YUNESKO VA OʻZBEKISTON OʻRTASIDAGI TA'LIM VA ILM-FAN SOHASIDAGI HAMKORLIK
Abstract
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining YUNESKO bilan oliy ta’lim, fan va madaniyat sohalardagi hamkorlik aloqalari haqida ma’lumotlar berilgan.
Full text
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 551 YUNESKO VA OʻZBEKISTON OʻRTASIDAGI TAʼLIM VA ILM-FAN SOHASIDAGI HAMKORLIK Safarov Maqsud Kenja о‘g’li Qarshi davlat universiteti magistranti Kalit so’zlar: BMT, YUNESKO, Mirzo Ulug‘bek, JMIT, AQSH, O‘zbekiston, Sharqshunoslik, ZEF, TWAS, NBSAP, Oliy Majlisi Senati. Annotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining YUNESKO bilan oliy ta’lim, fan va madaniyat sohalardagi hamkorlik aloqalari haqida ma’lumotlar berilgan. O‘zbekiston Respublikasining BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari, xususan, YUNESKO bilan hamkorligi mustaqillik yillarida yangi sifat bosqichiga ko‘tarilib, yanada rivoj topdi. O‘zbekiston YUNESKO a’zoligiga 1993 yil 26 oktabr kuni mazkur tashkilot Bosh anjumanining 27 – sessiyasida qabul qilingan 1 .Oliy ta’lim sohasi O‘zbekiston va YUNESKO hamkorligining muhim yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari va MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib oliy ta’lim sohasida islohotlarni izchil amalga oshirishga kirishdi. Ushbu islohotlarning asosini uzluksiz ta’lim berishning mutlaqo yangi konsepsiyasi tashkil etdi. Bu borada qator ijobiy va samarali ishlar amalga oshirildi. Shu boisdan ham BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha muassasasi –YUNESKO O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishning ijobiy tajribasini o‘rganish va joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar va yutuqlar jahon hamjamiyati tomonidanyuksak e’tirof etildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov BMTning Jahon intellektual mulk tashkiloti (JMIT) tomonidan oltin medal bilan taqdirlangan birinchi davlat rahbari bo‘ldi 2 .Tashkilot bilan hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining YUNESKOdagi Doimiy vakolatxonasi va tashkilot faoliyati bo‘yicha Milliy Komissiya orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutildi. 1994 yil 29 dekabrda O‘zbekiston Respublikasida YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy Komissiyasi tashkil etildi 3 . 1 Рахимов М. Сотрудничество Республики Узбекистан соспециализированными учреждениями ООН 1991 – 1999 гг (напримере ЮНЕСКО) Автореферат дисс канд. ист. наук. – Ташкент, 2000. – С. 24 2 Иброҳимов А., Султонов Х., Жўраев Н. Ватан туйғуси. – Т.: Ўзбекистон, 1996. – Б. 397. 3 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1994 йил 29 декабрдаги 629 – сон “ЮНЕСКО ишлари бўйича Ўзбекистон Республикаси Миллий Комиссиясини ташкил этиш тўғрисида”ги Қарори // https://https://lex.uz/docs/889569
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 552 1995 yil 26 – 27 avgust kunlari YUNESKOning Bosh direktori Federiko Mayor ilk marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurdi hamda tashkilot bilan dastlabki o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi 4 . YUNESKO bilan hamkorlikda 1995 yilda “Ipak yo‘llarini yaxlit o‘rganish – O‘zbekiston yo‘llari” O‘n yillik dasturi yakuni sifatida YUNESKO ko‘magida Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro institutining mintaqaviy filiali ochildi 5 . 1996 yilda Samarqand davlat universiteti ilmiy kutubxonasiga BMT vakolat xonasi tomonidan 3 mingga yaqin kitob taqdim qilindi 6 . 