"SIRKON" TUPROQ FREZASI TUZILISHI VA TEXNOLOGIK JARAYONINI O'RGANISH
Abstract
Murakkab harakat qiladigan ishchi qism traektoriyasini ularga zamonaviy afzalliklarini asoslari o‘rgatish. Tuproqni o‘ta mayin holatga keltirishda asosiy vosita hisoblanadigan freza ishini tahlil qilishni o‘rgatish
Full text
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 62 “SIRKON” TUPROQ FREZASI TUZILISHI VA TEXNOLOGIK JARAYONINI O‘RGANISH To‘xliyev Azamat Mingboyevich Qarshi davlat texnika universiteti Ishning maqsadi:Murakkab harakat qiladigan ishchi qism traektoriyasini ularga zamonaviy afzalliklarini asoslari o‘rgatish. Tuproqni o‘ta mayin holatga keltirishda asosiy vosita hisoblanadigan freza ishini tahlil qilishni o‘rgatish. Ishning bajarilish tartibi: 1. Sirkon tirmasi tuzilishi va ishlashini o‘rganish. 2. Frezasi tirmasi tuzilishi va ishlashini o‘rganish 1. Sirkon tirmasi tuzilishi va ishlashini o‘rganish Har qanday yerni ekin ekishga tayyorlashda uning ustki qismiga sayoz ishlov berib yirik kesaklarni maydalab tuprog‘ini yumshatish, sepilgan mineral o‘g‘itlarni aralashtirish lozimligini tushuntiradi. Bunday ishni bajarish uchun, sharoitga qarab chizel-kultivator, diskli yoki tishli tirmalar, turli frezalar ishlatiladi. So‘ngi vaqtlarda yerni ekishga tayorlashda sirkon tirmasi keng foydalanilmoqda. Sirkon vertikal o‘qi atrofida aylanadigan frezaga o‘xshab ishlaydigan bir nechta rotor seksiyalaridan tuzilgan (4-rasm) 1-o‘q, 2-disk, 3-tish, 4-reduktor, 5-almashtiriladigan shesternya
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 63 Diskga esa uzunligi 340 mm gacha bo‘lgan ikkita yoki uchta vertikal tish 3 lar qotirilgan. Val 1 ni aylantirish uchun reduktor 4 ichidagi shesternya 5 lar xizmat qiladi. Diametri 250 mm bo‘lgan rotorlar ramaga yonma-yon o‘rnatilib, sirkonning umumiy qamrov kengligi o‘zgartiriladi: 10 ta rotorli sirkon qamrov kengligi 250 sm, 12 ta rotorli-300 sm, 14 ta rotorli 350 sm va 16 ta rotorli sirkon qamrov kengligi 400 sm qilinadi. Sirkon tirmasi traktorning QOV idan harakat oladi, QOV minutiga 1000 martta aylanadigan bo‘lsa, rotor 330 (shesternya almashtirilsa 440) ayl/minut tezlik bilan aylanadi. Rotor tishlari tuproqqa 15 sm chuqurlikkacha ishlov berishga mo‘ljallangan. Rotor tishini ko‘ndalang kesimi deyarli to‘rtburchak (25x15 mm) ammo uzunasiga birmuncha vintga o‘xshatilib buralgan. Shu sababli aylantirish yo‘nalishiga qarab, tuproqni ichkariga yoki tashqariga suradigan bo‘ladi. Tish yeyilishga bardosh beradigan po‘latdan yasalgan, ammo uning tig‘iga o‘ta qattiq qotishma payvandlangan bo‘lishi mumkin. Sirkon tuproqni yumshatish darajasi tishlarni tuproqga botish chuqurligini, rotor aylanish tezligini hamda agregat tezligini o‘zgartirish hisobiga o‘zgartirildi. Sirkon rotatsion tirmasini tishi �� tezlikda agregat bilan ko‘chirma harakatda �� tezligi bilan rotor o‘qi atrofida aylanma nisbiy harakatda bo‘lib, uzaytirilgan tsikloida bo‘yicha harakatlanadi.
