TOVAR BELGILARINING HUQUQIY MUHOFAZASI VA IQTISODIY SUDLAR AMALIYOTIDAGI O'ZIGA XOS JIHATLAR
Abstract
Maqolada tovar belgilarining huquqiy tabiatiga, ularni himoya qilishning milliy va xalqaro mexanizmlariga hamda iqtisodiy sudlar amaliyotidagi o‘ziga xos jihatlariga bag‘ishlangan. Muallif tomonidan tovar belgilari huquqining rivojlanish tendensiyalari, ularning buzilishi holatlarida yuzaga keladigan huquqiy oqibatlar, shuningdek, ularni himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Xalqaro hujjatlar, jumladan TRIPS bitimi, Parij konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida tahlil olib borilgan.
Full text
50 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 TOVAR BELGILARINING HUQUQIY MUHOFAZASI VA IQTISODIY SUDLAR AMALIYOTIDAGI O‘ZIGA XOS JIHATLAR Shodmonov Davron Mamatmurod o’g’li Toshkent, Oʻzbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17517472 Annotatsiya. Maqolada tovar belgilarining huquqiy tabiatiga, ularni himoya qilishning milliy va xalqaro mexanizmlariga hamda iqtisodiy sudlar amaliyotidagi o‘ziga xos jihatlariga bag‘ishlangan. Muallif tomonidan tovar belgilari huquqining rivojlanish tendensiyalari, ularning buzilishi holatlarida yuzaga keladigan huquqiy oqibatlar, shuningdek, ularni himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Xalqaro hujjatlar, jumladan TRIPS bitimi, Parij konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida tahlil olib borilgan. Kalit so‘zlar: tovar belgisi, intellektual mulk, iqtisodiy sud, huquqiy himoya, TRIPS bitimi, firmaning nomi, domen nomi, fuqarolik-huquqiy javobgarlik. LEGAL SAFEGUARDS OF TRADEMARKS AND THE PECULIARITIES OF ECONOMIC COURT PRACTICE Annotation. This article explores the legal nature of trademarks, mechanisms of their protection under national and international law, and the peculiarities of their consideration by economic courts. The author analyzes trends in the development of trademark rights, the legal consequences of their violations, and provides recommendations for improving the system of protection. The study is based on international documents such as the TRIPS Agreement, the Paris Convention, and the current legislation of the Republic of Uzbekistan. Keywords: trademark, intellectual property, economic court, legal protection, TRIPS Agreement, company name, domain name, civil liability. ПРАВОВАЯ ЗАЩИТА ТОВАРНЫХ ЗНАКОВ И ОСОБЕННОСТИ СУДЕБНОЙ ПРАКТИКИ ЭКОНОМИЧЕСКИХ СУДОВ Аннотация. В статье рассматривается правовая природа товарных знаков, механизмы их защиты в национальном и международном праве, а также особенности рассмотрения споров экономическими судами. Автор анализирует тенденции развития института товарных знаков, правовые последствия их нарушения и выдвигает предложения по совершенствованию правовой защиты. Исследование основано на международных документах — Соглашении ТРИПС, Парижской конвенции и действующем законодательстве Республики Узбекистан. Ключевые слова: товарный знак, интеллектуальная собственность, экономический суд, правовая защита, соглашение ТРИПС, фирменное наименование, доменное имя, гражданско-правовая ответственность. Kirish So‘nggi yillarda innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va intellektual mulk institutining jadal rivojlanishi bilan birga, tovar belgilari va ularning huquqiy himoyasi masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jahon iqtisodiyotida tovar belgisi nafaqat ishlab chiqaruvchining tovarini ajratib turuvchi belgi, balki kompaniyaning obro‘si va bozordagi ishonchliligi ramziga aylangan. Bugungi global raqobat sharoitida tovar belgilarini noqonuniy ishlatish, soxtalashtirish yoki o‘xshash belgilarni ruxsatsiz ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari ortib bormoqda.
