SAUDIYADA ARABISTONIDAGI O'ZBEK MUHOJIRLARINING HAYOTIGA BIR NAZAR
Abstract
Ushbu ish xorijdagi o‘zbeklarning radioshiorlik faoliyatiga bag‘ishlangan. Ishda radioshiorlikning o‘zbek diasporasi uchun ahamiyati, ona tilida axborot yetkazish va milliy ma’naviyatni saqlashdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda xorijdagi o‘zbek jamoalari va ularning axborot ehtiyojlari, radioshiorlikning madaniy va ma’rifiy funksiyalari, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar yordamida radioshiorlikning rivojlanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Ish natijalari xorijdagi o‘zbeklar uchun radioshiorlikning milliy qadriyatlarni avloddan-avlodga yetkazishda muhim vosita ekanini ko‘rsatadi. Ushbu ish ilmiy va amaliy jihatdan diasporadagi o‘zbeklarni o‘zlikni saqlash va madaniyatni rivojlantirish yo‘lida qo‘llanilishi mumkin
Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 37 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us SAUDIYADA ARABISTONIDAGI O‘ZBEK MUHOJIRLARINING HAYOTIGA BIR NAZAR Sattorov Yusuf +99899770407 Yusufbek_0407gmail.com Annotatsiya. Ushbu ish xorijdagi o‘zbeklarning radioshiorlik faoliyatiga bag‘ishlangan. Ishda radioshiorlikning o‘zbek diasporasi uchun ahamiyati, ona tilida axborot yetkazish va milliy ma’naviyatni saqlashdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda xorijdagi o‘zbek jamoalari va ularning axborot ehtiyojlari, radioshiorlikning madaniy va ma’rifiy funksiyalari, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar yordamida radioshiorlikning rivojlanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Ish natijalari xorijdagi o‘zbeklar uchun radioshiorlikning milliy qadriyatlarni avloddan-avlodga yetkazishda muhim vosita ekanini ko‘rsatadi. Ushbu ish ilmiy va amaliy jihatdan diasporadagi o‘zbeklarni o‘zlikni saqlash va madaniyatni rivojlantirish yo‘lida qo‘llanilishi mumkin. Kalit so‘zlar: “Vatandosh” radiosi, milliy til, milliy urf-odat, milliy qadriyatlar, ajdodlar, tijoratchi, dehqon, hunarmand, Mo‘minjon Andijoniy Kirish. So‘nggi yillarda Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun ish va iqtisodiy imkoniyatlar manzili sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda. Saudiyadagi o‘zbek muhojirlar hayoti nafaqat mehnat faoliyati bilan, balki ularning ijtimoiy, madaniy va dini muhitda o‘z o‘rnini topishi bilan ham bog‘liqdir. Muhojirlarning kundalik hayoti, turmush sharoiti, mehnat huquqlari va jamiyatdagi integratsiyasi ularning yashash darajasini belgilovchi muhim omillardir. Shu bilan birga, ular ona tilini saqlash, milliy qadriyatlarni avlodlarga yetkazish va mahalliy jamiyat bilan muloqot qilishda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Ushbu maqola Saudiyadagi o‘zbek muhojirlarining hayotini, ularning ijtimoiy-madaniy faoliyatini va yashash sharoitlarini tahlil qilishga qaratilgan. Muhokama va natija. XX asr ilm-texnika, kommunikatsiya-axborot texnologiyalar sohasida buyuk kashfiyotlar asri bo‘ldi. Biroq, inson omili va ajdodlar tarixini xotirlash o‘zining dolzarblik ahamiyatini saqlab kelmoqda. Vatanjudolik hukmi taqdiriga bitilgan o‘zbeklar o‘z ajdodlari yurtiga o‘zgacha mehr-muhabbat bilan yashadilar. Ular o‘zbek tiliga, milliy o‘zlikni saqlashga, milliy urf-odat va an’analarga sodiq qolishga imkon qadar intildilar. Shu sababli xorijdagi o‘zbeklar 1960yillarda O‘zbekistondan o‘zbek tilida beriladigan “Vatandosh”radiosi eshittirishlarini his-tuyg‘u va mehr bilan, butun vujudlari quloqqa aylanib tingladilar. Ayrim o‘zbekchilikka mos kelmaydigan xabarlar ularni ranjitgani ham tarixiy haqiqat. Pokiston Respublikasining Karochi