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 64 A,B,C… harakatda tishning ketma-ket egallaydigan holatlari; �`,�`,�`… tishning absolyut harakatidagi holatlari. Traektoriyani ko‘rish uchun rotor to‘liq bir aylanishiga sarflanadigan vaqt �1=2π/ �� topiladi va ushbu vaqtda agregat bilan birgalikda rotor ilgarilab bosib o‘tadigan yo‘l S=��∙�1 hisoblanadi. Rotor tishining nisbiy harakatda bosib o‘tadigan yo‘li ��=2 πr aniqlanadi. �� yo‘li o‘zaro teng bo‘lgan C dona bo‘laklarga bo‘linadi. S yo‘li ham C dona bo‘laklarga bo‘linadi. Tartib raqamlari bir xil bo‘lgan bo‘laklar joyi topilib o‘zaro birlashtiriladi, traektoriya aniqlanadi. Uning absolyut tezligi �� yo‘nalishi bilan miqdori o‘zgarib turadi. �� ning tezligi maksimal miqdori tishning ko‘chirma ��� va nisbiy ��� tezliklarini vektorlari bir tomonga qartilgan A joyida (4rasm), minimal miqdori esa ��� va ���vektorlari bir-birlariga teskari yo‘nalgan D joyida bo‘ladi. Sirkonning tuproqni intensiv maydalab yumshatish sabab, uning tishi D joyida ham oladigan minimal absolyut tezligi �� ��� ning miqdori katta bo‘lishidadir. Tishning joyi qayerda bo‘lmasin uning absolyut tezligi
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 65 katta bo‘lib, kesakchalarga katta zarba kuchi bilan urilishi hisobiga tuproqni mayin maydalab yumshatishni talabalarga o‘qtirish lozim. Ko‘pincha sirkon tirmasi kombinatsiyalashgan seyalkalarda ishlatiladi. Sirkon tirmasi seyalkada ramasiga ekkichlardan oldin o‘rnatiladi. Sirkon yumshatgan tuproqni boshqa ishchi qismlari tekislab, qisman zichlangandan so‘ng ekkich ekkan urug‘lari qulay sharoitda joylashadi 1. Mashg‘ulotni ikki variantda tashkillashtirish ma’qul bo‘ladi: 1-variant: Tishlar o‘rnatilgan rotor radiusli r=2 sm; rotorni aylanish tezligi n=330 ayl/min; agregat tezligi ��= 2.0 m/s; tishlar soni 2. 2-variant: Rotor radiusli r=25 sm; rotor tezligi n=440 ayl/min; agregat tezligi ��=2.5 m/s; tishlar soni 3. 2. Guruh talabalari 2 variantga ajratiladi. Ular tishning absolyut harakatidagi traektoriyasini chizadi. A holatidagi tishning rotor bir marta to‘liq aylanishiga ketgan vaqda agregat bilan bosib o‘tgan yo‘li topiladi va A` belgilanadi. Qulay masshtabda tishning A-A` traektoriyasi quriladi. Tishning traektoriyasidagi bir necha holatlari (A, B, C, D, ) uchun absolyut tezliklarining vektorlari topiladi (masshtabda). Tezliklar miqdori va yo‘nalishlarining o‘zgarishi tahlil qilinadi. 3. Tuproq tish ta'sirida cho‘qqisi pasga qaratgan uchburchak shaklida yumshatilishini hisobga olib, 10, 12, 14 sm chuqurlida sirkon ishlov berib yer yuzasini yumshatgan kengligini b aniqlanadi. Traektoriyasi uzunligi aniqlanib bitta tish yumshatgan yerning yuzasi R topiladi. Agar 2 yoki 3 ta tish o‘rnatilgan bo‘lsa 2 P va 3 P yuza umumiy yuzaning 2p·s=k necha foizligini tashkil qilishi aniqlanadi. 2. Frezali tirmani tuzilishi va ishlashini o‘rganish
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 66 Tuproqqa resurstejamkor ishlov berish texnologiyasida freza bilan ishlov berishning ahamiyatini tushuntiradi. Yerni urug‘ ekishga tayyorlashda boshqa mashinalarga qaraganda freza tuproqni sifatliroq yumshatib, mayin holga keltirish qobiliyatiga ega. Shu sababli, ilg‘or mamlakatlarda, ko‘proq quvvat sarflanishiga qaramasdan, undan keng foydalanilmoqda. O‘ta mayin holatdagi tuproqda tabiiy namlik uzoqroq saqlanadi, unga ekilgan urug‘ yetarli darajada ko‘milib, urug‘larning bir tekis unib chiqish ehtimolligi oshadi. Plyonka ostiga chigit ekishda tuproqni mayin holatga keltirish talab qilinadi, chunki yirik kesakli yerga to‘shalgan plyonka yirtilib ketadi va uning tuproqni isitish qobiliyati pasayib qoladi. Yerga plug bilan ishlov bermasdan don ekishda, faqat urug‘ ekiladigan yerni yumshatish uchun ham frezadan foydalanish ma’quldir. . Frezaning tuproqni maydalash darajasi uning pichoqlari qirqib oladigan tuproq qirindisi qalinligiga bog‘liq. Qirindi qalinligi ko‘p faktorlar (pichoqlar soni, freza radiusi, yumshatish chuqurligi, kinematik rejimi va b.) ga bog‘liqdir. Mavjud bo‘lgan frezadan foydalanishda uning kinematik rejimi λ (aylanayotgan pichoq uchining urinma chiziqli tezligi Vp ning agregat tezligi Vm ga nisbati λ =Vp/Vm) nigina turlicha tayinlash mumkin. Agregatni yuritish tezligi Vm ni yoki bevosita frezaga traktor quvvat olish vali (QOV) uzatayotgan aylanish tezligini almashtirish hisobiga λ ning maqbul qiymati o‘rnatiladi.
