O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BYUDJETI SHAKILLANISHIDA TO'G'RI SOLIQLARNING AHAMIYATI
Full text
210 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BYUDJETI SHAKILLANISHIDA TO‘G‘RI SOLIQLARNING AHAMIYATI Safaraliyev Basir Norboyevich 1 Abduraximov Qamariddin Shamsiddin o‘g‘li 2 1 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va bank ishi kafedrasi o‘qituvchisi tel:+998 (97)-076-08-80 E-mail: [email protected] 2 Denov tadbirkorlik va pedagogika inisituti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi 4– bosqich talabasi Tel: +99 888 084 15 15 E mail: qamariddinabdurahimov2[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17513656 Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimida to‘g‘ri soliqlarning o‘rni keng yoritilgan. Byudjet daromadlarining shakllanishida to‘g‘ri soliqlarning ulushi, ularning iqtisodiy barqarorlikka ta’siri hamda 2024–2025-yillardagi statistik ko‘rsatkichlar asosida tahlil o‘tkazilgan.Shuningdek, soliqqa tortish siyosatining rivojlanish tendensiyalari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Kalit so‘zlar: to‘g‘ri soliqlar, davlat byudjeti, moliyaviy siyosat, soliq islohotlari, byudjet daromadlari, soliq ma’muriyati, iqtisodiy rivojlanish, soliq siyosati. Kirish Davlat byudjeti mamlakat iqtisodiyotining asosiy moliyaviy tayanchi va iqtisodiy siyosatni amalga oshirishning eng muhim vositasidir. Byudjet orqali davlat o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini moliyalashtiradi, milliy xavfsizlikni ta’minlaydi, infratuzilmani rivojlantiradi hamda aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan siyosatni yuritadi. Shu bois byudjet daromadlarining manbalari va ularni shakllantirish mexanizmlari davlat moliya tizimining barqarorligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.Byudjet daromadlarining asosiy qismini soliqlar tashkil etadi. Soliqlar — davlatning iqtisodiy qudratini ifodalovchi, ijtimoiy adolat va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi eng muhim moliyaviy instrument hisoblanadi. Ular orqali davlat nafaqat byudjetni to‘ldiradi, balki iqtisodiyotni tartibga soladi, investitsiya muhitini yaxshilaydi hamda ijtimoiy tenglikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Soliqlar, odatda, to‘g‘ri va bilvosita (egri) soliqlarga ajratiladi. To‘g‘ri soliqlar — bu soliqqa tortish manbai bo‘lgan daromad yoki mulk egasining o‘z mablag‘idan to‘lanadigan soliqlardir. Bunday soliqlar soliq to‘lovchining to‘lov qobiliyatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Masalan, yirik daromadga ega shaxs yoki korxona kam daromadli subyektga nisbatan ko‘proq soliq to‘laydi, bu esa iqtisodiy adolat tamoyilini ta’minlaydi. Asosiy qism: To‘g‘ri soliqlarning iqtisodiy mohiyati ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchining daromad manbaiga bog‘liqligidadir. Bu soliqlar davlatga iqtisodiy barqarorlikni saqlash, inflyatsiyani nazorat qilish va ijtimoiy tenglikni ta’minlashda yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasida to‘g‘ri soliqlarning ulushi yildan yilga o‘zgarib, soliq siyosati islohoti bilan bevosita bog‘liqdir. O‘zbekistonda to‘g‘ri soliqlarga quyidagilar kiradi: ✓ Yuridik shaxslarning foyda solig‘i, ✓ Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i, ✓ Mulk solig‘i, ✓ Yer solig‘i, Mazkur soliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning foydasi, daromadi yoki mulki asosida undiriladi va ularning iqtisodiy faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 2024-yildagi soliq tizimini yanada kengroq isloh qilishini davlat byudjetida soliqlarning salmog’ini yanada kengaytirdi. Tadbirkorlarga esa yengilliklar olib keldi. Yil Davlat byudjeti daromadlari (trln so‘m) To‘g‘ri soliqlar ulushi (%) Asosiy soliqlar (daromad, foyda, mulk)
