AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA'MINLASH MEZONLARI
Full text
135 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH MEZONLARI Xakimova Nasiba Abduraimovna TISU Moliya va turizm kafedrasi o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17511639 Annotatsiya: Mazkur maqolada aholi daromadlarini oshirish va barqarorligini ta’minlash muammosi va uni bartaraf etish borasidagi fikr mulohazalar o’rin olgan. Shuningdek, aholi daromadlarini tarkibi, unda asosan aholining ish haqi daromadlaridan tashqari tadbirkorlik faoliyati natijasida olinadigan daromadlari, davlatning yangi ish o’rni yaratish bilan bog’liq xarajatlari va uning smaradorligi tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Ish haqi, tadbirkorlik, lizing, depozit, biznes, moliya, rentabellik, investitsiya, innovatsiya. Aholining daromad jihatdan ijtimoiy tabaqalarga ajralishi bozor iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan holat bo‘lib, aholining daromadlar bo‘yicha tabaqalanishi o‘zida turli ijtimoiy-demografik guruhlar o‘rtasida daromadlarning notekis taqsimlanishini aks ettiradi. Shuningdek, mamlakat aholisi o‘rtasida daromadlar tengsizligini tahlil qilish aholi turmush darajasi to‘g‘risidagi xulosalarni ham keltirib chiqaradi. Negaki, mamlakatda aholi turmush darajasining to‘rt toifasi (farovonlik, meyoriy daraja, kambag‘allik, qashshoqlik) dan qaysi birida aholi ulushining yuqoriligi mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat qandayligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ya’ni, aholi turmush darajasi deyilganda aholining zarur moddiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanganligi, aholi iste’moli va ehtiyojlarining qondirilganlik darajasi tushuniladi. Yangi O‘zbekistonni barpo etish sharoitida inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish orqali kambag‘allikni ikki barobarga qisqartirish, aholi turmush sifatini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni baholash, iqtisodiyotda raqobatni ta’minlash, tadbirkorlik subyektlariga teng sharoitlar yaratish, bozor munosabatlariga to‘laqonli o‘tishni jadallashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish kabi masalalarga ustuvor darajada ahamiyat qaratilmoqda. “Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish” vazifasi ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Yuqoridagi ta’kidlardan kelib chiqib, bizningcha, bu borada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi milliy mahsulot hajmi va aholi daromadning ko‘payishiga hamda iqtisodiy o‘sish va aholi turmush sifatini oshirishdagi asosi va davlatning ushbu sohaga ko‘magi quyidagi sohalarda o‘z aksini topishi maqsadga muvofiq. Jumladan, aholi daromadi oshishi hisobiga oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni ko‘payishi; milliy iqtisodiyotni barqaror o‘sishini ta’minlash va aholi turmush sifatini oshirishga ta’sir qiluvchi tashqi omillarni baholash va ularning salbiy ta’sirini kamaytirish mexanizmlarini ishlab chiqish zarur. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish mumkin. Birinchidan, barqaror iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlari va harajatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ilmiy nazariy qarashlarni umumlashtirish; ikkinchidan, iqtisodiy o‘sish va aholi daromadi va harajatini muvofiqlashtiriga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning uslubiy jihatlarini o‘rganish; uchinchidan, barqaror iqtisodiy o‘sishni hozirgi holati va aholi daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirishni belgilovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish; to‘rtinchidan, barqaror iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirishga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellar asosida tahlil qilish; beshinchidan, aholi daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirish mexanizmini takomillashtirish va uni prognozlarini ishlab chiqish. Ana shu zaruriyat tufayli aholi daromadlari va harajatlari bo‘yicha imtiyozlar mavjudligi yoki berilayotganligi, iqtisodiyotni barqaror iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlari va harajatlarini muvofiqlashtirishga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. 1jadval
