scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"JOME'UL XUTUT" ASARINING ZAMONAVIY NASHRINI TAYYORLASHDA MATNSHUNOSLIK MUAMMOLARI

Azizova Feruza Ravhsan qizi

Abstract

Ushbu maqolada Is’hoqxon To‘ra Ibratning “Jome’ ul-xutut” asarining zamonaviy nashrlarini ilmiy-tanqidiy matnshunoslik nuqtayi nazaridan taqqoslash natijalari yoritiladi. Asarning ikki nashri (1999 va 2005 yillar) qiyosiy tahlil qilinib, ular orasida mazmuniy farqlar, tushirib qoldirilgan sahifalar, matnni muallif tilidan berish tamoyillaridagi tafovutlar aniqlanadi. Tadqiqotda matnshunoslikning asosiy vazifalari — qo‘lyozma tarixini o‘rganish, matnning ilmiy asoslangan variantini tiklash va transliteratsiya hamda tabdil jarayonlari o‘rtasidagi farqlar izohlanadi. Maqolada matnni nashrga tayyorlashda yuzaga keladigan muammolar — matnning buzilishi, ayrim sahifalarning tushib qolishi, muallifga xos til xususiyatlarining o‘zgartirilishi kabi holatlar misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Is’hoqxon Ibratning tilshunoslik merosini tadqiq etish nafaqat matnshunoslik, balki tarix, tilshunoslik, madaniyatshunoslik uchun ham muhim ilmiy ahamiyatga ega ekani asoslab beriladi.

Full text

Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 312 “JOME’UL XUTUT” ASARINING ZAMONAVIY NASHRINI TAYYORLASHDA MATNSHUNOSLIK MUAMMOLARI Azizova Feruza Ravhsan qizi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi “Xadichai kubro” ayol qizlar madrasasi o‘qituvchisi pochta: [email protected] Tel.: 97 462-99-11 Annotatsiya: Ushbu maqolada Is’hoqxon To‘ra Ibratning “Jome’ ul-xutut” asarining zamonaviy nashrlarini ilmiy-tanqidiy matnshunoslik nuqtayi nazaridan taqqoslash natijalari yoritiladi. Asarning ikki nashri (1999 va 2005 yillar) qiyosiy tahlil qilinib, ular orasida mazmuniy farqlar, tushirib qoldirilgan sahifalar, matnni muallif tilidan berish tamoyillaridagi tafovutlar aniqlanadi. Tadqiqotda matnshunoslikning asosiy vazifalari — qo‘lyozma tarixini o‘rganish, matnning ilmiy asoslangan variantini tiklash va transliteratsiya hamda tabdil jarayonlari o‘rtasidagi farqlar izohlanadi. Maqolada matnni nashrga tayyorlashda yuzaga keladigan muammolar — matnning buzilishi, ayrim sahifalarning tushib qolishi, muallifga xos til xususiyatlarining o‘zgartirilishi kabi holatlar misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Is’hoqxon Ibratning tilshunoslik merosini tadqiq etish nafaqat matnshunoslik, balki tarix, tilshunoslik, madaniyatshunoslik uchun ham muhim ilmiy ahamiyatga ega ekani asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: Is’hoqxon To‘ra Ibrat, Jome’ ul-xutut, matnshunoslik, ilmiy-tanqidiy nashr, transliteratsiya, tabdil, qo‘lyozma, qiyosiy tahlil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2017yil 24-mayda imzolangan “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va rejali targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniyatimizning hali o‘rganilmagan ko‘pgina qatlamlarini ochib berishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish, qo‘lyozmalar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarni asosida maqsadli tayyorlash uchun katta imkoniyat eshiklarini ochdi. Matn tadqiqi masalasida ustoz Shuhrat Sirojiddinov shunday deydi: Matn talqini tadqiqi qo‘lyozma asarning adabiy manba sifatidagi qimmatini baholash, badiiy asar matni haqida to‘liq tasavvur paydo bo‘lishida ob’ektiv asos bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘lyozma, agar u she’rlar to‘plami bo‘ladigan bo‘lsa, matnshunos oldida ikki vazifa ko‘ndalang turadi. Birinchisi, qo‘lyozmaning tarixi va taqdirini o‘rganish, ikkinchisi