JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHILARINI IJTIMOIY- SHAXSIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIKANIG О'ZIGA XOS XUSSIYATLARI
Abstract
maqolada jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va ijtimoiy- shaxsiy kompetentlikni rivojlantirishning ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi ahamiyati tadqiq qilingan. Unda xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilgan. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy asoslangan.
Full text
RESEARCH FOCUS | VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 ISSN: 2181-3833 ResearchBip (15.22) | Google Scholar | Index Copernicus (ICV 80.58) Research Focus International Scientific Journal, Uzbekistan https://refocus. uz/ JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINI IJTIMOIYSHAXSIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIKANIG О‘ZIGA XOS XUSSIYATLARI Mirzayev Saidmaxmud Namangan davlat universiteti Jismoniy tarbiya va amaliy sport turlari kafedrasi b.f.n dotsent Е-mail: MirzayevS @gmail.com https://doi. org/10. 5281/zenodo.17517040 Annotatsiya: maqolada jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va ijtimoiyshaxsiy kompetentlikni rivojlantirishning ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi ahamiyati tadqiq qilingan. Unda xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilgan. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy asoslangan. Kalit sо‘zlar: ijtimoiyshaxsiy kompetentlikni rivojlanish, o‘zini o‘zi rivojlantirish, uzluksiz malaka oshirish, kasbiy ehtiyoj, “hayot davomida o‘qish” tamoyili. НАУЧНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ РАЗВИТИЯ СОЦИАЛЬНОЛИЧНОСТНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ УЧИТЕЛЕЙ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ Мирзаев Саидмахмуд Наманганский государственный университет, кафедра физического воспитания и прикладных видов спорта, к.э.н., доцент. Е-mail: MirzayevS @gmail.com Аннотация: в статье рассматривается актуальность совершенствования методической подготовки учителей физической культуры и развития социальноличностной компетентности как научно-педагогической проблемы. Обобщены взгляды зарубежных и отечественных исследователей. Научно обоснованы принципы и теоретикопедагогические аспекты профессионального развития учителей физической культуры. Ключевые слова: развитие социально-личностной компетентности, саморазвитие, непрерывное профессиональное развитие, профессиональные потребности, принцип «обучения в течение всей жизни». SCIENTIFIC-PEDAGOGICAL CHARACTERISTICS OF DEVELOPING SOCIALPERSONAL COMPETENCES OF PHYSICAL EDUCATION TEACHERS Mirzayev Saidmakhmud Namangan State University, Department of Physical Education and Applied Sports, Ph.D. associate professor e-mail: MirzayevS @gmail.com Abstract: the article examines the importance of improving the methodological training of physical education teachers and developing socio-personal competence as a scientific and pedagogical problem. It summarizes the views of foreign and domestic researchers. The principles, theoretical and pedagogical aspects of the professional development of physical education teachers are scientifically based. Keywords: evelopment of socio-personal competence, self-development, continuous professional development, professional needs, the principle of “lifelong learning”.
RESEARCH FOCUS | VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 ISSN: 2181-3833 ResearchBip (15.22) | Google Scholar | Index Copernicus (ICV 80.58) Research Focus International Scientific Journal, Uzbekistan https://refocus. uz/ ISHNING DOLZARBLIGI Hozirgi kunda Respublikamiz mustaqil davlat sifatida demokratik jamiyat qurish, dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ekan, bu xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi oldiga ham muayyan vazifalar qo‘yadi. Mazkur vazifalar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish bilan belgilanadi. O‘qituvchilarning ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish ularning kasbiy faoliyatga doir bilimlar, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi asosiy kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi. Bu esa o‘z navbatida, o‘qituvchining o‘z fanini o‘qitishga doir bilimlarni mukammal bilishi va harakatga keltirishi, ta’lim jarayonini loyihalash, tashkil qilish va baholash uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni egallashi, shuningdek, o‘qitish va tarbiyalash jarayonini ta’lim sohasidagi innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida intensiv tashkil etish, uzluksiz va tizimli o‘z-o‘zini rivojlantirishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davrlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni va mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil 6 noyabrda qabul qilingan “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son qarorda mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining ijtimoiyshaxsiy kompetentlikni rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Bilimga asoslangan iqtisodiyot ta’lim va kasbiy tayyorgarlikning yangi modellarini talab qiladi. Bunda davriy malaka oshirishdan farqli ravishda ijtimoiy va iqtisodiy muvofiqlik imkoniyatiga ega bo‘lgan “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining malakasini oshirish tizimida metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirishning ko‘p jihatdan nazariy yoritilishiga qaramay, jamiyat, fan va ta’limning yangi yo‘nalishlari o‘qituvchini innovatsion metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirish zaruriyatini kuchaytiradi. Shundan kelib chiqib, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirish muammosini ilmiy jihatdan tahlil qilish natijasida quyidagi qarama-qarshiliklar mavjudligi aniqlandi: • zamonaviy ta’limni innovatsion jarayonlarga yo‘naltirish va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining innovatsion o‘quv jarayonini amalga oshirishga doir nazariy va uslubiy tayyorgarligi o‘rtasida; • jismoniy tarbiya o‘qituvchisini uzluksiz kasbiy rivojlantirish zarurati va mavjud holatda bu jarayonga ilmiy-metodik yondashuvlar yetarli darajada rivojlanmaganligi o‘rtasida; • o‘qitishning an'anaviy bilimga asoslangan yondashuvi va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirishda
RESEARCH FOCUS | VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 ISSN: 2181-3833 ResearchBip (15.22) | Google Scholar | Index Copernicus (ICV 80.58) Research Focus International Scientific Journal, Uzbekistan https://refocus. uz/ kompetentlikka asoslangan, faol va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni talab qiladigan ta’limdagi zamonaviy innovatsion tendensiyalar o‘rtasida; • o‘qituvchilarning innovatsion metodik tayyorgarligi sifatini oshirish zaruriyati va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish uchun rivojlantiruvchi texnologiyalar va mexanizmni resursli qo‘llab-quvvatlashning yetishmasligi o‘rtasida. Yuqorida qayd etilgan obyektiv va subyektiv ziddiyatlar pedagogik hodisaning mohiyatini - jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish uchun pedagogik shart-sharoitlarni aniqlashdan iborat bo‘lgan tadqiqot muammosini faollashtiradi. Mavzuga doir ilmiy adabiyotlar va mavjud holat tahlilidan ko‘rinadiki, quyidagilar o‘qituvchining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, o‘zini o‘zi tahlil qilish va baholash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, uzluksiz malaka oshirish zaruratini keltirib chiqaradi: • ta’lim sohasida xalqaro tajribalar va qiyosiy tahlil natijalari; • zamonaviy texnologiyalarning takomillashuvi; • jamiyat ehtiyoji hamda ta’limga bo‘lgan talabning o‘sishi; • jamiyat ehtiyoji va talablari asosida o‘qituvchi rolining o‘zgarishi; • DTS va o‘quv dasturlarining optimallashtirilishi. Ilmiy muammoning qo‘yilishi. Jamiyatdagi globallashuvning keskin o‘sib borishi, jahon miqyosida ta’lim tizimidagi islohotlar mazkur jarayonning faol ishtirokchisi va amaliyotga tatbiq etuvchi bo‘lgan o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish, kasbiy rivojlantirishni talab etadi. XULOSA Buning uchun esa, dunyo ilm-fanida o‘qituvchi kompetensiyasini shakllantirish, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish orqali ularni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha pedagog va uslubchi olimlar tomonidan olg‘a surilgan ilmiy-nazariy qarashlarni o‘rganish lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Salomov R. S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. T., 2015 y. (Darslik). 2. Tulеnova X. va boshqa. Umumta’lim maktablarida darsdan tashqari tadbirlarning xususiyatlari. //Pеdagogik ta’lim. T.: 2005 № 4. 79-80 b. 3. Usmonxo‘jaеv T. Raximov M. Abdiеv A. O‘zbеk xalq o‘yinlari kasb xunar kollеjlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkеnt 2004 y. 4. Xaydarov B., Nuriddinov B., Rasulov A. Ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. Sеminar Toshkеnt 2002 y. 5. Xonkеldiеv X.Sh., Mo‘minov B.N. O‘quvchi yoshlar va talabalarning sport tayyorgarligi. Farg‘ona 2006 y. 6. Тo‘ychiyev.Т.S Kо‘zi ojiz va zaif kо‘ruvchi para dzyudochilarning texnik-taktik usul о‘zining maxsus jismoniy tayyorgarligi. Namangan davlat unversiteti 1. iimiy axborotnomasi . 2024. 3-son., 1166-1172 -betlar 7. Maxkamjonov K. M. Qizlar jismoniy tarbiyasi. // Pеdagogik ta’lim. T.; 2007, № 2, 73-74 bеtlar 8. Salomov R. S., Ro‘zioxunova M. M. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. T., 1995. 102 b. (Mеtodik qo‘llanma