Full text
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 09.2025 № VOLUME–3, ISSUE 3 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 18 YER POLOTNOSI ASOSIY MAYDONI GRUNTLARINI GEOSINTETIK MATERIALLARNI QO‘LLAGAN HOLDA KUCHAYTIRISH SAMARADORLIGINI TEXNIKIQTISODIY BAHOLASH Lesov Kuvandik Saginovich Toshkent davlat transport universiteti t.f.n.professor Mirzaxidova Ozoda Miarbullayevna Toshkent davlat transport universiteti tayanch doktoranti Annotasiya Mazkur ilmiy ishda rels tutashuvi zonalarida gruntning deformatsiyaviy xususiyatlarini yaxshilash maqsadida geosintetik materiallar - geotekstil va yassi geopanjaralardan foydalanishning konstruktiv va iqtisodiy samaradorligi kompleks tahlil qilindi. Grafik va jadval ma‘lumotlari asosida nisbiy deformatsiyaning 0,015–0,018 gacha kamayishi, struktura mustahkamlik koeffitsiyentining 1,2–1,5 darajasigacha oshishi aniqlanib, bu ko‗rsatkichlar tezyurar harakat mezonlariga muvofiqligi tasdiqlandi. Kapital xarajatlar tuzilmasi va ta‘mirlashlararo muddatlarning uzayishi hisobga olingan holda, sof diskontlangan daromad mezoni asosida yillik iqtisodiy samaradorlik baholandi. Tadqiqot natijalari grunt holatini mahalliy kuchaytirish orqali yo‗l konstruksiyasi barqarorligini oshirish va ekspluatatsion xarajatlarni optimallashtirish imkonini ko‗rsatadi. Kalit so’zlar:geosintetik materiallar, geotekstil, geopanjaralar, rels choklari zonasi, grunt deformatsiyasi, mustahkamlik koeffitsiyenti, mahalliy kuchaytirish, kapital xarajatlar, sof diskontlangan daromad, texnologik ―darcha‖, ekspluatatsion samaradorlik. 1. Kirish "O‗zbekiston temir yo‗llari" AJ tomonidan olib borilgan kuzatuvlar shuni ko‗rsatadiki, temir yo‗l liniyalari yer polotnosining mustahkamligi va suv o‗tkazmaslik xususiyatlariga qo‗yiladigan talablar tabiiy-iqlim sharoitlari ta‘sirida sezilarli darajada ortadi. Xususan, haroratning keskin o‗zgarishi, arid iqlim, ko‗chma qumlar va sho‗rxok gruntlar mavjudligi konstruktiv yechimlarni takomillashtirish zaruratini yuzaga keltiradi.O‗tkazilgan mahalliy tadqiqotlar va xalqaro amaliyot bilan taqqoslash asosida yer polotnosi asosiy maydonini kuchaytirish bo‗yicha muhandislik tavsiyalari ishlab chiqildi. Quyida texnologiyalarni joriy etish bo‗yicha asosiy yo‗nalishlar keltirilgan:[1-2] Asosni tayyorlash va materiallarni joylashtirish - Loyiha profili va qiyaliklariga qat‘iy rioya qilish - Issiqlik izolyatsiyalovchi plitalar va geosintetik elementlarning germetik birikmasini ta‘minlash - Zichlash tekisligi va zichlik darajasini nazorat qilish Ballast sifati - Ballastni ifloslantiruvchi zarrachalardan me‘yoriy darajagacha tozalash; - Shag‗al tozalash mashinalarida himoya ekranlaridan foydalanish; - Ifloslanish darajasini laboratoriya usulida nazorat qilish. Drenaj tizimlari - Polimer quvurlar va kompozit lotoklar asosida suv chiqarish tizimlarini modernizatsiya qilish; - Ko‗ndalang nishablikni loyihaviy darajada tashkil etish; - Nam joylarni mahalliy barqarorlashtirish uchun geomatlardan foydalanish. Choklar va o‘tish zonalarini kuchaytirish
