QON VA LIMFA TIZIM
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy hamshira tibbiy muolajalar tehnikasini bajarishini bilishi bilan birga, bemorning kasallik tufayli yuzaga kelgan va kelishi mumkin bo’lgan, ruhiy, ijtimoiy muammolarni aniqlay olishi va jamiyatdagi barcha kuchlarni ushbu muammolarni bartaraf etishga qarata olishi kerak va bemor bilan muloqotga kirish san’atini shunday egallash kerakki, u shirin so’zi, yumshoq muomalasi bilan bemorga hastalik girdobidan qutilishga yordam berishi kerakligi uchun etika qonun qoidalari to’grisida to’htalib o’tildi. Kalit so`zlar: Qon, limfa,to’qimalar, eritrosit, limfotsit, qon plazmasi, monasitlar
Full text
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 304 QON VA LIMFA TIZIM Kazakov No’monjon O’zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi maxsus fan o’qituvchsi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada zamonaviy hamshira tibbiy muolajalar tehnikasini bajarishini bilishi bilan birga, bemorning kasallik tufayli yuzaga kelgan va kelishi mumkin bo’lgan, ruhiy, ijtimoiy muammolarni aniqlay olishi va jamiyatdagi barcha kuchlarni ushbu muammolarni bartaraf etishga qarata olishi kerak va bemor bilan muloqotga kirish san’atini shunday egallash kerakki, u shirin so’zi, yumshoq muomalasi bilan bemorga hastalik girdobidan qutilishga yordam berishi kerakligi uchun etika qonun qoidalari to’grisida to’htalib o’tildi. Kalit so`zlar: Qon, limfa,to’qimalar, eritrosit, limfotsit, qon plazmasi, monasitlar Qon, limfa va to‘qima suyuqligi bilan birlikda organizmning ichki muhitini tashkil qiluvchi to‘qimadir. Qon harakatchan muhit bo‘lib, o‘z tarkibini doimo o‘zgartirib turadi. Qon tarkibining o‘zgarishi tartibsiz bo‘lmay, balki organizmning ma’lum funksio m nal holatiga mos ravishda yuz beradi. Qon tarkibining organizm funksional holati bilan o‘zaro bog‘liqligi tibbiyot amaliyotida katta ahamiyatga ega, chunki ko‘p hollarda qondagi o‘zgarishlar ikkilamchi bo‘lib, turli organlar fiziologik vazifasining buzilishi tufayli kelib chiqadi.I. A. Kassirskiy iborasi bilan aytganda, «qon - organizmning oynasi bo‘lib, unda a’zo va to‘qimalarda bo‘ladigan har xil o‘zgarishlar o‘z aksini topadi». Qon suyuq hujayralararo modda - plazmadan va unda muallaq joylashgan shaklli elementlardan iborat. Ularning o‘zaro nisbati sog‘lom odamda 55:45 ni tashkil etib, gematokrit ko‘rsatkichi deb ataladi. Gematokrit ko‘rsatkichning u yoki bu tomonga o‘zgarishi qonning suyulishi yoki
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 305 quyulishini ko‘rsatib, muhim diagnostik belgi hisoblanadi. Qon miqdori voyaga etgan organizmda tana og‘irligining taxminan 7 protsentini tashkil etib, o‘rta hisobda 5-5,5 litrga teng. Qonning vazifalari: 1) transport va trofik vazifasi - o‘pkadan kislorodni to‘qima va 24 organlarga etkazib, ulardan karbonat angidridni olib ketadi; ichak va me’dada so‘rilgan va organizm uchun muhim bo‘lgan har xil oziq moddalarni to‘qimalarga etkazib beradi; 2) himoya vazifasi - asosan oq qon tanachalari tomonidan bajariladi va