scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MILLIY MA`NAVIYATIMIZDA NIKOH VA OILAGA DOIR HUQUQIY QADRIYATLAR TASNIFI

Qilichova Robiya Qodir qizi Sayxunobod tumani adliya bo`limining FHDY bo`limi mudiri

Abstract

Ushbu maqola jamiyatimizda oilaviy munosabatlarni tartibga solish, nikoh va oila tushunchasi, nikohni qonuniy rasmiylashtirish tartibiga bag`ishlangan.Maqolada sha`riy nikoh asosida yashab kelayotgan fuqarolarga qonuniy nikohdan o`tkazish bo`yicha takliflar ishlab chiqilgan. KALIT SO`ZLAR Nikoh, oila jamiyatning bo`g`ini, jamiyat, farzand tarbiyasi, oilaviy qadriyatlar, sha`riy nikoh.

Full text

ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 39 MILLIY MA`NAVIYATIMIZDA NIKOH VA OILAGA DOIR HUQUQIY QADRIYATLAR TASNIFI Qilichova Robiya Qodir qizi Sayxunobod tumani adliya bo`limining FHDY bo`limi mudiri ANNOTATSIYA Ushbu maqola jamiyatimizda oilaviy munosabatlarni tartibga solish, nikoh va oila tushunchasi, nikohni qonuniy rasmiylashtirish tartibiga bag`ishlangan.Maqolada sha`riy nikoh asosida yashab kelayotgan fuqarolarga qonuniy nikohdan o`tkazish bo`yicha takliflar ishlab chiqilgan. KALIT SO`ZLAR Nikoh, oila jamiyatning bo`g`ini, jamiyat, farzand tarbiyasi, oilaviy qadriyatlar, sha`riy nikoh. Oila kodeksi normalari talablariga binoan tuzilgan nikoh, er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini, voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini, ma’muriy yoki sud tartibida qonunan himoya qilinishi kafolatlanadi. Nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan ya`ni, FHDY bo`limi tomonidan dalolatnoma yozuvi rasmiylashtirilgan kundan boshlab er-xotinlar o‘rtasida huquq va majburiyatlar vujudga keladi. Qonuniy asoslarga ko‘ra, nikoh tuzish bo‘lajak er-xotin uchun ham, jamiyat uchun ham g‘oyat muhim ijtimoiy-huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan holat hisoblanadi. Shu sababli, ham Oila kodeksida nikoh tuzish tartibi va shartlari belgilab qo‘yilgan. Ushbu talablarga, shartlarga qat’iy rioya qilish vujudga kelayotgan oila mustahkam, haqiqiy va barqaror bo‘lishini kafolatlaydi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 40 Oila erkak va ayolning turmush qurib, nikohlari davlat ro‘yxatidan rasmiylashtirilgan kundan vujudga keladi. Shuning uchun nikohning qonuniy asoslarini belgilash muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 13-moddasiga binoan, nikoh tuzish tartibi normalangan bo‘lib, unga ko‘ra: - birinchidan, nikoh tuzish uchun bildirilgan yozma rozilik (ariza nikohlanuvchi shaxslar tomonidan, ya’ni, erkak yoki ayol tomonidan bevosita yoziladi va imzolanadi) asosida namoyon bo‘lishi; - ikkinchidan, nikoh tuzish uchun ariza berilgandan keyin bir oylik muddat belgilanishi. Ushbu qonun bilan belgilangan bir oylik muddatning belgilanishidan ko‘zlangan maqsad, nikohlanuvchi shaxslar nikohni erkin, ixtiyoriy, tenglik hamda o‘zga shaxslarning majburlovisiz tuzayotganligini aniqlashtirish hamda kelajak oilaning mustahkamligini ta’minlashdan iboratdir; - uchinchidan, nikoh nikohlanuvchilarning shaxsan ishtiroklarida qayd etiladi. Nikohni vakil yoki ishonchnoma orqali rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oila qonunchiligida nikohdan o‘tish uchun ariza bergandan so‘ng o‘tish lozim bo‘lgan bir oylik muddatni zarur hollarda qisqartirish huquqi berilgan. Masalan, bolalarning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasasining kelinning homiladorligi haqidagi ma’lumotnomasi, xizmat safari tog‘risidagi hujjat va boshqalar uzrli sabablarni tasdiqlashi mumkin. Qanday sabablarni uzrli deb hisoblash masalasini hal etish huquqi qonun bo‘yicha fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining mudiriga berilgan. Turmushda er-xotinning o‘zaro bolasi borligi yoki xotinning homiladorligi uzrli sabab bo‘lishi izoh talab etmaydi. Huquqiy rasmiylashtirilmagan er-xotinlik munosabatidan homilasi yoki bolasi bo‘lgan shaxslar nikohini qayd etishni ham kechiktirib bo‘lmaydi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 41 Nikohni qayd etayotgan mansabdor shaxs uzrli sabab bo‘la oladigan holatlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni talab qilishi lozim. Vazirlar Mahkasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Fuqorlik holati dalolatnomalarini yozish organlari to`g`risida” gi qarorining 71-bandida “FHDY organi mudiri uzrli sabablar bo‘lganda hamda arizachilarning iltimoslariga ko‘ra