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 09.2025 № VOLUME–3, ISSUE 3 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 19 - Uloqsiz yo‗l pletlarining uzaytirilgan qo‗llanilishi; - O‗zgaruvchan bikirlikka ega zonalarni tashkil etish; - Cho‗kishdan keyingi tekislikni to‗g‗rilash. Holat monitoringi - Avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida iz geometriyasini muntazam nazorat qilish; - Yuklama sinovlarini o‗tkazish; - Yer polotnosining ustuvorligi bo‗yicha raqamli ma‘lumotlar bazasini shakllantirish. 2. Tadqiqot usullari Xalqaro tajriba va mahalliy tahlillar shuni ko‗rsatadiki, geosintetik va issiqlik izolyatsiyalovchi materiallardan tizimli foydalanish, sifat nazorati va asos tayyorlashning yuqori standartlari bilan birgalikda O‗zbekistonda yer polotnosi ustuvorligini sezilarli darajada oshiradi. Kutilayotgan natijalar: - Yo‗l va yer polotnosining xizmat muddatini 15–20% ga uzaytirisi; - Joriy ta‘mirlash xarajatlarini 20–25% ga qisqartirish; - Kapital qo‗yilmalarni sezilarli oshirmasdan, 160 km/soatgacha tezlikda harakatlanish uchun yo‗l ustuvorligini ta‘minlash. Muvaffaqiyatning muhim omili sifat nazoratining kompleks tizimini ishlab chiqish va joriy etishdir. Bu tizim yashirin ishlarni qayd etish, diagnostika vagonlaridan foydalanish hamda ballast holatini muntazam kuzatishni o‗z ichiga oladi [3-8] . Temir yo‗lni ta‘mirlash va rekonstruksiya qilishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish samaradorligini baholashda muhandislik-texnik mezonlar bilan bir qatorda iqtisodiy ko‗rsatkichlar ham hisobga olinishi lozim.[10] Yer polotnosi asosiy maydonini kuchaytirishda geosintetik materiallar - geotekstil va yassi geopanjaralardan foydalanish kapital xarajatlar va ekspluatatsiya foydasining optimal nisbatiga erishish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, O‗zbekiston Respublikasi magistral yo‗llarini 160–200 km/soatgacha tezlikdagi poyezdlar harakatiga bosqichma-bosqich o‗tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.[3-8] 3. Natijalar Hisob-kitoblarda quyidagi omillar inobatga olindi: yer polotnosi va ballast qatlamining ta‘mirlashlararo muddatlari an‘anaviy yechimlarga nisbatan 15–25% ga uzaytiriladi; joriy saqlash xarajatlari 20–30% ga kamayadi; shag‗al va yer ishlari hajmi qisqaradi; koleya barqarorligi 200 km/soatgacha tezlikda harakatlanish imkonini beradi, bu esa ishonchlilik va xavfsizlikni oshiradi; texnologik ―darchalar‖ qisqaradi va harakatlanuvchi tarkibning turib qolish omillari kamayadi. Miqdoriy baholashda sof diskontlangan daromad (SDD) ko‗rsatkichi asosiy mezon sifatida qo‗llanildi. ∑ ( ) Baholashda sof diskontlangan daromad (SDD) ko‗rsatkichi quyidagi parametrlar asosida hisoblandi: yillik tejash - Et, umumiy xarajatlar - Ct, diskontlash stavkasi - r, tahlil davri - T. Yer polotnosi yuqori qismining ishchi zonasi (chuqurligi 1,2-1,5 m) 25 t/o‗q gacha bo‗lgan yuklamalarda turg‗unlikni ta‘minlashi lozim. Nisbiy deformatsiyalar ε va struktura mustahkamlik koeffitsiyenti k ning xarakterli qiymatlari 1-jadval va 1-rasmda keltirilgan. 1-jadval Deformatsiyalar va mustahkamlik koeffitsiyentining xarakterli qiymatlari Sharoitlar ε εdоп K kmin Baholash Odatiy gruntlar, armirlanmagan 0,020–0,025 ≤0,02 0 1,0– 1,1 ≥1,2 Qoniqarsiz Odatiy gruntlar, geotekstil 0,017–0,019 ≤0,02 0 1,2– 1,3 ≥1,2 Qoniqarli
