scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

EKSPORTNI MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTI

Xudaynazarov Sherzod Ismoilovich

Full text

63 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 EKSPORTNI MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTI Xudaynazarov Sherzod Ismoilovich Denov tadbirkorlik va pedagogika inisituti “Moliya va bank ishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Tel: 998 (99) 377-07-42 https://doi.org/10.5281/zenodo.17510368 Annatatsiya: Ushbu tezisda eksportni moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish xususidagi ilmiynazariy qarashlar, eksportni moliyalashtirishning innovatsion shakllaridan biri bo‘lgan lizing amaliyoti bo‘yicha ilg‘or xorij tajribasi va uing amaliy ahamiyati bayon qilingan. Kalit so‘zlar: Eksport, Import, Akredetiv, faktoring, lizing, forfeyting. Dunyo amaliyotida tadbirkorlik sub’ektlari eksportini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish mamlakatning eksport salohiyatini oshirishning zaruriy shartlaridan biri sifatida qaraladi. Shu sababli, mazkur mamlakatlarda eksportni moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, “AQShning Bank of America bankida eksportni moliyalashtirish maqsadiga berilgan kreditlar hajmi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 7,4 foizga oshgani holda, Germaniyada eksportni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida ajratilgan moliyalashtirish hajmi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 11,3 foizga oshgan 1 .” 2 . Bu esa, tadbirkorlik sub’ektlari eksportini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish borasidagi ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish va undan O‘zbekiston amaliyotida foydalanish imkoniyatlariga baho berish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Dunyo miqyosida eksportni moliyalashtirishni innovatsiyalar asosida takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni eksportni moliyalashtirish amaliyotiga joriy qilish, sinditsiyali kreditlash amaliyotini takomillashtirish, eksportni moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan risklarni baholash va boshqarish, eksport bo‘yicha to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash, eksportning diversifikatsiya darajasini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu esa, eksportni moliyalashtirishni takomillashtirish masalasini dolzarb ekanligidan dalolat beradi. Eksportni moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish masalasi xorijlik iqtisodchi olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilgan hamda tegishli ilmiy xulosalar, amaliy tavsiyalar shakllantirilgan. L.Shaldaeva va S.Shutovaning xulosasiga ko‘ra, eksportni moliyalashtirishning quyidagi besh shakli mavjud 1) eksport qiluvchilarni davlat moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida milliy eksportchilar banklari tomonidan subsidiyalangan moliyalashtirish; 2) ushbu yordamni taqdim etuvchi mamlakatdagi firmalardan tovarlar sotib olinishi sharti bilan xorijiy import qiluvchilarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash; 3) milliy EKA ishtirokida moliyalashtirish; 4) xalqaro faktoring; 5) lizing 3 . Eksportni moliyalashtirishning innovatsion shakli bo‘lib, xalqaro lizing hisoblanadi. Xalqaro lizing uch yo‘nalishda amalga oshiriladi. Eksportli lizingda ijarachi xorijiy tomon bo‘lib, ijaraga berish uchun mo‘ljallangan uskunalar eksport shartnomasi shartlariga muvofiq mamlakatdan eksport qilinadi. Import ijarasi holatida egasi chet ellik hisoblanadi va uskunalar ijarachining mamlakatiga import shartnomasi shartlariga muvofiq yetkazib beriladi. Lizing tashkilotlari tranzitda-lizing beruvchi, lizing oluvchi, ko‘chmas mulk yetkazib beruvchi - turli mamlakatlar rezidentlari ishtirok etadi. 1 Bank of America Annual reports. 2022-2023//https://www.bankofamerica; Bundesbank. Annual report 2023//www. https://www.bundesbank.de. 2 Bank of America Annual reports. 2017-2023//https://www.bankofamerica; BNP Paribas Annual reports. 20172023//ww.bnpparibas.com; Halyk bank. Годовой отчёт 2017-2023//https://www.halykbank.kz. 3 Шалдаева Л.И., Шутова С.В. Экспортное финансирование в мировой практике: формы, преимущества недостатки//Сельскохозяйственный журнал. – Ставрополь, 2014. - №7. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/eksportnoe-finansirovanie-v-mirovoy-praktike-formy-ih-preimuschestva-i-nedostatki (дата обращения: 22.05.2025. 64 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 E’tirof etish joizki, xalqaro lizing operatsiyalari lizing oluvchi mamlakatdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan uskunalarni sotishning keng qo‘llanilayotgan mexanizmidir. Mahsulotlarni sotishning mazkur mexanizmi ishlab chiqaruvchilar uchun juda samarali, chunki sotish bitimini amalga oshirish mexanizmi yaxshi shakllangan va shaffofdir. Shunisi ahamiyatliki, xalqaro lizing operatsiyalarining asosiy qismi tijorat banklarining xorijiy valyutalarda beriladigan kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi. Shu sababli, xalqaro lizing operatsiyalarining samaradorligi ko‘p jihatdan banklar tomonidan beriladigan xalqaro kreditlarning bahosiga bog‘liq bo‘ladi. Fikrimizcha, jahon lizing bozorining rivojlanishi va ijobiy istiqbollari uchun ehtimoliy risklarni hisobga olish va buning uchun lizing kompaniyalari risklarni boshqarish tizimlarini yaratishi va rivojlantirishi muhim amaliy ahamiyatga ega. 1-rasm. Xalqaro lizing operatsiyalarini amalga oshirish tartibi 4 Bu yerda: 1-lizingga oluvchi tomonidan uskunaga buyurtma berish; 2-lizinga oluvchining kredit to‘loviga layoqatliligini tekshirish va u bilan lizing shartnomasini tuzish; 3-bank ssudasini olish; 4-lizing predmetini oldi-sotdi qilish bitimini imzolash; 5-lizing predmetini yetkazib berish; 6-yetkazib berilgan uskuna summasini to‘lash; 7-uskunalarni qabul qilish dalolatnomasini imzolash; 8-lizing shartnomasini imzolash; 9-lizing predmetini sug‘urta qilish shartnomasini imzolash; 10-lizing to‘lovlarini amalga oshirish; 11-lizing predmetini qaytarish; 12-ssudaning asosiy qarz summasini qaytarish va foizlarni to‘lash. XULOSA Eksportni moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish xususidagi ilmiy-nazariy qarashlarni tadqiq qilish ko‘rsatdiki: 4 Алексеев А.Б. Лизинг на практике. - Пособие по работе с лизинговыми компаниями. -Издательство: Лучшее решение, 2019.- С. 90. 65 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 *eksportni moliyalashtirishning quyidagi besh shakli mavjud: eksport qiluvchilarni davlat moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida milliy eksportchilar banklari tomonidan subsidiyalangan moliyalashtirish, ushbu yordamni taqdim etuvchi mamlakatdagi firmalardan tovarlar sotib olinishi sharti bilan xorijiy import qiluvchilarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, milliy EKA ishtirokida moliyalashtirish, xalqaro faktoring va lizing; Eksportni moliyalashtirishning innovatsion shakllarining tahlili ko‘rsatdiki: *eksportni moliyalashtirishning taraqqiy etgan mamlakatlarning amaliyotida keng qo‘llanilayotgan innovatsion shakllaridan biri – bu lizingli moliyalashtirish shaklidir; Mahsulotlarni sotishning mazkur mexanizmi ishlab chiqaruvchilar uchun juda samarali, chunki sotish bitimini amalga oshirish mexanizmi yaxshi shakllangan va shaffofdir. Shunisi ahamiyatliki, xalqaro lizing operatsiyalarining asosiy qismi tijorat banklarining xorijiy valyutalarda beriladigan kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi. Shu sababli, xalqaro lizing operatsiyalarining samaradorligi ko‘p jihatdan banklar tomonidan beriladigan xalqaro kreditlarning bahosiga bog‘liq bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Bank of America Annual reports. 2022-2023//https://www.bankofamerica; Bundesbank. Annual report 2023//www. https://www.bundesbank.de. 2. Bank of America Annual reports. 2017-2023//https://www.bankofamerica; BNP Paribas Annual reports. 2017-2023//ww.bnpparibas.com; Halyk bank. Godovoy otchyot 2017-2023//https://www.halykbank.kz. 3. Shaldaeva L.I., Shutova S.V. Eksportnoe finansirovanie v mirovoy praktike: formы, preimuщestva nedostatki//Selskoxozyaystvennыy jurnal.–Stavropol,2014.-№7.URL: https://cyberleninka.ru/article/n/eksportnoe-finansirovanie-v-mirovoy-praktike-formy-ih-preimuschestva-inedostatki (data obraщeniya: 22.05.2025. 4. Alekseev A.B. Lizing na praktike. - Posobie po rabote s lizingovыmi kompaniyami. -Izdatelstvo: Luchshee reshenie, 2019.- S. 90.