bir oylik muddatni qisqartirishi mumkin. Bunda uzrli sabablarni tasdiqlovchi — bolalarining tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari, tibbiyot muassasasining kelinning homiladorligi yoki bir tarafning kasalligi haqidagi ma’lumotnomasi, xizmat safari to‘g‘risidagi guvohnoma va shu kabi hujjatlar ko‘rsatililishi keltirilib o`tilgan.Nikohni qayd etish muddatini uzaytirish nikoh tuzuvchilarning birgalikdagi arizalariga binoan ko‘rib chiqiladi. Ayrim hollarda yetarli asoslar bo‘lgan taqdirda, shuningdek FHDY organining tashabbusi bilan ushbu muddat uch oygacha uzaytirilishi mumkin.Belgilangan namunadagi ariza nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida to‘ldiriladi va barcha savollarga aniq va to‘liq javoblar berilishi kerak.FHDY organi arizani qabul qilayotganda nikohlanuvchilarga nikoh tuzish tartibi va shartlarini, kelgusida er-xotin va ota-ona sifatida vujudga keladigan huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi va bir-birining salomatliklari to‘g‘risida va oilaviy ahvoli to‘g‘risida xabardor ekanliklariga ishonch hosil qilishi kerak.Nikohlanuvchilar nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlarni yashirish oqibatlari to‘g‘risida ogohlantiriladi.Agar nikoh tuzuvchi shaxslarning otalik belgilanmagan birgalikdagi bolalari bo‘lsa, u holda FHDY organi ularga otalikni belgilash tartibini tushuntirishi lozim.Qonun nikohlanuvchi shaxslardan hatto bittasi ilgari qayd etilgan nikohda turgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzilishini taqiqlashi sababli arizani qabul qilish vaqtida FHDY organi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘yicha arizachilarning qonuniy nikohda turish-turmasligini “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshirib ko‘rishi kerak.Ilgari nikohda bo‘lgan shaxs FHDY organiga avvalgi nikohi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi kerak. Bu — bekor qilinganligi ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 42 haqidagi guvohnoma (nikohdan ajralganlik haqidagi ma’lumotnoma) yoki sud qarori, erning (xotinning) o‘limi haqidagi guvohnoma (o‘lim haqidagi ma’lumotnoma) va uning vafot etgan shaxs bilan tuzilgan nikohi haqidagi ma’lumotnoma yoxud sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi qarori bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasiga muvofiq:  loaqal bittasi qayd qilingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;  nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;  loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. FHDY organi nikohni qayd etish vaqtini belgilayotganda nikohdan o‘tuvchilardan uni tantanali vaziyatda, shu jumladan joyiga borgan holda o‘tkazilishiga roziligini aniqlashi lozim. Tantanali ravishda qayd qilish yoki joylarga chiqqan holda qayd qilish faqat nikoh tuzuvchilarning xohishlariga ko‘ra joyiga borgan holda o‘tkaziladi. Nikohlanuvchi shaxslarning istaklariga binoan nikoh ularning qarindoshlari va tanishlari ishtirokida qayd etiladi. Nikohni qayd etishda nikohlanuvchi shaxslar tomonidan belgilangan sonda guvohlar ishtirok etishi mumkin. Nikohga kirish haqidagi arizani berishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, ya’ni fuqarolik pasporti, xorijga chiqish pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki harbiy bileti ko‘rsatilishi kerak.Agar biron-bir sabab bilan nikoh tuzuvchilarning ikkalasi ayni bir vaqtda kelishi imkoniyati bo‘lmasa, u holda FHDY organiga arizani ulardan biri berishi mumkin, bu holda kela olmagan shaxsning imzosi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Nikohga kirish haqidagi ariza arizalar hisobga olinadigan maxsus daftarda qayd etilishi kerak. Nikohni qayd etish faqat nikohlanuvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi. FHDY organlari ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 43 nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligiga hamda ushbu tekshiruvlarning natijalari to‘g‘risida ularning xabardor ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 13-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Nikohning ishonchnoma bo‘yicha yoki vakil orqali, shuningdek tibbiy tekshiruvdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma bo‘lmaganda qayd etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. FHDY organlari xodimlari nikohni qayd etish vaqtida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan shifokorlik