scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDIT BERISH TARTIBI VA AMALIY HOLATINI TAHLILI

Davlatov Elbek Kamoliddin o`g`li

Full text

145 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDIT BERISH TARTIBI VA AMALIY HOLATINI TAHLILI Davlatov Elbek Kamoliddin o`g`li Denov tadbirkorlik va pedagogika institiuti Tadbirkorlik va Boshqaruv fakulteti Bank ishi va audit yo`nalishi 4-bosqich talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17511796 Annotatsiya: Tezisda tijorat banklarida ipoteka kreditini berish tartibi, uning asosiy bosqichlari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Unda ipoteka kreditlash jarayonining tartibi, mijozning to‘lov qobiliyatini baholash hamda garov ta’minotini belgilash masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, amaliyotda uchraydigan muammolar, foiz stavkalari va ularni kamaytirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Ipoteka kreditlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: ipoteka krediti, tijorat banklari, kreditlash tartibi, garov ta’minoti, foiz stavkasi, to‘lov qobiliyati, uy-joy bozori, moliyaviy tahlil. Bugungi kunda ipoteka kreditlari aholining uy-joy sharoitini yaxshilashda eng muhim moliyaviy vositalardan biri hisoblanadi. Aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji yildan-yilga ortib borayotgani sababli, tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlarini berish tizimini takomillashtirish dolzarb masalaga aylanmoqda.Ipoteka kreditlash tizimi nafaqat fuqarolarning turmush darajasini oshirish, balki qurilish sohasi va unga bog‘liq tarmoqlarning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, ipoteka kreditini berish tartibi, uning iqtisodiy mohiyati hamda amaliyotdagi holatini chuqur tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Mazkur maruzada tijorat banklarida ipoteka kreditlarini berish jarayoni, ularning shartlari, foiz stavkalari, garov ta’minoti hamda amaliy muammolar va ularni hal etish yo‘llari yoritiladi. Shu orqali ipoteka kreditlash tizimini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Ipoteka krediti - bu ko'chmas mulkni (uy-joy) sotib olish uchun bank yoki boshqa moliyaviy yordamdir. Kreditning olinayotgan sharti - sotib olingan ko'chmas mulkgarov sifatida ta'minlanadi, ya'ni agar qarz oluvchi o'z samaradorligini bajara olmasa, bank garovga olingan mulkni sotib olish huquqiga ega. Ipoeka krediting mohiyati • asosiy maqsadi: Shaxsga yoki oilaga ko'chmas mulk (uy-joy) sotib olish uchun yordam ko'rsatish. • Ta'minot: Kredit ta'minoti sifatida sotib olinayotgan uy-joy yoki boshqa ko'chmas mulk garovga qo'yiladi. • Qarz xulosasi: qanday, uy-joy narxining bir ko'rinishi (masalan, 70-90% ni qoplaydi, qolgan qarz oluvchi o'zi to'laydi. • Foiz stavkasi: Kredit uchun foiz stavkasi foyda, uni qarz oluvchi kredit vaqt davomida to'lab boradi. • To'lov muddati: Kredit uzoq muddatga beriladi, masalan, 10, 15, 20 yoki undan ham ko'p yillar uchun. • To'lovlar: Qarz oluvchi har oyda kreditning ishlashi va foizlarini oshirish to'lab boradi. • Bank huquqlari: Agar qarz oluvchi kredit to'lovlaridan orqada qolsa, bank garovga olingan mulkni sotib olish huquqiga ega bo'ladi. Tijorat banklarida ipoteka kreditini ajratish tartibi Tijorat banklarining ipoteka kreditlari aholining uy-joy sharoitini yaxshilashga, qurilish sohasini rivojlantirishga hamda iqtisodiyotda investitsion faollikni oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli ipoteka kreditini ajratish jarayoni qat’iy tartib va me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Ipoteka kreditini ajratish tartibi, odatda, quyidagi bosqichlardan iborat: 1. Mijoz tomonidan ariza topshirish bosqichi Ipoteka krediti olish istagida bo‘lgan fuqaro yoki yuridik shaxs bankka yozma ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta); • daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (ish joyidan maosh spravkasi yoki soliq hisobotlari); • garovga qo‘yiladigan ko‘chmas mulk hujjatlari; 146 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 • oilaviy holat to‘g‘risidagi ma’lumotlar (zaruratga ko‘ra). Bank xodimlari arizani qabul qilib, dastlabki tahlilni amalga oshiradilar va mijoz kredit olish uchun talab etiladigan minimal mezonlarga javob beradimi — shuni aniqlaydilar. 