G'AZNACHILIKDA MOLIYAVIY MAJBURIYATLAR
Full text
214 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 G‘AZNACHILIKDA MOLIYAVIY MAJBURIYATLAR Safaraliyev Basir Norboyevich 1 Chorshanbiyev Diyor2 1 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va bank ishi kafedrasi o‘qituvchisi tel:+998 (97)-076-08-80 E-mail: [email protected] 2 Denov tadbirkorlik va pedagogika inisituti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi Email: [email protected] Telefon raqami:+998910755100 https://doi.org/10.5281/zenodo.17513688 Anotatsiya: Ushbu tezisda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida samarali davlat moliyaviy nazorati tizimi faoliyatining joriy holati tahlili keltirilgan. Shuningdek, davlat byudjetining g’azna ijrosi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining barcha daromadlarini, jumladan, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha tushumlarini yagona g’azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishdagi holati natijadorligi. Bu esa davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko’rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat mablag’larining samarali ishlatilishini ta’minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to’g’risida operativ tarzda ma’lumotlarni jamlash imkonini beradi. Kalit so‘zlar: Davlat moliyaviy nazorati, g’aznachilik, yagona g’azna hisobraqami, COSO modeli, byudjet mablag’i, byudjet tashkilotlari, Pempal. Kirish:Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli organlar bilan bir qatorda, G’aznachilik ham alohida muhim o’rin egallaydi. G’aznachilik - byudjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul qiladi va byudjet tashkilotlariga yetkazib berilgan tovar mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun G’aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig’iga binoan vakolatni o’z zimmasiga oladi va byudjet mablag’larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash va nazorat qilish asosida to’lovlarni amalga oshiradi. G’aznachilikda moliyaviy nazorat deganda davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari fondlarning mablag’lari to’planadigan va ushbu mablag’lar doirasida aniq belgilangan yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar amalga oshiriladigan yagona g’azna hisobraqami orqali davlat byudjetining ijro etilishi hamda shu orqali davlat moliyasini maqsadli va samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi. Davlat moliyaviy nazorati: respublika darajasida — O’zbekiston Respublikasi respublika budjetining, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining va respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan; mahalliy darajada — Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi. Davlat moliyaviy nazorat organlari: O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining daromadlari qismi bo’yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazorati printsiplari. Davlat moliyaviy nazoratini o’tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining printsiplaridir. Budjet ijrosi jarayoni xaqida axborotlar budjet hisobini tashkil qilish va yuritish orqali shakllantiriladi. Bunda, belgilangan budjet tasnifi bo’yicha budjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar amalga oshiriladi. Budjet hisobini alohida xususiyatlaridan biri – budjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya budjet intizomiga rioya qilish va nazorat funksiyasini amalga oshirilishidir. G’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati.
215 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 G’aznachilik bo’linmalari davlat moliyaviy nazoratini: - budjet tashkilotlarining va budjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni etkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko’rsatuvchilar) bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari mablag’lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro’yxatdan o’tkazish; - xarajatlar smetalarida va ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig’i bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to’lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to’lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo’li bilan amalga oshiradi. Byudjet nazoratini amalga oshirishning muhim metodi - barcha darajadagi byudjetlarning daromadlar va xarajatlar qismlari ijrosini, byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi ijrosini iqtisodiy tahlil qilish. Uning davlat moliyasi va xo’jalik sub’ektlari moliyasini boshqarishda, shuningdek bozor sharoitida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda ahamiyati sezilarli darajada oshdi. G‘aznachilikda moliyaviy nazoratining asosiy vazifalaridan biri bu budjet qonunchiligiga rioya qilinishini, budjet intizomni taʼminlash, budjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali davlat moliyaiy siyosatining amalga oshirilishiga ko‘maklashishdan iboratdir. PEMPAL davlat xarajatlarini moliyaviy boshqarish uchun ichki imkoniyatlarni oshirishni qo'llab-quvvatlash, yordamni oshirishda