211 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 1-jadval: 2024–2025-yillardagi to‘g‘ri soliqlar bo‘yicha byudjet daromadlari tahlili 1 Yuqorida keltirilgan 1-jadval ma’lumotlari yuzasidan shuni aytishimiz mumkunki respublikamizda 2023–2025-yillar davomida davlat byudjeti daromadlari barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etgan. Xususan, 2023-yilda davlat byudjeti daromadlari jami 273,5 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 310,8 trillion so‘mga etgan va bu ko‘rsatkich 2025-yilga kelib 431,1 trillion so‘mlik prognozi kutilmoqda. Bu holat mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish hajmining ortishi, eksport salohiyatining kengayishi, soliq bazasining barqarorlashuvi hamda soliqqa tortish tizimining raqamlashtirilishi bilan izohlanadi. Davlat byudjeti daromadlari tarkibida to‘g‘ri soliqlarning ulushi 2023-yilda 44 foizni tashkil etgan. Ushbu o‘sish fiskal siyosatning samarali amalga oshirilayotganini, soliq ma’murchiligi sifatining yaxshilanganini hamda iqtisodiy faol subyektlarning soliqqa tortish bazasi kengayganini anglatadi. Davlar byudjet daromadlari Ko'rsatkichlar 2022 2023 2024 yillik I. Daromadlar 201 863,70 231 721,30 274 423 1. Bevosita soliqlar 64 447,10 73 103,60 90 833 1.1 Foyda solig'i 37 649,90 40 778,90 52 620 1.2 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 24 284,50 29 917,40 2 829 1.3 Aylanmadan olinadigan soliq 2 512,70 2 407,30 35 384 2. Bilvosita soliqlar 71 390,20 83 325,80 88 341 2.1 Qo‘shilgan qiymat solig‘i 52 189,40 57 885,30 59 280 2.2 Aksiz solig'i 13 455,00 15 834,40 19 060 2.3 Bojxona boji 5 745,70 9 606,10 10 001 3. Resurs to‘lovlari va mulk solig‘i 23 912,80 28 079,50 36 363 3.1 Mol-mulk solig‘i 4 015,40 5097,7 6 805 3.2 Yer solig'i 5 305,90 6 890,10 8 216 3.3 Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 13 887,40 15 300,30 20 170 3.4 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 704,1 791,4 1 173 4 Boshqa daromadlar 42 113,70 47 212,50 58 886 2022-2024-yillar Davlat byudjeti daromadlari 2 Soliq turlari kesmida ushbu yo‘nalish bo‘yicha quydagi ko‘rsatkichlarga ega jumladan: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha o‘sish dinamikasi 2022 yilga nisbata 2023-yilda 19 foizga, 1 Fuqarolar uchun byudjet ijrosi 2024 yil Toshkent , 2 Fuqarolr uchun byudjet ijrosi 2023 273.5 42.3 Daromad solig‘i – 18,7%, foyda solig‘i – 16,1%, mulk solig‘i – 8,4% 2024 310.8 44.1 Daromad solig‘i – 19.2%, foyda solig‘i – 15.6%, mulk solig‘i – 9.3% 2025* 336.2 (prognoz) 45.0 Daromad solig‘i – 20.3%, foyda solig‘i – 15.8%, mulk solig‘i – 8.9%
212 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 2024-yilda esa bu ko‘rsatkich 21,2 foizga yetgan. Bu, avvalo, aholining rasmiy bandlik darajasining ortgani, ish haqlarning oshishi, mehnat bozorining elektron tizimlar orqali tartibga solinayotgani va “soya iqtisodiyoti” qisqarayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, “my.soliq.uz” platformasi orqali soliq to‘lovchilarning daromadlarini elektron kuzatish tizimi kengaygani natijasida soliqqa tortish shaffofligi sezilarli darajada oshgan. Foyda solig‘i bo‘yicha 2023-yilda 16,1 foizni tashkil etgan ulush 2024-yilda biroz kamayib, 15,6 foizga yetdi. Bu pasayishning sabablari sifatida ayrim strategik tarmoqlarda reinvestitsiya siyosatining kuchaygani, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish uchun foyda solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlar, shuningdek, eksport faoliyatini rag‘batlantirish choralari keltiriladi. Shu bilan birga, bu holat davlatning uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadidagi siyosatini aks ettiradi. Mulk solig‘i esa 2023-yilda 8,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 9,3 foizgacha oshgan. Bu, asosan, kadastr qiymatlarini yangilash, mulkni qayta baholash jarayonlari, va yuridik shaxslarning balans aktivlarida o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Shu bilan birga, mahalliy byudjetlar daromad manbalarini mustahkamlash uchun mulk solig‘i bo‘yicha ma’murchilikni kuchaytirish ishlari olib borilmoqda. Umuman olganda, 2023–2025-yillar tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Respublikasida to‘g‘ri soliqlar davlat byudjeti daromadlarining asosiy va barqaror qismini tashkil etadi. Ulushning yildan-yilga ortib borayotgani iqtisodiy faollikning kengaygani, soliqqa tortish mexanizmlarining soddalashtirilgani, elektron hisobot tizimlarining takomillashgani va tadbirkorlik subyektlarining soliqqa rioya qilish madaniyatining