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 38 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us shahrida yashagan Jo‘ra Qori Bo‘tako‘z (bu insonga “Surgun”,”Olaqarg‘a” deb ham laqab qo‘yishgandi)1960yilda O‘zbekistonga yo‘llagan maktubida: “Men ilk bor o‘zbekcha eshittirishlarni eshitib, qalbim faxrga to‘ldi. Har kuni radiosi bor bir do‘stimning uyiga borib, uni bitta xonasi borligi uchun ko‘chada turib radio eshitishga ruxsat oldim. Xabarlar berilishi boshlanishi bilan ko‘zlarimda g‘am va quvonch yoshlari oqa boshlardi,-deb yozadi. 1929-1930-yillarda muhojir bo‘lgan Mo‘minjon Andijoniy Saudiya Arabistonidan turib: “Eshittirishlaringiz orasida ba’zan quloqlarimizga butunlay yot bo‘lgan “ohang”larni eshitmoqdamiz. Yirtiq bo‘lsa ham, o‘zining qadrdon choponini tashlashni istamagan muhojir vatandoshlaringiz ana shunday ohanglarni uncha sevmasligini, aksincha, doimo milliy ashulalarimizni, maqom kuylarimizni seva-seva eshitib zavqlanishini, albatta, bilsalaringiz kerak, degan mulohazadaman”,- deb yozadi. Jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida axloqiy tarbiya muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Xulq-atvordagi insoniy jihatlar har bir kishini, har bir oilaning ma’naviy barometrini belgilagan. Sovet hokimiyati yillarida ma’naviy sarchashmalarimizdan ajralib qolayozdik. Oxir-oqibatda ajdodlar o‘gitini unutib, “sovetcha tarbiya” asosida axloqning “yevropacha modeli” qolipiga kirildi. Xorijdagi o‘zbeklar esa asrlar osha avloddan –avlodga o‘tib kelgan sharqona odob va axloq me’yorlariga amal qilish, farzandlarini shu asnoda tarbiyalash tamoyillariga amal qilganliklari kuzatiladi. Boy tarixga ega bo‘lgan xalqimizning axloq va yuksak ma’naviy jihatlari qadimda yaratilgan va ular “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Xoldorxon”, “Ravshanxon” kabi xalq dostonlarida o‘z aksini topgan. Insonga xos bo‘lgan mehrmuhabbat ko‘rsatish, mard va jasur bo‘lish, haqiqat va adolat tomonida turish, otaonaga, Vatanga cheksiz sadoqat, xalq tashvishi bilan yashash kabi jihatlar ushbu ma’naviy xazinamizda jamuljam bo‘lgan. Muhojir o‘zbeklarning keksa avlodi o‘zga xalqlar orasida qanchalik qiyinchiliklar bilan yashamasin, oila a’zolari bilan “dostonxonlik” muloqotlarida bo‘lib turishni kanda qilishmagan. Xalq lapar va qo‘shiqlarini o‘zlari bilan dunyoning o‘nlab davlatlariga olib borishgan. Muhojir o‘zbeklarning keksa avlodlari bilan qilingan ko‘pgina muloqotlarimizdan shunga amin bo‘ldikki, ular otaning farzand, shuningdek, farzandning ota-ona oldidagi farzlari haqida muqaddas dinimiz buyurgan vazifalarni muhim, deb bilishadi. Farzandlar iymon-e’tiqodli, halol va pok insonlar bo‘lib etishishlari uchun diniy ilmlardan yaxshigina xabardor bo‘lishlari kerakligi, har qanday ilm amali bilan go‘zal ekanligi ular suhbatida bosh mavzulardan biri hisoblanadi. Bu o‘rinda muhojir o‘zbeklar orasidan Sharq dunyosida e’tirof etilgan diniy ulamolar yetishib chiqqanligini qayd etib o‘tish o‘rinli bo‘lardi. Makkadagi Um-ul qaro universiteti professori, doktor Muhammad Said Hasan, muallimlar tayyorlash maktabining ustozi, doktor Muhammad Umar Toshkandiylar o‘zlarining bir qator kitob va risolalarini arab tilida chop ettirishgan. Saudiya Arabistonilik o‘zbek Abdulhakim Xalifa Ismoiliy shunday