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 09.2025 № VOLUME–3, ISSUE 3 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 20 armirlanmagan zaif gruntlar 0,025–0,030 ≤0,02 0 0,9– 1,0 ≥1,2 Qoniqarsiz Zaif gruntlar, geotekstil+yassi geopanjara 0,015–0,018 ≤0,02 0 1,3– 1,5 ≥1,2 Yaxshi 1-jadval ma‘lumotlariga ko‗ra, aralash armirlash deformatsiyalarni 0,015-0,018 gacha kamaytiradi va mustahkamlik koeffitsiyentini 1,2-1,5 gacha oshiradi, bu esa tezyurar harakat me‘yoriy mezonlariga mos keladi. 1-rasm - Grunt holatlari va armirlash usullariga qarab nisbiy deformatsiya ko‗rsatkichlarining taqqoslanishi 4. Muxokamalar Ekspluatatsion samaradorlik, avvalo, nisbiy deformatsiyalarning kamayishi, gruntning deformatsiya modulining ortishi hamda yo‗lni joriy saqlash xarajatlarining qisqarishi orqali ifodalanadi. Mazkur parametrlar bo‗yich ekspluatatsion ko‗rsatkichlarning taqqosiy tahlili 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval Rels choklari zonasini armirlashdan oldin va keyin asosiy ekspluatatsion ko‗rsatkichlarning taqqoslanishi Ko‗rsatkich An‘anaviy yechim Geosintetik bilan armirlangan Ta‘mirlashlararo muddat, yil 8–10 11–13 (+15–25 %) To‗g‗rilash chastotasi, marta/yil 4–5 2–3 (–40–50 %) Foydalanish xarajatlari 100 % 70–80 % (tejash 0–30 %) Cho‗kish ehtimoli Yuqori past Armirlovchi qatlamning xizmat muddati – 25–30 yil Harakat xavfsizligi Tezlikni cheklash 160-200 km/soatdagi barqarorlik 2-jadval tahliliga ko‗ra, geosintetik materiallardan foydalanish ta‘mirlashlararo muddatni 3–5 yilga uzaytiradi, to‗g‗rilashlar sonini deyarli ikki baravar kamaytiradi hamda 200 km/soatgacha tezlikda koleya barqarorligi va yo‗l ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi. Rels choklari zonalarida mahalliy kuchaytirishda yillik iqtisodiy samaradorligi 1. Dastlabki ma’lumotlar Armirlash maydoni quyidagicha qabul qilinadi: A = 4·6 = 24 m2. Rels choklari zonasini mahalliy kuchaytirish uchun kapital xarajatlar (CAPEX) geosintetik materiallar qiymati, mehnat sarfi va texnologik 0,025 0,019 0,03 0,018 0 0,01 0,02 0,03 0,04 . Nisbiy deformatsiya ε armirlanmagan oddiy gruntlar geotekstil bilan armirlangan oddiy armirlanmagan zaif gruntlar
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 09.2025 № VOLUME–3, ISSUE 3 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 21 "darcha"ni tashkil etishni hisobga olgan holda aniqlanadi. Xarajatlarning hisoblangan tarkibi 3.- jadvalda keltirilgan. 3 -jadval. Geosintetik materialarni qo‗llashda 1 ta chok uchun kapital xarajatlar (CAPEX) hisobi Xarajatlar elementi hisoblash Xarajat, so‘m Geotekstil GT - 400 24 × 20 000 480 000 Yassi geopanjara 40×40 24 × 30 000 720 000 Ankerlar (6 dona× 4500) – 27 000 Ish haqi (20 kishi × 2 soat × 299 230) – 11 969 200 «Darcha» (2 soat × 3 831 071) – 7 662 142 Umumiy CAPEX 1 ta chok uchun – 20 858 342 (≈ 20,86 mln) 3 -jadvaldan ko‗rinib turibdiki, kapital xarajatlarning asosiy qismini mehnatga haq to‗lash va texnologik "darcha"ni tashkil etish tashkil etadi, bu umumiy xarajatlarning taxminan 94 foizini tashkil etadi. Materiallar (geotekstil va geopanjara) narxining ulushi taxminan 6% ni tashkil etadi. Bunday nisbat shuni tasdiqlaydiki, texnologiyani joriy etishda optimallashtirishning eng katta zaxirasi montaj operatsiyalarining vaqti va mehnat sarfini kamaytirishdan iborat. Ckap - rels choklari zonasini mahalliy kuchaytirish uchun kapital xarajatlar yig‗indisi bo‗lib, u geosintetik materiallar narxi, mehnatga haq to‗lash va texnologik ―darcha‖ni tashkil etish xarajatlarini o‗z ichiga oladi.. 