RAQAMLI SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHDA INFORMATIKA FANINING O'RNI
Abstract
Ushbu maqolada raqamli savodxonlik tushunchasi va uning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi natijasida ta’lim, iqtisodiyot va kundalik hayotda raqamli savodxonlikning o‘rni tobora ortib bormoqda. Maqolada informatika fanining raqamli savodxonlikni shakllantirishdagi roli, ushbu fan orqali o‘quvchilarga texnologik ko‘nikmalarni o‘rgatish, axborot xavfsizligi va algoritmik tafakkurni rivojlantirish masalalari keng yoritilgan. Kalit so’zlar: raqamli savodxonlik, global axborot makoni, masofadan xizmat ko‘rsatish, grafik dizayn, yagona axborot tarmog‘i.
Full text
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 24 ORCID: 0009-0005-3756-4955 RAQAMLI SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHDA INFORMATIKA FANINING O‘RNI Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Raqamli va axborot texnologiyalari markazi rahbari Musurmonov Ulug‘bek Amirqulovich [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli savodxonlik tushunchasi va uning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi natijasida ta’lim, iqtisodiyot va kundalik hayotda raqamli savodxonlikning o‘rni tobora ortib bormoqda. Maqolada informatika fanining raqamli savodxonlikni shakllantirishdagi roli, ushbu fan orqali o‘quvchilarga texnologik ko‘nikmalarni o‘rgatish, axborot xavfsizligi va algoritmik tafakkurni rivojlantirish masalalari keng yoritilgan. Kalit so’zlar: raqamli savodxonlik, global axborot makoni, masofadan xizmat ko‘rsatish, grafik dizayn, yagona axborot tarmog‘i. XXI asr – raqamli texnologiyalar asri bo‘lib, bugungi kunda inson faoliyatining deyarli barcha jabhalari raqamlashtirilmoqda. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalarda innovatsion yondashuvlarni talab qilmoqda. Shu sababli, zamonaviy jamiyatning har bir a’zosi raqamli savodxonlikka ega bo‘lishi muhimdir. Raqamli savodxonlik – bu faqat kompyuter va internetdan foydalana olish emas, balki raqamli texnologiyalarni ongli, xavfsiz va samarali qo‘llash qobiliyatini anglatadi. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan zamonaviy jamiyatda raqamli savodxonlik muhim ko‘nikmalardan biriga aylandi. Raqamli savodxonlik insonning axborotni qabul qilish, qayta ishlash, tahlil qilish va texnologiyalar
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 25 yordamida muammolarni hal qilish qobiliyatini ifodalaydi. Bu jarayonda informatika fani muhim rol o‘ynaydi, chunki u raqamli texnologiyalarni o‘rganish, ulardan samarali foydalanish va axborot xavfsizligini ta’minlash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda raqamli savodxonlik ta’lim, ish faoliyati va kundalik hayotda muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki u insonlarning texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish, axborotni tezkor qabul qilish va tahlil qilish, internetdan samarali va xavfsiz foydalanish hamda zamonaviy kasblarga moslashish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu bilan birga, raqamli savodxonlik kiberxavfsizlikni ta’minlash, onlayn muloqot madaniyatini shakllantirish va global axborot makonida mustaqil fikrlashni rivojlantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Shu sababdan yurtimizda ushbu soha davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan va ko’plab qaror va farmoyishlar aynan mazkur sohani o’z ichiga olmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlarda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining raqamli savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan: “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi (2020-yil, 5-oktyabr, PQ–4851sonli Prezident qarori) doirasida mamlakatda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu strategiyada raqamli ta’lim tizimini takomillashtirish va aholi, xususan, yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan[1]. “O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha 2020–2023-yillarga mo‘ljallangan strategiya” asosida IT-ta’limni rivojlantirish va yoshlarni dasturlashga o‘rgatish uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 26 Jumladan, “Bir million dasturchi” loyihasi orqali yoshlarning IT sohasidagi bilimlarini oshirish yo‘lga qo‘yildi[2]. 