oshganidan dalolat beradi. Shuningdek, to‘g‘ri soliqlarning yuqori ulushi davlatga ijtimoiy yo‘naltirilgan dasturlarni moliyalashtirish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, va hududiy rivojlanish dasturlarini qo‘llabquvvatlash imkonini beradi. Shu sababli, ushbu soliqlar fiskal siyosatning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy barqarorlikni ham ta’minlovchi eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Kelgusi yillarda soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish, raqamli nazorat mexanizmlarini kuchaytirish va soliq yuki balansini saqlash orqali to‘g‘ri soliqlar ulushi 2026-yilda 46 foizdan oshishi kutilmoqda. Bu esa O‘zbekiston byudjet tizimining barqaror moliyaviy asosini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. .So‘nggi yillarda dunyo miqyosida yuz berayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar, xususan, global moliyaviy inqirozlar, pandemiyalar va geosiyosiy tangliklar davlatlarning moliyaviy barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy inqiroz sharoitida ishlab chiqarish hajmining qisqarishi, bandlik darajasining pasayishi va aholi daromadlarining kamayishi natijasida davlat byudjeti tushumlari ham kamayadi. Shu jarayonda to‘g‘ri soliqlar — ya’ni jismoniy va yuridik shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqlar — byudjetni barqaror saqlab turishda muhim moliyaviy manba sifatida namoyon bo‘ladi. Inqiroz sharoitida davlatning eng asosiy vazifalaridan biri — iqtisodiyotdagi beqarorlikni yumshatish, aholini ijtimoiy himoya qilish va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ladi. Bunday davrda to‘g‘ri soliqlarning ahamiyati yanada ortadi, chunki ular iqtisodiy pasayish sharoitida ham nisbatan barqaror tushum manbai hisoblanadi. Masalan, O‘zbekistonda inqiroz yillarida daromad solig‘i, foyda solig‘i va ijtimoiy to‘lovlarning o‘z vaqtida yig‘ilishi davlat byudjeti barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan. Shu bilan birga, iqtisodiy inqiroz paytida hukumatlar soliq siyosatini yumshatish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy yukini kamaytirishga intiladilar. Masalan, ayrim sohalar uchun soliq stavkalari vaqtincha pasaytiriladi, soliq to‘lov muddatlari kechiktiriladi yoki kichik biznes uchun imtiyozlar joriy qilinadi. Bu esa iqtisodiy faollikni saqlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Shu jarayonda to‘g‘ri soliqlarning moslashuvchanligi ularni inqiroz davrida eng samarali fiskal instrumentlardan biriga aylantiradi. Xulosa O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi mamlakat iqtisodiy barqarorligi va ijtimoiy rivojlanishining asosiy moliyaviy poydevorini tashkil etadi. Byudjet daromadlari tarkibida to‘g‘ri soliqlarning yuqori ulushi shuni ko‘rsatadiki, ushbu soliqlar davlat moliya siyosatining eng muhim va barqaror manbalaridan biridir. 2023–2025-yillar ma’lumotlari asosida olib borilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, daromad, foyda va mulk soliqlari bo‘yicha tushumlar yil sayin o‘sib bormoqda va bu mamlakatda soliq ma’murchiligi, fiskal intizom hamda iqtisodiy faollik darajasining oshganini anglatadi.
213 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy inqiroz davrida to‘g‘ri soliqlar davlat byudjeti uchun eng ishonchli va barqaror daromad manbalaridan biri hisoblanadi. Ularning to‘g‘ri boshqarilishi, soliq siyosatining moslashuvchanligi hamda soliqqa tortish bazasining kengaytirilishi davlat byudjeti barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, har qanday iqtisodiy inqiroz sharoitida to‘g‘ri soliqlarni oqilona boshqarish davlat moliya siyosatining markazida turadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ochiq ma’lumotlar portali (2024). 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi – Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar (2024– 2025). 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 10.02.2023 yildagi PF-21-son. 4. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi rasmiy hisobotlari (https://stat.uz). 5. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVF) – Soliq boshqaruvi bo‘yicha tavsiyalar (2024).