1 2. Mijozning to‘lov qobiliyatini baholash Bu bosqichda bank kredit risklarini kamaytirish maqsadida mijozning moliyaviy imkoniyatlarini tahlil qiladi. Baholash jarayonida quyidagilar inobatga olinadi: • o‘rtacha oylik daromad miqdori; • mavjud qarz majburiyatlari; • oilaviy xarajatlar darajasi; • ish joyining barqarorligi. Agar mijozning daromadlari kredit to‘lovlarini muntazam amalga oshirishga yetarli bo‘lsa, keyingi bosqichga o‘tiladi. 3. Garov obyekti va uning qiymatini aniqlash Ipoteka kreditining asosiy xususiyati shundaki, u garov ta’minoti evaziga beriladi. Garov obyekti sifatida ko‘chmas mulk — uy, kvartira, yer maydoni yoki boshqa mol-mulk olinadi. Garov qiymatini aniqlash mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Baholov natijasi asosida bank kredit miqdorini belgilaydi. Odatda, kredit summasi garov qiymatining 70–80 foizidan oshmaydi. 4. Kredit shartlarini belgilash Baholash natijalari asosida bank kreditning asosiy shartlarini belgilaydi: • kredit summasi va muddatini (odatda 10–20 yilgacha); • foiz stavkasini (bozor holatiga va bank siyosatiga qarab); • to‘lov jadvalini va foizlarni hisoblash tartibini; • kreditning maqsadli yo‘nalishini (uy sotib olish, qurish, rekonstruksiya qilish). Mazkur shartlar mijoz bilan kelishilgan holda yakuniy shaklga keltiriladi. 5. Shartnoma tuzish va kreditni ajratish Bank va mijoz o‘rtasida ipoteka krediti shartnomasi tuziladi. Shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari, to‘lov shartlari, jarima sanksiyalari va garov obyekti bo‘yicha barcha huquqiy jihatlar aniq belgilab qo‘yiladi. Shartnoma imzolangach, garov obyekti notarial tartibda rasmiylashtiriladi hamda tegishli davlat reyestriga kiritiladi. Shundan so‘ng bank kredit mablag‘larini to‘g‘ridan-to‘g‘ri uy-joy sotuvchisiga yoki mijozning hisob raqamiga o‘tkazadi. 6. Kreditni qaytarish va monitoring Kredit ajratilgandan so‘ng bank kreditning qaytarilishini nazorat qiladi. Monitoring jarayonida quyidagilar kuzatib boriladi: • oylik to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi; • garov obyekti holati va sug‘urtasi; • mijozning moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar. Agar mijoz kredit to‘lovlarini bajarmasa, bank shartnomaga muvofiq choralar ko‘radi, zarurat tug‘ilganda garov obyekti hisobidan qarzdorlikni undirish huquqiga ega bo‘ladi. 2025 yildagi ma’lumotlari asosida ayrim banklarning ipoteka kreditlari bo‘yicha eng muhim shartlar (foiz stavkasi, muddat, summasi va dastlabki badal) jadvali 1-jadval 2 1 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti “O‘zbekiston ko‘chmas mulk va ipoteka bozori 2023” jurnal, 2024, 4067-betlar. 2 https://bank.uz/uz/ipoteka 147 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDITLASHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI O‘zbekistonda uy-joy sohasidagi islohotlarni samarali tashkil etish, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish hamda tijorat banklari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish mexanizmlarini amaliyotga keng joriy qilish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ipoteka kreditlari, ayniqsa davlat dasturlari doirasida past daromadli oilalar va birinchi marta uy sotib oluvchilar uchun mo‘ljallangan imtiyozli ipoteka kreditlari uy-joyga bo‘lgan talabni oshiradi, chunki ushbu kreditlar ko‘proq odamlarga uy sotib olish imkonini beradi. Masalan, tijorat banklar tomonidan 2023 yilda 68 395 nafar mijozga 16 850,9 mlrd.so‘m hamda joriy yil 6 oy davomida 31 900 nafar mijozga 8 536,3 mlrd.so‘m ipoteka kredit mablag‘lari ajratilganligini ko‘rishimiz mumkin. Past foiz stavkalari yoki davlat tomonidan kafolatlanadigan kreditlar kabi imtiyozlar uy-joyga ega bo‘lishni ancha arzon bo‘lishini ta’minlaydi. 34 Hozirda ipoteka kreditlarini moliyalashtirish Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari, banklarning o‘z mablag‘lari, davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hamda O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda. 2023 yilda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 8,66 trln.so‘mga yetib, jami ajratilgan kreditlarning 51,4 foizini tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar 2022 yilda mos ravishda 8,5 trln.so‘m va 59,2 foizni, 2021 yilda 4,85 trln.so‘m va 49,5 foizni tashkil etgan edi. Davlat budjetidan ajratilganmablag‘lar hisobidan berilgan ipoteka kreditlari hajmi 2021 yildagi 2,12 trln.so‘mdan (21,7 foiz) 2023 yilda 897 mlrd.so‘mgacha (5,3 foiz) kamaydi. Ipoteka kreditlarini moliyalashtirishda banklarning o‘z mablag‘larining ulushi sezilarli darajada ortib bormoqda. 