scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

VAQT VA DAVR RUHINI MUNOSIB IDROK ETISHNING KASBIY SAMARADORLLIKKA TA'SIRI

M.A.Usmanov – O'zMU doktoranti

Abstract

Maqolada insonlarning vaqt va uning ahamiyati haqidagi fikrlari, davr ruhini munosib idrok etish, jamiyatda pedagoglar, olimlar, boshqaruv tizimi xodimlari, adabiyotshunos-yozuvchilar uchun samarali faoliyat yuritishida davrni to‘g‘ri idrok qilishning kasbiy faoliyat samaradorligidagi ahamiyati yoritilgan. G‘arb va Sharq falsafasida mutaffakkirlarning davrni idrok qilish haqidagi qarashlari qiyosiy bayon qilingan. Kalit so‘zlar: ilmiy vaqt, davomiylik, inson ongidagi vaqt, Avgustinning e’tiroflari, Buddizm, Konfutsiychilik, Vedanta falsafasi, “Fozil odamlar shahri”, global dunyoqarashni singdirish.

Full text

ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 278 VAQT VA DAVR RUHINI MUNOSIB IDROK ETISHNING KASBIY SAMARADORLLIKKA TA’SIRI M.A.Usmanov – O‘zMU doktoranti Annotatsiya. Maqolada insonlarning vaqt va uning ahamiyati haqidagi fikrlari, davr ruhini munosib idrok etish, jamiyatda pedagoglar, olimlar, boshqaruv tizimi xodimlari, adabiyotshunos-yozuvchilar uchun samarali faoliyat yuritishida davrni to‘g‘ri idrok qilishning kasbiy faoliyat samaradorligidagi ahamiyati yoritilgan. G‘arb va Sharq falsafasida mutaffakkirlarning davrni idrok qilish haqidagi qarashlari qiyosiy bayon qilingan. Kalit so‘zlar: ilmiy vaqt, davomiylik, inson ongidagi vaqt, Avgustinning e’tiroflari, Buddizm, Konfutsiychilik, Vedanta falsafasi, “Fozil odamlar shahri”, global dunyoqarashni singdirish. Atrofdagi voqea-hodisalarni munosib idrok etish ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy – umuman barcha muammolarning yechimi, preventiv asosi bo‘lib xizmat qiladi. Davrni idrok etish deganda shaxsning zamon ruhini, tarixiy voqelikni va hozirgi kunning ijtimoiy-madaniy sharoitlarini tushunib va munosib anglab yashashi tushuniladi. Bu hodisa nafaqat individual tafakkur jarayoni, balki professional (kasbiy) faoliyat samaradorligi uchun ham poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Fransuz faylasufi G.Bergson ta’kidlaganidek, “ilmiy vaqt mexanik va chiziqli, ammo inson ongidagi vaqt davomiylik, uzluksizlik va sezgi orqali idrok etiladi” 1 . Vaqt tushunchasi lozim darajada idrok qilingan davr, mintaqa, shaxs borki, albatta gullab yashnagan, kamoliga yetgan. “Ulamolar nazdida vaqtning qadri” nomli risolada 1 Bergson H. Time and Free Will: An Essay on the Immediate Data of Consciousness. London: George Allen & Unwin, 1910. – P. 12–25. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 279 keltirilgan misollar ham buni isbotlaydi. Chindan ham XXI asr global jarayonlari ta’sirida axborot oqimining jadallashuvi insonlarning idrok jarayoniga, ayniqsa davrni idrok etish imkoniyatlarini kamaytirmoqda. Davrni idrok etish falsafiy tafakkurning eng qadimiy va murakkab masalalaridan biri bo‘lib, turli davrlarda mutafakkirlar tomonidan turlicha yondashuvlarda tahlil qilingan. Aristotel o‘zining “Fizika” asarida vaqtni “harakatning o‘lchovi” sifatida ta’riflagan va uning inson ongida idrok qilinishi bilan obyektiv dunyodagi mavjudligi o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib bergan 2 . “Avgustinning e’tiroflari” asarida vaqtning sirli mohiyatini ruhiy va diniy jihatdan tushuntirib, “hozirgi lahza — o‘tgan xotira, mavjud idrok va kelajak intilishining birligidir” deya izohlagan 3 . Vaqtni