1996 yil 22 aprelda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov YUNESKO Bosh qarorgohiga tashrif buyurib, tashkilot Ijroiya Kengashining 149 – sessiyasida nutq so‘zladi 7 . Bu ham O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi 8 . 1998 yil 6 noyabrda YUNESKO Ijroiya Kengashining Toshkentda bo‘lib o‘tgan 155 – sessiyasida Toshkent davlat universitetida Mirzo Ulug‘bek nomidagi YUNESKO kafedrasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi 9 . O‘zbekiston 1996 – 2015 yillari YUNESKOning 14 ta qo‘mitasiga saylandi, 7 ta xalqaro huquqiy – meyoriy hujjatlarga a’zo bo‘ldi. Tashkilot ko‘magida O‘zbekistonda 16 ta turli ijtimoiy – siyosiy, madaniy markazlar tashkil etildi . O‘zbekiston YUNESKO bilan hamkorlik davomida mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda ta’lim tizimi uchun malakali o‘qituvchilar va zamonaviy darsliklar tayyorlash maqsadida 215 ming AQSH dollari miqdorida grant ajratdi 10 .YUNESKO O‘zbekistonda o‘quv va malaka oshirish markazlarini tashkil etish orqali inklyuziv hamda norasmiy ta’limga ham katta e’tibor qaratdi . Buning samarasi natijasida O‘zbekistonda 14 ta ana shunday markazlar o`z ish faoliyatini boshladi. YUNESKO O‘zbekistonda oliy ta’limni rivojlantirishning barcha yo‘nalishlarida va bosqichlarida hamkorlik qilib keldi. Jumladan, 1996 yildan buyon O‘zbekistonda 46 ta o‘quv muassasalari YUNESKOning Birlashgan ta’lim tarmog‘iga a’zo sifatida faoliyat yuritdi. 1997 yilda BMT ning 4 Мўминов А. Ўзбекистон ва ЮНЕСКО халқаро – ҳуқуқий муносабатлари. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2003. – Б. 12 5 National Commissions for UNESCO Commissions nationales pour l'UNESCO Headquarters of p.73 6 Ўз МА, М – 130 – фонд, 1 – рўйхат 479 – иш, 109 варақ. 7 Халқ сўзи, 1996 йил, 25 апрель 8 UNESCO in Cental Asia. – Paris, 1997. – Р.7 9 Ўзбекистон миллий энциклопедияси T;B.103 ziyouz.com 10 ЮНЕСКО ишлари бўйичаЎзбекистон Республикаси Миллий Комиссияси 1994 – 20094615900003UZB – сонли ЮНЕСКО қатнашув дастури. –Тошкент, 2009. – Б. 37
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 553 O‘zbekistondagi vakolatxonasi boshlig‘i Xolid Malik Qarshi davlat universitetida bo‘ldi118 . YUNESKO O‘zbekistonda oliy ta’limni rivojlantirishda, talabalar va ilmiy mutaxassis kadrlar, professor – o‘qituvchilar bilan ilm – fan sohasida akademik tajriba almashishda yaqindan hamkorlik qildi. YUNESKO ko‘magida ilmiy – tadqiqot ishlari yuzasidan o‘zbekistonlik professor – o‘qituvchilar, ilmiy kadrlar va talabalarning ilm – fan sohasidagi izlanishlarini qo‘llab – quvvatlash maqsadida O‘zbekistonning bir nechta oliy o‘quv yurtlarida YUNESKO kafedralari tashkil etildi. Xususan, 1998 yil 6 noyabrda O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetida YUNESKO kafedrasi ochildi. Mazkur kafedra astronomiya va fizika fanining nazariy muammolari ustida izlanishlar olib bordi. Ushbu tashkil etilgan kafedraga YUNESKO tomonidan tadqiqotlarga zarur bo‘lgan texnikaviy jihozlar taqdim etildi. Shu bilan bir qatorda YUNESKOning yana bir kafedrasini ochish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida 1998 yilda inson huquqlari, demokratiya, birdamlik va xalqaro hamjihatlik yo‘nalishida tadqiqotlar olib borish bo‘yicha hujjat imzolandi 11 . YUNESKO kafedralari madaniyat, inson huquqlari, tinchlikni qaror toptirish, fuqarolik va qadriyatlar ta’limini yuksaltirish, jahon dinlarini qiyosiy tadqiq etish va