katalitik rol o'ynash, institutlar va siyosatlarni mustahkamlash uchun mo'ljallangan. PEMPAL quyidagi modellari mavjud: Davlat ichki moliyasi nazorati (DIMN) • Yevropa Ittifoqi kontseptsiyasi – Aʼzo va aʼzo davlatlar uchun amal qiladi – Barcha mamlakatlar uchun eng yaxshi amaliyot modeli • DIMN maqsadlari- "jamoatchilikka oqilona ishonchni ta'minlash mablag'lar tanlangan maqsadlarga sarflanadi va korrupsiya va firibgarlik” • Moliyaviy boshqaruv (yoki ichki) nazorat DIMN ning asosiy komponenti– COSO asosiga asoslangan. COSO ichki boshqaruv2 Ichki nazorat - bu tomonidan amalga oshiriladigan jarayon korxona direktorlar kengashi, boshqaruvi va boshqa xodimlar, ta'minlash uchun mo'ljallangan bo'yicha oqilona kafolatdagi maqsadlarga erishish quyidagi toifalar: - Operatsiyalarning samaradorligi va samaradorligi - moliyaviy hisobotning ishonchliligi - Amaldagi qonunlarga muvofiqlik va qoidalar. COSOning g’aznachilikdagi funksiyalari: - Operatsion - Hisobot - Muvofiqlashtirish Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, byudjet tizimi va byudjet jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish ushbu mamlakatlarda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo’lib kelmoqda. Byudjet tizimi katta hajmdagi axborot oqimlari kesishuvining markazi hisoblanadi Bugungi kunda mamlakatimizda budjet tizimi budjetlari g‘azna ijrosi moliyaviy nazorati faoliyatni o‘rni va ahamiyati ortib borayotgan sharoitda quyidagilarga eʼtibor qarqatish maqsadga muvofiq: 1.Byudjet tashkilotlarida g‘aznachilik nazorati bajaradigan vazifalari hamda javobgarligini chegaralarini aniq belgilab berish; 2. Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlarini faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha nomativxuquqiy baʼzani mustaxkamlash; 3. G‘aznachilikda moliyaviy nazoratning samarali tashkil etilishida xalqaro standartlardan foydalanish va axborot tizimini takomillashtirish. G‘aznachilik quyidagilarga majbur: Davlat budjeti xarajatlarini yagona g‘azna hisob hisobvarag‘idan yoki G‘aznachilikning boshqa bank hisob raqamlaridan belgilangan muddatlarda va tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari qoldiqlari doirasida amalga oshirish; (11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda) budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda, shu jumladan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinganda narxlarni oshirib yuborish mavjudligi, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan kreditorlik qarzlar summasining asossiz oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda mavjud materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalariga berish.
216 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 (11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son) Oldingi tahrirga qarang. o‘ziga berilgan huquqlardan qonunchilikka muvofiq foydalanish hamda o‘z faoliyatida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik. Moliyaviy majburiyatlarni G’aznachilikda ro’yxatga olishdan ko’zlangan asosiy maqsad - qabul qilingan yuridik majburiyatlar, tasdiqlangan byudjet va xarajatlar smetasi ko’rsatkichlari doirasida xarajatlarni amalga oshirishni ta’minlash hamda byudjet tashkilotlarining kreditor qarzliklarini nazorat qilish. • Moliyaviy majburiyatlar – byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag’lari oluvchilarda ularga pul mablag’larini o’tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, byudjetdan mablag’ oluvchilarni davlat byudjetidan xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha moliyalashtirish tartibi belgilangan: • I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar; • II. Ish haqiga qo’shimchalar; • III. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan manzilli ro’yxatlarga muvofiq); • IV. Boshqa xarajatlar (oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va boshqa xarajatlar). • O’zbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari to’plami, 1999 y. № 9, 51-modda • G’aznachilik organlarida pul mablag’larini samarali boshqarish, moliyaviy majburiyatlarning limitini baholash maqsadida xarajatlarni amalga oshirish ruxsati (XAOR) joriy etilgan. Bunda har haftada pul mablag’larini boshqarish bo’linmasi kassa rejasini yangilaydi va XAOR hajmini belgilaydi. So’ngra byudjet tasnifiga muvofiq byudjet tashkilotlariga XAOR beriladi. XAORlar muayyan muddatga yoziladi va shu muddat o’tgandan so’ng ular o’z kuchini yo’qotadi. Xulosa qilganda, g‘aznachilikda moliyaviy nazorat faoliyatini takomillashtirishda yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlarni eʼtiborga olinishi ijobiy ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Tuychiyev A.J., Tashmuxmedova D.A. G’aznacilik. Darslik. – T.: “IQTISOD MOLIYA” 2019. -834 b. 2. Qosimova G. A. Davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimi. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISODMOLIYA”, 2013. 372b. 3. G.Qosimova. “G’aznachilik”.O‘quv qo‘llanma 2013 yil. Iqtisod-Moliya 4. Michael Parry Presentation www.michaelparry.com 5. www.ecmf.kz