scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KICHIK BIZNES SUB'EKTLARI RIVOJLANISHI VA MOLIYAVIY RESURSLARINI SHAKLLANTIRISHNING HUQUQIY NAZARIY ASOSLARI

Djo'rayeva Lola Abdugabbarovna

Full text

110 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 KICHIK BIZNES SUB’EKTLARI RIVOJLANISHI VA MOLIYAVIY RESURSLARINI SHAKLLANTIRISHNING HUQUQIY NAZARIY ASOSLARI Djo‘rayeva Lola Abdugabbarovna Termiz davlat Universiteti mustaqil tadqiqodchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17511378 Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar fuqarolarning davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlaridan keng foydalanish, o‘zi xohlagan sohada yangiliklar tomon intilishi, mustaqil va erkin tadbirkor sifatida o‘zini sinab ko‘rish imkoniyatini bermilmoqda. O‘zR VMning Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorida “Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalaridan foydalanish tartibi belgilab berildi» 1 Unga ko‘ra, Loyiha tashabbuskori 100,0 mln soʻmgacha garovsiz kredit; 150,0 mln soʻmgacha garov talabi pasaytirilgan revolver kreditlar olishlari mumkin. Kichik biznes subyektlarining moliyaviy resurslarini shakllantirish hamda ulardan samarali va maqsadli foydalanish masalalari iqtisodiyotda dolzarb va ko‘p qirrali muammo hisoblanadi. Ushbu sohada xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar tomonidan keng miqyosda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Xorijiy iqtisodchilar orasida V.V. Bocharov, V. Berens, P.M. Xavranek, V.Y. Katasonov, D.S. Morozov, M.V. Petrov, G.I. Prosvetov, I.I. Ushakov, B.T. Kuznetsov, I.F. Muxar kabi olimlar kichik biznesning moliyaviy resurslarini tashkil etish, ularni boshqarish va samaradorligini baholash sohasida muhim ilmiy ishlar yaratishgan. Ularning tadqiqotlari moliyaviy resurslarning shakllanish mexanizmlari, investitsiyalarning samarali jalb etilishi va foydalanilishiga qaratilgan. Shuningdek, kichik biznes subyektlarining moliyaviy resurslari bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlariga oid ilmiy ishlarda B.А. Koltinyuk, N.N. Leventsev, G.M. Kostyunina, А.S. Neshitoy, I.V. Sergeev, E.S. Xazanovich kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlari e’tiborga loyiqdir. Ular kichik biznesning moliyaviy muammolarini hal etish usullari, investitsiyalarning jalb qilinishi va samaradorligini oshirish yo‘llarini izlashga qaratilgan. Milliy iqtisodchilardan bu sohada N. Maxmudov, Sh. Маjidov, N. Haydarov, A. Uzoqov, R. Saidov, M. Sultanov, A. Juraev, D. Xo’jamqulov, B. Mamatov, Sh. Ergasheva, N. Karimov, N. Kenjaev, E. Nosirovlarning ilmiy ishlari muhim ahamiyatga ega. Ular o‘z tadqiqotlarida kichik biznes subyektlarining moliyalashtirish tizimini milliy xususiyatlari, investitsiyalarning samarali boshqarilishi hamda iqtisodiy amaliyotga tadbiq etilishi kabi muhim masalalarni yoritganlar. Ularning ilmiy ishlari kichik biznesning moliyaviy resurslarini shakllantirish, ularni boshqarish va samarali foydalanish sohasida nazariy va amaliy jihatdan chuqur tahlil va baholashlarni o‘z ichiga oladi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va barcha zarur sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida tarmoq rivojlanib bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida 2025-yilda kichik va oʻrta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 55 foizga, sanoatda — 34 foizga, eksportda — 34 foizga va aholi bandligini taʼminlashda 75 — foizga yetkazish, shuningdek, kamida 600 nafar kichik va oʻrta biznes subyektlarining yiriklashishiga koʻmaklashish orqali ularni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish; 2 masalalariga e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli yildan-yilga ortib bormoqda. Mamlakatda kichik biznes sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqdasoliq yukining kamaytirilishi, kreditlarning imtiyozli shartlarda berilishi, mulk daxlsizligini ta’minlash va hududlarda biznes uchun teng sharoit yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Shunga qaramay, kichik biznes faoliyatida ayrim muammolar saqlanib qolmoqda: moliyaviy resurslarga cheklangan kirish, soliq ma’murchiligining murakkabligi, infratuzilmaga ulanishdagi to‘siqlar va hududlar o‘rtasida iqtisodiy 1 . Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.01.2024 yildagi 37-son 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 19.03.2025 yildagi PF-50-son 111 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 tengsizliklar. Maqolada olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kichik biznesning barqaror rivoji uchun davlat, bank sektori va xususiy kapital o‘rtasida uzviy hamkorlikni yanada kuchaytirish zarur. Kichik biznes sub’yektlarining samarali faoliyat yuritishi va barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin. Birinchidan, kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish lozim. Shu maqsadda kichik va mikro biznes loyihalari uchun uzoq muddatli, past foizli imtiyozli kredit liniyalarini kengaytirish, garov ta’minoti mexanizmlarini soddalashtirish hamda kredit olish jarayonida elektron platformalardan foydalanish samaradorlikni oshiradi. Ikkinchidan, soliq siyosatini liberallashtirish va soddalashtirish zarur. Mikro va kichik biznes sub’yektlari uchun soliq stavkalarini barqaror darajada ushlab turish, hisobot topshirish tartibini elektron shaklda amalga oshirish tizimini yanada rivojlantirish soliq yukini kamaytiradi hamda tadbirkorlarning rasmiy faoliyatini kengaytiradi. Uchinchidan, hududiy iqtisodiy tenglikni ta’minlash maqsadida iqtisodiy salohiyati past bo‘lgan tuman va shaharlarda maxsus iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarini tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunday yondashuv tadbirkorlar uchun zarur infratuzilma va kommunikatsiyalarni davlat tomonidan olib kirish imkonini beradi. To‘rtinchidan, mulk daxlsizligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish lozim. Bu borada tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda sud-huquq tizimida tadbirkorlar manfaatini himoya qiluvchi mustaqil tuzilmalarning rolini kengaytirish zarur. Beshinchidan, innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida ilmiy-texnologik ishlanmalarga asoslangan startaplarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotini ichki va tashqi bozorlarga olib chiqish uchun grantlar, subsidiyalar hamda investitsiya fondlarini tashkil etish tavsiya etiladi. Oltinchidan, tadbirkorlik madaniyatini yuksaltirish, amaliy biznes ko‘nikmalarini shakllantirish hamda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida oliy ta’lim muassasalari, Savdo-sanoat palatasi va mahalliy hokimliklar hamkorligida “biznes maktablari”ni tashkil etish lozim. Yettinchidan, kichik biznes sub’yektlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni joriy etish, elektron hisobkitob tizimlarini kengaytirish, davlat xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish orqali byurokratik to‘siqlarni kamaytirish hamda shaffoflikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.01.2024 yildagi 37-son 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 19.03.2025 yildagi PF-50-son