scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAHALLIY SOLIQLAR VA ULARNI UNDIRISH MEXANIZMLARI

Safarov Jahongir

Full text

235 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 MAHALLIY SOLIQLAR VA ULARNI UNDIRISH MEXANIZMLARI Safarov Jahongir Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi Email adress: safarovjaho[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17513944 Annotatsiya: Ushbu tezisda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlarning tutgan o‘rni tahlil qilingan. Soliq tushumlarining davlat moliyaviy barqarorligidagi ahamiyati, ularning tarkibi va dinamikasi statistik ma‟lumotlar asosida o‘rganilgan. Shuningdek, Tadqiqot natijalari soliq siyosatini yanada samarali yuritish hamda byudjet daromadlarini oshirishga xizmat qilishi mumkin. Kalit so‘zlar: davlat byudjeti, soliq tizimi, soliq daromadlari, fiskal siyosat, byudjet barqarorligi, liberallashtirish, keshbek, soliq qo‘mitasi, mahalliy soliqlar, Mahalliy soliqlar va yigʻimlar mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manbaini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa moddiy resurslarni takror ishlab chiqarish, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlarining faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida joriy etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari bilan belgilangan, ular tomonidan oʻz vakolatiga muvofiq ravishda mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ishlatiladigan soliqlar mahalliy soliqlar hisoblanadi.Mahalliy soliqlar mahalliy budjetga oʻtkaziladi. Yer soligʻining bir qismi qonunlarda belgilangan tartibda yerdan foydalanish ishlarini yaxshilash yuzasidan umumdavlat tadbirlarini amalga oshirish uchun respublika budjetida markazlashtirilishi mumkin. Mahalliy yigʻimlar – bu Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qaroriga muvofiq belgilangan, fuqarolar va tashkilotlardan ularga koʻrsatilgan madaniy-maishiy xizmatlar yoki davlat hokimiyatining mahalliy organlari nazorati ostida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarning chiqimlari bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplash uchun undiriladigan toʻlovlardir. Mahalliy soliqlar va yigʻimlarga quyidagilar kiradi: a) jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq; b) yer soligʻi; v) kurort mintaqasida ishlab chiqarish obyektlarini qurishga solinadigan soliq; g) reklama soligʻi; d) avtomobil vositalari, murakkab hisoblash va roʻzgʻor texnikasini qayta sotganlik uchun solinadigan soliq; e) transport vositalari egalaridan olinadigan soliq; j) kurort yigʻimi; z) savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi yigʻim; i) vino-aroq mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma yigʻimi; k) mahalliy kimoshdi savdolari va lotereyalar oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnoma yigʻimi; l) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarni roʻyxatga oʻtkazganlik uchun olinadigan yigʻim; m) avtotransportlar saqlanadigan joydan foydalanganlik uchun yigʻim; n) otchoparlarda poygada qatnashganlik uchun yigʻim; o) otchoparlarda oʻtkazilgan poygadagi yutuq uchun yigʻim; p) birjalardagi oldi-sotdi bitimlaridan undiriladigan yigʻimlar; r) kino va telesuratga olishlarni oʻtkazish huquqini beruvchi yigʻimlar; s) aholi manzilgohlari hududini supirib-sidirish uchun yigʻim; Daromadlar (foyda), soliq toʻlovchilarning ayrim faoliyat turlari, tabiiy resurslardan foydalanish, jismoniy shaxslarning mol-mulki, qonun hujjatlarida belgilangan ishlar(xizmatlar) va boshqa obyektlar soliq solish va yigʻimlarni undirish obyektlari hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi fuqarolar, mulk shaklidan qatʼi nazar korxonalar va tashkilotlar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soliq solish va yigʻimlarni undirish subyektlari hisoblanadi. Soliqlar 236 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 va yigʻimlarni oʻz vaqtida toʻlash hamda mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etish yuzasidan javobgarlik soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlovchilar zimmasiga yuklanadi. Ushbu Qonun talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar amaldagi qonunlarga muvofiq intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 1 Davlatimiz tomonidan mustaqillik yillaridan boshlab tadbirkorlik sohasini rivojlantirish maqsadida soliqlardan imtiyoz va preferensiyalar berib kelinmoqda. Buning natijasida, bugungi kunga kelib tadbirkorlik sohasi jadal rivojlandi. Shu bilan birgalikda amaliyotda shunday holatlar ham mavjudki, soliq to‘lovchilar obyektiv yoki subyektiv sabablarga ko‘ra, belgilangan muddatlarda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar va yig‘imlar summasini to‘lab bera olmaydi. Ushbu to‘lanmagan summa soliq qonunchiligiga binoan, soliq qarzi hisoblanib, soliq organlari tomonidan majburiy undirishga qaratiladi. 