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 39 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us degan edi: “Saudiyada o‘zbek bo‘lgan Abdulazim Abdulfattoh qori Qo‘qandiy, Muhammad Sayyid Hasan Qori, No‘mon Toshkandiy singari din arboblari va olimlar bilan faxrlanishadi. Bu ulug‘ insonlar nomi arablar o‘rtasida ham izzat-ikrom bilan tilga olinadi”. Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistondagi o‘zbeklarning xulq-atvori, kundalik turmushi, madaniy hayotidagi salbiy tendensiyalar 1980-1990 yillarda yurtimizga tashrif buyurgan xorijlik millatdoshlarga yaqqol namoyon bo‘lgandi. Istiqlol arafasida ajdodlari vataniga tashrif buyurgan Zuhriddin Mirza Obid Turkistoni: “O‘zbekistonda bolalar ta’lim-tarbiyasi yetarli darajada emas. Bundan tashqari to‘y va shunga o‘xshash ma’rakalarda ortiqcha xarajatga yo‘l qo‘yilayotgani, haddan tashqari odam to‘planib, noz-ne’matlar isrof bo‘layotgani meni tashvishga soldi. Zararli o‘tkir ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilish ham yaxshilikka olib kelmaydi. Insonning olamdan o‘tishi bilan bog‘liq marosimlar uchun ortiqcha xarajatlarga ham aslo hojat bo‘lmasa kerak”, - deb fikr bildirgandi. Boshqa bir saudiyalik vatandoshimiz Abdullajon Ismoil o‘g‘li Ahmadbek alTurkistoniy: “To‘ylarda spirtli ichimliklar ichilishi menga g‘ayritabiiy tuyuldi. Ichimlik iste’mol qilishdan saqlanish, to‘g‘risi hazar qilish kerak, chunki ichimlik ichish katta gunoh va tarbiyani buzadi. To‘ylarda ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilar ekan, sunnat to‘ylarini ixcham o‘tkazib tejalgan mablag‘ni bolani o‘qishi va yaxshi inson bo‘lib yetishishi uchun sarflanmog‘i lozimdir”, -degandi. Muhojir o‘zbeklar axloqiy-ma’naviy masalalar haqida fikr yuritishar ekan, ular istiqomat qilayotgan o‘zbeklar orasida daydilik, ichkilikbozlik, o‘g‘rilik, qotillik, ayollar va atrofdagilarga nisbatan hurmatsizlik katta uyat ekanligini qayd etadilar. Qarzni o‘z vaqtida qaytarmaslik, avlodlar davomchisi hisoblangan xotinqizlarga dag‘al munosabat bo‘lish ularda gunohiazim hisoblangan. Ular iltifot va takallufda shirinsuxanlik, g‘urur va insoniy tuyg‘ularni, e’tiqod, iymon va vijdonni saqlash kerakligiga e’tiborni qaratishadi. Shuning uchun Y.Yakvalxo‘jaev: “Vatandoshlarimiz (muhojir o‘zbeklar) muhtojsiz kun kechirish uchun tinimsiz mehnat qilishadi, qaysidir boyning marhamatini kutib turishmaydi? “sadaqa qiling, yaxshilar”- deb qo‘llarini cho‘zishmaydi, uyat hisoblashadi. Muhojirlar, masalan , “Halimbek afandim” –deb shirin so‘z bilan murojaat etishadi”- deb yozgandi. Islomiy axloq ruhida tarbiya ko‘rgan xorijdagi o‘zbeklarning aksariyati “spirtli ichimliklar “Qur’oni Karim”da harom qilingan”, -deb aroq va vinodan hazar qilishadi, o‘g‘rilikni o‘ta tubanlik, inson xulq-atvoridagi sharmandali nuqson deb bilishadi. Ular yashaydigan mahallalarda qulf-kalit qilingan xonadon, do‘kon, rasta bo‘lmaganligi, ayrimlarida eshik ham mavjud emasligi, namoz payti sotuvchi ham, xaridor ham machit sari intilib, do‘konlar ochiq qoldirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Saudiya Arabistonida istiqomat qilgan Abdullajon Turkistoniyning eslashicha, uning oilasi bir payt Saudiyadan Istanbul (Turkiya)ga dam olish uchun jo‘nab ketganida, hovlisining eshiklarini qulflashni unutishgan. Bir oydan keyin safardan oila qaytib kelganida,
