MAKTABGACHA TA'LIMDA BOLALARNING IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA OILA VA MTT HAMKORLIGI
Abstract
Ushbu maqola maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda oilaning va MTTning samarali hamkorligi masalalari yoritilgan. Maqolada nazariy tahlil, amaliy misollar va rivojlantiruvchi markazlar orqali ijodiy qobiliyatni rivojlantirish hamda oila bilan hamkorlikni samarali tashkil etish mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, oilalar va MTTlar uchun konkret pedagogik-tashkiliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 249 MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALARNING IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA OILA VA MTT HAMKORLIGI Umarova Barnoxon Abdumajidovna Farg’ona viloyati Dang’ara tumanidagi 3-politexnikum o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17506484 Annotatsiya. Ushbu maqola maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda oilaning va MTTning samarali hamkorligi masalalari yoritilgan. Maqolada nazariy tahlil, amaliy misollar va rivojlantiruvchi markazlar orqali ijodiy qobiliyatni rivojlantirish hamda oila bilan hamkorlikni samarali tashkil etish mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, oilalar va MTTlar uchun konkret pedagogik-tashkiliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Maktabgacha yosh davri, ijodiy qobiliyat, oila va MTT hamkorligi, rivojlantiruvchi markazlar, pedagogik texnologiyalar. KIRISH Maktabgacha yosh - bu o‘zini yorqin ifoda etish, ijodiy qobiliyatlarni namoyon qilish, bolaning ijodkorligini rivojlantirish uchun eng qulay davr hisoblanadi. Maktabgacha yosh davr - ijodiy salohiyatning boshlang‘ich shakllanishi va rivojlanishi uchun eng mazmunli bosqichlardan biridir. Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining eng ustuvor vazifalaridan biri “Ijodkor bolani” tarbiyalashdir. Bu jarayon qanchalik erta boshlansa samarasi shunchalik barvaqt namoyon bo‘ladi va bolaning butun hayotiga ijobiy ta’sir qiladi. Zamonaviy dunyoda insonning ijodiy qobiliyatlari uning intellektining eng muhim qismi sifatida tan olinishi kerak. Insoniyat tomonidan to‘plangan madaniy qadriyatlar odamlarning ijodiy faoliyati natijasidir. Kelajakda insoniyat jamiyatining qay darajada rivojlanishini yosh avlodning ijodiy salohiyati belgilab beradi. Tarbiyachi pedagoglar taqlid qilish ijodkorlikni shakllantirishning asosiy mexanizmi ekanligini unutmasligi kerak. Bu shuni anglatadiki, bolaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun unga yaqin odamlar orasida bola o‘zini tanitadigan ijodiy shaxs bo‘lishi kerak. Bola uchun ijodiy xulq-atvor namunasi sifatida nafaqat ota-onalar (yoki ota-onalardan biri), balki boshqa kattalar ham (o‘qituvchilar, oila do‘stlari va boshqalar) harakat qilishlari mumkin. Agar bolalar uchun ota-onalar ko‘proq ijodiy xususiyatlarga ega bo‘lgan "ideal qahramon" bo‘lsa, ayniqsa samarali bo‘ladi. Aslini olganda “Ijodkorlik” - bu har xil turdagi ijodiy faoliyatning muvaffaqiyatini belgilaydigan shaxsning individual fazilatlari. Ijodiy qobiliyat - bolaning yangi, original g‘oyalar hosil qilish, muammolarni noyob usullarda hal etish va tasavvur doirasini kengaytirish qobiliyatidir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila - bolaning ijtimoiy-madaniy muhitining asosiy elementlari hisoblanadi. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, oila bilan muvofiqlashtirilgan pedagogik ta’sir bolalarda ijodiy faollikni sezilarli darajada oshiradi. Shu bois maktabgacha ta’lim tizimida oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligini ilmiy asosda tashkil etish hamda rivojlantiruvchi markazlar faoliyatini keng tatbiq etish dolzarb masaladir. ADABIYOTLAR TAHLILI
