Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 574 DAVLAT SUVERENITETNING HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH VA MILLIY MUSTAQILLIK G`OYASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI Choriyev Ulug‘bek Rustamovich Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti, 3-kurs talabasi e-mail:
[email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada davlat suverenitetining nazariy-huquqiy asoslari, O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikdan keyingi davrda suverenitetni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy chora-tadbirlar hamda xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinadi. Avvalo, suverenitet tushunchasining mazmuni, uning ichki va tashqi jihatlari, turli yuridik va siyosiy maktablar tomonidan berilgan talqinlari ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik deklaratsiyasi, “Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun, Konstitutsiyaning tegishli normalari hamda davlat suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan boshqa qonunchilik hujjatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Xorijiy tajriba sifatida Fransiya, Irlandiya, Yaponiya va Italiya kabi davlatlarning konstitutsiyalarida milliy mustaqillik g‘oyasining ifodalanishi tahlil qilinib, ularning milliy identitetni saqlash hamda xalq suverenitetini ta’minlashdagi yondashuvlari qiyosiy o‘rganiladi. Maqola milliy mustaqillik g‘oyasining tub mohiyati va huquqiy asoslarini chuqur yoritib, uni yanada mustahkamlash yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Kalit so`zlar: davlat suvereniteti, millat suvereniteti, milliy mustaqillik, xalq suvereniteti, milliy identitet. LEGAL FOUNDATIONS OF STATE SOVEREIGNTY AND ISSUES OF DEVELOPING THE IDEA OF NATIONAL INDEPENDENCE Choriyev Ulug‘bek Rustamovich Tashkent State University of Law Faculty of Public Law, 3rd-year student e-mail: Ulugbekc[email protected] ABSTRACT This article analyzes the theoretical and legal foundations of state sovereignty, the legal measures aimed at strengthening sovereignty in the Republic of Uzbekistan after independence, as well as the experiences of foreign states. First, the concept of sovereignty, its internal and external dimensions, and interpretations by various legal
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 575 and political schools are examined. Then, special attention is paid to the Independence Declaration of the Republic of Uzbekistan, the Law “On the Fundamentals of State Independence,” relevant constitutional norms, and other legislative acts aimed at consolidating state sovereignty. As foreign experiences, the article examines how the idea of national independence is reflected in the constitutions of French, Ireland, Japan, and Italy, and how these countries safeguard national identity and ensure popular sovereignty. The article highlights the essence and legal basis of the idea of national independence and suggests ways to further strengthen it. Keywords: state sovereignty, national sovereignty, national independence, popular sovereignty, national identity. ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ГОСУДАРСТВЕННОГО СУВЕРЕНИТЕТА И ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ ИДЕИ НАЦИОНАЛЬНОЙ НЕЗАВИСИМОСТИ Чориев Улугбек Рустамович Ташкентский государственный юридический университет Факультет публичного права, студент 3-го курса e-mail: Ulugbekc82[email protected] АННОТАЦИЯ В данной статье анализируются теоретико-правовые основы государственного суверенитета, правовые меры, направленные на укрепление суверенитета в Республике Узбекистан после обретения независимости, а также опыт зарубежных государств. Сначала рассматривается понятие суверенитета, его внутренние и внешние аспекты, а также трактовки различных юридических и политических школ. Затем особое внимание уделяется Декларации независимости Республики