2021 yilda ushbu ko‘rsatkich 8,9 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yilda 26,3 foiz va 2023 yilda 33,9 foizga yetdi. Bu esa, o‘z navbatida, bank sektorining ko‘chmas mulk bozorida faolligi va roli yil sayin mustahkamlanib borayotganligini ko‘rsatadi. 2023 yilda O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘laridan berilgan ipoteka kreditlari 1,58 trln.so‘mga yetib, jami ipoteka kreditlaridan ulushi 9,4 foizni tashkil yetdi. 5 2024-yil yakuni: O‘zbekistonda ipoteka krediti oluvchilar soni sezilarli darajada kamaydi - Markaziy bank 2024-yilda O‘zbekistonda ipoteka krediti oluvchilar soni 16 foizga kamaydi, kreditning o‘rtacha miqdori 18 foizga ko‘tarilib, 290 mln so‘mdan oshdi. Ipoteka krediti berish bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘lib qolmoqda, deya xabar bermoqda Markaziy bank. 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika 3 Karimov S. “Ipoteka kreditlash asoslari”. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2020. 4 https://uysot.uz/uz/jurnal/2024-yilda-ipoteka-kreditlari-statistikasi-va-tahlili-181 5 https://uysot.uz/uz/jurnal/2024-yilda-ipoteka-kreditlari-statistikasi-va-tahlili-181 148 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 bo‘yicha jami 17,09 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi, bu 2023-yilga nisbatan 1,38 foizga ko‘p. Ipoteka oluvchilar soni 16 foizga — 68,3 mingdan 58,8 ming kishiga kamaydi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 9,54 trln so‘mlik (2023-yil darajasiga yaqin) ipoteka kreditlarini moliyalashtirdi. Buning natijasida umumiy kredit ajratishdagi davlat ulushi 56,6 foizdan 55,8 foizgacha pasaydi. O‘z navbatida, ipoteka kreditlashda banklarning roli oshdi. 2023-yilga nisbatan banklar tomonidan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish 261,6 mlrd so‘mga ko‘payib, ularning kreditlar berishdagi ulushi 33,8 foizdan 34,9 foizgacha yetdi. 6 Ipoteka kreditlari hajmining o‘sishi. So‘nggi yillarda aholiga ajratilgan ipoteka kreditlarining umumiy hajmi 2020-yildan boshlab 3,3 barobar oshgan. Agar 2020-yilda bu ko‘rsatkich 20,3 trillion so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yil yakuniga kelib bu raqam 67,7 trillion so‘mga yetgan. Buning sabablari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: - Uy-joy qurilishi bo‘yicha davlat dasturlarining kengayishi; - Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning ko‘payishi; - Aholining ipoteka kreditlariga bo‘lgan ehtiyojining ortishi. Hududlar bo‘yicha ipoteka kreditlari taqsimoti. 2024-yilda ipoteka krediti ajratish bo‘yicha Toshkent shahri 5,57 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan eng yuqori pogʻonani egalladi. Bu degani, aholiga ajaratilgan jami ipoteka kreditlarining uchdan bir qismi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi oʻrinni 1,386 trln so‘mlik ipoteka ajratilgan Farg‘ona viloyati egallagan boʻlsa, uchinchi oʻrinda Samarqand (1,382 trln so‘m) qayd etildi. Ipoteka kreditlarining moliyalashtirish manbalari. Jami 17,1 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirilgan: - 9,5 trillion so‘m – Iqtisodiyot va moliya vazirligi; - 5,9 trillion so‘m – tijorat banklarining o‘z mablag‘lari; - 1,5 trillion so‘m – Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi. Ushbu manbalarning turli kombinatsiyasi ipoteka kreditlarini moliyaviy barqarorlik bilan ta’minlashga imkon berdi. 7 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov S. “Ipoteka kreditlash asoslari”. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2020. 2. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti “O‘zbekiston ko‘chmas mulk va ipoteka bozori 2023” jurnal, 2024, 40-67-betlar. 3. https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/1386/1055 4. https://uysot.uz/uz/jurnal/2024-yilda-ipoteka-kreditlari-statistikasi-va-tahlili-181 6 Karimov S. “Ipoteka kreditlash asoslari”. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2020. 7 https://uysot.uz/uz/jurnal/2024-yilda-ipoteka-kreditlari-statistikasi-va-tahlili-181