sirlaridan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etganligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.Nikohlanuvchilardan biri betobligi sababli FHDY organiga kela olmaydigan istisno hollarda nikoh tuzilganligi shifoxonada, uyda yoki boshqa tegishli joyda, nikohlanuvchi ikkala shaxsning ishtirokida qayd qilinadi. Dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida bu haqda tegishli belgi kiritiladi.Agar FHDY organiga ushbu Qoidalarning 77-bandida ko‘rsatilgan holatlar mavjudligi haqida ariza tushgan bo‘lsa, nikohni qayd etish boshqa muddatga qoldiriladi. Bunda arizachiga belgilangan muddatda zarur dalillarni taqdim etish tavsiya qilinadi. FHDY organi manfaatdor shaxsning iltimosiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan zarur tekshiruv o‘tkazishi mumkin. Nikohni qayd etish vaqti keyinga surilganligi haqida arizachilar xabardor qilinadi. Nikohni qayd etishga to‘siq bo‘luvchi qonuniy holatlar mavjud bo‘lganda FHDY organi uni qayd etishni rad qiladi. Agar mazkur ma’lumotlar tasdiqlanmasa, u holda nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Yuqorida qayd etilgan holatlarni tekshirish muddati uch oydan oshmasligi kerak. Nikoh tuzishning navbatdagi sharti – bu nikohlanuvchi shaxslarning qonun doirasida belgilangan yoshga yetishlari hisoblanadi. Nikoh yoshi turli davlatlarda turlicha qilib belgilangan. Masalan, Bolgariyada har ikki jins vakillariga ham – 18 yosh, Angliyada – 16 yosh, Fransiya va Vengriyada erkaklar uchun–18 yosh, ayollar uchun–16 yosh, Polshada – 21 va 18 yosh, Yaponiyada – 18 va 16 yosh, Gruziyada –17 va 16 yosh, Ukraina va Turkmanistonda – 18 va 17 yosh, AQShning turli ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 44 shtatlarida nikoh yoshi – 16 dan 21 yoshgacha qilib belgilangan. Nikoh yoshini belgilashda muayyan oqilona mezon quyidagi omillar bilan belgilanishi lozim: - birinchidan, biologik mezon. Bunday mezon bo‘lajak er-xotinning jismoniy jihatdan voyaga yetganligini belgilab beradi. Jismoniy barkamollik nafaqat jinsiy jihatdan nikohlanuvchi shaxslarning yetilganliklarini, balki nikohlanuvchi shaxslarning salomatliklari, farzand ko‘rishiga, ularni parvarish qilishga tayyorgarlik holatlarini ham anglatadi; - ikkinchidan, ruhiy-psixologik mezon. Erkak va ayol turmush qurishga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishlari, ularda eng avvalo bolalik va o‘smirlik davridagi xis-hayajonga berilish, psixologik barqarorlik xislatlari o‘rniga muayyan dunyoqarash, erk-iroda, hayotiy ko‘nikmalar shakllanadi, bu esa oilaning mustahkam va barqaror bo‘lishini ta’minlaydi; - uchinchidan, aqliy yetuklik. Ushbu mezon kishini faqat muayyan intellektual holati, bilim darajasinigina anglatmaydi. Aqliy holat muayyan bilim, tajriba va uni amalda qo‘llay olish, er-xotin, oila, farzand mas’uliyati, oilani normal turmush kechirishini ta’minlash layoqati hisoblanadi; - to‘rtinchidan, sotsial-ijtimoiy shart-sharoitlar. Ushbu shartsharoitlar majmuyi yosh oilani moddiy jihatdan turar-joy, maishiy jihatdan o‘zini-o‘zi ta’minlash, o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lishni anglatadi. Albatta, yosh oila ota-onalar va boshqa qarindoshlar g‘amxo‘rligi ostida bo‘lishi tabiiy. Ammo bu g‘amxo‘rlik yosh oilani mutlaqo boqimandalik darajasida bo‘lish yoxud sotsial-ijtimoiy hujayra sifatida mustaqil bo‘la olmasligiga olib kelmasligi kerak; - beshinchidan, huquqiy mezon. U yosh kelin-kuyovni huquq subyekti, to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lishini anglatadi. Bir qarashda biologik, ruhiy psixologik, sotsial-ijtimoiy, aqliy mezonlardan farqli ravishda, yuridik mezon qonun chiqaruvchining xohishi o‘ziga xos ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 5–to’plam 2025 y. 45 subyektivlikka asoslangan mezonga o‘xshab tuyuladi. Biroq yuqoridagi boshqa omillar kabi, nikoh yoshini belgilovchi yuridik mezon ham muayyan obyektiv asoslarga tayanadi. Adabiyotlar ro`yxati 1.O`zbekisron Respublikasi Oila kodeksi-30.04.1998 yil 2.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20oktabrdagi “Nikoh, oila va fuqorolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to`g`risida”gi qarori 3.O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining “Fuqorolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomaga o`zgartirish kiritish to`g`risida” gi buyrugi` 4.Darslik. Toshkent davlat yuridik universiteti.Oila huquqi darslik-2016 yil.