ularga hurmat ruhini kamol toptirish, tarixiy obidalarni saqlash va xalqaro targ‘ib etish, an’anaviy xalq tibbiyotini o‘rganish, iqtisodiy bilimlarni yuksaltirish kabi sohalarda faoliyat yuritdi. YUNESKOning “Xalqaro gidrologiya” dasturi doirasida o‘zbekistonlik yetakchi olimlar va tadqiqotchilar suv muammolari bo‘yicha yirik tadqiqotlarni amalga oshirdi. Xususan, 1999 yil 15 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi to‘g‘risida"gi 495 – sonli qarori asosida suv resurslari muammolari bilan shug‘ullanuvchi Milliy komissiya tashkil etildi 12 . O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimidagi islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida YUNESKO tomonidan “1998 – 2000 yillar oliy ta’lim bo‘yicha xalqaro dastur va tavsiyanomalar” ishlab chiqildi. BMT tomonidan “Savodxonlik o‘n 11 Рахимов М.А. Ўзбекистон Республикасининг БМТ билан кўп томонлама ҳамкорлиги // Мустақил Ўзбекистон тарихининг дастлабки саҳифалари. – Т., 2000. – Б. 196 – 197. 12 Karimov M. O‘zbekiston va BMTning ixtisoslashgan tuzilmalari o`rtasidagi fan va ta`lim sohasida hamkorlik aloqalar. – Sohibqiron yulduzi, 2021 yil 4 – son. – B.181
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 554 yilligi” (2002 – 2012 yy), “Barqaror taraqqiyot ta’limi o‘n yilligi” (2004 – 2014 yy), “Ta’lim barcha uchun” (2005 – 2015 yy) kabi ta’lim sohasiga oid asosiy dasturlar qabul qilindi 13 . Mazkur dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha YUNESKO yetakchi tashkilot sifatida e’tirof etildi. Ushbu dasturlar asosida respublikada yangi tipdagi Davlat ta’lim standartlari qabul qilindi. Xitoy poytaxti Pekin shahrida 2000 yilda Termiz davlat universitetining Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi A.Xudoyqulov YUNESKOning “Qishloq ta’limini rivojlantirish” mavzusidagi seminar – treningda ishtirok etdi 14 . O‘zbekiston Respublikasi bilan YUNESKOning siyosiy – madaniy rivojlanishida, zamonaviy fanning ilg‘or yutuqlarini oliy ta’lim tizimiga joriy etishda,kadrlar tayyorlash, ilm – fan va ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorligi respublikaning ijtimoiy – iqtisodiy, hamda jahon tajribasi asosida kadrlar tayyorlash, inson va uning intellektual, global va mintaqaviy muammolarni bartaraf etishda hamda aqliy va jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Respublika Tashqi ishlar vazirligi, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya va Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti hamkorligida Samarqand davlat universitetida “Temuriylar renessansining jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni” (1996, 2011), “Mirzo Ulug‘bekning jahon ilm – fani rivojiga qo‘shgan hissasi” (2009) mavzularida xalqaro konferensiyalar o‘tkazildi 15 . O‘zbekiston Respublikasi bilan YUNESKO va Germaniyaning Bonn universitetiga qarashli Rivojlanishlarni tadqiq qilish markazi (ZEF) o‘rtasidagi shartnoma 2002 yilning yanvar oyida imzolanib, uzoq muddatga mo‘ljallangan ilmiy – tadqiqot dasturi “Xorazm viloyatida yer va suvdan foydalanishning iqtisodiy va ekologik qayta qurish” deb nomlandi. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Urganch davlat universiteti olimlari bilan birgalikda amalga oshirildi 16 . 2006 yilning 7 – 10 sentabr kunlari BMT ning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti YUNESKO bosh direktori Koichiro Matsuura O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif davomida O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasida ustuvor ahamiyat kasb etuvchi yo‘nalishlar, xususan, ta’lim va madaniyat 13 Ўзбекистон ва БМТ: муносабатлар тарихи ва барқарор ривожланиш омиллари. –Т., 2021. – Б.214. 