MTT RIVOJLANISH MARKAZLARIDA BOLALAR NUTQINING RIVOJLANISHIDA OTA-ONALARNING ROLI
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) rivojlanish markazlarida bolalarning nutq rivojlanishida ota-onaning roli tahlil qilinadi. Nutqiy rivojlanishning samarali kechishi uchun pedagogik jarayon va oilaviy muhitning uzviy hamkorligi zarurligi asoslanadi. Ota-onaning faol ishtiroki bolaning ogʻzaki nutqini shakllantirish, lugʻat boyligini kengaytirish hamda kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirishda muhim omil sifatida koʻriladi.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 256 MTT RIVOJLANISH MARKAZLARIDA BOLALAR NUTQINING RIVOJLANISHIDA OTA-ONALARNING ROLI Umarova Muqaddas Muxtarovna1, Ne’matova Shaxnoza Shamsiddinjon qizi2 1Qoʻqon DU dotsenti, psixologiya fanlar nomzodi, 2Qoʻqon davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17506516 Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) rivojlanish markazlarida bolalarning nutq rivojlanishida ota-onaning roli tahlil qilinadi. Nutqiy rivojlanishning samarali kechishi uchun pedagogik jarayon va oilaviy muhitning uzviy hamkorligi zarurligi asoslanadi. Ota-onaning faol ishtiroki bolaning ogʻzaki nutqini shakllantirish, lugʻat boyligini kengaytirish hamda kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirishda muhim omil sifatida koʻriladi. Kalit soʻzlar: bola, nutq rivojlanishi, maktabgacha ta’lim (MTT), ota-onaning roli, rivojlanish markazi, pedagogik hamkorlik, kommunikativ koʻnikmalar. Hozirgi davrda maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bolalarning nutqini shakllantirish va rivojlantirish ularning kelajakdagi ijtimoiy faolligi, tafakkuri hamda ta’lim olish jarayonidagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi. Nutq — bu nafaqat fikrni ifoda etish vositasi, balki bolaning dunyoqarashi, shaxsiyati va ijtimoiy munosabatlarining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Mazkur jarayonda ta’lim muassasasi bilan bir qatorda, oila — ya’ni bolaning eng yaqin muhitidagi insonlar ham katta ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanishida ota-onalar bilan samarali hamkorlik oʻrnatish, tarbiyachi va oila oʻrtasida uzviy aloqa yoʻlga qoʻyish bu jarayonning samaradorligini oshiradi. Shu sababli, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutqni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik ishlarni oilaviy tarbiya bilan uygʻunlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu oʻrinda maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqining rivojlanishida ota-onaning oʻrni beqiyosdir. Chunki bola eng avvalo, oilada soʻzlashishni, tinglashni va muloqot qilishni oʻrganadi. Oila — bu bola uchun ilk ta'lim va tarbiya manbaidir. Shusababli, oilaning maktabgacha ta'lim muassasasi bilan yaqindan hamkorlik qilishi bolaning nutqrivojlanishiga ijobiy ta'sir koʻrsatadi. Quyidagi nuqtalarda oila hamkorligining ahamiyatini koʻrish mumkin. Prezidentimizning 2019-yil 8-maydagi PQ–4312-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” 1 , shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti” 2 ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mustahkam huquqiy asosini belgilab berdi. Bu qarorlar ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, bolaning jismoniy, intellektual va ma’naviy kamolotini ta’minlash, uni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgani bilan alohida ahamiyatlidir. 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagı PQ-4312-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 257 Oila mustahkamligi, ma’naviy va jismoniy barkamol farzand jamiyat mustahkamligi va ma’naviy yetuklikning garovidir. Sohibqiron bobomiz Amir Temur ham oʻgʻil uylantirish, kelin tanlash, farzand tarbiyasini davlat siyosati darajasiga koʻtarganligi ham bejiz emas. Davlatning qudrati sogʻlom fikrli, bilimli, axloq –odobli, xalq , millat, Vatan taqdiri uchun jonini tikkan insonlar qoʻlida. Bunday insonlar ilk bor oilada tarbiyalanadilar. Har bir ota-ona farzand tarbiyasida oʻzlarining burch va ma’suliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsiyatini tarbiyalashga alohida e’tibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qat’iy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash ota-onalarning pedagogik bilimlarga ega ekanligini koʻrsatadi. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga erishish mumkin. Bu borada ota-onalarning oilada farzand tarbiyasi va ma’naviy -axloqiy, ruhiy hamda jismoniy kamoloti uchun zarur boʻlgan ijobiy otaonalik koʻnikmalarini oʻzlashtirib borilishi katta ahamiyatga ega. Har bir ota-ona oʻz farzandini dunyodagi eng toleyi baland, ma’rifatli va saodatli boʻlishini istaydi hamda bunga erishish yoʻlida harakat qiladi. Shunday ekan, biz maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari, otaonalar mahalla bilan hamkorlikda bolalar tarbiyasiga hech qachon befarq boʻlmaylik. Farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasiga boʻlgan e’tiborni oʻzligimiz va kelajakka boʻlgan e’tibor deb bilib, yosh avlodga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ularning sogʻlom oʻsishi, toʻgʻri tarbiya hamda ta’lim olishini ta’minlash barchamizning burchimizdir. Ota-onalar farzandlarining yosh xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari va ehtiyojlarini chuqur anglagan taqdirdagina, ular bilan muvaffaqiyatli ruhiy aloqada boʻlishlari mumkin. Shu boisdan, zamonaviy ota-onalarga psixologik bilim va koʻnikmalarni egallash, bolalar psixologiyasi haqida ilmiy manbalardan foydalanish, kerak boʻlsa, mutaxassislar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.Ota-onalik bu nafaqat biologik, balki chuqur psixologik va ijtimoiy mas’uliyatdir. Sogʻlom psixologik oila muhitida ulgʻaygan bola jamiyat uchun barqaror, faol va mas’uliyatli inson boʻlib shakllanadi. Ota-onaning oʻz farzandiga bergan muhabbati, e’tibori va rahbarligi butun umrga ta’sir koʻrsatadigan kuchli ijtimoiy poydevordir. Shu oʻrinda, bolalarning nutqini rivojlantirishda eng avvalo muhitni,munosabatlarni va kundalik faoliyatlarni yaratish lozim . ular orqali bolalarning nutqi shakllanandi, rivojlanadi va ijtimoiylashadi. Misol qilib olsak: 1. Tilga boy muhit yaratish 2. Har kuni tinch, toʻlaqonli suhbatlar uchun vaqt ajrating. 3. Uyda ovozli hikoyalar, maqol, qoʻshiq va turli soʻzlar bilan toʻla suvga oʻxshash muhiti yarating. 4. Bolani yolgʻiz qoldirmang, uning diqqatini ovozga jalb qiling. 5. Aktiv tinglash va javob berish 6. Bolaning gapiga diqqat bilan qizingiz; soʻzini tugatish uchun takrorlab yoki kengaytirib javob bering. 7. Toʻgʻri boʻlmasa, muloyim tuzatish oʻrniga toʻldiruvchi soʻzlar bering. 8. Har kuni yangi soʻzlar bilan ishlang: rasmiy obyektlar, his-tuygʻular, ranglar, harakatlar. 9. Soʻzlarni kontekstda oʻrgating: “Bu nima?” “Nima uchun bu shunday?” kabi savollar. 10. Oʻyinlar, rasmlar, kundalik ishlar (nonushta, kiyinish, oʻyinlar) davomida soʻzlarni kengaytiring.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 258 11. Oʻqish, hikoya aytish, savol-javoblar uchun kundalik tartib tuzing (masalan, kechki oʻqish). 12. Agar bolaning nutqida kechikish yoki qiyinchilik sezsangiz, mutaxassisga murojaat qilish (rigt, logoped) foydali boʻladi. Xulosa oʻrnida shuni aytishim joizki, MTT rivojlanish markazlarida bolalarning nutq rivojlanishini ta’minlashda ota-onaning roli muhim hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bola nutqining shakllanishi oilaviy muhitda boshlab, MTTdagi ta’lim-tarbiyaviy jarayonlar bilan mustahkamlanadi. Ota-onaning bola bilan muloqoti, kitob oʻqib berish, savoljavoblar orqali fikrlashga undashi — bu jarayonni tezlashtiradi va sifatini oshiradi. Shuningdek, ota-onalar va pedagoglar oʻrtasidagi uzviy hamkorlik bola nutqidagi muammolarni erta aniqlash va korreksiya qilishda samarali vosita boʻlib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagı PQ-4312-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori. 3. Bronfenbrenner U. “The Ecology of Human Development: Experiments by Nature and Design”. – Cambridge: Harvard University Press, 1979 4. Joʻrayev, M. (2021). Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi. Toshkent: “Ilm Ziyo” nashriyoti. 5. Karimova, D. (2020). Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi nashriyoti. 6. Norqulova, N. (2019). Ota-onalar va pedagoglar hamkorligining bolalar nutq rivojiga ta’siri. // Maktabgacha ta’lim muammolari ilmiy-amaliy jurnali, №3, 45–48-betlar. 7. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 8. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165-168 9. Sultonova N Anvarovna Some Aspects of the Maria Montessori Method in the Education of Preschool Children., International Journal of Inclusive And Sustainable Education 1, 2022., p169-173 10. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Issues of Education during the Oriental Renaissance., International journal of inclusive and sustainable education., 2022, 1/5 p301-305