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 40 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us hamma buyumlar o‘z joyida turgan, buning sababi,- deydi A.Turkistoniy,- odamlarning dinga e’tiqodi, dilida iymoni borligidandir. Agar insonlar halol va to‘g‘ri bo‘lsa, iymon-e’tiqod qalbi hamda vujudiga singsa, qonun –qoidalarga amal qilsa, o‘g‘rilik, qotillik kabi jinoyatlar bo‘lmaydi,-deb fikr bildirishadi. Inchunun, o‘lkamizda xonliklar davrida uchta jinoyatga, ya’ni o‘g‘rilik, fohishabozlik, xun olishga o‘lim jazosi belgilangan. Muhojir o‘zbeklar istiqomat qilgan aksariyat mamlakatlarda, eng boy xonadonlarda ham mehmondorchilikda dasturxonga tortiladigan noz-ne’matlar va taomlar me’yoridan ortiqcha emas. Bu qitmirlikdan emas, balki isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘llanilgan vositadir. Alloh kalomi “Qur’on”dagi “A’rof” surasining 31-oyatida “yeb-iching va isrof qilmang. Cnunki, u isrof qiluvchilarni sevmas”. Yohud, “Furqon” surasining 43-oyatida “Ular infoq qilganlarida isrof ham xasislik ham qilmaslar. U ikkisi o‘rtasida mo‘‘tadil bo‘lurlar” kabilar mavjudligi islomiy tarbiyadan yaxshigina xabardor o‘zbeklarning turmush tarziga singgandir. Muhojir o‘zbeklar o‘zaro quda-andachilik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, to‘y-ziyofatlarini xususiy yohud davlat tomonidan belgilangan to‘yxonalarda o‘tkazishadi. To‘y marosimlari har kimning o‘z moddiy qudratiga qarab o‘tkaziladi. Quda-andachilik rishtalari ijtimoiy tabaqaviy holatga qarab bog‘lanadi. Sharq mamlakatlarida sunnat to‘ylarini katta va dabdabali qilib o‘tkazish odat tusiga kirmagan. O‘g‘il farzand dunyoga kelsa, qulog‘iga azon aytiladi, unga chiroyli ism qo‘yiladi. Oilada dunyoga kelgan o‘g‘il farzandni 7, 14, 21 kunlik bo‘lganida yoki kasalxonadayoq sunnati qilib qo‘yishadi. Ularda musulmonchilikda odat tusiga kirgan “aqiqa” marosimi o‘tkaziladi. Chaqaloqning ota-onasi yo bobosi qo‘y so‘yib yorubirodarlari, qavm-qarindoshlariga ziyofat beradi. Agar o‘g‘il farzand tug‘ilsa ikkita, qiz farzand oilada dunyoga kelsa, bitta qo‘chqor so‘yib ziyofat berilgan. Ziyofatga so‘yiladigan qo‘y oriq bo‘lmasligi va sog‘lom bo‘lishi kerak. “Aqiqa” marosimi farzandning aynan otasi tomonidan emas, qudratiga qarab bobosi yohud yaqin qarindoshi tomonidan o‘tkazilishi ham joiz hisoblanadi. Kelin-kuyov to‘ylari o‘zbek va turk xonandalari ishtirokida yoki o‘zbekistonlik mashhur qo‘shiqchilar ovozi yozib olingan texnik vositalar ko‘magida ham o‘tkazilgan. Muhojir o‘zbeklar mumtoz o‘zbek qo‘shiqchiligi san’atiga chuqur hurmat va e’tibor bilan qaraydilar.1990yil bahorida Namangan viloyatidan Turkiyadagi tog‘asini uyiga mehmon bo‘lib borgan Umarjon Usmonjonov Adanadagi o‘zbek Turdiali afandining qiz uzatish to‘yida qatnashib: “Biz o‘zimiz bilan taniqli xonandalar Komiljon Otaniyozov, Sherali Jo‘raev, Ortiq Otajonovlar ovozi yozilgan plastinkalar olib borgan edik. Ular ovozini to‘yda to‘planganlar tinch o‘tirib, ko‘zda yosh bilan bir-birlarini quchoqlab, xursand bo‘lib e’tibor bilan tingladilar.Plastinkalar qayta-qayta qo‘yilib, magnitofonlarga yozib olindi. To‘yda 200 kishi ishtirok etdi, isrofgarchiliklarga aslo yo‘l qo‘yilmadi,-deb eslagandi. Yuqoridagi fikrdan ko‘rinib turibdiki, ularda baxt to‘ylarida ham asosan