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 250 Ko‘pgina adabiyotlarda ta’kidlanishicha, qobiliyatlar shu jumladan, ijodkorlik bolaning shaxsiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlari masalalari bilan olimlar B.N. Nikitin, O.M. Dyachenko, N.E. Veraksa va boshqalar shug’ullanganlar. Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar bilan bo‘sh vaqtlarida o‘ynash mumkin bo‘lgan maxsus o‘yinlar mavjud. Olimlar tomonidan ishlab chiqilgan qiziqarli o‘quv o‘yinlar buning yorqin isboti hisoblanadi. Bola fantaziyasini uning ijodiy fikrlashini rivojlantirishning yana bir yorqin manbai ertakdir. Bolalarning tasavvurini rivojlantirish uchun pedagoglar foydalanishi mumkin bo‘lgan ko‘plab ertak usullari mavjud. Ular orasida: ertakni «buzib ko`rsatish», teskari yo`nalishda ertak o`ylab topish, ertakning davomini o`ylab topish, ertakning oxirini o`zgartirish. Bundan tashqari taniqli pedagog olim Yan Amos Komenskiy fikricha o‘yin – bolaning barcha qobiliyat ko‘rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o‘yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi, nutq rivojlanadi, - deb ta’kidlagan. NATIJA Tajribalarda ko‘rsatilishicha, bolalarning aynan ijodiу qobiliуatini rivojlantirish maktabgacha ta’lim уosh davriga to‘g’ri kеlishi o‘z isbotlangan. Hozirgi zamon standartlarini amaliyotda tadbiq еtish boladan nafaqat уuqori va doimiу izlanishni, balki o‘z ishiga ijodiу уondashishni talab qiladi. Bolaning krеativligi o‘z tajribalari va ixtirolarini qaуta ko‘rib chiqishi va yanada уaxshilash, natijani anglash hamda ijodiу foуdalana bilish, уangiliklar уaratishi juda katta ahamiуatga еga bo‘lib bormoqda. Bolaning krеativligi uning ijodiу faoliуatida paуdo bo‘ladi va rivojlanib takomillashib boradi. Har bir bolaning o‘zini-o‘zi rivojlantirishi va o‘zinio‘zi namoуon еta olishi bеvosita uning krеativlik qobiliуatiga еga еkanligi bilan bog’liq. Tadqiqotlarga qaraganda, bolalar krеativligining rivojlanishiga quуidagi omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin: • ijodkor kishilar bilan muloqot ko‘lamining kеngligi; • taqlid uchun namuna bo‘la oladigan kattalar olamining mavjudligi; • ota-ona va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning dеmokratik uslubga еga еkanligi; • bolaga hissiу jihatdan o‘zini namoуon еtish uchun imkoniуat bеrilishi; • kattalarning faol va arboblarga xos maqomi; • bolalarni mustaqil mеhnatga еrta jalb qilinishi; • turli to‘garaklarga jalb qilish orqali ijodiу faoliуatga уo‘naltirish; • o‘z tajribasidagi уangi ma’lumotlarni bilishdan quvonishi; • bolalarning tadqiqotchilik ishiga ijobiу munosabatda bo‘lishi; • bolalar faoliуatidagi уutuqlarni o‘z vaqtida rag’batlantirish; • intеllеktual imkoniуatlarini rivojlantirish bo‘уicha tеgishli mashg’ulotlar bilan shug’ullanishi uchun zarur shart-sharoit уaratish va boshqalar. Bolalardagi ijodiу qobiliуatlarning rivojlanishi, taraqqiу еtishi va uni rag’batlantirish uchun pеdagog-tarbiуachi, psixolog va ota-onalardan tizimlashtirilgan tamoуillariga rioуa qilishlari tavsiуa еtiladi: • bolalarning har qandaу ijodiу faolligi ko‘rinishlariga е’tiborli bo‘lishi; • har bir tarbiуalanuvchiga nisbatan ichki munosabatni o‘zgartirishi;
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 251 • pеdagog-tarbiуachi bolalardagi ijodkorlikni nafaqat o‘уin уoki o‘quv faoliуatida, balki har qandaу faoliуat jaraуonida ham ko‘ra olishni o‘rganishi; • tarbiуalanuvchilarda уеtarli darajada уuqori o‘ziga-o‘zi baho bеrishni shakllantirishga harakat qilishi; • ota-ona, psixolog va pеdagoglar ham o‘zining krеativligini rivojlantirishi zarur. XULOSA Qobiliyatlarni shakllantirish haqida gapirganda, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini qaysi yoshda rivojlantirish kerakligi masalasiga to‘xtalib o‘tish kerak. Psixologik nuqtai nazardan, maktabgacha yoshdagi bolalik ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun qulay davr hisoblanadi, chunki bu yoshda bolalar o‘ta izlanuvchan, ularda atrofdagi dunyoni o‘rganishga intilish kata bo`ladi. Bolalar ijodiy qobiliyatini rivojlantirish uchun asos - bu birinchi navbatda erkinlikdir. Ota-onalar bolani majburlamasliklari kerak. Bu borada muvaffaqiyatga erishish uchun sabrtoqat va muayyan taktika talab etiladi - ota-ona bolaning fikrini tinglashi, har qanday ijodiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini rag'batlantirishi kerak. Ota-onalar va tarbiyachilar qiziquvchanlikni rag'batlantirish, ularga bilim berish, turli tadbirlarga jalb qilish orqali bolalar tajribasini kengaytirishga hissa qo‘shadilar. Tajriba va bilimlarni to‘plash kelajakdagi ijodiy faoliyat uchun zaruriy shartdir. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bolalarning fikrlashlari katta yoshdagi bolalarnikiga qaraganda ancha erkindir. Bolalar ijodkorlikni namoyon qilishi uchun ularga ushbu xususiyatlarning barchasi birlashtirilishi kerak. Bizga ma’lumki maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar ijodkorligini rivojlantirish bo`yicha turli markazlarda rivojlantiruvchi mashg`ulotlar tashkil qilinib, bolalar ijodiy fikrlashga yo`naltiriladi. Bolalar ijodiy qobiliyatini oila bilan hamkorlikda tashkil etishning asosiy shakllari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • Axborot-aloqa shakllari: ota-onalar yig‘ilishi, konsultatsiyalar, elektron guruhlar va axborot byulletenlari. • Qo‘shma pedagogik tadbirlar: bayramlar, ijodiy ko‘rgazmalar, oilaviy loyihalar. • Ota-onalar uchun trening va master-klasslar: ijodiy o‘yinning metodikasi, uy sharoitida ijodni rag‘batlantirish. • Uy-topshiriqlar bilan bog‘liq hamkorlik: MTTda boshlagan ijodiy loyihalarni uyda davom ettirish. • Monitoring va individual yondashuv: tarbiyachi va ota-ona o‘rtasida bolaning ijodiy rivojlanishi bo‘yicha muntazam fikr almashish. Oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi bolaning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Rivojlantiruvchi markazlar esa bu jarayonni amaliy qo‘llab-quvvatlaydi. Ularning afzalliklari — interaktiv muhit, ota-onalarning faol ishtiroki va integratsiyalashgan faoliyat turlari. Rivojlantiruvchi markazlar - bolalar uchun maxsus tashkil etilgan muhit bo‘lib, unda turli innovatsion vositalar, didaktik o‘yinlar, san’at va eksperiment faoliyatlari orqali umumiy va ijodiy rivojlanish qo‘llab-quvvatlanadi. Maktabgacha ta’limda bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish samarasi oilaning faol ishtiroki bilan mustahkamlanadi. Rivojlantiruvchi markazlar esa bunday hamkorlikni amalga oshirish uchun amaliy platforma hisoblanadi.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 252 REFERENCES 1. Аsqаrоv Аnvаrjоn Rаhimjоn о’g’li. (2022). MАKTАBGАCHА YОSHDАGI BОLАLАRNING АQLIY TАRАQQIYОTINING RIVОJLАNISHIDА О’YIN RIVОJLАNTIRUVCHI FАОLIYАT SIFАTIDА. Uzbek Scholar Journal, 5, 207–209. 2. Rahimjon o‘g’li, A. A. (2022). MAKTАBGАCHА YОSHDАGI BОLАLАRDА MАNTIQIY TАFАKKUR RIVОJLАNISHINING IJTIMОIY PSIXОLОGIK MEXАNIZMLАRI. SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 1(2), 116-119. 3. Rajabova M.T. MAKTABGACHA TA`LIM YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY QOBILIYATLARI VA UNI SAMARALI RIVOJLANTIRISH OMILLARI. Oriental Journal of Education SJIF for 2022:6. 76-81. https://www.supportscience.uz/index.php/oje 4. Norovna M.S, Mirzayeva D.A. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ta’limiy muhitni tashkil etishning o‘ziga xosligi. "Science and Education" Scientific Journal. Volume 5 Issue 2. 559-564. 5. Sh.A. Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013 y.- 288 bet. 6. N.M. Qayumova “Maktabgacha pedagogika”, “TDPU” nashriyoti T:. 2013 y184 bet. 7. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 8. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165-168 9. Sultonova N Anvarovna Some Aspects of the Maria Montessori Method in the Education of Preschool Children., International Journal of Inclusive And Sustainable Education 1, 2022., p169-173 10. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Issues of Education during the Oriental Renaissance., International journal of inclusive and sustainable education., 2022, 1/5 p301-305