14 Ўзбекистон ва БМТ: муносабатлар тарихи ва барқарор ривожланиш омиллари. –Т., 2021. – Б.214. 15 Истиқлол ва СамДУ. – Самарқанд, 2017. – Б. 112. 16 Давлетов С Ёшларнинг экологик онги ва маданиятини юксалтириш – атроф – муҳит мусаффолигига эришишнинг муҳим омили // Хоразм Маъмун Академияси ахборотномаси. – 2012 . – №3. – Б.39.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 555 sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi 17 . O‘zbekiston va YUNESKO hamkorligi davomida turli yillarda o‘zbekistonlik ko‘plab olim va tadqiqotchilar tashkilotning xalqaro ilmiy va o‘quv grantlarini qo‘lga kiritdilar. Jumladan, 3 nafar tadqiqotchi YUNESKOning “Ipak yo‘li” nomli Xirayama granti (Yaponiya), 2 kishi Obuchi granti (Yaponiya), 8 kishi Buyuk devor (Xitoy), kishi MASHAV (Isroil), 1 kishi Chexiya granti, 4 kishi Koreya granti, 1 kishi tashkilotning ustuvor yo‘nalishlarni qo‘llab – quvvatlash grantining sohibi bo‘lgani o‘zaro ilmiy hamkorlikning amaliy samaralarini ko‘rsatadi 18 . 1997 – 2010 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetining bir nafar aspiranti YUNESKO yo‘nalishi bo‘yicha Koreyada ilmiy safarda, bo‘ldi universitetning Tarix fakulteti professor – o‘qituvchilari Yaponiyada YUNESKO homiyligida o‘tkazilgan II xalqaro “Buyuk ipak yo‘li” simpoziumida ishtirok etdi 19 . Buxoro davlat unversiteti dotsenti O.Qodirov esa YUNESKO tashkiloti tomonidan hunarmandchilik mahsulotlariga beriladigan 15 ta sifat sertifikatlari bilan taqdirlandi. Ushbu universitetning professor – o‘qituvchilaridan dotsent U.Rashidov O‘zbekiston va Buxoro tarixi sohasidagi xizmatlari uchun YUNESKO tasarrufidagi Xalqaro qadimshunoslik akademiyasining doktorlik unvoniga S.Raupov va N.Bekovalar esa YUNESKO huzuridagi Xalqaro “Antigue World” ilmiy akademiyasining doktori faxriy unvonlariga sazovor bo‘ldilar 20 . O‘zbekistonlik olima ayollar YUNESKOning “Tabiiy fanlarda olima ayollar” nomli L’Oreal qo‘shma granti va “Inson va biosfera” dasturlarida faol ishtirok etdi. Shu bilan birga qo‘shma grantga 2006 yili ToshdAU tadqiqotchisi Dilfuza Egamberdiyeva, 2007 yilda O‘zR FA Bioorganik kimyo instituti ilmiy xodimi Barno Sultonova, 2010 yili O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti ilmiy xodimi Nilufar Mamadaliyevalar ishtirok etdi 21 . Shuningdek, uch nafar o‘zbek olima ayollari YUNESKOning “Fanda olima ayollar” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ilm – fanning turli sohalarida faoliyat olib borgan O‘zR FA yosh olimlari 2009 yildan buyon dolzarb ilmiy loyihalari bilan BMT ko‘magida faoliyat olib 17 Шукуров Ғ. ЮНЕСКО ва Ўзбекистон ҳамкорлиги // Халқ сўзи, 2006 йил 6 сентябр. 18 ЮНЕСКО ишлари бўйича Ўзбекистон Республикаси Миллий Комиссияси. 1994 – 2009. 4615900003 UZB – сонли ЮНЕСКО Қатнашув дастури. – Тошкент, 2009. – Б. 14. 19 National Commissions for UNESCO Commissions nationales pour l'UNESCO Headquarters of UNESCO/flags/Statue Moore/Eiffel Tower© UNESCO/Patrick Lagès 2018. – Б. 72. 20 National Commissions for UNESCO Commissions nationales pour l'UNESCO Headquarters of UNESCO/flags/Statue Moore/Eiffel Tower© UNESCO/Patrick Lagès 2018. – Б. 72. 21 Бухоро давлат университети. Иккинчи китоб. Илм ва таълим фидойилари. (Биографик маълумотнома)– Бухоро, 2016. – Б.35 – 176 (511).