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 41 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us ixchamlik sari yo‘l tutilgan. Shuning uchun Saudiya Arabistonining Madina shahrida yashagan, asli qo‘qonlik Muhammad Ayyub Maqsud Ali o‘g‘li: “O‘g‘il, ya’ni sunnat to‘yi sizlarda juda katta bo‘lar ekan. Bizda bu to‘y yo‘q. Go‘dakni shifoxonadayoq do‘xtirlar sunnati qilib qo‘yadi. Lekin tug‘ilish sharofati ila oldida (ziyofat) bo‘ladi. O‘g‘il tug‘ilsa ikki qo‘y, qiz tug‘ilsa bir qo‘y so‘yiladi. Lekin bu ham qodir bo‘lganlarga farz. Bizda o‘g‘il uylantirish, qiz to‘ylarimiz bo‘ladi. Lokigin boya aytganimdek, kim qodirligiga qarab qiladi”- deb fikr bildirgandi, 1991 yilda. Ta’ziya marosimlarida muqaddas islom dini buyurgan qoidalar asosida ish ko‘rish muhojir o‘zbeklar hayotida muhim o‘rin tutadi. Ularda marhum vafot etganida baqirib, dodvoy solish, yig‘lash, murdaning ruhini bezovta qiladi,-deb hisoblanadi. Inson tirikligida unga mehr-muhabbat ko‘rsatish, holidan xabar olish, yaxshiliklar qilish kerakligi, vafotidan keyin marhumning haqiga duo o‘qish farz qilingandir. Inson abadiyat dunyosiga ketganidan so‘ng, uning ortidan qilingan sarfxarajatlar bilan bog‘liq dabdabali marosimlar muhojir o‘zbeklarda mavjud emas. Ayniqsa, Sharq mamlakatlaridagi o‘zbeklarda ta’ziya marosimi uzoq cho‘zilmaydi, janoza o‘qilib, marhum qabristonga olib borilib, 10-15 daqiqada dafn etilganidan so‘ng, yaqin qarindoshlaridan tashqari barcha o‘z uyi va ishiga tarqaladi. Marhumning “uchi”, “yettisi”,”yigirmasi”, “qirqi” kabi marosimlar Saudiya Arabistoni o‘zbeklarida bid’at hisoblanadi. Isrofgarchilikka qo‘l qo‘yiladigan bunday marosimlar o‘rniga, bevabechoralarga xayr-sadaqa ulashish savob a’mol sifatida qabul qilingan. Marhum vafotidan so‘ng uning ibratli, ijobiy xislatlarini eslash, hayit kunlarida xayr-ehson qilish kabilar muhojir o‘zbeklar orasida keng tarqalgan. Xullas, muhojir o‘zbeklar XX asrda dunyoning turli mamlakatlarida kam sonli bo‘lib yashashlariga qaramay milliy urf-odat, milliy til, milliy o‘zlikni saqlab qolib, axloq va odobda ulug‘ bobokalonlarimiz pand-nasihatlariga munosib bo‘lishga intildilar. Ular oilasida ulg‘aygan farzandlar ma’lumotli, tarbiyali, 3-4 ta xorijiy tillarning egalari, zamonaviy innovatsiyalardan xabardor, “ bir osham halol luqma”ni o‘z peshona teri bilan topib kun ko‘rish darajasidagi shaxslar bo‘lib yetishdi. Ota-onaga hurmat, ajdodlar tili va yurtiga mehr-muhabbat, vijdon va iymon bobida ibrat ko‘rsatish ularning kundalik turmush mazmuniga aylandi. Istiqlolning ortda qolgan chorak asrlik davrida milliy qadriyatlarimiz tiklanib, ma’naviy sarchashmalarimizdan bahramand bo‘lish orqali bugungi O‘zbekistonda ham jamiyat a’zolarida komillik sari ijobiy natijadar ro‘y bermoqda. Istiqlol avlodi iymon-e’tiqodli, ijobiy xulqlarni o‘zida mujassamlashtirgan insonlar bo‘lib voyaga yetayotganligi esa ota-bobolarning asriy orzu-umidlari amalga oshayotganligini ko‘rsatadi. Saudiya Arabistoni (Makka va Toif shaharlari) hamda Turkiya (Istambul va Adan) shaharlarida AQSh dagi o’zbek vatandoshlarning ham ko’pchiligi tijoratchilardir. Qishloq joylarida yashovchi o’zbek vatandoshlar orasida dehqonlar, mayda
