BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI TARBIYALASHDA XALQ MAQOLLARINING AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash jarayonida o‘zbek xalq maqollarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Maqollar orqali o‘quvchilarda axloqiy fazilatlar, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, rostgo’ylik va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqollarni dars jarayonida samarali qo‘llash usullari, ularning tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyati haqida fikrlar bayon etilgan.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Ernazarova Laylo Abdusaitovna Samarqand davlat pedadogika instituti assistenti FarDU mustaqil izlanuvchisi Aliqulova Dildora Sirojiddin qizi Samarqand davlat pedadogika instituti 2-bosqich talabasi BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI TARBIYALASHDA XALQ MAQOLLARINING AHAMIYATI Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash jarayonida o‘zbek xalq maqollarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Maqollar orqali o‘quvchilarda axloqiy fazilatlar, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, rostgo’ylik va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqollarni dars jarayonida samarali qo‘llash usullari, ularning tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyati haqida fikrlar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, xalq maqollari, tarbiya, axloqiy fazilatlar, ma’naviyat, o‘quvchi shaxsini shakllantirish, milliy qadriyatlar, ta’lim jarayoni o‘qituvchi mahorati, og‘zaki ijod namunalari. Аннотация: В данной статье освещаются роль и значение узбекских народных пословиц в процессе воспитания учащихся начальных классов. Проанализированы возможности формирования у учащихся посредством пословиц таких нравственных качеств, как трудолюбие, уважение к старшим, честность и чувство патриотизма. Также изложены соображения о методах эффективного применения пословиц в учебном процессе, их воспитательном и образовательном значении. Ключевые слова: начальное образование, народные пословицы, воспитание, нравственные качества, духовность, формирование личности учащегося, национальные ценности, учебный процесс, мастерство учителя, образцы устного народного творчества. Annotation: This article highlights the role and significance of Uzbek folk proverbs in the process of educating primary school students. The potential for forming in students such moral qualities as diligence, respect for elders, honesty, and a sense of patriotism through proverbs is analyzed. Furthermore, considerations on the methods of effective application of proverbs in the educational process, as well as their educational and didactic significance, are presented. Keywords: primary education, folk proverbs, upbringing (education), moral qualities, spirituality, formation of the student's personality, national values, educational process, teacher's mastery, samples of oral folk art.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Har bir xalqning manaviy boyligi,axloqiy qadriyatlari va tarbiyaviy tajribasi asrlar davomida xalq og‘zaki ijodi orqali avloddan avlodga o‘tib keladi. O‘zbek xalqining bebaho ma’naviy merosi bo‘lgan maqollar yosh avlodni ezgulikka, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, odob-axloqqa da’vat etuvchi hikmatli so‘zlardir. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf davri bolalarning dunyoqarashi, axloqiy qarashlari va shaxsiy fazilatlari, shakllanadigan eng muhim bosqich hisoblanadi. Shu bois bu davrda xalq maqollaridan tarbiyaviy vosita sifatida foydalanish O‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Boshlang’ich ta’lim bosqichi o‘quvchilarning tafakkuri, axloqiy qarashlari va ijtimoiy xulqatvorini shakllantirishda muhim davr hisoblanadi. Shu jarayonda xalq og‘zaki ijodi, xususan, maqollar tarbiyaviy vosita sifatida katta mazmunan chuqur bo‘lib, o‘zida hayotiy tajriba, xalq donoligi va axloqiy me’yorlarini mujassam etadi.Pedagogika fanida xalq ijodi namunalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish xalq pedagogikasi yo‘nalishida o‘rganiladi. Xalq pedagogikasi bolalarga xalqning urf-odatlari, qadriyatlari va milliy a’nanalarini singdirish orqali ularning ma’naviy dunyosini boyitadi. Shu bois maqollarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘rgatish ularning fikrlash doirasini kengaytiradi, nutq boyligini oshiradi va to‘g‘ri xulq shakllanishiga yordam beradi. Nazariy jihatdan olganda, maqollar – xalqning axloqiy kodeksi sifatida xizmat qiladi. Shunday qilib, xalq maqollari o‘quvchi shaxsining ma’naviy shakillanishida asosiy omillaridan biridir. Mazkur maqolani tayyorlash jarayonida xalq maqollarining tarbiyaviy xalq maqollarining tarbiyaviy ahamiyatini o’rganish hamda ularni boshlang‘ich ta’lim jarayonida tadbiq etish bo‘yicha ilmiy va amaliy yondashuvlardan foydalanildi. Tadqiqotda taqqoslash, tahlil qilish kuzatish, suhbat va pedagogik tajriba metodlari asos qabul qilb oladi. Metodologik asos sifatida A.Avloniyning, K.D.Ushinskiyning va Abdulla Avloniyning tarbiya haqidagi qarashlari hamda xalq pedagogikasi tamoyillari e’tiborga olindi. Ushbu yondashuvlar orqali maqollarning tarbiyaviy imkoniyatlarini ilmiy jihatdan asoslashga erishildi. O‘tkazilgan tahlillar natijasida va kuzatuvlar natijasida xalq maqollarining boshlang‘ich sinf o’quvchilarini tarbiyalashdagi o‘rni nihoyatda muhim ekanligi aniqlandi. Dars jarayonida maqollardan muntazam foydalanish o‘quvchilarda bir qator ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Axloqiy fazilatlarning shakllanishi: O‘quvchilarda rostgo’ylik, mehnatsevarlik, odob, kattalaga hurmat va kichiklarga mehr bilan munosabatda bo‘lish kabi sifatlar mustahkamlanadi. Mehnat – mehnatning tagi rohat. Mehnat qilib topganing – qand-u asal totganing. Milliy qadriyatlarga hurmat hissining ortishi: Maqollarni o‘rganish jarayonida bolalar o‘z xalqining urf-odatlari, qadriyatlari va hayotiy tajribasiga qiziqish bildira boshladilar. Natijalardan kelib chiqadiki, xalq maqollaridan to‘g‘ri foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini barkamol, ma’naviy yetuk va milliy qadriyatlarga sodiq shaxs sifatida tarbiyalashda muhim vositadir. Ustoz – otangdan ulug‘, Mehmon – atoyi Xudo. Otangga boshingni ham qil, Onangga gapingni kam qil. Bilim – baxt keltirar. Beshikdan to qabrgacha ilm izla kabi hikmatlarni keltirishimiz mumkin. Maqollarni o‘quvchilarga shunchaki yod oldirish emas, balki ularning ma’nosini tahlil qilish, hayotiy misollar bilan bog’lash muhimdir. Shunda bolalar har bir maqolning chuqur mazmunini his etadi va uni kundalik hayotda qo‘llay boshlaydi. Umuman olganda, xalq maqollarining
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL tarbiyaviy imkoniyatlarini keng bo‘lib,ularni zamonaviy talim jarayoniga uyg’unlashtirsh – yosh avlodni milliy ruhda, ezgu g‘oyalarga sodiq insonlar sifatida voyaga yetkazishda muhim omil hisoblanadi. Xalq maqollari – bu ajdodlar tajribasi,donishmandligi va hayotiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan bebaho ma’naviy merosdir. Ular orqali bolalar yaxshilik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, odob, hurmat, vatanparvarlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni o‘rganadilar. Vataning tinch – sen tinch, O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l kabi. Boshlang’ich sinf o‘quvchilari yosh jihatdan ta’sirchan va eslab qolishi yuqori bo‘lganligi uchun, dars jarayonida maqollardan foydalanish – ularnig ma’naviy-ahloqiy shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Maqollar bolalarning fikrlash doirasini kengaytiradi,nutq madaniyatini rivojlantiradi hamda hayotiy tajribaga boy qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Avloniy A. “Turkiy guliston yoxud axloq”. –Toshkent.:Ma’naviyat, 1982. 2. Karimov I. A. “Yuksak ma’naviyatyengilmas kuch”. –Toshkent.: Ma’naviyat, 2008. 3. Qodirova F. va boshqalar. Pedagogika. –Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019. 4. E.A.Begmatov, A.P.Madvaliyev. O‘zbek tilining imlo lug‘ati.–Toshkent.: Akademnashr. 2013. 5.Husanboyeva Q., Jamoldinova Sh., Hazratqulov M. Boshlang‘ich sinflarda adabiyot o‘qitish metodikasi. – Toshkent.: “Innovatsiya-Ziyo”, 2020. 6.Jumaboyev M.,Bolalar adabiyoti. – Toshkent.: “O‘qituvchi”, 2011. 7.Ernazarova L., Aliyeva M. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarini interfaol usullarda tashkil etish(maqola). Ilm-fan xabarnomasi. 2025, mart. 8.Husanboyeva Q. Adabiyot o‘qitish metodikasi va muammoli ta’lim. – Toshkent.: Innovatsiya-Ziyo, 2022. 9.Sh.K.Shayakubov.,R.X.Ayupov. “Interfaol ta’lim usullari”. – Toshkent.:“Tafakkur bo‘stoni”, 2012.