organizmga tushgan mikroblar, zaharli, begona zarrachalarni fagotsitoz qilish (yutish va emirish) dan iborat bo‘ladi. Qon tarkibida maxsus oqsil moddalar - antitelalar bor bo‘lib, ular o‘z navbatida organizmga tushgan begona oqsillar, mikroblarga (antigenlarga) javoban ishlab chiqariladi. Antitelolarning asosiy roli ko‘rsatib o‘tilgan antigenlarni zararsizlantirish (neytrallash) hisoblanadi; 3) Gomeostatik (gomeostaz - organizm ichki muhitining doimiyligini ta’minlash demakdir) vazifasi - qon orqali har xil organ va sistemalarning fiziologik faoliyatini bajarishda ishtirok etuvchi gormonlar va turli xil moddalar tashiladi. O‘z ximiyaviy tarkibining muayyanligi tufayli qon organizmda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarning doimiyligini, chunonchi, tana haroratining, osmotik bosimning va organizmda kislota-asos tengligining doimiyligini ta’minlab turadi. QON PLAZMASI Rangsiz, tiniq suyuqlik bo‘lib, 9092% suvdan va 8-10% quruq moddadan iborat. Quruq moddaning 5,5-8% oqsillar bo‘lib, 2-3,5% ni esa loganik va mitral birikmalar hosil qiladi. Qon oqsillaridan eng muhimlari albumin (4,5-5,5%), globulin (1,2-2,5%) va fibrinogendir (0,2-0,6%). Oqsillar miqdori va ularning protsenti nisbati fiziologik sharoitlarda doimiy bo‘lib, turli patologik holatlarda o‘zgarishi mumkin. Qon plazmasida globulinlarning bir necha turlari (fraksiyalari) uchraydi (alfa, beta va gamma-globulinlar). Gammaglobulinlar fraksiyasi qon zardobida antitelolar tutuvchi asosiy oqsillar hisoblanadi. Fibrinogen esa ma’lum sharoitda fibrin tolalariga aylanish xususiyatiga ega bo‘lib, qon ivishida muhim ahamiyatga ega. Fibrinogensiz plazma qon zardobi deb ataladi. Plazmada mineral moddalardan temir, kaliy, kalsiy, fosfor, mis va boshqalar bo‘lib,
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 306 ular ko‘pchilik hollarda organik moddalaming tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, plazma tarkibida modda almashinuv mahsulotlari - mochevina, kreatinin, yog‘ va karbonsuvlar bo‘ladi. Plazmaning muhiti (pH) neytral bo‘lib, fiziologik sharoitlarda 7,3-7,4 ga teng. Uning doimiyligi bufer sistemalar tufayli saqlanadi. QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI Qon shaklli elementlari qatoriga qizil qon tanachalari - eritrotsitlar, oq qon tanachalari - leykotsitlar va qon plastinkalari - trombotsitlar kiradi. ERITROTSITLAR Odamda va boshqa sut emizuvchi hayvonlarda eritrotsitlar yuqori darajada differensiaПashgan elementlar bo‘lib, ularda yadro va hujayra organellalari bo‘lmaydi. Еtuk eritrotsitlar sitoplazmasi maxsus oqsil gemoglobin bilan to‘lgan. Tuban umurtqalilar va qushlarda eritrotsitlar zichlashgan yadro va mikronaychalar saqlaydi. Eritrotsitlar eng ko‘p sonli qon hujayralari hisoblanadi. Sog‘lom erkaklarda ularning soni 1 mm2 qonda 4,0-5,5 mln (xalqaro 25 birliklar sistemasida 4,0-5,5x 1012/l), ayollarda esa 3,9-5,0 mlnga (3,9-5,0 x 1012/l)ga tengdir. Eritrotsitlarning o‘rtacha hajmi taxminan 88 mkm3 ga, yuzasi esa 125 mkm2 ga teng. Tirik eritrotsitlar sarg‘ish-yashil rangga