51 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Jahon miqyosida kontrafakt mahsulotlar savdosi umumiy tovar aylanmasining qariyb 2,5 foizini, ya’ni 460 milliard AQSh dollarini tashkil etayotgani bunga yaqqol misoldir 1 . O‘zbekiston ham intellektual mulk himoyasi sohasida xalqaro standartlarga yaqinlashmoqda. Davlat tomonidan qabul qilingan qator qaror va farmonlarda, jumladan 2019yil 8-fevraldagi PQ–4168-sonli, 2021-yil 28-yanvardagi PQ–4965-sonli hamda 2022-yil 26apreldagi PQ–221-sonli qarorlarda intellektual mulkni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish choralari belgilangan 2 . Shu asosda tovar belgilarini himoya qilish mexanizmlari, ularning buzilishi holatlarida javobgarlikni kuchaytirish va sud amaliyotini yagona tizimga solish bo‘yicha muhim qadamlar tashlanmoqda. Iqtisodiy sudlar amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda intellektual mulk bilan bog‘liq ishlarning aksariyati aynan tovar belgilariga oid nizolar bilan bog‘liq. Bu holat tovar belgilarining iqtisodiy muomaladagi o‘rni va ahamiyati oshib borayotganini ko‘rsatadi. Shu bois ularni samarali himoya qilish, sud amaliyotini takomillashtirish va xalqaro tajribani milliy qonunchilikka uyg‘unlashtirish zarurati mavjud. Maqolaning maqsadi — tovar belgilarining huquqiy muhofazasi tizimini tahlil qilish, iqtisodiy sudlar amaliyotidagi o‘ziga xos jihatlarni aniqlash hamda ularni xalqaro standartlarga mos takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdir. Maqolaning vazifasi sifatida quyidagilar belgilab olindi: 1. Tovar belgilarining huquqiy tabiatini va ularning iqtisodiy muomaladagi o‘rnini o‘rganish; 2. O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro huquq normalarini solishtirib tahlil qilish; 3. Iqtisodiy sudlar amaliyotida tovar belgilariga oid nizolarni ko‘rib chiqish xususiyatlarini ochib berish; 4. Domen nomlari va firma nomlari bilan bog‘liq kolliziyalarni tahlil qilish; 5. Tovar belgilarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Maqolaning predmeti sifatida tovar belgilarining huquqiy muhofazasi sohasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar, xususan, iqtisodiy sudlarda ko‘rib chiqiladigan intellektual mulkka oid nizolar belgilan olindi va obyekt esa, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, xalqaro shartnomalar (TRIPS bitimi, Parij konvensiyasi va boshqalar), shuningdek, iqtisodiy sudlarning tovar belgilari bo‘yicha qarorlar chiqarish amaliyotidir. Mazkur maqola natijasida tovar belgilarining huquqiy muhofazasiga oid milliy va xalqaro huquq normalarining o‘zaro uyg‘unligi, ularni amaliyotda qo‘llashdagi muammolar hamda iqtisodiy sudlar tomonidan bunday nizolarni ko‘rib chiqish jarayonida uchraydigan asosiy kamchiliklar aniqlanadi. Tahlillar asosida tovar belgilari huquqini himoya qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish, raqamli iqtisodiyot sharoitida domen nomlari va firma belgilarini tartibga solish, shuningdek sud qarorlarining birxilligi va prognoz qilinadiganligini ta’minlashga doir takliflar ishlab chiqiladi. Maqola natijalaridan kutilishicha amaliy va nazariy jihatdan foydali bo‘lib, iqtisodiy sudlar amaliyotini takomillashtirish, intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish hamda tovar belgilarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi. 1 Europol. Counterfeiting and Product Piracy Report. — URL: [https://www.europol.europa.eu](https://www.europol.europa.eu) 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4168, PQ–4965, PQ–221-sonli qarorlari. — [https://lex.uz](https://lex.uz)
52 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Shu orqali milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, adolatli raqobat muhitini mustahkamlash va intellektual mulk egalari manfaatlarini yanada samarali himoya qilish imkoniyati yaratiladi. Asosiy qism Tovar belgilarining huquqiy mohiyati va ularning turlari O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining huquqiy asoslari “Tovar belgilar, xizmat ko‘rsatish belgilar va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi 3 . Mazkur qonunga ko‘ra, tovar belgisi — bu bir yuridik yoki jismoniy shaxs tovarlarini boshqa shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgi hisoblanadi. Tovar belgilarining asosiy funksiyalari — farqlash (identifikatsiya), axborot uzatish va reklamadir. Ular nafaqat tovarning kelib chiqishini ko‘rsatadi, balki iste’molchida sifati haqida ishonch hosil qilish imkonini beradi. Shu bois, zamonaviy bozor iqtisodiyotida tovar belgisi ishlab chiqaruvchining intellektual mulki sifatida strategik ahamiyatga ega. Tovar belgilarining huquqiy himoyasi ularning mutlaq huquq sifatidagi maqomini belgilaydi. Ya’ni, tovar belgisi egasi o‘z belgisidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yagona shaxs bo‘lib, boshqalarning uni ruxsatsiz ishlatishini taqiqlash huquqiga ham egadir. Shu