2022-yil 7-martdagi PQ–168-sonli “Raqamli texnologiyalar sohasida ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori asosida mamlakatimizda axborot texnologiyalarini chuqur o‘rgatish bo‘yicha maxsus IT-maktablar va universitetlarda yangi yo‘nalishlar ochildi. “2020-2022-yillarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha choratadbirlar dasturi” doirasida elektron tijorat, moliyaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish sohasida fuqarolarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga katta e’tibor qaratildi[3]. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda raqamli savodxonlikni oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bunda ta’lim tizimining roli beqiyos bo‘lib, ayniqsa, informatika fani orqali o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish va kiberxavfsizlik qoidalarini tushuntirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Shunday qilib, informatika fani nafaqat o‘quvchilarga kompyuter va dasturiy ta’minotdan foydalanishni o‘rgatadi, balki ularning tanqidiy va algoritmik fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi. Shu sababli, informatika fani raqamli savodxonlikni shakllantirishda eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Tabiiyki, boshqa sohalarda bo'lgani singari kabi paqamli texnologiyalarni soliq ma'murchiligida joriy etish ham uning faoliyatini tubdan o'zgartirmoqda. Bu nafaqat soliq to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi munosabatlar bilan bog'liq bo'lib qolmay, balki deklaratsiyalarni taqdim etishdan tortib, to soliqlarni to'lash va ma'lumotlarni saqlash usullarigacha ham yangilikliklar kirityapti. Xususan, tizimda yagona elektron platformani yaratish orqali ma'lumotlarni kiritish, to'plash, shakllantirish, tahlil qilishning zamonaviy uslubi yo'lga qo'yildi.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 27 Buning natijasida soliq hisobotlarini topshirish jarayoni 5-7 barobarga qisqardi. Ayni kezda 112 guruh va 1348 tovar va xizmatlar sinfidan iborat bo'lgan O'zbekiston Respublikasi tovarlar va xizmatlarning yagona elektron tasniflagichi uchun veb-portal joriy qilingan. Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodlari yordamida 900 mingdan ortiq elektron hisob-fakturalar yaratilgan.Axborot bu–biz barcha sezgi a’zolarimiz orqali qabul qila oladigan ma’lumotlar to‘plamidir. Axborot atrofimizdagi har xil voqea hodisalar haqidagi ma’lumotlar yig‘indisidir. Axborotlar ustida biror kerakli amallarni bajarish uchun tashkil qilingan jarayon axborot texnologiyasi deb ataladi. Insoniyat axborot texnologiyalari yordamida ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish bilan chegaralanmay, jamiyatda iqtisodiy, siyosiy, xarbiy va boshqa sohalarni boshqarish, ularga ta’sir etish va istiqbolini belgilash imkoniyatiga ham ega bo‘lib bormoqda[4]. Bugungi globallashuv jarayoni mehnat bozoridagi ishchi kuchining raqamli savodxonligini oshirishni talab etmoqda. Jumladan, masofadan xizmat ko‘rsatish va aqlli elektron qurilmalardan foydalanish ko‘payishi bilan korporatsiyalar va kompaniyalarning ishchi kuchi tubdan va tez o‘zgarib bormoqda. Bu, albatta, ShHTga a’zo mamlakatlar o‘rtasida ham mehnat bozorini mo‘’tadillashtirib, ishchi kuchi migratsiyasida uchraydigan to‘siqlarni raqamli texnologiyalarni rivojlantirish orqali bartaraf etadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, hozirgi kunda IT sohasida dunyo bo‘yicha 1,2 million nafar mutaxassisga talab mavjud. Ushbu ko‘rsatkich 2030 yilga borib 4,3 millionni tashkil etishi kutilmoqda. Hindiston masofadan xizmat ko‘rsatish bo‘ yicha dunyodagi eng yirik bozorga ega. Mamlakatda tarmoq, mobil ilovalarni ishlab chiqish, veb dizayn, internet tadqiqotlari va ma’lumotlarni kiritish yo‘nalishlarida masofadan xizmat ko‘rsatish rivojlangan. So‘nggi paytlarda buxgalteriya hisobi, grafik dizayn va konsalting sohalarida ham bosqichmabosqich o‘sish kuzatilmoqda. Chunki mamlakatda har oyda 500 mingdan ortiq yangi biznes tashkil etiladi. Hindistondagi BPO bozori 2025 yilga borib, 20–30 milliard dollargacha o‘sishi prognoz qilinmoqda. Respublikamizda so‘nggi yillarda