ega bo‘lib, eritrotsitlarning‘ qalin qatlami qon uchun xarakterli bo‘lgan qizil rangni beradi. Yangi tayyorlangan qon surtmalarida eritrotsitlar o‘zlarining yon yuzalari bilan yopishib «tanga ustunchalari» deb nomlangan tuzilmalarni hosil qilishi mumkin. Romanovskiy usulida azur-eozin bilan bo‘yalganda eritrotsitlar kislotali bo‘yoqlar (masalan, eozin) bilan, ya’ni oksifil bo‘yaladi. Eritrotsitlarning taxminan 2-3 protsenti esa ham kislotali, ham ishqoriy bo‘yoqlar bilan bo‘yalish (polixromatofiliya) xususiyatiga ega. Agar eritrotsitlarni hali tirik vaqtida (supravital) brilliantkrazil ko‘k yoki azur-2 bo‘yog‘i bilan bo‘yasak, ularning ma’lum bir qismida havorang bo‘yalgan va ipchalar bilan tutashgan donachalarni ko‘ramiz. Bu tuzilmalar donador-to‘r modda (substantia reticulo-filamentosa) nomini olib, o‘zida shu tuzilmalarni tutadigan eritrotsitlar esa gemoretikulotsitlar deyiladi. Gemolizga uchramagan eritrotsitlar elektron mikroskop ostida gomogen tuzilishga ega bo‘lib, elektronlar uchun o‘ta yuqori zichlikka ega. Eritrotsitlar
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 307 tarkibida xromoproteidlar gruppasiga kiruvchi murakkab oqsil - gemoglobinning (Hb) borligi ularning elektron mikroskop ostida yuqori zichlikka ega bo‘lishini ta’minlaydi. Eritrotsitlar taxminan 60% suvdan va 40% quruq moddadan iborat. Quruq moddaning taxminan 95% ini gemoglobin tashkil etadi. Eritrotsitlar kislorodni to‘qimalarga va hosil bo‘lgan karbonat angidridni to‘qimalardan o‘pkaga tashib beruvchi asosiy elementlardir. Eritrotsitlar to‘qimaning nafas olish protsessida ishtirok etishdan tashqari, o‘zlariga har xil moddalarni, aminokislotalami va toksinlami biriktirish (adsorbsiya) xususiyatiga ega. Eritrotsitlarning yashash muddati o‘rtacha 90 - 120 kun. Eritrotsitlar qariy boshlashi bilan ularning tarkibidagi fermentlar aktivligi pasayadi, modda almashinuvi susayadi, oqsillar (spektrin, glikoforin) degradatsiyaga uchraydi. Membranasida oqsil degradatsiyasi tufayli o‘ziga xos “qarilik” antigenlari paydo bo‘lgan eritrotsitlar immunoglobulin molekulalari bilan qoplanadi. Qarigan eitrotsitlar makrofaglar tomonidan tanib olinib fagotsitoz qilinadi. Bu jarayon asosan taloqda hamda jigar va suyak ko‘magida amalga oshadi. Emirilgan eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin oqsilga va temir saqlovchi qismlarga parchalanadi. Temir saqlovchi gemosiderin yoki ferritin moddalari yangi taraqqiy etayotgan eritroid hujayralar sitoplazmasiga tushib, qaytadan gemoglobin sintezi uchun ishlatiladi. LEYKOTSITLAR Barcha leykotsitlar o‘z sitoplazmasidagi maxsus donachalarga qarab ikki katta gruppaga ajratiladi: 1) donador leykotsitlar yoki granulotsitlar; 2) donasiz leykotsitlar yoki agranulotsitlar. Granulotsitlar ularning donachalari qaysi bo‘yoqlar bilan bo‘yalishiga qarab neytrofillarga (ham kislotali, ham ishqoriy bo‘yoqlarni qabul qiluvchi donachalari bor leykotsitlar), eozinofillarga (kislotali bo‘yoqlar bilan yaxshi bo‘yaluvchi donachalarga ega leykotsitlar) va bazofillarga (ishqoriy bo‘yoqlar bilan bo‘yaluvchi donachalarga ega leykotsitlar) bo‘linadi. 