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 67 Freza kinematik rejimi miqdorining bevosita tuproq qirindisi qalinligiga, bilvosita-tuproqni maydalab, yumshatish darajasiga ta’sir qiladi. Uni tahlil qilishni grafoanalitik usulda bajarish ma’qul bo‘ladi. Ma’lum masshtabda freza barabani chiziladi. A0 joyga kelgan pichoq (4.3rasm) XOY koordinat o‘qlari bo‘ylab ko‘rinishidagi traektoriyani bosib o‘tadi. Traektoriyani quyidagi parametrik tenglama yordamida ko‘rish mumkin: X=Vmt + r cos ω t, Y=rsinωt: bu yerda: t-freza barabani to‘liq bir marta aylanishiga sarflanadigan vaqt, s; ωfreza barabanining burchak tezligi, rad/s. Burchak tezligi ω ni aniqlash uchun avvaliga pichoqning chiziqli tezligi Vp=λVM qabul qilinadi. Shundan so‘ng, Vp ga mos keladigan ω topiladi: ω =Vp/ r Freza barabani to‘liq; bir aylanishiga ketgan vaqt t = 2π/ω hisoblanib, Shu vaqt ichida agregat bosib o‘tadigan yo‘l SM =VM t aniqlanadi. 4.3-rasmdagi A0 joyini egallab turgan pichoqning traektoriyasini qurish uchun ma’lum masshtabda freza barabani aylanmasini chizib, ya’ni nisbiy aylanma harakatida pichoq uchi bosib o‘tadigan yo‘l 2�� ni o‘zaro teng (4.3-rasmda 8 ga) bo‘laklarga bo‘lib, �1�2�3, …8 nuqtalari belgilanadi. Pichoqning agregat bilan ko‘chirma-ilgarilanma harakatida bosib o‘tadigan yo‘li �� ni ham Shuncha teng bo‘laklarga ajratib O0, O1, O2,….. O8 nuqtalari belgilanadi. Agar pichoq uchi nisbiy harakatdagi yo‘lining 1/8 qismini bosib �1holatigacha burilsa, shu vaqt ichida baraban markazi O ham ko‘chirma harakatdagi yo‘li SM ning 1/8 bo‘lagiga siljib ulguradi va O1 joyiga yetib keladi. Shu sababli, O0-O1, masofasini �1dan O0-O8 chizig‘iga parallel qo‘yib �1′ nuqta belgilanadi. Aylanadagi A0 nuqtasi A2ning o‘rniga kelgunicha mashina bilan birgalikdaO0-O2 ilgarilanadi. Shu sababli O0-O2 masofasi A2 dan O0-O2 chizig‘iga parallel qo‘yiladi va �2′ nuqtasi belgilanadi. Shu tartibda �1′...�8′
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 68 nuqtalar topiladi. Ularni egri chiziq bilan birlashtirib izlanayotgan uzaytirilgan chiziladi. Traektoriyaning shakli katta ahamiyatga ega, chunki bevosita tuproqqa botirilayotgan pichoq uchining absolyut tezligi kamida vertikal yo‘nalishdabo‘lishi kerak. Agar pichoq d nuqtada yerga kira boshlasa, uning tezligi ��� ishlov berilmagan tuproq tomonga yo‘nalib, qirindini ajrata olmaydi. e nuqtasida yerga kirayotgan pichoq uchi, qirindini orqa tomonga oson ajratib, maydalaydi. Demak, pichoq o‘z traektoriyasi sirtmog‘ining eng keng joyidan pastroqda yer yuzasini uchratgani ma’qul bo‘ladi. Ishlov berish chuqurligi a ni tayinlaganda pichoq uchi tezligini yo‘nalishini e’tiborga olish lozim, ya’ni pichoqning uchi yer yuzasiga e nuqtasidan pastroqda tegishi kerak. Shu sababli, a=(0,7 0,8) r dan oshmasligi ma’qul hisoblanadi. A pichog‘idan keyin yerga B pichog‘i kirib boradi va tuproq qirindisini ajratib oladi. Shu sababli, B nuqtaning traektoriyasini ham chizish talab qilinadi.B nuqta ham A ga o‘xshash traektoriyani bosib o‘tadi. Shuni e’tiborga olib, A0 toshning traektoriyasini qurishdagidek freza barabani aylanasi uzunligi o‘zaro teng bo‘laklarga ajratilib �1,2,�3, …�8 nuqtalari belgilanadi. �1dan gorizontal yo‘nalishda O0-O1 masofasi, �2O0-O2 masofasi qo‘yilib �1′,�2′,�3′,...