esa undagi asarning matnini tahlil qilish. Birinchi holatda matnshunos manbashunoslar kabi qo‘lyozmaning tavsifiy belgilari, tuzilishi, tadqiq ob’ektiga aylanguncha bo‘lgan davrdagi taqdiri, umumiy tekstologik belgilarini o‘rganadi. Ikkinchi vazifa matnshunosning bosh vazifasi bo‘lib, matn Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 313 tahlilini amalga oshiradi. Bu holatda uning oldida asarning badiiy qimmatini belgilash uchun chuqur poetik tahlilni amalga oshirish, muallif g‘oyaviy dunyoqarashini ochib berish va uning badiiy mahorati darajasini belgilash vazifasi turadi. Tadqiqotchi o‘z maqsadiga erishish yo‘lida muallifning diniy, falsafiy, badiiy tafakkur olamiga kirishga majbur. 1 Bundan ko‘rinadiki, matn talqin qilinayotganda uning barcha aspektlari keng ko‘lamli o‘rganiladi. Matn mukammal holatga keltiriladi. Biz o‘rganyotgan va tadqiq qilayotgan “Jome’ ul xutut” asari quyidagi nashrlarda aks etgan: 1) Is’hoqxon To‘ra Ibrat “Tanlangan asarlar” “Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan 2005 yili chiqarilgan Nurboy Jabborov va Ulug‘bek Dolimovlar tomonidan nashrga tayyorlangan varianti. Asar nashrning 13 - 20 betlarida beriladi. Asar Ibratning tilidan emas, balki ustozlar tilidan bayon etiladi. Finikiy, sanskrit, yahudiy, slavyan va kufiy yozuvlardan namunalar keltirilib, izohi berilmaydi. Is’hoqxon Ibratning tilshunoslik sohasida chuqur ilmga ega ekanligi mazkur asarida ham namoyon bo‘ldi. Asarda piktografik yozuvlardan keyin vujudga kelgan eng qadimiy tovush-harf yozuvlari: finikiya, yahudiy, suriya, arab, yunon, fors, slavyan, sanskrit, hind, lotin, arman, gruzin, uyg‘ur va boshqa qirqdan ortiq yozuvlar, ularning kelib chiqishi, taraqqiyoti haqida ma’lumot beriladi 2 . 2) Ibrat, Siddiqiy-Ajziy, So‘fizoda “Tanlangan asarlar” “Ma’naviyat” nashri tomonidan 1999-yili chop etilgan. Nashrga tayyorlovchilar Begali Qosimov, Sunnat Ahmedov va Ulug‘bek Dolimovlar tomonidan tayyorlangan varianti. Asar 95-98 sahifalarni egallaydi. Asar Ibrat tilidan, ya’ni “Jome’ ul xutut”dan olingan. Biz taqqoslaydigan asosiy variant bu aynan shu ikkinchi variantdir. Shartli ravishda “IV” tarzida belgalab olamiz. “IV” nashri 13-14 yoshimda maktabi adabda memorisi ishtiyoqinda edim, deb boshlanadi. Aslini olganda asar an’anaviy “basmala”, hamd va na’at bilan boshlanadi. Banda tufuliyyat darajasindan mathi marohaqa qadami nihod o‘lmoqda maktabi adabda mamorasa ishtig‘olinda edum 3 . Bundan ko‘rinadiki, asarda 13-14 yoshimda degan birikma yo‘q. Kitobim safhasidagi husni xat va husni naqsh fikrlari kuhniyat va ta’limlari ishtiyoqi qalbimda mushtag‘il o‘lib har xututlar ko‘rsam vaz’ va ta’limlarini bilmaguncha ko‘nglum sokit o‘lmadi. Hatto moni’i chinlar rasmu xututi ajnabiyalar mohirona iqtidorlarin andishadan chiqarub bo‘ldi. Umrumni necha muddat bul xututlarga zoe etub olami islom xututlarin bildim. Ibroniy va suryoniy va yunoniy va anglizi xatlarin haramayn tariqida Hindiston mulki Bumbayda o‘rgandim. Har bir zavoru va ahli fazl kishini ko‘rsam kayfiyat va ta’limoti maollarin andan so‘rdum. Alalxusus Hijoz taraflarinda haramayn tariqinda Hinduston mulki bo‘lgan Bambay shahrida necha muddat sukunat qilib Hinduston muravvaji arba’a lison ya’ni arabiy, forsiy, angliziy, hindiy xatlarin o‘rgandim. 1303-hijriyda bularni mashoqlik tariqinda safha-safha kog‘azg‘a yoki qat’iyan sanglarga va sathi devor va madrasa – masjidlar qubbalarig‘a yozganim mururi zamon ila buzulub manga afsusi beandoza bo‘ldi. 1 Sirojiddinov Sh. Matnshunoslik saboqlari. T.: Navoiy universiteti, 2019. B-20. 