26 Agranulotsitlar esa kelib chiqishi, tuzilishi va funksional belgilariga qarab ikki gruppaga - limfotsitlarga va monotsitlarga bo‘linadi. Fiziologik sharoitlarda sog‘lom odamda leykotsitlaming soni 1 mm3 qonda 3800-9000 (3,8-9x109/l) ga teng.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 308 Leykotsitlar sonining ko‘payib ketishi leykotsitoz deb atalib, organizmda turli xil yallig‘lanish protsesslari ro‘y berganda kuzatiladi. Bundan tashqari, jismoniy mehnat jarayonida, homiladorlik vaqtida va ovqatdan so‘ng ham leykotsitlar sonining ma’lum darajada oshib ketishi yuz berib, bu holat fiziologik leykotsitoz deyiladi. Leykotsitlar organizmda turli-tuman vazifalarni bajaradi, shular jumlasidan trofik va himoya vazifalarini qayd qilib o‘tmoq zarur. Leyqotsitlarning himoya vazifasi yot zarrachalarni (antigenlarni) fagotsitoz qilish va emirish, ularga qarshi maxsus oqsillar (antelolar) ishlab chiqarish va nihoyat, yot hujayralarga ta’sir etib, o‘ldirishni o‘z ichiga oladi. Mikroorganizmlar va yot zarrachalar teykotsitlar (asosan, neytrofillar va monotsitlar) tomonidan yutilgandan so‘ng gidrolitik fermentlar ta’sirida parchalanadi (nospetsifik yoki umumiy immunitet). Ayrim hollarda esa dastlab leykotsitlar emirilib, natijada, tashqi muhitga chiqqan gidrolitik fermentlar mikroorganizmlarni parchalashda ishtirok etadi. Leykotsitlar (asosan Blimfotsitlar) organizmga kirgan antigenlar ta’siriga javoban antitelolar ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi (gumoral immunitet). Leykotsitlar (asosan Tlimfotsitlar) yot hujayralarni bartaraf qilishni ta’minlaydi (hujayraviy immunitet) Leykotsitlar umumiy sonining mutloq ko‘pchiligini (6065%) segment yadroli etuk neytrofillar tashkil etadi. Etuk neytrofillar yadrosi ko‘pincha 3-4 ta alohida bo‘laklardan (segmentlardan) iborat bo‘lib, bu bo‘laklar ingichka ko‘prikchalar yordamida o‘zaro tutashib turadi. Xromatin asosan yadro chekkasida to‘plangan bo‘lib, yadro markazida esa siyrak joylashadi. AGRANULOTSITLAR (DONASIZ LEYKOTSITLAR) Agranulotsitlar yoki donasiz teykotsitlar o‘z sitoplazmalarida maxsus donachalar saqlamaydigan oq qon tanachalaridir. Ammo «agranulotsitlar» termini ko‘p jihatdan shartli bo‘lib, hujayralarning tuzilishini to‘la ifodalamaydi. Tuzilishi va funksiyasi jihatidan agranulotsitlar limfotsitlarga va monotsitlarga bo‘linadi. Limfotsitlar. Ular voyaga etgan organizmda teykotsitlar umumiy sonining 20-35% ini tashkil qiladi. Organizmda o‘rta hisobda 1,5 kg atrofida limfotsitlar bo‘lib, shundan faqatgina 5 g ga yaqinigina periferik qonda, 70 g suyak ko‘migida,