sababli, tovar belgisi huquqi “man etuvchi huquq” (negative right) deb ataladi. Tovar belgilarini ularning shakli va ifoda usuliga ko‘ra sо‘zli, tasviriy, hajmli, kombinatsion, ovozli va hatto hidli belgilar shaklida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. So‘nggi yillarda elektron savdo va raqamli marketing rivoji bilan noan’anaviy tovar belgilar — masalan, tovush, rang, hid yoki harakat belgilari ham paydo bo‘lmoqda. Xorijiy amaliyotda, masalan AQSh, Germaniya va Koreyada ovozli belgilar to‘liq himoyaga ega bo‘lsa, Yaponiya va Xitoy qonunchiligida ular hali ham to‘liq tan olinmagan 4 . Bunday holat xalqaro muvofiqlashtirish zaruratini ko‘rsatadi. Tovar belgisiga huquqning vujudga kelishi va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasida tovar belgisi huquqi faqat u Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng yuzaga keladi. Bu jarayon “Intellektual mulk markazi” tomonidan o‘tkaziladigan davlat ekspertizasi orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida belgining yagona egasi aniqlanadi, belgi farqlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak hamda umumfoydalanishdagi belgilar (masalan, “non”, “suv”, “super”) himoya obyektiga kiritilmaydi. Bundan tashqari, davlat ramzlari, diniy belgilar, axloqqa zid tasvirlar yoki iste’molchida chalg‘ituvchi ma’lumotlar beruvchi belgilar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi 5 . Ro‘yxatdan o‘tgan tovar belgisi egasiga 10 yil muddatga huquq beriladi, bu muddat keyinchalik cheksiz ravishda uzaytirilishi mumkin. Shu tariqa, tovar belgisi egasi o‘z mulkini uzoq muddatli tijorat aktiviga aylantirish imkoniga ega bo‘ladi. Iqtisodiy sudlarda tovar belgilari bo‘yicha nizolarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos jihatlari 3 “Tovar belgilar, xizmat ko‘rsatish belgilar va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonun. — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2022 4 Deorsola A. B. et al. Intellectual property and trademark legal framework in BRICS countries: A comparative study. — World Patent Information, 2017 5 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. — T.: Adolat nashriyoti, 2015
53 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilari bilan bog‘liq nizolar, odatda, iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Chunki bunday nizolar, odatda, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida kelib chiqadi va iqtisodiy faoliyat bilan bevosita bog‘liqdir. Iqtisodiy sudlar bu turdagi ishlarni ko‘rishda Fuqarolik kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeks, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilar va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23iyundagi 19-son “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida” qarori asosida ish yuritadi 6 . Sud amaliyotida ko‘p uchraydigan nizolarning asosiy turlari: Tovar belgisi huquqining buzilishi (masalan, o‘xshash belgidan ruxsatsiz foydalanish); Tovar belgisining haqiqiy emas deb topilishi; Tovar belgisi uchun berilgan guvohnomaning amal qilishini muddatidan oldin bekor qilish; Tovar belgisi, firma nomi yoki domen nomi o‘rtasidagi o‘xshashlikdan kelib chiqqan nizolar. Sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlarning murakkabligi shundaki, tovar belgisi nafaqat huquqiy, balki iqtisodiy ahamiyatga ham ega. Shuning uchun, har bir holatda belgining o‘ziga xoslik darajasi, iste’molchida chalg‘itish xavfi, hamda noqonuniy foydalanishdan ko‘rilgan zararning miqdori alohida baholanadi. Masalan, iqtisodiy sud amaliyotida "Samsung" nomidan o‘xshash belgidan foydalanish holatida sud belgilarning fonetik va vizual o‘xshashligini, tovarlar bir turkumga mansubligini, shuningdek iste’molchining chalkashib qolish ehtimolini baholab, da’vogarning foydasiga qaror chiqargan. Bu kabi yondashuvlar xalqaro amaliyot — xususan, Yevropa Ittifoqi va AQSh sudlari amaliyotida ham qo‘llaniladi 7 . O‘zbekiston iqtisodiy sudlari endilikda TRIPS bitimi va Parij konvensiyasida belgilangan prinsiplarga tayangan holda, huquqbuzarlik holatlarida fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralarini qo‘llamoqda. Bunga, birinchi navbatda, zararlarni undirish, noqonuniy foydalangan mahsulotlarni muomaladan chiqarish, shuningdek, huquqbuzar faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorlar kiradi. Tovar belgisi, firma nomi va domen nomi o‘rtasidagi kolliziyalar Raqamli texnologiyalar rivoji natijasida tovar belgilari nafaqat an’anaviy bozor, balki internet muhitida ham faol foydalanilmoqda. Shu sababli, ko‘plab nizolar aynan domen nomlari va firma nomlari bilan bog‘liq holda yuzaga chiqmoqda. Masalan, bir kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan tovar belgisiga ega bo‘lsa, boshqasi o‘xshash nom bilan domen yaratishi orqali iste’molchini chalg‘itadi yoki o‘z foydasiga foydalanadi. Bunday harakatlar “nohalol raqobat” sifatida baholanadi va sud tomonidan tovar belgisi egasining huquqlarini buzish deb topiladi 8 . O‘zbekiston qonunchiligida bu borada huquqiy bo‘shliqlar asta-sekin to‘ldirilmoqda. 