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 556 boruvchi Xalqaro Fanlar akademiyasining (TWAS) mukofotlari bilan taqdirlandi 22 . Paxta genomikasi sohasidagi o‘zbek olimlarining yangi avlod vakili biologiya fanlari doktori I.Abdurahmonov 2010 yilda Ummon poytaxti Maskatda Xalqaro Fanlar akademiyasining (TWAS) 25 – yig‘ilishida uning a’zoligiga qabul qilindi 23 . 2010 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti restavratsiya laboratoriyasi YUNESKO ko‘magida zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi 24 . YUNESKOning Respublikadagi vakolatxonasi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ijtimoiy va gumanitar fanlar dasturi bir qancha sohalarga yo‘naltirilgan. Ilmiy hamkorlik va tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan turli tadbirlar orqali yoshlarning huquq imkoniyatlarini kengaytirish, tabiiy fanlar soxasida ilmiy – tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar, shu jumladan aspirantlar va suv resurslari yo‘nalishida ilmiy izlanishda bo‘lgan tadqiqotchilar malakasini oshirishn hamda ularning tadqiqot natijalarini xalqaro ilmiy nashrlarda chop ettirishga ko‘maklashish shular jumlasidandir 25 . YUNESKO Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining ilm – fan, ta’lim va ilmiy – tadqiqot ishlarini doimiy ravishda monitoring qilib bordi. Tashkilotning 2013 yili e’lon qilgan hisobotida O‘zbekiston 2003 – 2013 yillar davomida ilmiy – tadqiqot ishlariga sarflangan xarajatlar YAIMning 0,4 foizini tashkil etishi ko‘rsatilgan bo‘lsa qo‘shni respublikalar Qozog‘iston va Qirg‘izistonda bu ko‘rsatkich 0,2 foizni tashkil etdi 26 . Toshkent shahrida 2012 yil 16 – 17 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyada BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Noylin Xeyzer ham qatnashib, u o‘z nutqida O‘zbekistonda ta’lim sohasi taraqqiyotning bosh omiliga aylanganligi, davlat rahbari tashabbusi bilan fan va ta’limga doir qonun va qarorlar takomillashib borganligini ta’kidlaydi 27 . 22 http://twas.org/opportunities/prizes – and – awards (22/02/2016) 23 Колесов Д. Пронание – мировое // Правда Востока, 30 декабря 2014 г. 24 «Ёш олимлар ахборотномаси» ИЛМИЙ ЖУРНАЛ, 2019. –№2 (6). – Б.16. 25 ЮНЕСКО Ўзбекистонда Устуворликлар ва фаолият T;2020 26 UNESCO SCIENCE REPORT : UNESCO Institute for Statistics database, July 2014; for Uzbekistan. – Р.367 27 РаҳмоновА, Ўзбекистон “Адолат” СДП фракциясиаъзоси // Адолат, 2012 йил 2 ноябрь
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 557 Samarqand shahrida 2014 yil 15 – 16 may kunlari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” deb nomlangan xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi. Ushbu konferensiyada ishtirok etgan YUNESKO Bosh direktorining o‘rinbosari Xubert Gizen tashkilot uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu muhim tadbirni tashkil etgani hamda ilm – fan, ta’lim – tarbiya, madaniyat, kommunikatsiya va axborot sohalarini rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat raxbariga minnatdorlik bildirdi 28 . 2014 yil 20 iyunda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi 29 . Vazirlikdagi ushbu uchrashuvda birgalikda amalga oshirish uchun taklif etilayotgan quyidagi qo‘shma loyihalar ro‘yxati muhokama qilindi: 1. “Pedagogikada AKT integratsiyasini rag‘batlantirish maqsadida o‘qituvchilar malakasini oshirishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab – quvvatlash” loyihasi; 2. “O‘rta maxsus kasb – hunar ta’limi tizimida ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha o‘quv dasturini takomillashtirish” loyihasi; 3. “O‘zbekistonda profilaktika – sog‘lomlashtirish ta’limi sifatini oshirish” loyihasi; 4. “Ta’limda media va axborot savodxonligi” loyihasi; 5. “Analitik jurnalistika” loyihasi. 