2 Is’hoqxon To‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar. T.: Ma'naviyat, 2005. B-14. 3 Ibrat I. “Jome' ul xutut”. Namangan. Matbaai Is’hoqiya, 1912. B-4. Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 314 Bu tariqa yozmoqdin ko‘nglum so‘ldi va bu sabab bul xatlarni boqi va toriq qarori muddao bo‘lub va ham millatimizga yagona bir tarix qoldirmoq qasdinda ham olama bir osor qoldirmoq niyat etub bu masra’e mujibi: Asardurki olamg‘a o‘lg‘aynishon, Kishi beasardur ketar benishon, - mazmunicha botadvin aylab (tahrirlash orqali) roya soqib (teshuvchi fikr) arbobi xasm va arbobi fazl kamollarga manzur qilib millatga nishon qoldirub ham millatimiz nishoni turkiy uchun umumiy turkiy ilan sartiya xalqini naf’e olmoqi muddao bo‘lub adabi milliyona qilmay ravshan turkiy qilindi. Millatimizni forsiylariga ikkinchi taba’ada forsiy qilinur vajami’ xatlarga jome’ uchun “Jome’ ul xutut” tasmiya aydub(edub) o‘z xatimiz va o‘z tilimiz va o‘z matba’mizda taba’ qilmoq maqsad bo‘lub, tabi’ sharif ahli raso va qalbi latif ahli zakolarga peshkash qildim. Amid afu xatosig‘a rahmat ko‘rguchi atosig‘a amid duo noziridin ijobat mujibul-da’vatdindur. (“IV” da bu joy berilmagan). “IV” nashrida 8-14 betlar mavjud emas. 14-15 betlar mavjud. “bir nima niyat (“IV” nashrida madaniyat) xotiraga o‘xshagan yangi taomil, yangi so‘z, yangi xat joriy bo‘lib,eski nimarsa diniy ishlar bo‘laklari hammasi, balki qolib, yangi yurub ketar ekanlar. Kulli jadidlardinmu, chunonchi, zikri bo‘lgan xutut qadimiyalar hammasi yangilar eskidan joriy bo‘lib qolur ekan. Chunoncha, o‘zingizda hozir turubdur ayon, hojat emas bayon, chunoncha, chirog‘ qoldi lamfa, chaqmoq qoldi gugurd, suyuq osh qoldi choy, choychush qoldi choynek, qumg‘on qoldi samavar, hokazo yangi nimarsalar ko‘b joriy bo‘lib qolgan nimarsalardek bu asl xatlar ham qolib, yangisi joriy bo‘lgan ekan.” “IV” nashrida 16-bet berilmagan. So‘ngra 17-betdan berilgan. Andin kuttob Odamki, mandaoni xatidur (“IV” nashrida bu joy yo‘q). Andin (“IV” da xatti davrondin) suryoniy chiqarib, suryoniydin kufiy chiqarub, kufiydin sulsni, sulsdin ta’liqni, suls ila ta’liqdin nasta’liqni kitobi xatimizdurki, 900 hijriyda Eron shahrini Tabriz degan baldada Xo‘ja Mir Ali Tabriziy chiqarganlar. Nasx ila ta’liqdin murakkab uchun nasta’liq ismi qo‘yganlar. Bul xat arabistonda joriyemas. Hindiston, Buxoro, Turkiston, Farg‘ona, Qoshg‘ar ahli Islom diyorlarida joriydur. Bunga sabab bu mulklarga Eron podshohlarini ixtiloti bo‘lib, Buxoro yu bo‘laklarni olub, ul vaqtlarda joriy qilgan ekan. Eroniylarni turoniylarni olgani tarix kitoblarida mazkur va mashhurdur. Xo‘ja Mir Ali vaz’ xat kitobi husni xatdagi mahorati va martabasi ayon va bayondur. Shundan so‘ng 31-betga o‘tiladi. bizlarda mobodo, biror shul xat yerlardin chiqib qolsa, olim yo‘q, mutolaag‘a ehtiyoj bo‘lganda mu’til qolur erdiki, qodir mutolaa kishi yo‘q. Madaniyati mukammal emas asrimiz, madaniyatimiz bor erdi badaviyat ermas erduk, chunonchi, otash aroba, telegrom, telefun, elektr fanarlar, necha xil hatto uchadurgon ayruflon, gramafun, fotograf, litograf, tifugraf, anvo’i mashinalar, abtomobil, valisifid, tilsiztelegromlar nechanecha ashyoi jadidalar, anvo’iadidalar – hammasi mavjud edi. Bizni asrimiz 1285-1350 yillar hijriylarida edi. Ko‘bda mutavahhush va mutadanni bo‘limi mundin ellik yil muqaddam o‘tkanlaridek bir majlisda yuz kishii bo‘lsa, o‘n adadda o‘qigan kishi chiqmas ekan. Chiqsa Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 315 ham ilmlari savoddin iboratdir. Bul xilda mutavahhush emas eduk. Bovujud bu xati qadimalarga olim yo‘q edi. Bu zamonimiz alhamdullilah taraqqiyda