2023-yilda qabul qilingan yangi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunda, domen nomlaridan noqonuniy foydalanish ham raqobatni cheklovchi holat sifatida baholanishi mumkinligi belgilandi. Biroq amaliyotda domen nomlarini tartibga solish masalasi hanuz to‘liq shakllanmagan. 6 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 19-son qarori 7 Heath D., Mace C. The strategic effects of trademark protection. — The Review of Financial Studies, 2020 8 Rahmonqulov X.A., Zokirov I.B. *Intellektual mulk huquqi asoslari*. — T.: TDYI nashriyoti, 2021
54 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Shu sababli, ko‘plab nizolar xalqaro arbitraj yoki ICANN (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers) doirasida hal etilmoqda. Shu jihatdan, O‘zbekiston uchun domen nomlari va tovar belgilarini muvofiqlashtiruvchi maxsus milliy mexanizm yaratish zarur. Huquqni himoya qilish mexanizmlari va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar Tovar belgilarining buzilishi holatlarida huquqni himoya qilish bir nechta yo‘nalishda amalga oshiriladi: - Fuqarolik-huquqiy himoya (zararni undirish, noqonuniy mahsulotni muomaladan chiqarish); - Ma’muriy javobgarlik (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi asosida); - Jinoiy javobgarlik (JKning 189-moddasida “nohalol raqobat” uchun javobgarlik). Shunga qaramay, amaliyotda ushbu choralar har doim ham samarali emas. Sababi — kontrafakt tovarlar asosan kichik korxonalar yoki noqonuniy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tarqatiladi, bu esa ularni aniqlash va javobgarlikka tortishni qiyinlashtiradi. Sohani rivojlantirish va kamchiliklarni baratraf etish uchun quyidagi takliflar va o’zgartirishlarni joriy etish maqsadga muvofiq hisoblaandi: 1. Tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va nazorat qilish tizimida raqamli monitoring mexanizmlarini joriy etish; 2. Intellektual mulk bilan bog‘liq ishlarni ko‘radigan maxsus sud bo‘limlarini tashkil etish; 3. Fuqarolik kodeksiga “iste’molchining chalg‘itilishi” mezonini aniq belgilovchi norma kiritish; 4. Domen nomlari ustidan nizolarni hal qilish uchun milliy arbitraj markazi tuzish; 5. Intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, xususan, Yevropa patent idoralari bilan o‘zaro tan olish tizimini joriy etish. Mazkur takliflar xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni amalga oshirish orqali tovar belgilari himoyasining samaradorligini oshirish, iqtisodiy sudlarda nizolarni ko‘rib chiqish sifatini yaxshilash mumkin. Xulosa Tovar belgilarining huquqiy muhofazasi har qanday davlatning innovatsion rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ular faqat korxona yoki mahsulot belgisi emas, balki iqtisodiy barqarorlik, investitsion joziba va raqobatbardoshlikning ramzidir. O‘zbekiston so‘nggi yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos qonunchilik bazasini yaratish yo‘lida sezilarli natijalarga erishdi. Ammo amaliyotda hali ham bir qator muammolar, jumladan domen nomlari, tovar belgilarining o‘xshashligi va ularning buzilishi holatlarida javobgarlikning muvofiqlashtirilmaganligi mavjud. Shu bois, iqtisodiy sudlar uchun yagona me’yoriy yo‘riqnoma ishlab chiqish, intellektual mulk sohasida maxsus malakali sudyalar korpusini shakllantirish va xalqaro sud amaliyotini joriy etish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Tovar belgilarining samarali himoyasi — bu faqat huquqiy mexanizm emas, balki mamlakat iqtisodiyotini raqobatbardosh va innovatsion qilishga xizmat qiladigan strategik omildir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Europol. “Counterfeiting and Product Piracy Report”. — URL: https://www.europol.europa.eu
55 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4168, PQ–4965, PQ–221-sonli qarorlari. — https://lex.uz 3. “Tovar belgilar, xizmat ko‘rsatish belgilar va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonun. — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2022. 4. Deorsola A. B. et al. “Intellectual property and trademark legal framework in BRICS countries: A comparative study”. — “World Patent Information”, 2017. 5. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. — T.: Adolat nashriyoti, 2015. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 19-son qarori. 7. Heath D., Mace C. “The strategic effects of trademark protection”. — “The Review of Financial Studies”, 2020. 8. Rahmonqulov X.A., Zokirov I.B. “Intellektual mulk huquqi asoslari”. — T.: TDYI nashriyoti, 2021. 9. Paris Convention for the Protection of Industrial Property, 1883. — WIPO. Foydalanilgan saytlar ro‘yxati 10. https://lex.uz 11. https://www.europol.europa.eu 12. https://www.wipo.int/portal/en/