�8′nuqtalari. Ularni birlashtirib B pichog‘ini traektoriyasi topiladi. A va B pichoqlari traektoriyalaridagi sirtmoqlar qadami bo‘lgan Sq chizmadan o‘lchab olinadi. Sq miqdorini analitik usul bilan ham aniqlash mumkin: Sq = 2 πr /λz yoki Sq = 2 π VМ/ω z (3) formula yordamida aniqlangan Sq bilan grafik usulda topilgan Sq miqdori taqqoslanadi. Pichoqning yer yuzasi bilan uchrashgan AE nuqtasidan r radiusi bilan O0O8 o‘qida Oe nuqtasi topiladi. OE-AE chizig‘i davomida tuproq qirindisining maksimal qalinligi δ o‘lchab olinadi. Agrotexnik talablar bo‘yicha freza ishining
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 69 sifati tuproqni maydalash darajasidan tashqari yana ikki ko‘rsatkich bilan baholanadi: 1. Yumshatilmagan do‘ngchalar balandligi h ishlov berish chuqurligi a ning 20% dan oshmasligi kerak (h< 0,2a), aks holda, yumshatilmagan maydon me’yoridan oshib ketadi; h ni kamaytirish uchun Sq kichikroq bo‘lishini ta’minlash lozim; 2. Tuproq qirindisining maksimal qalinligi δ tuproq xossalari va holatiga bog‘langan holda tayinlanishi kerak, chunki δ qanchalik kichikroq bo‘lsa tuproq shunchalik mayinroq holatga keltiriladi. Qirindi qalinligi quyidagi formula bilan ham hisoblab topilishi mumkin: 𝛿=𝛿𝛿√2(𝛿 𝛿)−(𝛿 𝛿)2 δ yupqaroq bo‘lishi uchun (4) formuladan Sq ni yoki a ni kamaytirish lozimligi kelib chiqadi (amalda r = const bo‘ladi). Bundan tashqari, δ ni yupqaroq qilish uchun freza burchak tezligini oshirish yoki agregat tezligini kamaytirish ham mumkin. Dastlabki beriladigan ma’lumotlar: Guruhdagi hamma talabalar uchun quyidagi parametrlarning o‘lchamlari beriladi: -freza barabani radiusi r = 0,20 0,30 m; -tuproqni yumshatish chuqurligi, a=7 12 sm; -barabandagi pichoqdar soni, z =4 7; -agregatning ish tezligi, VM = 1,0 1,2 m/s. Kinematik rejim ko‘rsatkichi λ=2,0 8,0 oralig‘ida kamida 3 variantdagi individual topshiriq sifatida talabalarga beriladi. Ishni bajarishdan asosiy maqsad, berilgan parametrlarga ega bo‘lgan freza pichoqlarning traektoriyalarini chizib, ular ajratib olayotgan tuproq qirindisi qalinligini hamda yumshatilmasdan qolayotgan do‘ngchalar maydoni (yoki balandligi)ni aniqlashdir.
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 70 Mazkur ishining nihoyasida hamma variantlarda topilgan δ va h miqdorlarini λ ga bog‘laydigan δ=f(λ) va h=f(λ) grafiklari chizildi va ular yordamida tegishli xulosalar, ya’ni amalda VM, r va z ni o‘zgartirish iloji yo‘q bo‘lgan sharoitda freza barabaniga uzatilayotgan burchak tezligi ω soni o‘zgartirib, δ va h ni kerakli miqdoriga erishishi bo‘yicha tavsiyalar yoziladi. Talabalarni uch guruhga bo‘lib, uch xil λ uchun ish bajarish topshiriladi. SINОV (NАZОRАT) SАVОLLАRI VА TОPSHIRIQLАR 1. Nega sirkon tishi uzunasiga vintsimon kabi buralgan bo‘ladi? 2. Sirkon tishi tuproqda qanday harakatlanadi? 3. Freza bilan tuproqqa ishlov berishning qanday afzalliklari bor? 4. Tuproq frezasini ishi qanday ko‘rsatkichlar bilan baholanadi?