scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'zbekistonda gimnastikaning taraqqiyoti

Turg'unboyev Mansurbek Mamarafiqovich

Abstract

Yurtimizda gimnastikaning rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Bunda mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va sotsial hayoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bir qancha bosqichlar ko‘zga tashlanadi. Shu davrda o‘rtaga qo‘yilgan yangi vazifalar gimnastika mazmunini ham belgilab berdi.

Full text

2025 – NOYABR 9 O‘zbekistonda gimnastikaning taraqqiyoti. Andijon davlat universiteti Turg‘unboyev Mansurbek Mamarafiqovich Yurtimizda gimnastikaning rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Bunda mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va sotsial hayoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bir qancha bosqichlar ko‘zga tashlanadi. Shu davrda o‘rtaga qo‘yilgan yangi vazifalar gimnastika mazmunini ham belgilab berdi. Sotsialistik revolyutsiyadan keyingi dastlabki yillarda (30yillargacha ham) gimnastikadan xalqni jismoniy tayyorlash va jismoniy rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida foydalaniladi. Yosh respublika butun kuchini interventlar va oq gvardiyachilar bilan kurashga sarflayotgan yillarda jismoniy tarbiya, gimnastika hokimiyatiga xizmat qilishga qaratilgan edi. Aholini jismoniy tarbiyalashni uyushtirishda (1918 yilda Qizil Armiya uchun rezervlar tayyorlash maqsadida tuzilgan) Vsevobuch etakchi rol o‘ynaydi. Unga taniqli davlat va jamoat arbobi N.I.Podvoyskiy boshchilik qilgan, armiya rezervini tayyorlash programmalarida gimnastika mashg‘ulotlariga anchagina o‘rin ajratilgan bo‘lib, amaliy gimnastika ham, gimnastika snaryadlarida bajariladigan gimnastika ham qo‘llanilgan edi. Mamlakatning hamma joylarida keng yoshlar tabaqalarini birlashtirgan harbiy-sport markazlari barpo etiladi. Sobik ittifok hokimiyatini mustahkamlash uchun kurashning ana shu ma’suliyatli davrida eshlarning jismoniy tarbiyasi bilan ularni to‘g‘ri g‘oyaviy siyosiy tarbiyalashni qo‘shib olib borish lozim edi. 1925 yilda gimnastikaning mavjud tizimlari, gimnastika sohasidagi ishlarning metodlari va mazmuniga tanqidiy yondoshilib, qayta ko‘rib chiqila boshlandi. Jismoniy tarbiya 1926-1927 yillardan boshlang‘ich maktablarda, 1929 yildan esa - oliy o‘quv yurtlarida o‘quv predmeti sifatida kiritildi. Jismoniy tarbiyadan yangi programmalar vujudga keldiki, ularda gimnastika muhim o‘rin egallagan edi. 2025 – NOYABR 10 Jismoniy tarbiya institutlari ko‘plab yangi vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan malakali o‘kituvchilarni tayyorlab chiqara boshladi. Bu kadrlar gimnastika nazariyasi va metodikasini ishlab chiqishda etakchi rol o‘ynay boshladilar. Ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, gimnastikaning ilmiy bazasini yaratish, uning pedagogik ahamiyatini tushunib etish, darsning tizimli sxemasini ishlab chiqish va shu kabi ishlarni bajarishga urinib ko‘rildi. Biroq mashg‘ulotlar mazmuni birdan o‘zgarmadi. Uzoq vaqt davomida gimnastika umumiy jismoniy tayyorgarlik xususiyatlarini saqlab qoldi. 1929 yilda gimnastika bo‘yicha ilmiy-metodik konferentsiya bo‘lib o‘tdi, u etilib turgan tashkiliy metodik masalalarni hal qildi. Bu konferentsiyada gimnastika birinchi bor alohida turlarga bo‘lindi. SHu vaqtdan boshlab radioda ertalabki gimnastika eshittirishi beriladigan bo‘ldi. Usha yillarda gimnastika xalqimizni jismoniy tarbiyalashning asosiy mazmunini tashkil etgan edi. 1931 yilda «Mehnat va mudofaasiga bo‘l tayyor» fizqultura kompleksining joriy etilishi mamlakatimiz fizqultura harakatida muhim voqea bo‘ldi. Bu gimnastika taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. U odamlarga salomatlikni mustahkamlashda, hayotiy zarur harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam berar, mehnat faoliyati rejimiga yanada kengroq kirib borardi. Ana shu davrda gimnastika sport turlarining rivojlanishi uchun imkoniyat paydo bo‘ldi. 1933 yilda Moskvada gimnastika bo‘yicha xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Unda gimnastika taraqqiyotining eng muhim masalalari ko‘rib chiqildi va ular yuzasidan qarorlar kabul qilindi. Konferentsiya jismoniy tarbiya tizimida gimnastikaning o‘rni va ahamiyatini belgilab berdi, gimnastika klassifikatsiyasini (nisbatan mustaqil turlarga