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 309 qolganlari esa to‘qima va organlarda taqsimlangan bo‘ladi. Limfotsitlar yirik (diametri 10-15 mkm), o‘rta (diametri 7-9 mkm) va mayda limfotsitlarga (diametri 4,5-6 mkm) ajratiladi. Normal sharoitlarda qonda faqat 10% ga yaqin yirik limfotsitlar bo‘lib, qolgan 90% ini esa o‘rta va mayda limfotsitlar tashkil qiladi. Limfotsitlarning umumiy tuzilish prinsipi juda oddiy, ular ko‘pincha markazda joylashgan yirik, yumaloq va loviyasimon shaklga ega bo‘lgan yadro saqlaydi. Elektron mikroskop ostida yadro strukturasining yirik, o‘rta va mayda limfotsitlarda har xil ekanligi ko‘rinadi. Mayda limfotsitlarda yadro yumaloq yoki birgina botiqlikka ega bo‘lib, xromatin zichlashgan va yadro bo‘ylab barobar 27 taqsimlangandir. O`rta va yirik limfotsitlar ochroq yadroga ega bo‘lib, xromatin mayda donachalar shaklida asosan yadro qobig‘i ostida to‘plangan. Trombotsitlar organizmda ko‘p vazifalarni bajaradi, shu bilan birga ularning qon ivishida va shikastlangan tomir devorini tiklashda ishtirok etishi eng asosiy hisoblanadi. Fiziologik holatlarda odatda trombotsitlar sog‘lom tomirlar endoteliysiga yopishmaydi, shuning uchun tomir ichida tromb hosil bo‘lmaydi. Tomirlar devorining shikastlanishi natijasida to‘qimalardan ajralib chiqqan ivish omillari trombotsitlarning tomirlar endoteliysining bazal membranasiga va kollagen tolalarga yopishishiga (adgeziya) olib keladi. Trombotsitlar donachalaridagi qon ivish omillari kanalchalar sistemasi orqali tashqariga chiqib, fibrin tolalari bilan birgalikda qon quyqasi - trombni hosil qiladi. Ba’zi kasalliklarda (masalan aterosklerozda) tomirlar endoteliysining jarohatlanishi tufayli tomir ichida tromblar hosil bo‘lishi (tromboz) mumkin. Ayniqsa yurak va miya tomirlarining trombozi o‘ta xavfli bo‘lib, miokard infarktiga va miya insultiga olib kelishi mumkin. Qon plastinkalarining soni simpatik nerv sistemasi qo‘zg‘alganda, haddan tashqari jismoniy harakatlarda, taloq olib tashlanganda va boshqa hollarda ko‘payib ketishi mumkin. Bu hol trombotsitoz deb ataladi. Plastinkalar sonining kamayishi - trombotsitopeniya ham turli kasalliklarda uchraydi. Qon plastinkalarining yashash muddati qisqa bo‘lib, o‘rtacha 5-8 kunga teng. Qarigan trombotsitlar asosan taloqda
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 310 emiriladi. Ba’zi kasalliklarda taloqning bu funksiyasi kuchayib ketib (gipersplenizm), qonda trombotsitopeniyaga olib keladi. Limfa to‘qima va organlarning limfatik kapillyarlarida hujayra oraliq suyuqlik hisobiga hosil bo‘ladi va limfatik tomirlar orqali limfa tuguniga quyiladi. U erdan limfa tomirlariga o‘tib va nihoyat venaga quyiladi. Shuning uchun 3 xil limfa suyuqligini tafovut qilish mumkin. Limfa tarkibi organizm holatiga qarab o‘zgarib turadi. Periferik limfa tomirlar bir uchi berk naychani eslatadi. Uning ichidagi limfa suyuqligi limfoplazmadan tashkil topgan bo‘lib, qon shaklli elementlari ko‘rinmaydi. Limfa suyuqligi limfa tugunlaridan o‘tish jarayonida limfotsitlarga boyiydi. Markaziy limfa tomirlaridagi limfa suyuqligi qon shaklli elementlarini ko‘p tutadi. Adabiyotlar 1.A.Zokirxodjaev “Bolalarda yuqumli kasalliklar”.Oliy o`quv yurtlari talabalari uchun qo`llanma. Toshkent, 2002 yil 2.S. X.Vafokulov, X.X.Xodiev, A.K.Boyjonov, M.K.Ermuxamedova “YUqumli kasalliklar fanidan amaliy mashg`ulotlar bo`yicha uslubiy qo`llanma”. Samarqand, 2001yil. 3.O`zbekiston meditsina entsiklopediyasi. 1-jild