IQTISODIY ISLOHOTLAR SHAROITIDA KICHIK BIZNES SUB'EKTLARINI SOLIQQA TORTISH MEXANIZMLARI
Full text
174 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 IQTISODIY ISLOHOTLAR SHAROITIDA KICHIK BIZNES SUB’EKTLARINI SOLIQQA TORTISH MEXANIZMLARI Normurodov Salohiddin Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi Email adress: no[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17512738 Annotatsiya: Ushbu tezisda bugungi kundagi islohotlardan kelib chiqqan holda malakatimizda kichik biznes egalarining soliqqa tortish mexanizmlari va qonuniy tartiblari haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar:Soliq kodeksi,yagona soliq to‘lovi,aksiz solig‘i,bojxona boji,QQS,soliq tizimi. Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar nafaqat tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, balki soliqqa tortish tizimini ham keng rivojlantirishga qaratilgan. Soliqlar – davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab barcha sohalar qatori soliq sohasida ham bir qator islohotlar amalga oshirilib kelmoqda. Shu munosabat bilan yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev mamlakatimizda soliq tizimida amalga oshirilgan islohotlar bo’yicha quyidagilarni ta’kidlab o’tganlar: “Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko‘paydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan o‘tgan yili soliq to‘lovchilar ixtiyorida 2 trillion so‘m qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‘ qolishi, albatta, ularga o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Islohotlarimiz natijasida o‘tgan yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o‘rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik” 1 . Kichik biznes subyektlari uchun soliq solishning soddalashtirilgan tartibi qo'llaniladi va yagona soliq to'lovini, yagona yer solig'ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qat'iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to'lashning maxsus qoidalari qo'llanilishini, shuningdek mazkur soliqlar bo'yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi. Kichik biznes subyektlari o'z xohishlariga binoan soddalashtirilgan yoki umumbelgilangan soliqlarni to'lashlari mumkin. Agar korxonalar umumbelgilangan soliq tizimida faoliyat yuritsa Soliq kodeksining 23-moddasiga asosan belgilangan barcha turdagi soliqlar bo'yicha hisobot topshirishlari hamda soliq to'lovlarini to'lashlari shart. Shu sababli kichik biznes subyektlariga umumbelgilangan soliqlarni hisoblash va to'lashning alohida tartibi nazarda tutilmagan. Kichik biznes subyektlari soliq to'lovining hisob-kitobi soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa - yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to'lovchilar uchun, agar Soliq Kodeksning 373-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, to'lov manbaida soliqlarni va boshqa majburiy to'lovlarni ushlab qolish majburiyatlari hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash majburiyatlari saqlanib qoladi: Soliq kodeksining 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda to'lov manbaida undiriladigan foyda solig'i; Soliq kodeksining 207-moddasida nazarda tutilgan tartibda O'zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan (ko'rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i; agar Soliq kodeksining 350-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, aksiz to'lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz solig'i; agar Soliq kodeksining 350-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to'lovlar; qonun hujjatlarida belgilangan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; bojxona to'lovlari; yagona ijtimoiy to'lov; davlat bojlari; tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko'rsatish huquqi uchun yig'im; avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo'l jamg'armasiga 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2024
175 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 yig'im. Yagona soliq to'lovi quyidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi: aksiz solig'i to'lanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga, bundan maxsus pechlardan foydalangan holda energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida pishiq g'isht ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno; Soliq kodeksining 57-bobiga muvofiq yagona yer solig'i va Soliq kodeksining 58-bobiga muvofiq qat'iy belgilangan soliq to'lash nazarda tutilgan faoliyat doirasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga; mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo'lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga. Yagona soliq to’lovini to’lashga o’tish uchun soliq to’lovchilar soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq hizmati organini yagona soliq to’lovini to’lashga