falsafiy tushunishda G‘arb va Sharq an’analari turlicha yondashuvlarni shakllantirgan. G‘arb falsafasida W.James “Barcha tasavvur qilingan vaqtlarning prototipi – bu yuzaki hozirgi zamondir, biz uning qisqa davomiyligini darhol va uzluksiz sezib turamiz” 4 deya, ongdagi vaqt tajribasini qisqa, ammo seziladigan davomiylik sifatida talqin qiladi. Barry Dainton ham vaqt idroki masalasida “Biz o‘zgarish, davomiylik va ketma-ketlik kabi vaqtga cho‘zilgan hodisalarni bevosita anglayotgandekmiz” deb, ongning vaqtga oid tajribasi jarayonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqadorligini ko‘rsatadi 5 . Sharq falsafasida esa vaqt ko‘proq sikllilik va axloqiy-ma’naviy mazmunga ega. Sharq falsafasi, xususan Konfutsiychilikda vaqt axloqiy-ijtimoiy tartibning davomiyligini ta’minlovchi vosita sifatida qaralgan bo‘lsa, daoizmda vaqt tabiatdagi uyg‘unlik bilan tushuntirilgan. Buddizmda vaqtning o‘tkinchiligi va doimiy qayta tug‘ilish g‘oyasi, hind Vedanta falsafasida esa abadiylik va Brahman bilan bog‘liq 2 Aristotel. Fizika. Moskva: Nauka, 1975. – P. 211–220. 3 Avgustin Avreliy. Confessiones. Moskva: Nauka, 1991. – P. 301–309. 4 James W. The Principles of Psychology. New York: Henry Holt, 1890. – P. 605–609. 5 Dainton B. “Temporal Consciousness.” Stanford Encyclopedia of Philosophy. – 2020. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 280 talqinlar yetakchi bo‘lgan. Demak, Sharq falsafasida vaqt chiziqli oqim emas, balki siklik jarayon sifatida ham idrok etilgan. Islom falsafasi vakillari, jumladan Ibn Sino, vaqtni “harakatning miqdoriy o‘lchovi” sifatida ta’riflaydi va uni mavjudotning shakllanish jarayoni bilan bog‘laydi 6 . Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida rahbar shaxs uchun davrni to‘g‘ri idrok etish siyosiy va ma’naviy yetuklik mezonlaridan biri ekanini alohida qayd etadi 7 . Hozirgi xalqaro ziddiyatli munosabatlar mazkur fikrning bugungi kunda ham dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Taraqqiy etgan jamiyatlarda davlat va jamoat arboblari tomonidan mavjud ehtiyoj davr nuqtai nazaridan o‘z vaqtida angab yetilganligini hamda lozim choralar amalga oshirilganligini ko‘rsatadi. Alisher Navoiy, davr ruhini anglashni insonning ma’naviy kamoloti uchun zarur omil sifatida ko‘rsatadi. “Mahbub ul-qulub” asarida zamon o‘zgaruvchanligini, unga ongli moslashish lozimligini ta’kidlaydi: insonning ijtimoiy hayoti doimiy o‘zgarishlarga mos ravishda yo‘naltirilishi kerak 8 . Chindan ham bugun zamonaviylikni anglamagan professional shaxs jamiyatdagi islohotlarga moslasha olmaydi. Davrni idrok etish kasbiy faoliyatda bir nechta asosiy vazifalarni bajaradi. - pedagoglar uchun bu — dars mazmunini zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim metodologiyasini yangilash, o‘quvchilarga global dunyoqarashni singdirish imkonini beradi. - olimlar, ilmiy izlanuvchilar uchun — ilmiy muammolarni dolzarbligi bo‘yicha tanlash, zamonaviy metodologiyalarni tatbiq etish va ilmiy yangiliklarni yaratishda asosiy yo‘naltiruvchi kuch hisoblanadi. 6 Ibn Sino. Kitob ash-Shifo. Qohira: al-Matba‘a al-Amira, 1952. – P. 88–94. 7 Forobiy A.N. Fozil odamlar shahri. Toshkent: Fan nashriyoti, 1993. – P. 45–56. 8 Navoiy A. Mahbub ul-qulub. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. – P. 112– 118. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 281 - yozuvchi, adabiyotshunoslar uchun — jamiyat ruhini, zamonning axloqiy va ijtimoiy muammolarini adabiyot orqali ifodalash imkoniyatini beradi. - rahbarlar, boshqaruv tizimi xodimlari uchun — boshqaruv strategiyasini zamonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy kontekstiga moslashtirish vositasidir. Agar kasb egasi davr ruhini lozim darajada anglamasa, u eskirgan yondashuvlarga tayanadi, jamiyat ehtiyojlariga javob bera olmaydi. Masalan, ta’lim jarayonini raqamlashtirish, ilmiy izlanishlarda sun’iy intellektdan foydalanish, boshqaruvda zamonaviy menejment yondashuvlarini qo‘llash kabi ehtiyojlar mavjud. Shunday ekan, davrni idrok etishning o‘zi nazariy tushuncha emas, balki amaliy zaruratdir. Bugungi global muammolar — texnologik taraqqiyot, axborot oqimlarining tezkorligi, ekologik inqiroz, pandemiyalar shuni ko‘rsatadiki, davrni idrok etish nafaqat falsafiy masala, balki professional faoliyatda samaradorlikni belgilovchi mezondir. O‘zbekiston sharoitida mustaqillik davri, “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasi, ta’lim va ilm-fan sohasidagi islohotlar mutaxassislardan davrni to‘g‘ri idrok etishni talab qilmoqda. Chunki jamiyatdagi islohotlarni faqat zamon ruhini anglay olgan shaxslar samarali amalga oshira oladi. Metodologik jihatdan mavzuni tahlil qilishda bir nechta yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Fenomenologik metod orqali vaqt insonning ichki ong oqimi sifatida o‘rganiladi. Germenevtik metod matnlarni sharhlash orqali davrni idrok etish jarayonini tahlil qiladi. Tarixiy-komparativ metod Sharq va G‘arb qarashlarini qiyosiy solishtirish imkonini beradi. Nihoyat, ijtimoiy-falsafiy metod professional faoliyatdagi davrni idrok etishning ahamiyatini tahlil qilish uchun qo‘llanadi. Shu metodlarning uyg‘unligi mazkur masalani chuqurroq va ko‘p qirrali yondashuvda ochib berishga yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, davrni idrok etish falsafiy, diniy, ijtimoiy va ilmiy qarashlarning markazida turadigan masala bo‘lib, uni tushunmasdan kasbiy faoliyatni samarali tashkil etish mumkin emas. G‘arb mutafakkirlari vaqtni ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 282 subyektiv ong oqimi va ontologik kategoriya sifatida yoritgan bo‘lsa, Sharq mutafakkirlari uni sikliklik, axloqiy-ma’naviy tartib va jamiyatning barqarorligi bilan bog‘lagan. Markaziy Osiyo mutafakkirlari esa davrni anglashni insonning ma’naviy komilligi va jamiyat taraqqiyotining poydevori sifatida ko‘rganlar. Zamonaviy tadqiqotlar esa vaqt idroki nafaqat falsafiy, balki kognitiv va nevrologik jihatdan ham chuqur o‘rganilishi zarurligini ko‘rsatmoqda. Shunday qilib, metodologik yondashuvlarning uyg‘unligi davrni idrok etish masalasini yanada kengroq falsafiy va amaliy doirada tadqiq etish imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Bergson H. Time and Free Will: An Essay on the Immediate Data of Consciousness. London: George Allen & Unwin, 1910. – P. 12–25. 2. Aristotel. Fizika. Moskva: Nauka, 1975. – P. 211–220. 3. Avgustin Avreliy. Confessiones. Moskva: Nauka, 1991. – P. 301–309. 4. James W. The Principles of Psychology. New York: Henry Holt, 1890. – P. 605–609. 5. Dainton B. “Temporal Consciousness.” Stanford Encyclopedia of Philosophy. – 2020. 6. Ibn Sino. Kitob ash-Shifo. Qohira: al-Matba‘a al-Amira, 1952. – P. 88–94. 7. Forobiy A.N. Fozil odamlar shahri. Toshkent: Fan nashriyoti, 1993. – P. 45– 56. 8. Navoiy A. Mahbub ul-qulub. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. – P. 112–118.