Узбекистан, Закону «Об основах государственной независимости», соответствующим конституционным нормам и другим законодательным актам, направленным на укрепление государственного суверенитета. В качестве зарубежного опыта анализируется отражение идеи национальной независимости в конституциях Франция, Ирландии, Японии и Италии, а также способы сохранения национальной идентичности и обеспечения народного суверенитета. Статья подчеркивает сущность и правовые основы идеи национальной независимости и предлагает пути ее дальнейшего укрепления. Ключевые слова: государственный суверенитет, национальный суверенитет, национальная независимость, народный суверенитет, национальная идентичность.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 576 KIRISH Mustaqilllik har bir davlatning mavjudligining eng muhim shartlaridan biri. Mustaqillik nafaqat davlatga, balki xalqqa, millatga yangi va o`zgacha hayot baxsh etadi. Mustaqillik orqali davlat, xalq, millat o`z o`zligini tiklash imkoniyatiga va ushbu o`zlikni saqlash, rivojlantirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Mustaqillikning naqadar muhimligi haqida muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida shunday deydi: “aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. O‘zbekiston yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydi. Aynan istiqlol tufayli Jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladik” 1 . Shunday ekan, milliy mustaqillikning tub mohiyatini ilmiy-huquqiy jihatdan tadqiq qilish o`ta muhim ahamiyatga ega degan fikrdamiz. Milliy mustaqillik tushunchasi davlat suvereniteti tushunchasiga chambarchas bog`liqdir. Milliy mustaqillik g`oyasi esa aynan huquqiy jihatdan suverenitet tushunchasiga o`z ifodasini topadi. Davlat suvereniteti insoniyat tarixida yuzlab yillar davomida dolzarb bo‘lib kelayotgan masalalardan biridir. Chunki davlatning mavjudligi, uning siyosiy-huquqiy maqomi, xalqaro maydondagi o‘rni va hatto milliy identitetini belgilovchi asosiy belgilaridan biri aynan suverenitetdir. Tarixiy jarayonlarda bu tushuncha turli davrlarda turlicha talqin qilingan: bir davrda u davlat hokimiyatining mutlaq mustaqilligi sifatida, boshqa davrlarda esa xalqning o‘z taqdirini belgilash huquqi sifatida tushunilgan. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab davlat suvereniteti masalasi yanada dolzarb tus oldi. Bir tomondan, mustamlakachilik tizimining yemirilishi va yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelishi suverenitetni milliy mustaqillik ramzi sifatida mustahkamladi. Ikkinchi tomondan esa globallashuv jarayonlari, xalqaro tashkilotlar va transmilliy tuzilmalarning kuchayishi natijasida suverenitetning an’anaviy talqiniga yangi cheklovlar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi uchun suverenitet masalasi ayniqsa muhim. Chunki mamlakatimiz 1991-yilda mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘zining yangi siyosiyhuquqiy tizimini barpo etish jarayonida eng avvalo davlat suverenitetini huquqiy jihatdan mustahkamlashni maqsad qilib qo‘ydi. Mustaqillik deklaratsiyasi, “Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonun, Konstitutsiyamiz va boshqa qonuniy hujjatlar ana shu maqsad yo‘lida xizmat qildi. 1 https://yuz.uz/uz/news/prezident-shavkat-mirziyoevning--ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-uchyilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nutqi