136 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 O’zbekiston Respublikasida 2020-2024-yillarda aholi jon boshiga umumiy va real daromadlarning o’zgarish tendensiyasi 1 1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, milliy iqtisodiyotning yangi tarkibiy o‘zgarishi daromadlar tarkibini ham bevosita o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi, jumladan, aholi umumiy daromadlari 2023-yilda 728826,1 mlrd. so‘mdan hisobot yilida 764574,0 mlrd. so‘mgacha oshib borgan, yoki 126, 3 % ga oshgan. Aholi jon boshiga umumiy daromadlar esa 2024-yilda 20638,7 ming so‘mga oshib, 110,0 % ga teng bo‘lgan. Qayd etish kerakki, turmush darajasini umuman real daromad emas, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromad tashkil qilib, daromadlarning oshib borishi barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, aholining harid qobiliyatini ortishi natijasida ijtimoiy farovonlikni ta’minlashga erishiladi. “Turmush darajasi: – tor ma’noda aholining iste’mol ehtiyojlari qondirilganligi, iste’molning daromad va xarajatlar bilan ta’minlanishini; keng ma’noda insonni rivojlanishi darajasini (sog‘lik, ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari) va uning yashash shart -sharoitlarini anglatadi. Aholi daromadlarining tabaqalanish holatini quyidagi indikatorlar orqali baholash mumkin: - daromadlar tabaqalanishining desil koeffitsienti – 10 foiz yuqori darajada ta’minlanganlarning va 10 foiz kam ta’minlanganlarning maksimal daromadlari o‘rtasidagi nisbat; - daromadlar tabaqalanishining kvintil koeffitsienti – 20 foiz yuqori darajada ta’minlanganlarning va 20 foiz kam ta’minlanganlarning minimal daromadlari o‘rtasidagi nisbat; - fondlar koeffitsienti – eng yuqori daromad oluvchi va eng kam daromadga ega bo‘lgan aholi o‘rtasidagi nisbat; - djini koeffitsienti (daromadlar konsentratsiyasi koeffitsienti) – aholining turli ijtimoiy guruhlari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishini tavsiflovchi indikator; - daromadlar (ish haqi) tabaqalanishi – iqtisodiyot tarmoqlari yoki mamlakat hudud va mintaqalari bo‘yicha ish haqi (aholi daromadlari) tengsizligini tavsiflovchi indikator; - o‘rtacha va minimal ish haqi o‘rtasidagi nisbat – aholining ijtimoiy guruhlarining daromad manbalari tengsizligini tavsiflovchi indikator. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar shaxsiy daromadlar tarkibida o‘zgarishlarga ham olib kelib, bunga bozor munosabatlarining rivojlanish darajasi va aholi turmush tarziga qarab o‘zgaradi. “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 % ga va eksportdagi ulushini 60% ga yetkazish belgilangan”. 1 Statistik ma’lumotlar asosida muallif ishlanmasi
137 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Keyingi yillarda nodavlat sektorining oshib borishi bozor daromadlarining jami daromaddagi salmog‘i besh barobardan oshdi, Bu nodavlat sektorida ishlab chiqarishga nisbatan xizmat ko‘rsatish aholi uchun serdaromdli sohaga aylanib borishidan dalolat beradi. Bu daromad tarkibidagi siljishlar mulkchilikning o‘zgarishi va biznes faoliyatining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, daromadlarga ikki yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatib – birinchisi tadbirkorlik, ikkinchisi mulkdan kelgan daromad. Davlat tomonidan biznesning qo‘llabquvvatlanishi o‘z ichki resurslari hisobidan rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa tadbirkorlik daromadining aholi yalpi daromadidagi ko‘rsatkichlarining oshib borishiga sabab bo‘ldi. Mamlakatimizda aholi daromadlari tarkibidagi o‘zgarishlar va turmush farovonligini oshirish zamonaviy jihatlarini tadqiq qilishda oilalarning “Mahallabay” ishlash tizimida ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratish, oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan, tomorqa yerlardan foydalanish hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini «xonadonbay» o‘rganish, ishsizlarni kasb-hunar va innovatsion tadbirkorlikka o‘rgatuvchi kurslarga yo‘naltirish, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga amaliy ko‘maklashish maqsadga muvofiq. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yaqin istiqbolga mo‘ljallangan dasturlar orqali kambag‘allikka qarshi kurashishda institutsional va tizimli yondashuv asosida ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro me’yorlar, aniq mezonlar va baholash usullariga asoslangan zamonaviy yondoshuvlar yaxshi samara beradi, shuningdek, aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash mexanizmlari insonlarni kambag‘allikka olib keluvchi bir nechta muhim omillarni bartaraf etish, yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy ko‘maklashish kambag‘allik toifasiga tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan aholi guruhini manzilli qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158son “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2023 y., 06/23/158/0694son; 2. Ο‘zƅekistοn Respuƅlikasi Ρrezidentining 2022-yil 28-yanvar, ΡF–60-sοn 2022 – 2026-yillarga mo‘lϳallangan “Υangi Ο‘zƅekistοnning Taraqqiyοt strategiyasi tο‘g‘risida”gi Farmoni (Qοnunchilik ma’lumotlari milliy ƅazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-sοn). 3. Boyev X.I., Adilov B.B. Aholi daromadlarini davlat tomonidan boshqarish zaruriyati. Iqtisod va moliya. 2018, 5 – 58 b. 4. Xakimov Z.I. Zamonaviy iqtisodiyotda inson kapitalining o’ziga xos xususiyatlari . Tadqiqotlar jahon - ilmiy metodik jurnali, 2024. 35-son, 2-to’plam. 123-129; 5. Xakimov Z.I. Tomorqadaromad manbai va oilaviy farovonlik asosi. Ilg’or Iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar ilmiy elektron jurnali, 2025-yil, №3. – B. 793-799.