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 42 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us hunarmandlar, kustarlar, masjid, madrasa xodimlari ham bor. Shaharlarda harbiy xizmatchi, sanoat korxonasining egalari bo’lgan o’zbek vatandoshlar ham yashaydilar. Xorijda yashovchi o’zbek vatandoshlarning ko’pchiligi sharoiti o’zlari yashab turgan mamlakatdagi o’rta hol oilalar darajasidadir. Olmoniyalik vatandoshimiz Temir Xo’ja ma’lumoticha: 1988 yilda vafot etgan Narziqul ismli hamyurtimiz AQSh da harbiy samolyotlarga uskunalar yasab, etkazib beradigan yirik zavodning egasi bo’lgan. Xorijga chiqib ketgan Buxoro shayxlarining avlodlaridan ikki vatandoshimiz AQSh da “Atlantik” nomli plastinka shirkatiga ega bo’lib, dunyoda mashhur qo’shiqchilarning qo’shiqlarini millionlab nusxada yozib chiqaradilar va katta foyda oladilar. Xorijdagi o’zbek vatandoshlar orasidan huquqshunoslik, turkshunoslik, texnika, adabiyot, til va tarix fanlari sohasida muvaffaqiyatga erishgan olimu fuzalolar, jurnalistlar, yozuvchilar hatto davlat arboblari etishib chiqqan. Bunday kishilar safiga medistina professori Shoxmurod Ilhom, doktor Murod Axmedov (Olmoniya), filologiya fanlari doktorlari Burxon al–Buxoriy (Suriya), Temur Xo’ja (Olmoniya), neyrobiolog olim Hasan Parves al–Buxori (Franstiya), jarroh Zuhiriddin Turkistoniy (Saudiya Arabistoni), vrach Abdul Latif Andijoniy, yozuvchi va shoirlardan Yassaviy, Sobir Sayhon (Turkiya), Shafiqa Yorqin, Azim Ashrafiy (Afg’oniston), Ergash Buloqboshi, Abdullo Chig’atoy (AQSh), qo’shiqchi Sobir Korgar (Turkiya) kabi ko’plab kishilarni kiritish mumkin. 1990 yil Makka va Madinada hajda bo’lib qaytgan yurtdoshlarimiz ma’lumoticha Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri, Madinadagi Jome’ bosh mudarrisi Oltinxonto’ra Muhammad al–Taroziy ham vatandoshlarimiz vakillaridan biri ekan. Xulosa. XX asrda texnologik taraqqiyot tez sur’atda rivojlangan bo‘lsa-da, inson omili va milliy qadriyatlarni saqlash muhimligini muhojir o‘zbeklar namoyish etdilar. Ular ajdodlar tarbiyasi, islomiy axloq va milliy odob-axloq me’yorlarini oilalarda davom ettirdilar. To‘y, ta’ziya va boshqa marosimlarda isrofgarchilik qilmaslik, diniy va ma’naviy qadriyatlarni hurmat qilish, bolalarni tarbiyalashda ilm va iymonni asosiy mezon qilish ularning hayotiy printsiplariga aylandi. Xorijdagi o‘zbeklar mehnatsevar, halol va ma’naviy yetuk avlod yetishtirdilar. Natijada, mustaqillik davrida milliy qadriyatlar tiklanib, bugungi O‘zbekistonda iymonli, odobli va bilimli avlod shakllanmoqda. Muhojirlar tajribasi zamonaviy hayot uchun ibratdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. M.Cho’qaev. Turkiston sho’rolar hokimiyati ostida. “Erk” gazetasi 1990 yil. 14, 15, 16, 17, 18 – sonlarida. 2. O.Sharofiddinov. Mustafo Cho’qaev. “Sharq yulduzi”. 1992 yil 4-son. 85 – 93 sahifalar. 3. P.Shermuhammedov. M.Cho’qaev o’g’li portretiga, chizgilar. “Turkiston” 1992 yil 21 fevral.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 43 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 4. Axmedov B. O’zbeklar. “Muloqot” 1991 yil 1son. 5. Yusupov A. Xorijdagi o’zbeklar. “Yoshlik” 1990 yil 2–son, 54-58betlar. 6. Orif Usmon. Xuroson o’zbeklari. “Muloqot”. 1991 yil 3–son. 7. E.Jo’shqin. Hojilar. Xalq so’zi 1994 yil 4 yanvar. 8. Hayitov Sh.A. ― O‘zbek muhojirligi tarixi‖ T: ―ABU-MATBUOTKONSALT. 2008. 9. Hayitov Sh.A., Sobirov N. S., A.S Legay ―Xorijdagi o‘zbeklar‖. T: ―Fan 1992.