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 577 METODOLOGIYA Ushbu tadqiqotning maqsadi davlat suverenitetining nazariy-huquqiy asoslarini tahlil qilish, O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikdan keyingi davrda suverenitetni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy asoslarni ko‘rsatib berish hamda milliy mustaqillik go`yasining tub mazmun-mohiyatini ifodalab berish, uni yanada mustahkamlash uchun xorijiy tajribani o`rgangan holda takliflar berishdan iboratdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun muallif ilmiy tadqiqotning qiyosiy tahlil, mantiqiy tahlil kabi bir qancha usullarni qo`llagan. MUHOKAMA VA TAHLIL Ma’lumki, davlat mavjudligining asosiy va qo`shimcha belgilari mavjud. Suverenitet aynan ushbu belgilarning asosiy belgilari jumlasiga kiradi. Davlat suvereniteti tushunchasini ilk bor fanga olib kirganlardan biri fransuz olimi Jan Boden (Jean Bodin) bo‘lib, u XVI asrda suverenitetni “qonundan ustun bo‘lgan oliy hokimiyat” sifatida ta’riflagan 2 . Boden fikricha, davlat hokimiyati o‘z hududida hech bir kuchga bo‘ysunmasligi, ichki masalalarda mutlaq mustaqillikka ega bo‘lishi lozim. Bu nazariya o‘sha davrda markazlashgan monarxiyalarning siyosiy ehtiyojlariga javob berar edi. 1648-yilgi Vestfaliya tinchlik shartnomasi esa suverenitetni xalqaro huquq tamoyili sifatida mustahkamladi. Shu sanadan boshlab davlatning ikki asosiy xususiyati — hududiy yaxlitligi va tashqi siyosatda mustaqilligi xalqaro tan olingan normalarga aylandi 3 . Keyingi davrlarda T. Gobbs, J. Lokk, Sh. Monteskye, J. J. Russo kabi mutafakkirlar ham suverenitet haqida o‘z qarashlarini bildirganlar. “Suverenitet” so`zining etimologik mazmuni fransuzcha tildan olingan bo`lib ”soverain”, ya’ni mustaqil davlat sifatida mavjudlik” degan ma’noni bildiradi 4 . Huquqshunos olim Sh.Saydullayevning yozishicha davlat hokimiyatining xususiyati (atributi) sifatida suverenitet uning ustuvorligi, mustaqilligidan iborat. Ya’ni davlat suvereniteti - ma’lum bir hududda oliy hokimiyatga egalik, davlatning ichki va tashqi siyosatdagi to‘la mustaqilligidir 5 . Huquqshunos olim Odilqoriyev esa ushbu tushuncha mazmuni to`liqroq ochib bergan holda davlat suvereniteti quyidagilarda ifodalanishini ta’kidlab o`tadi: - ichki va tashqi siyosat masalalarida mustaqil qaror qabul qila olishi; 2 Bodinus. De Republica libri sex. Francoforti, 1594. P . 123 et al. 3 Goleanu, Camelia. (2025). Some Aspects of National Sovereignty in the International Geopolitical Context. Interdisciplinary Journal of Research and Development. 12. 256. 10.56345/ijrdv12n1s134. 4 https://www.etymonline.com/word/sovereignty 5 Davlat va huquq nazariyasi: darslik. - Toshkent: TDYU, 2021. 46-bet.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 578 - davlat hokimiyatining mamlakat butun hududiga tatbiq etilishi va davlat organlarining barcha aholi uchun umumiy majburiy qarorlar qabul qilishi; - boshqa ijtimoiy-tashkiliy hokimiyatlar (partiyalar, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar va boshqalar)ning qarorlarini bekor qila olishi 6 . Xorijiy olimlardan Jorge E. Núñez suverenitet tushunchasini tushunishni ikkita asosiy jihatga bo`linishini ta’kidlab o`tadi: (a) ichki jihat. Bunda muayyan hududdagi aholi uchun qonun chiqaruvchi organlar va hukumatning mavjudligi; (b) tashqi jihat. Bunda boshqa davlatlar tomonidan tan olinish tushuniladi 7 . Garchi suverenitet konsepsiyasi haqida turli olimlar turlicha ta’riflar bergan bo`lsa-da, fikrimizcha ushbu olimlar fikri asosida davlat suvereniteti tushunchasi mazmunini to`liq va aniq tarzda tushunish mumkin. Bunda alohida e’tibor qaratishimiz lozim bo`lgan joyi shundaki, suverenitet tushunchasiga ta’rif berishda suverenitetni davlatning ichki va tashqi hokimiyatda mustaqil bo`lishi deb sayoz izoh berib bo`lmaydi. Chunki davlat ichki hokimiyatda mustaqil bo`lishi noto`g`ri talqinlarga sabab bo`lishi mumkin. Fikrimizcha, bunda davlatning ichki hokimiyatda oliyligi degan ta’rifni berish ko`proq maqsadga muvofiq bo`ladi. Shuningdek, suverenitet mazmun-mohiyatini anglashda huquqshunos olim A.Yo`ldoshev va Sh.Asadovlarning “Davlat suverenitetining konstitutsiyaviy asoslari” nomli o`quv qo`llanmasida ham juda o`rinli fikr bildiriladi: “suverenitet davlatga xos tushuncha bolib, u bilan birga vujudga keladi. Suverenitet tarixiy hodisadir. Suverenitet mazmunini ijtimoiy-siyosiy va huquqiy munosabatlar tashkil qiladi 8 . Ushbu fikrning nega alohida keltirib o`tganimizni maqolamizning xorijiy tajriba va xulosa qismini o`qish orqali tushunib yetasiz. Shuningdek, suverenitet tushunchasining asosan 3 ta turi yuridik adabiyotlarda keltirib o`tiladi: - davlat suvereniteti; - xalq suvereniteti; - millat suvereniteti 9 . Davlat suvereniteti mazmunini yuqorida to`laligicha ochib berdik, biroq qolgan 2 suverenitet tushunchasining mazmuniga keladigan bo`lsak, bu mustaqillikning asosiy 6 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Тoshkent. «Adolat», 2018. 