 Xufar qishlog‘i aholisi og‘zaki ma’lumotlari (2024-yil yozgi ekspeditsiya).
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 521 shodiyonasining timsolidir 3 . Hatmi Qur’on marosimi. To‘ylar orasida Hatmi Qur’on marosimi ham o‘tkaziladi. Imom Qur’on tilovat qiladi, 15–20 kishi ishtirok etadi. Tilovatdan so‘ng Allohdan baraka, farzandga sog‘lik va umr so‘raladi. So‘ng duolar bilan dasturxon yoziladi 4 . Xufar xalqi uchun ziyoratgohlar, to‘y va sunnat marosimlari nafaqat diniy e’tiqodning ifodasi, balki xalq birligi va mehr-oqibat ramzidir. Bu an’analar orqali Xufar aholisi Allohga bo‘lgan sadoqatini, milliy qadriyatlarga ehtiromini va ijtimoiy birdamlikni namoyon etadi. Ziyoratgohlar xalq xotirasi va e’tiqodining tirik guvohi bo‘lib, to‘y marosimlari esa — bu xotiraning davomiyligini ta’minlovchi ijtimoiy hodisadir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. “Зиёратгоҳои Хуфар” — Tojik tilidagi xalq og‘zaki to‘plami. 2. Xufar qishlog‘i aholisi og‘zaki ma’lumotlari (2024-yil yozgi ekspeditsiya). 3. T. To‘xtayeva. O‘zbekiston marosim madaniyati. Toshkent, 2018. 4. Surxondaryo viloyati etnografik materiallari to‘plami (2020–2024 3 Surxondaryo viloyati etnografik materiallari to‘plami (2020–2024) 4 T. To‘xtayeva. O‘zbekiston marosim madaniyati. Toshkent, 2018.