2023-2024-yillar mobaynida respublikada faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soni hamda ular ichida soliq qarziga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilarning ulushini quyidagilar orqali ko‘rishimiz mumkin. Ko’rinib turibdiki, yurdik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni yil sayin o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib turibdi. Respublika bo‘yicha 2023-yilda subyektlar soni 838,5 mingtani, 2024-yilda 892 mingtani, 2025-yilda 901 mingtani,. Bu 2025-yilda 2023-yilga nisbatan 137,5 mingtaga yoki 20,6 foizga ko‘payganligini anglatadi.Bu ko‘rsatkichlar mamlakatimizda soliq undirish jarayonlari ham mutanosib ravishda o‘sganidan dalolat beradi. Jumladan, Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, “Mahalliy” va “korxona” ishlash tizimlari hamda sohani raqamlashtirish borasidagi ishlar natijasi soliq tushumlarini sezilarli darajada oshirdi. Xususan, soliq organlari tomonidan respublika bo‘yicha byudjetga 199,6 trln. so‘m soliq tushumlari ta’minlanib, 2023 yilga nisbatan 20 foiz o‘sishga erishildi. Tuman va shaharlar byudjetiga tushumlar 24 foizga oshdi. Hududlar kesimida Toshkent shahri – 27 foiz, Sirdaryo – 25 foiz va Toshkent viloyati – 23 foiz yuqori o‘sish kuzatildi. Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari 31,4 foizga (+1,4 trln.so‘m) o‘sdi. Toshkent shahri – 63,6 foiz, Toshkent viloyati – 42,5 foiz, Andijon – 37,6 foiz, Surxondaryo – 32,2 foiz o‘sish darajasi yuqori bo‘ldi. AOSdan 2,8 trln. so‘m tushirilib, o‘tgan yilga nisbatan 17,5 foizga o‘sdi. Foyda solig‘i 29,1 foizga jumladan, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi 30,8 foizga va hududlarda 19,6 foizga o‘sdi. Sirdaryoda 1,8 baravarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,5 baravarga, Xorazmda 1,4 baravarga tushumlar o‘sib, respublika darajasidan yuqori. QQS 16,4 foizga (+5,6 trln.) o‘sdi. Sirdaryoda 39,2 foiz, Toshkent shahrida 31,7 foiz, Toshkent viloyatida 27,6 foiz, Jizzaxda 25,8 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23,7 foiz o‘sdi yoki respublika darajasidan yuqori. Bundan tashqari, soliq organlari xodimlari tomonidan manzilli ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida 64,5 mingta vaqtincha moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tiklandi, 134,8 mingta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. 2 Mamlakatimiz iqtisodiyotini liberallashtirish sharoitida barqaror iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, byudjet-soliq siyosatini takomillashtirish orqali qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik hamda tadbirkorlarga ko‘proq qulaylik berish orqali aholiga yengilliklar, jumladan, qo’shimcha ish o‘rinlari yaratish, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlar va g’ovlarni bartaraf etishga erishish hamda aholi bandligini ta’minlash va ularning faoliyatlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda soliqlar orqali rag’batlantirish byudjet-soliq siyosatining muhim ustuvor vazifalardan biridir. Soliq tushumlarining mamlakatimizda tushumi hajmini quyidagi rasmdan bilib olishimz ham mumkin. 1-rasm 3 1 Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 07.05.1993 yildagi 843-XII-son 26.05.1993 2 https://uz24.uz/uz/articles/pul. 3 https://pinkod.uz/ 237 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Xulosa So‘ngi yillarda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab soliq tushumlarinining o‘sishi hududlarning soliq potensialini o‘sishiga ta’sir qilgan. Ko‘ratkichlar viloyatlar kesimida farq qilsada, turli sohalarda soliq yig‘ish imkoniyatlari ba ma’muriy samaradorli yaxshilanganini ko‘rsatmoqda. Toshkent shahri va Hududlararo soliq inspeksiyasi soliq salohiyatini oshirgan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida esa soliq salohiyatini oshirish holatida ekanligini ko‘ramiz. Soliq bazasini kengaytirish, qonunchilikka rioya qilishni kuchaytirish va soliq siyosatini takomillashtirishga doimiy e’tibor har bir hududning soliq salohiyatini yanada oshirishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60sonli “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonnig taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. 2. Xudoyqulov S. Soliq tushumlarini prognoz qilish metodologiyasini takomillashtirish. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent – 2019. 23-bet. Худайкулов С.К. Cовершенствования Оценки Налогового Потенциала Регионов в Узбекистане // Международная конференция. “Экономика Евразии” 2018 г. www.avekon.org/proceedings/avekon10.pdf . 3. Bozorova L.A. Byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlashda hududlar soliq salohiyatini oshirish yo‘nalishlari. Iqtisod va moliya / Экономика и финансы 4. Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 07.05.1993 yildagi 843-XII-son 26.05.1993 5. https://uz24.uz/uz/articles/pul. 6. https://pinkod.uz/.