2015 yil 27 yanvarda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan sog‘liqni saqlash,atrof – muhitni muhofaza qilish, ta’lim tizimini takomillashtirish sohalarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi 30 . O‘zbekistonda amalga oshirilgan ilm – fan sohasidagi islohotlar samarasi va bu boradagi xalqaro hamkorlik natijasida mamlakat akademik fani tobora rivojlanib bordi. Bu kabi natijalar xalqaro miqyosda ham e’tirof etildi. Jumladan, 2015 yilda BMT GII (Global Innovation Index) tomonidan e’lon qilingan “Global innovatsiyalar indeksi” 31 hisobotida O‘zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo 28 Opening speech by Hubert J. Gijzen, Director of the UNESCO Regional Science Bureau for Asia and the Pacific on the occasion of the International Scientific Conference GEN/CLT/2014/06. – P.2 29 Ўз Р Олий таълим фан ва инновациялар вазирлиги жорий архиви 2014 йил ҳисоботи папкасидан. 30 Ўз Р Олий таълим фан ва инновациялар вазирлиги жорий архиви, 2015 йил ҳисоботи папкасидан. 31 The Global Innovation Index 2015. Effective Innovation Policies for Development Editors Soumitra Dutta, Bruno Lanvin, and Sacha Wunish – Vincent. Printed and bound in Geneva, Switzerland, by the wodd Intellectual
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 558 mintaqasida innovatsiyalar tezkor rivojlanib borayotgan mamlakat sifatida e’tirof etildi. 2016 yil 11 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan IX Respublika Innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar yarmarkasida O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan taqdim etilgan “Aritmiyaga qarshi ta’sirga ega бо‘лган vositani olish usuli" nomli patenti “Eng yaxshi ixtiro va uning tatbiqi” nominatsiyasi bo‘yicha Jahon intellektual mulk tashkilotining oltin medali bilan taqdirlandi 32 . O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan YUNESKO hamkorligida uch tilda yozilgan "O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Sharq qo‘lyozmalar xazinasi" nomli qo‘lyozmalar fondi haqidagi va «Catalogue of Arabic – script documents from the Samarqand museum. Uzbekistan» nomli . tarixiy arabografik hujjatlar katalogi, "Markaziy Osiyo tarixi qo‘lyozmalarda" seriyasida Xiva xonligi tarixiga oid Muhammadrizo Ogahiyning ikkita manbasi – "Jome’ al – voqioti Sultoniy" va "Zubdat at – tavarix", shuningdek, Jumaquli Xumuliyning Buxoro xonligi tarixiga bag‘ishlangan "Tarix – i Xumuliy" asarlarining tanqidiy matnlari ilk bor ilmiy muomalaga kiritildi hamda xorijiy mamlakatlar ilmiy jamoatchiligining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘ldi . Taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik esa Oʻzbekiston taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, ilmiy izlanishlarni rivojlantirish va xalqaro tajribani integratsiyalash jarayonlariga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. YunESKOning taʼlim dasturlari va tashabbuslari orqali mamlakatda barqaror rivojlanish, innovatsion pedagogika hamda ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishga oid loyihalar amalga oshirilmoqda. Xalqaro ekspertlar ishtirokida oʻtkazilayotgan seminarlar, akademik almashinuv dasturlari va ilmiy konferensiyalar natijasida Oʻzbekiston olimlari va mutaxassislari global ilmiy hamjamiyatga integratsiyalanmoqda. Shunday qilib, YunESKO va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik madaniy merosni saqlash, ilm-fanni rivojlantirish va taʼlim sifatini oshirish yoʻnalishlarida salmoqli natijalarga erishishga xizmat qilmoqda. Ushbu hamkorlikning izchil rivojlanishi Oʻzbekistonning jahon ilmiy-madaniy makonidagi oʻrnini mustahkamlashga hamda milliy meros va ilm-fan sohasida yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirishga xizmat qiladi. Property Organization 2015. – P. 61 32 https://uza.uz/uz/posts/innovatsion – yarmarka – yakun – va – isti – bol – 03 – 05 – 2016