O'ZBEKISTONDA INVESTITSIYA MUHITINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI
Full text
189 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 O‘ZBEKISTONDA INVESTITSIYA MUHITINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI Jumaniyazov Rashid Azamatovich Qoraqalpoq davlat universiteti Moliya va moliyaviy texnologiyalar 2B guruh talabasi Tel:913771400 https://doi.org/10.5281/zenodo.17513427 Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda investitsiya muhitini rivojlantirish jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolar, ularning iqtisodiy va institutsional sabablari tahlil qilinadi. Shuningdek, investitsion faoliyatni yanada faollashtirish, xorijiy sarmoyadorlar uchun qulay sharoit yaratish va boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar taklif etiladi. Tayanch so’zlar: Investitsiya, iqtisodiy faoliyat, investitsiya muhiti, iqtisodiy o‘sish, investitsiya siyosati, iqtisodiy islohotlar, sarmoya, investitsion loyiha, shaffoflik, samaradorlik. Investitsiya – bu daromad olish yoki ma'lum bir foyda ko'rish maqsadida moliyaviy yoki moddiy resurslarni uzoq yoki qisqa muddatga joylashtirishdir. Investitsiya iqtisodiyotning asosiy qismlaridan biri bo‘lib, bu jarayon odatda biznes, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki boshqa iqtisodiy faoliyat turlariga kapital kiritishni o‘z ichiga oladi. Zamonaviy iqtisodiyotda investitsiya muhiti mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi va raqobatbardoshligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida e’tirof etiladi. Investitsiya muhiti deganda, iqtisodiyotga sarmoya kiritish uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar majmui, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, huquqiy hamda ijtimoiy omillarning o‘zaro uyg‘un tizimi tushuniladi. Shu bois, har bir davlat o‘zining investitsiya siyosatini takomillashtirish va sarmoyadorlar uchun qulay sharoit yaratishga intiladi. So'nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini rivojlantirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Yangi O‘zbekiston – Taraqqiyot strategiyasi” (2022–2026-yillar) [1] va 2022-yil 28-dekabrda “O‘zbekitson Respublikasining 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-459sonli Prezident qarorlari ushbu jarayonni jadallashtirishga qaratilgan [2]. Shunga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyotida ichki moliyaviy resurslarning cheklanganligi va tashqi sarmoyalarni jalb etish zarurati sharoitida investitsiyalar uchun qulay muhitni shakllantirish masalasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Oxirgi yillarda investitsiyalarni jalb qilish muammosi davlatning doimiy diqqat markazida bo'lib kelmoqda. Investitsion muhitni shakllanitirish bilan birga to'siqlar ham yuzaga kelyabti. Kamchiliklar: Davlat ahamiyatiga molik loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonini sifatli tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring hamda nazorat qilishni ta’minlovchi loyiha boshqaruvining yagona tizimi mavjud emasligi; Loyihalarni amalga oshirish sur’ati va samaradorligini tezkor kuzatish imkonini beruvchi ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqaruv jarayoniga еtarlicha joriy etilmaganligi; Davlat va hududiy dasturlarni, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflik darajasining pastligi mazkur sohada moliyaviy mablag‘lar maqsadsiz va samarasiz sarflanishi, shuningdek turli xil suiste’molchilik holatlarini keltirib chiqarayotganligi; Amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asoslantirilganligi va rentabelligini tahlil qilish hamda baholash, shuningdek ularning qiymatini oshirib ko‘rsatish va boshqa suiste’molchiliklar alomatlarini aniqlash bo‘yicha ishlar samaradorligining pastligi [3]. Investitsiya uchun qulay muhit yaratishda yana bir muhim muammolardan biri – mavjud investitsiya muhitini to‘g‘ri baholashdir. Investitsiya muhitini baholashda quyidagi omillar hisobga olinadi: - Iqtisodiy sharoitlar: makroiqtisodiy muhit holati; - Davlat investitsiya siyosati; - Investitsiya faoliyati uchun huquqiy-me’yoriy asos; - Axborot va statistik ma’lumotlar [4].
190 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 O‘zbekistonda investitsiya muhitini rivojlantirish davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. So‘nggi yillarda bu borada muhim qadamlar tashlangan bo‘lsa-da, ayrim tizimli muammolar – loyiha boshqaruvining yagona tizimi yo‘qligi, axborot texnologiyalarining yetarli darajada joriy etilmaganligi, shaffoflikning pastligi hamda tahlil mexanizmlarining sustligi investitsion jarayonlarni sekinlashtirmoqda. Shu sababli, investitsion muhitni yanada yaxshilash uchun boshqaruv samaradorligini oshirish, ochiqlikni ta’minlash va xorijiy sarmoyadorlar ishonchini mustahkamlash zarur. Yuqoridagilardan xulosa qilgan holatda O‘zbekistonda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: Loyiha boshqaruvining yagona tizimini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffoflik va ochiqlikni oshirish, loyihalarni tahlil qilish va baholash tizimini mustahkamlash masalalari sarmoyadorlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda investitsiya muhiti va investitsiyalarni rivojlantirish masalasi muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Mamlakatda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida investitsion muhit sezilarli darajada yaxshilandi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekitson Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmoni bilan tasdiqlangan “Yangi O‘zbekiston – Taraqqiyot strategiyasi”. 2. O‘zbekitson Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2022-yil 28 dekabrda “O‘zbekitson Respublikasining 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-459-sonli qarori. 3. Xusnuddinova Munisa Jamoliddin qizi. YАNGI O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA XALQARO INVESTITSION MUHITNI YARATISHNING STATISTIK TAHLILI. “Yangi O‘zbekistonda statistika nazariyasi va amaliyotidagi islohotlar: muammolar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, (E)ISSN: 2181-1784 3(24), Dec., 2023 www.oriens.uz. 4. Khoshimov Sabir Murtazaevich. Problems Of Creating A Favorable Investment Climate In Uzbekistan. Eurasian Journal of History, Geography and Economics, Volume 40| February 2025 ISSN: 2795-7659 (9-14).