bo‘linishini), uning mazmunini, mashg‘ulotlar metodikasini va ishning tashkiliy formalarini tasdiqladi, terminologiya masalasini va boshqa masalalarni muhokama qildi. Konferentsiya gimnastika taraqqiyotiga yordam bergan muhim voqea bo‘ldi. 1930 yildan boshlab har yili Moskvada, ittifoqdosh respublikalarning poytaxtlarida va boshqa ko‘pgina shaharlarda o‘tkazib turilgan ommaviy gimnastika chiqishlarini mamlakatimiz xalqlari juda katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Unutilmas tomosha 2025 – NOYABR 11 bo‘lgan xilma-xil gimnastika mashqlari bu chiqishlarning asosiy mazmunini tashkil etardi. Ular gimnastikani agitatsiya va propaganda qilishning muhim vositasi bo‘ldi hamda ko‘plab yoshlarni gimnastika bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qildi. YAgona klassifikatsion programmaning joriy etilishi, kasaba soyuzlari KSJ (ko‘ngilli sport jamiyatlari) ning tashkil etilishi va turli ko‘lamdagi ommaviy musobaqalar, shu jumladan o‘quvchilar o‘rtasidagi ommaviy musobakalarning muntazam o‘tkazib turilishi, yangi gimnastika terminologiyasining qabul qilinishi va boshqa ko‘pgina tadbirlar sport gimnastikasining rivojlanishini anchagina rag‘batlantirdi. Sport gimnastikasi ommaviy sport turi bo‘lib qoldi. Gimnastikaning taraqqiy topishida jismoniy tarbiya institutlarining gimnastika kafedralari katta rol o‘ynadi. Kafedralarda malakali mutaxassislar tayyorlash bilan birga katta ilmiy va metodik ishlar olib borildi. 1934 yildan jismoniy tarbiya institutlaridagi aspiranturalarda gimnastika bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlana boshlandi. Dastlabki kandidatlik dissertatsiyalari yoqlandi, ilmiy asarlar kengroq e’lon qilinadigan bo‘ldi, darslik va metodik qo‘llanmalar, gimnastikaning ayrim masalalariga doir qo‘llanmalar, yagona klassifikatsion programmalar va musobaqa qoidalari nashr etildi. Mamlakatimizda turli tizimlarning eng maqsadga muvofiq mashqlari qo‘llanildi. Mashg‘ulotlardan ko‘zda tutilgan maqsad qanday vositalardan qo‘llanishni belgilab berar ediki, bu vositalar yordamida umumjismoniy (gimnastikaning sog‘lomlantiruvchi turlari), jangovar (amaliy turlar) va sport (sport turlari) tayyorgarligi masalalari yaxshiroq hal qilinardi. Ishga ijodiy yondashish gimnastikada mavjud bo‘lgan hamma qimmatli tajribalardan foydalanib, mamlakatimiz fizqul’tura harakati talablariga mos bo‘lgan o‘z gimnastika tizimimizni yaratish imkoniyatini berdi. Unda gimnastikaning barcha turlarini yanada rivojlantirish istiqbollari belgilandi, gimnastikani kishilarining mehnat faoliyati rejimiga va turmushiga tadbiq etish rejasi belgilandi, aholining barcha kontingentlari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yangi programmalar ishlab chiqish yuzasidan qarorlar qabul qilindi, sport gimnastikasi bo‘yicha terma komandalar uchun rezerv tayyorlash sistemasi ishlab chiqildi. Gimnastika sohasidagi hamma 2025 – NOYABR 12 mutaxassislarning bundan keyingi ishlari ana shu vazifalarni hal qilishga qaratildi. Mamlakatimizda gimnastikaning insonni jismoniy kamol toptirish borasidagi yangi vazifalarni yanada aniq xal qilishga yordam beradigan hamma turlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratildi. Nazariya va metodika masalalarini ishlab chiqish jismoniy tarbiya institutlarining gimnastika kafedralarida va yangi tashkil etilgan ilmiy tekshirish institutlarida amalga oshirildi; darsliklar va klassifikatsion programmalar, metodik qo‘llanmalar takomillashtirildi, maxsus tadqiqotlar olib borildi va dissertatsiya ishlari yoqlandi. O‘zbekiston respublikalarning, shahar va oblastlarning trenerlar sovetlari, federatsiyalari, sud’yalar kollegiyalari singari jamoat organlari gimnastika taraqqiyotiga katta yordam ko‘rsatdilar. Ko‘p sonli o‘qituvchi va trenerlar otryadi amaliy ish olib bordi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Morgunova I. I. Gimnastika. kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent - "Ilm zie" - 2010. 310 p. 2. Brykin A.T. Gimnastika: sport kolledjlari uchun darslik. / A.T.Brykin., V.M.Smolevskiy. 1985 yil. Moskva. FIS: 368 p. 3. Orlov L.P. Gimnastika: Jism.madaniyat instituti uchun darslik. Moskva. 1958 yil FIS. 624 p. 4. Lebedihina T.M. Gimnastika: o‘qitish nazariyasi va metodikasi. /jism.madaniyat inst-lari talabalari uchun ukuv kullanma/ Ural 2017. - 112 p.