76-77 bet. 7 Núñez, Jorge. (2024). State Sovereignty: Concept and Conceptions. International Journal for the Semiotics of Law - Revue internationale de Sémiotique juridique. 37. 2131-2150. 10.1007/s11196-024-10170-y. 8 A., Yo'ldoshev, Sh., Asadov Davlat suverenitetining konstitutsiyaviy asoslari: o'quv qo'llanma / Azizjon Yo'ldoshev, Shavkat Asadov. - T.: TDYU nashriyoti, 2023. - 80 b. 9 Konstitutsiyaviy huquq; darslik/Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU nashriyoti, 2024. – 68-bet.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 579 g`oyasi – xalq o`z taqdirini mustaqil belgilash huquqiga ega bo`lishi bilan bog`liq hisoblanadi. Ya’ni ularda xalqning, millatning erki, xohish-irodasi ask etadi. Hozirgacha biz suverenitetning nazariy-huquqiy asoslarini tahlil qildik. Biroq milliy mustaqillikni chuqur anglab yetish uchun buning o`zi yetarli emas. Buning uchun ushbu g`oyani mustahkamlash uchun davlatimizda qanday islohotlar qilingani, qaysi hujjatlarda ushbu g`oyani ko`rishimiz mumkinlini ham tadqiq qilib chiqishimiz maqsadga muvofiq bo`ladi. Tarixdan bilamizki, O`zbekistonning mustaqilligiga tamal toshi qo`ygan hujjatlardan biri – Mustaqillik deklaratsiyasi. Ushbu deklaratsiya O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Sovetining 1990-yil 20-iyundagi ikkinchi sessiyasida qabul qilingan. O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qildi. davlat mustaqilligini respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligi sifatida mustahkamlab berdi 10 . Shuningdek, 1991-yil 31-avgust “O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqillik asoslari to`g`risida” gi qonun ham suverenitetimizning eng muhim huquqiy asoslaridan hisoblanadi. Ushbu qonun ikkita hujjat: Mustaqillik deklaratsiyasi va Davlat mustaqilligi to`g`risidagi Bayonot asosida Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan. Ushbu qonunga ko`ra mustaqillika oid quyidagi huquqlar belgilangan: 1) suverenitet va bevosita, vakillik idoralari bilan davlat hokimiyatini amalga oshirish; 2) milliydavlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash; 3) davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo`linmasligi; 4) Konstitutsiya va qonuni ustunligi, davlat hokimiyatini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga ajratish; 5) Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish va harbiy siyosatni amalga oshirish; 6) yer, yer osti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklariga egalik; 7) davlat mulki obyektlari davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining o`zga mol-mulki, ichki kommunikatsiya, transport, aloqa va energetika tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasiga egalik; 8) O`z mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Mulklarini shakllarini o`zgartirish; 9) oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi; 10) O‘zbekiston Respublikasi o‘z pul birligini joriy etish; 11) Mustaqil moliya va kredit siyosatini amalga oshiradi va soliq, yig`imlar joriy qilish; 12) chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari va boshqa aloqalar o‘rnatadi; 13) xalqaro iqtisodiy 10 https://lex.uz/docs/-185391 – Mustaqillik Deklaratsiyasi.