o’tishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan shaklda quyidagi muddatlarda habardor etadi: yangi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korhonalar - davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan etiboran o’nbesh kundan kechiktirmay; o’tgan yil yakunlari bo’yicha yagona soliq to’lovini to’lash uchun belgilangan mezonlarga mos keladigan umumbelgilangan soliqlarni to’lovchi yuridik shahslar - yagona soliq to’lovini to’lashga o’tayotgan joriy hisobot davri birinchi oyining 10sanasidan kechiktirmay. Mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to'lovini to'lashdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda hisobot davri tugaganidan so'ng o'n kun ichida davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinadigan yozma bildirish asosida keyingi hisobot davridan boshlab umumbelgilangan soliqlar to'lashga o'tadi. Ushbu moddaning to'rtinchi qismida ko'rsatilgan yagona soliq to'lovini to'lovchilar yagona soliq to'lovini to'lash huquqidan mahrum bo'lgan o'tgan hisobot yili uchun umumbelgilangan soliqlar bo'yicha hisob-kitoblar asosida yagona soliq to'lovi yuzasidan qayta hisob-kitobni amalga oshiradi. Yagona soliq to'lovi bo'yicha qayta hisobkitob, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan to'lovchilar tomonidan, agar ular hisobot yili tugashi bilan Soliq kodeksining 350moddasi uchinchi qismiga muvofiq hisoblangan, belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelmagan bo'lsa, yagona soliq to'lovini to'lagan hisobot davri uchun amalga oshiriladi. Hisobot yili tugashi bilan Soliq kodeksining 350-moddasi uchinchi qismiga muvofiq belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelmaydigan yagona soliq to'lovini to'lovchilar davlat soliq xizmati organlariga yillik moliyaviy hisobot taqdim etish muddatidan kechiktirmay taqdim etiladigan yozma bildirish asosida keyingi hisobot yilidan boshlab umumbelgilangan soliqlar to'lashga o'tadi. O'tgan yil yakunlari bo'yicha asosiy (soha) faoliyat turi savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat bo'lgan yuridik shaxslar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobot yili boshidan boshlab yagona soliq to'lovini to'lashi kerak.Bundan tashqari kichik biznes egalarining YAIMdagi ulushi ham yildan yilga o‘sib bormoqda.Ushbu rasmga qarang (Raqamlar foizlarda ifodalangan). 1-rasm 2 Code Klassifikator 2024 2025-Q1 2025-Q2 1700 O‘zbekiston Respublikasi 54,3 45,6 49,6 1735 Qoraqalpog‘iston Respublikasi 65,8 59,5 61,4 1703 Andijon viloyati 69,5 60,9 67 1706 Buxoro viloyati 73 63,3 70,5 1708 Jizzax viloyati 74,4 66,1 68,9 1710 Qashqadaryo viloyati 71 62,7 67,7 1712 Navoiy viloyati 25,1 18 21,2 1714 Namangan viloyati 73,4 67,3 70,1 1718 Samarqand viloyati 72,3 65,9 68,2 1722 Surxondaryo viloyati 77,8 72,4 76,3 Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar yagona soliq to'lovini davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanadan e'tiboran joriy yil tugaguniga qadar, 1 oktabrdan keyin ro'yxatdan o'tkazilgan yuridik shaxslar esa keyingi yil tugaguniga qadar to'laydi. Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan yagona soliq to'lovi to'lovchilarda joriy soliq davrining ketma-ket 2 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/small-business-and-entrepreneurship-2
176 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 keluvchi ikki choragi davomida savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat asosiy faoliyat turi bo'lmasa, ular Soliq kodeksining 348-moddasining to'rtinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq umumbelgilangan soliqlarni to'lashga o'tishga haqli. Agar yuridik shaxslar hisobot yili yakunlari bo'yicha Soliq kodeksining 350moddasining to'rtinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermasalar, ular kelgusi yil boshidan e'tiboran umumbelgilangan soliqlar to'lashga o'tishi kerak, bundan soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolinadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno. Ushbu moddaning to'rtinchi qismida ko'rsatilgan yuridik shaxslar, bundan mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno, yagona soliq to'lovini to'lash huquqidan mahrum bo'lgan o'tgan hisobot yili uchun umumbelgilangan soliqlar bo'yicha hisob-kitoblar asosida yagona soliq to'lovi yuzasidan Soliq kodeksining 351moddasida belgilangan tartibda qayta hisobkitobni amalga oshiradi. Umumbelgilangan soliqlarni to'lashga o'tgan yagona soliq to'lovini to'lovchilar, agar Soliq kodeksining 352-moddasini birinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, kamida o'n ikki oydan so'ng yagona soliq to'lovini to'lashga qayta o'tishga haqlidir. Yagona soliq to'lovini to'lashdan umumbelgilangan soliqlarni to'lashga o'tgan soliq to'lovchilar umumbelgilangan soliqlarni to'lashga o'tgan birinchi chorak uchun foyda