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 28 umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning axborot savodxonligi ko‘nikmalarini mustahkamlash va raqamli texnologiylarni joriy etishning asosiy elementlarini belgilashning meyoriy asoslari yaratilmoqda. "Mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarin shakllantrish, o‘quv jarayonida kompetensivalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarini shaklantriga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallamrini keng joriy etish" ustuvor vazifalar etib belgilandi[5]. Bu esa, o‘quvchilarda axborot madaniyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytiradi. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida Internet xalqaro axborot tarmog‘idan va elektron pochta xizmatidan foydalanuvchilar soni toboraoshib bormoqda. Navbatdagi dolzarb vazifalar sifatida dunyoda mavjudbulgan ilg‘or va zamonaviy informatsion-pedagogik texnologiyalarni o‘rganish, ularni o‘quv jarayoniga tadbiqetish, muassasalar o‘rtasida yagona axborot tarmog‘ini tashkil etish, o‘quv jarayoniga qo‘llash uchun dasturiy maxsulotlar ishlabchiqish, virtual kutubxonalar tashkil etish va ularni uzluksiz tarzda jaxonda mavjud va Respublika ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan elektron darsliklar bilan boyitish kabilar belgilangan. Shu bilan birgalikda talabalarning kompyuter savodxonligini oshirish uchun bir qator ishlar qilinmoqda. Kompyuter xonalarida talabalarning o‘rganishlari uchun zarur bo‘lgan dasturlar mavjud. Talabalar internet tarmog‘i orqali o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olish bilan bir qatorda, elektron darsliklardan, audio kitoblardan foydalanishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar mavjud. Xulosa o’rnida shuni alohida ta’kidlash joizki, Informatika fani raqamli savodxonlikni shakllantirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Bu fan orqali o‘quvchilar zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashni o‘rganadi, axborot xavfsizligini ta’minlaydi va raqamli dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 29 uchun zarur bo‘lgan bilimlarga ega bo‘ladi. Bugungi kunda texnologik taraqqiyot shiddat bilan rivojlanayotgan bir sharoitda ta’lim tizimida informatika fanining o‘rni yanada kuchaytirilishi zarur. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizning raqamli iqtisodiyotga integratsiyalashuvi, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga zamin yaratadi. Raqamli savodxonlikni yanada rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: Informatika fanini yanada takomillashtirish: O‘quv dasturlariga zamonaviy dasturlash tillari, sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili va kiberxavfsizlik kabi yangi yo‘nalishlarni kiritish. Informatika darslarini nazariyadan ko‘ra amaliy mashg‘ulotlar shaklida tashkil etish va loyihalarga asoslangan ta’lim metodikasini keng joriy etish. O‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalar, jumladan, bulutli texnologiyalar va IoT (Internet of Things) haqida tushuncha berish. O‘qituvchilar malakasini oshirish: Informatika o‘qituvchilari uchun muntazam ravishda zamonaviy IT-trendlar bo‘yicha treninglar va seminarlar tashkil etish. Dasturlash va axborot texnologiyalarini chuqur o‘rgangan mutaxassislarni maktab ta’limiga jalb qilish. Raqamli pedagogika metodlarini o‘qituvchilar orasida keng targ‘ib qilish. Zamonaviy o‘quv resurslarini yaratish O‘quvchilar uchun interaktiv platformalar, onlayn kurslar va virtual laboratoriyalarni yaratish. Milliy ta’lim tizimi uchun raqamli ta’lim resurslari, masalan, o‘zbek tilida IT-ma’ruzalar va darsliklar ishlab chiqish. Dars jarayonlarida zamonaviy texnologiyalardan (AR/VR, simulyatorlar, kodlash o‘yinlari) keng foydalanish. Raqamli savodxonlikni keng ommaga yetkazish
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 30 Maktablardan tashqari, aholi uchun ham bepul raqamli savodxonlik kurslarini tashkil etish. Talabalar va yosh mutaxassislar uchun IT-loyihalar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va startap inkubatorlarini yo‘lga qo‘yish. Katta yoshdagi aholiga ham raqamli texnologiyalar bilan ishlash bo‘yicha treninglar berish. Kiberxavfsizlikni mustahkamlash O‘quvchilarga internet xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish va ushbu yo‘nalishda amaliy mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish. Maxsus kiberxavfsizlik dasturlarini ishlab chiqish va yoshlarni ushbu sohada faol ishtirok etishga rag‘batlantirish. Maktablarda axborot xavfsizligi bo‘yicha maxsus kurslarni joriy qilish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi PQ–4851-sonli qarori. (2020-yil 5oktyabr). 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining **“Raqamli texnologiyalar sohasida ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”**gi PQ–168-sonli qarori. (2022-yil 7-mart). 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2022-yillarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”. 4. Xaydarov A., Jo‘rayev I. “Informatika va axborot texnologiyalari”. O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2020. 5. Rasulov U., Xolboyev A. "Dasturlash asoslari va algoritmik tafakkur", Toshkent, 2022.