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 580 munosabatlarning mustaqil subyekti va chet el investitsiyalariga oid masalalar; 14) o`z fuqaroligini joriy etish; 15) o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi; 16) hududiy butunlik va mustaqillik 11 . Ushbu huquqlarni bilish mustaqilligimiz tub mohiyatini anglashda juda katta ahamiyatga ega. Chunki bunda mustaqillikka oid huquqlarimizning eng asosiylari va keng tarkibi bayon etilgan. Ushbu huquqlar faqatgina davlat uchun emas, uning fuqarolari, butun millat uchun juda muhim hisoblanadi. Ayni hujjat naqadar muhim ekanligini unga konstitutsiyaviy maqom berilganidan ham bilish mumkin 12 . Amaldagi Konstitutsiyamizda ham davlatimiz suverenitetini mustahkamlab turuvchi bir qator normalar mavud 13 . Xususan: - 17-moddaga ko`ra O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyekti bo`la olish suverenitet tushunchasining eng muhim belgilaridan hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham bu norma Konstitutsiyamizning “Tashqi siyosat” bobida alohida belgilab qo`yilgan. Shu sababdan ham ayni modda milliy mustaqillik g`oyasining konstitutsiyaviy ifodasidir degan fikrdamiz. - 71-modda ko`ra Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, O‘zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga, aholining sog‘lig‘iga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi siyosiy partiyalarning, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek milliy va diniy belgilariga ko‘ra siyosiy partiyalarning, harbiylashtirilgan birlashmalarning tashkil etilishi va faoliyati taqiqlanadi. Ushbu norma orqali davlat suverenitetiga qarshi chiquvchi siyosiy partiyalarning tuzilishi Konstitutsiya darajasida taqiqlab qo`yilmoqda. - 109-modda 1-qism 1-bandi ko`ra O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti: fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining, O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafilidir, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi. Ushbu norma orqali Prezident Respublika suverenitetining kafili sifatida ko`rinishi namoyon bo`lmoqda. 11 https://lex.uz/docs/-127899 – “O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida” gi qonun 12 https://lex.uz/uz/docs/-139431 – “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga konstitutsiyaviy maqom berish haqida 13 https://lex.uz/docs/-6445145 – O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 581 152-moddaga ko`ra O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Bu normadan ko`rishimiz mumkinki, hattoki davlat xavfsizligi uchun eng markaziy ahamiyatga ega organ – Qurolli Kuchlar ham davlat suverenitetini himoya qilish uchun tuziladi. Yuqoridagi normalar orqali davlat suvereniteti va uning ahamiyati, uni himoya qilishning konstitutsiyaviy asoslarini ko`rishimiz mumkin. Albatta davlatimizda mustaqillikdan so`ng suverenitetimizni yanada mustahkamlash maqsadida xavfsizlik masalasiga ham jiddiy qaraldi. Jumladan, “O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to`g`risida”gi qonunning 2-moddasiga ko`ra Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalaridan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasining suverenitetini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish keltirib o`tilgan 14 . Bunda yana bir hujjat – Mudofaa doktrinasi ham e’tirof etishga loyiqdir. Ushbu hujjatning mustaqillikni, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni va konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida mustahkamlangan 15 . Mustaqillikni yanada mustahkamlashga oid islohotlardan 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Mustaqillik” ordenini ta’sis etish to`g`risida” gi qonunni ham keltirib o`tish maqsadga muvofiq. Ushbu orden nizomiga ko`ra “Mustaqillik” ordeni bilan O`zbekiston Respublikasining fuqarolari mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. “Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh karrasi miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar 16 . Bulardan tashqari