5. Xulosalar Geotekstil va yassi geopanjarani qo‗llash yer polotnosining ustuvorlik koeffitsiyentini 1,251,35 gacha oshiradi va ballastning ifloslanishini 2-3 baravar kamaytiradi. Kombinatsiyalangan armirlash (geotekstil 400 g/m2 + yassi geopanjara 40×40 mm) deformatsiyalarni ε= 0,015-0,018 gacha kamaytiradi, tarkibiy mustahkamligini esa k = 1,3-1,5 gacha oshiradi. Geosintetika bilan kompleks yechimlarni qo‗llash ta‘mirlashlararo muddatni 15-25% ga oshiradi va ekspluatatsiya xarajatlarini 20-30% ga kamaytiradi Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 1. Мирзахидова О.M., Лесов, К.C., Уралов А.Ш., Кенжалиев, М.К, Повышение устойчивости пути в зонах рельсовых стыков за счѐт применения геосинтетических армирующих материалов// Journal Engineer. - 120-122, Special Issue| 2025 2. Лесов К. С., Абдужабаров А. Х., Кенжалиев М. К. Технология усиления основной площадки земляного полотна в зонах рельсовых стыков с применением геотекстиля // Известия Транссиба. – 2022. – №4 (52). – С. 106 – 114. 3. O`z DSt 3519:2021 Ер қопламаси қатламларини ажратиш учун геосинтетик материаллар. Техникавий шартлар Тошкент: Ўзстандарт агентлиги 2021 4. ШНҚ 2.05.01-23 ―Темир йўллар. Лойиҳалаш талаблари‖ шаҳарсозлик нормалари ва қоидалар. Ўзбекистон Республикаси Қурилиш вазирлиги-Тошкент, 2024 й. 5. ҚР 02.01-23 ―Ер иншоотлари. Заминлар ва пойдеворлар‖ қурилиш регламенти Ўзбекистон Республикаси қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги, Тошкент -2023 й. 6. Положение о системе ведения путевого хозяйства АО «Узбекистон темир йуллари», введенное в действие приказом № 730-Н от 10 декабря 2024 года. 7. ВСН 354-Н. Ведомственные технические указания по проектированию земляного полотна железных дорог колеи 1520 мм. Ташкент, 2011. ГАЖК «УТЙ».
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 09.2025 № VOLUME–3, ISSUE 3 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 22 8. Инструкция по устройству и содержанию земляного полотна железных дорог (ЦП-530). – М.: Росжелдор, 2010. 9. ГОСТ Р 55050–2012. Материалы геосинтетические. Общие технические условия. – М.: Стандартинформ, 2012. 10. Lesov K.S., Abdujabarov A.X., Kenjaliyev M.K., Mirzakhidova O.M. Technoeconomic evaluation of geotextile application as a separation layer and its contribution // E3S Web of Conferences, № 583, 2024, – p. 01008. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202458301008 11. Шахунянц Г.М. Железнодорожный путь. – М.: Транспорт, 1987. – 520 с. 12. Ашпиз Е.С. Мониторинг земляного полотна, направленный на обеспечение непрерывности движения поездов // В сб.: Современные проблемы проектирования, строительства и эксплуатации железнодорожного пути. Труды XVI Международной научно технической конференции. Чтения посвященные памяти профессора Г.М. Шахунянца. 2020. С.19-24. 13. Бабков В.Ф. Железнодорожный путь и его эксплуатация. – М.: Маршрут, 2003. – 448 с. 14. Indraratna B., Salim W., Rujikiatkamjorn C. Advanced Rail Geotechnology – Ballasted Track. – CRC Press, 2011. – 414 p. 15. Bathurst R.J., Jarrett P.M. Performance of geogrid-reinforced ballast layers in track beds // Canadian Geotechnical Journal. – 1988. – Vol. 25(3). – P. 511–522. 16. Raymond G.P. Geotextiles and geogrids in railway trackbeds // Transportation Research Record. – 1999. – Vol. 1653. – P. 25–31. 17. UIC Code 719R. Earthworks and Trackbed Construction for Railway Lines. – Paris: International Union of Railways, 2008. 18. Руководство по применению геотекстиля, георешѐток и дренажных труб в транспортном строительстве Республики Узбекистан. – Ташкент: Госкомдорстрой РУз, 2023. – 56