solig'i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i bo'yicha joriy to'lovlarni to'lashdan ozod qilinadi. Soliq solish obyekti o'zgargan taqdirda, soliq to'lovchilar aniqlik kiritilgan hisob-kitobni navbatdagi to'lovni to'lash muddatidan kechiktirmay taqdim etishlari shart Qat'iy belgilangan soliqni to'lash: yuridik shaxslar tomonidan - har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25kunidan kechiktirmay; yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan Soliq Kodeksi 375-moddasining to'rtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi. Soliq Kodeksining 370-moddasida ko'rsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida qat'iy belgilangan soliq to'lash bilan bir qatorda quyidagilarni to'laydilar: 1) bojxona to'lovlari; 2) yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to'lovlar; 3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - suv resurslaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda; 4) aksiz solig'i - aksiz to'lanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda; 5) byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga sug'urta badallari; 6) davlat boji; 7) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo'l jamg'armasiga yig'im. Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solinadigan mol-mulkka va (yoki) yer uchastkasiga ega bo'lsalar, Soliq Kodeksining 48, 50-boblarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi. Agar yakka tartibdagi tadbirkor o'z faoliyatini muayyan muddatga to'xtatsa, u o'z faoliyatini to'xtatguniga qadar tadbirkorlik subyektini ro'yxatdan o'tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik to'xtatish to'g'risida ariza berish bilan bir vaqtda davlat ro'yxatidan o'tganlik to'g'risidagi guvohnomani topshiradi. Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha to'xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to'g'risidagi arizani olgan tadbirkorlik subyektini davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organ kelgusi ish kuni tugaguniga qadar soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha to'xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi. Tadbirkorlik subyektini davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik to'xtatilganligi to'g'risida taqdim qilingan va davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor o'z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun qat'iy belgilangan soliqni hisoblashni to'xtatib turish uchun asos bo'ladi. Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlami va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida daromadlarning hamda amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining hisobini yuritishlari shart.
177 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Xulosa.Kichik biznes har qanday mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning rivojlanishi soliqqa tortish tizimining adolatliligi bilan bevosita bog‘liq. Ushbu tadqiqot natijalari kichik tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tizimining samaradorligini baholash va uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ilgari suradi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, yuqori soliq yuki kichik biznesni rasmiy iqtisodiyotdan chekinishga undaydi, bu esa yashirin iqtisodiyotning o‘sishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, murakkab soliqqa tortish tizimi va yuqori stavkalar tadbirkorlarning soliqlardan qochish ehtimolini oshiradi. Shu sababli, soliqqa tortish tizimini optimallashtirish zarurati dolzarb ahamiyat kasb etadi. Xalqaro tajribaga asoslanib, soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimlari kichik biznes subyektlari uchun qulay sharoit yaratishi va ularning qonuniy ravishda faoliyat yuritishini rag‘batlantirishi aniqlandi. Soliq stavkalarining pasaytirilishi va soliqqa tortish jarayonlarining avtomatlashtirilishi tadbirkorlarning soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Soliq yukining pastligi tadbirkorlar uchun moliyaviy bosimni kamaytirib, qonuniy faoliyat yuritishlarini rag‘batlantiradi. Shuningdek, kichik biznes uchun soliq yuki kamaytirilsa, ular o‘z mablag‘larini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini kengaytirishga yo‘naltirishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (2019 yilgi yangi tahriri). 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmonlari va qarorlari. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi (2023). O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik va o‘rta biznesning roli. 4. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/small-business-and-entrepreneurship-2 5. Turаnbоyev, B. (2024). ILG'ОR XОRIJ TАJRIBАSI АSОSIDА ELEKTRОN TIJОRАT FАОLIYАTINI SОLIQQА TОRTISHNI TАKОMILLАSHTIRISH YО'LLАRI. Integrаtiоn оf Ecоnоmy аnd Educаtiоn in the 21st century, 2(2).