Konstitutsiyamizning 4-5-6-moddalarida davlat tilimiz, davlat ramzlarimiz va poytaxtimizga egaligimiz yozilgan. Bunda bevosita suverenitet haqida gap bormasa-da, nazariy-mantiqiy jihatdan ushbu normalar suverenitet tushunchasini tashkil qiluvchilaridir. Buni ularning barchasi Konstitutsiyamizning 1-bobi – “Davlat suvereniteti” bobida mustahkamlanganidan ham anglab olishimiz mumkin. Konstitutsiya darajasida davlatimiz o`z tili, ramzlari va poytaxtiga egaligi millatimizga o`zgacha g`urur, o`zgacha mustaqillik tuyg`usini baxshida etadi. Qolaversa, SSSR davrida davlatmiz milliy qadriyatlari, an’anaviy bayramlarimiz nishonlanishi ham cheklanib, tarixiy ajdodlarimiz xotirasiga e’tibor qaratilmayotgan 14 https://lex.uz/acts/-3610935 – “O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to`g`risida”gi qonun 15 https://lex.uz/mact/-3495885 – Mudofaa doktrinasi 16 https://lex.uz/uz/docs/-107583 - “Mustaqillik” ordenini ta’sis etish to`g`risida” gi qonun
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 582 edi. Mustaqillikka erishish natijasida milliy bayramlarimizni tiklash va tarixiy xotiralarimzini abadiylashtirishda mutlaqo mustaqil bo`ldik. Xususan, O`zbekiston Prezidentining “Navro`z xalq bayramini o`tkazish yakunlari to`g`risida” gi 2-sonli farmoniga ko`ra har yili 21-mart umumxalq Navro`z bayrami kuni deb e’lon qilindi 17 . Yuqorida davlatimiz suverenitetining, milliy mustaqiligimizning qonunchilikdagi o`rni, uni himoya qilish va uni yanada mustahkamlash uchun davlatimiz tomonidan mustahkamlangan bir necha hujjatlar va ularning normalarini tahlil qilib o`tdik. XORIJIY TAJRIBA Hozirgacha milliy mustaqilligimizni yanada mustahkamlash uchun qonunchiligimizda bir qator normalar, islohotlar amalga oshirilgan bo`lsa-da, fikrimizcha bu yanada takomillashtirilishi zarur. Bunda turli xorijiy tajribalarni o`rganib chiqish maqsadga muvofiq bo`ladi deb o`ylaymiz. Irlandiya Konstitutsiyasi milliy mustaqillik g‘oyasini xalqning ajralmas huquqi sifatida mustahkamlab qo‘ygan. Konstitutsiyanign 1-moddasida quyidagicha norma mustahkamlangan: “Irlandiya xalqi o‘zining ajralmas, bekor qilib bo‘lmaydigan va suveren huquqini tasdiqlaydi. Bu huquq o‘z davlat boshqaruvi shaklini tanlash, boshqa millatlar bilan munosabatlarini belgilash hamda o‘zining iqtidor va an’analari asosida siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini rivojlantirish huquqidan iboratdir.” Mazkur norma Irlandiya xalqining o‘ziga xos milliy identiteti va tarixiy qadriyatlarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab, milliy mustaqillik g‘oyasini huquqiy asosga qo‘yadi. Shu orqali u suverenitet faqat xalq hokimiyati emas, balki milliy an’ana va qadriyatlar bilan chambarchas bog‘liq ekanini ko‘rsatadi 18 . Fransiya Konstitutsiyasida milliy mustaqillik g‘oyasi xalq suvereniteti va respublika tamoyili orqali huquqiy jihatdan mustahkamlangan. 1789-yilda qabul qilingan Inson va fuqarolarning huquqlari deklaratsiyasining 3-moddasida shunday norma mustahkamlangan: “Barcha suverenitetning manbai millatdadir. Hech qanday tashkilot, hech qanday shaxs millatdan kelib chiqmagan hokimiyatni amalga oshira olmaydi. 19 ” Ushbu tamoyil keyinchalik 1958-yilda qabul qilingan V Respublika Konstitutsiyasida yanada rivojlantirilgan. Konstitutsiyaning 1-moddasida Fransiya Respublikasi bo‘linmas, sekulyar, demokratik va ijtimoiy davlat sifatida e’lon qilinadi. 3-moddasida esa quyidagicha norma belgilangan: “Milliy suverenitet xalqnikidir. Xalq suverenitetni vakillik 17 https://lex.uz/uz/docs/-764801 – O`zbekiston Prezidentining “Navro`z xalq bayramini o`tkazish yakunlari to`g`risida” gi 2-sonli farmoniga ko`ra har yili 21-mart umumxalq Navro`z bayrami kuni deb e’lon qilindi 18 https://www.irishstatutebook.ie/eli/cons/en/html#part1 – Irlandiya Konstitutsiyasi 19 https://avalon.law.yale.edu/18th_century/rightsof.asp - Fransiya Inson va fuqarolarning huquqlari deklaratsiyasi