bo‘lib, mufassirin, muhaddisin zamonlaridagi tariqidek bo‘lib, aksar kishilar ahli savod bo‘lib asbobi kitob ko‘b matba’ intishorda maktablar ochilib davlati Rusiyada har kishi hoxlagan ilmni o‘qumoqni xohlasa maktab tayyor aksar tujjorlar ikki xil xatga olim bo‘ldilar. Shul maosirlardin bir miyona musannif edimki, ilmlarim ko‘rasiz, bilimingiz maosirlarimdin so‘rasiz, hammasi ayondir “Jome’ ul xutut”da bayondur. Bu asrlarda Turkiston Islomlari ham ancha-muncha madaniyat topib havodis va jaroidlar vositasi ko‘b ko‘b ilmlarga mohir bo‘ldilar. “IV” nashrining so‘ngida slavyan xati haqidagi qism taqdim etiladi va asar tugaydi. Shu o‘rida atoqli adabiyotshunos olim D.Quronovning quyidagi fikrlariga to‘xtalib o‘tsak: Matnshunoslikning vazifasi – adabiy matnlarni o‘rganish va nashrga tayyorlashdir. Matnshunoslikning vazifasi qisqa ifodalangan bo‘lsa-da, uning amalga oshirilishi juda katta mehnatni, chuqur bilim va tajribani talab qiladi. Adabiy matnni o‘rganayotgan matnshunos oldida turli-tuman ilmiy muammolar ko‘ndalang bo‘ladi. Deylik, matnshunos muallifi noma’lum asar(matn)ga duch keldi. Bu holda u asar muallifini, matnning yoshi(yozilgan, ko‘chirilgan vaqti)ni aniqlashi zarur. Buning uchun esa u adabiyot tarixi, til tarixi, manbashunoslik, uslubshunoslik kabi sohalardan yaxshi xabardor bo‘lishi va ularga tayangan holda matnni tadqiq etishi lozim bo‘ladi. Yoki Matnshunoslikning boshqa bir vazifasi – asarning ilmiy-tanqidiy nashrini tayyorlash ham juda mashaqqatli ish 4 . Bizning qo‘limizda asarning yozilgan vaqti, muallifi, nashriyoti mavjud. Ammo ba’zi nashrlarda - keyingi yillardagi farqli jihatlar mavjud bo‘lsa, ilmiy-tanqidiy matnini vaommaviy matnini tayyorlash masalasi kun tartibidagi matnshunoslikdagi dolzarb masalasidir. Matnning eski tildagi shaklining hozirgi tilga o‘girilishi tabdil, qadimgi va oldingi yozuvdan joriy yozuvga almashtirilishi esa transliteratsiya deyiladi. Hozirda shu ikki atama adabiyotshunoslar orasida ham deyarli bir xil mazmunda foydalaniladi. Buni juda ham xato deyish noo‘rin. Ya’ni, transliteratsiya tabdil vazifasini qila olmasligi mumkin. Ammo tabdil jarayonida transliteratsiya yaqqol namoyon bo‘ladi. Holbuki, tabdilning izohli lug‘atlardagi ta’rifi ham bunga javob beradi: (o‘zgarish, almashinish). XIX–XX asrlar adabiyotini joriy yozuvga o‘girish, tabdil qilish ishlarida ayni atamalarning mazmunan qorishishi jarayonini ko‘rishimiz mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 1. Habibullaev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. - Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2000. - 172b. 2. Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. - Toshkent: Fan, 2007. - 295 b. 3. Isʼhoqov Y. Klassik adabiyot poetikasidan maʼlumotlar. // Oʻzbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1970. 4 Quronov D., Mamajonov Z., Sheralieva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati / D.Quronovning umumiy tahriri osida.- T.: Akademnashr, 2010. B-400. Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 316 4. Isʼhoqov Y. Navoiy poetikasi. – Toshkent: Fan, 1983. 5. Hojiahmedov A. Sheʼriy sanʼatlar va mumtoz qofiya. – Toshkent: Sharq, 1998. 6. Mallayev N. Oʻzbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1965. 7. Nosirov O., Jamolov S., Ziyovuddinov M. Oʻzbek klassik sheʼriyati janrlari. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1979. 8. Qurʼonov D., Mamajonova Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lugʻati. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2010. 9. Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati . – Toshkent, 1979.