scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'INING IQTISODIY MOHIYATI VA UNING JORIY QILINISHI

Kamolov Asadbek

Full text

263 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INING IQTISODIY MOHIYATI VA UNING JORIY QILINISHI Kamolov Asadbek Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi Email adress: asadbekamol[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17518941 Annotatsiya: Ushbu maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘i, uning respublikamiz soliq tizimidagi o‘rni, rivojlanish bosqichlari keltirilgan. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini iqtisodiyotni raqobatbardoshligiga ta’siri, mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan zarurligi ilmiy-nazariy adabiyotlarni sharhlash va xalqaro tajribani tahlil qilish orqali yoritilgan. Kalit so‘zlar: Qiymat, bilvosita soliqlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i, iste’molchi, hisob varaq-faktura, hisobot davri, qo‘shilgan qiymat solig‘i. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston va xalqaro soliq amaliyotida egri soliqlarning asosiy turlaridan biri – qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i – har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot yetkazib beruvchilardan tovar va xom-ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot yoki ish, xizmatlar ishlab chiqaradi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo‘shilgan qiymat yaratiladi. Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlabchiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma‘lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini davlat budjetining daromad qismiga jalb qilish g‘oyasi dastlab XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta Germaniya budjet amaliyotida joriy etishni 1919 yilda Vilgelm fon Simens ilgari surdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etish va undirish mexanizmi birinchi marta fransuz moliyachisi M.Lore tomonidan ishlab chiqildi. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i M.Lorening taklifidan so‘ng o‘tgan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan shaklda qo‘llanildi. Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i haqiqatda 1968 yildan boshlab joriy etildi. XX asrning 70-yillarida qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi. Buning asosiy sababi va huquqiyasosi bo‘lib, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga a‘zo mamlakatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishni tartibga solishning huquqiy me‘yorlarini umumlashtirish to‘g‘risidagi maxsus Direktivaning qabul qilinishi hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qilindi va unda egri soliqlarning asosiy turi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i e’tirof etildi. 1 Qo‘shilgan qiymat solig‘iga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri shundaki, soliqqa tortishning ob‘ekti bo‘lib, nafaqat ichki bozordagi tovar oborot, balki mamlakat korxonalarining tashqi bozorlaridagi Tovar oboroti ham hisoblanadi. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq ob‘ekti va soliq stavkalari. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, amaldagi qonun xujjatlariga asosan ushbu soliqni budjet oldida hisob-kitobini amalga oshiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tushuniladi. Jumladan: 1) soliq solinadigan oborotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar; 2) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar; 3) tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar (o‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno); 4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) oddiy shirkat shartnomasining sherigi (ishtirokchisi). Notijorat tashkilotlar (tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlari mustasno) hamda soliq solishning soddatlashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilar qo‘shilgan 1 https://doi.org/10.5281/zenodo.12810340 264 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 qiymat solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishmaydi. Soliq qonunchiligida nazarda tutilgan holda yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning navbatdagi choragi boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar esa faoliyat boshlanguniga qadar taqdim etiladigan yozma bildirishga asosan ixtiyoriy asosda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashi mumkin. Amaldagi Soliq kodeksining 198-moddasiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘ining ob‘ekti bo‘lib, tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qilish oboroti hamda tovarlarning importi hisoblanadi. Tovarlarni (ish va xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deganda – yuklab jo‘natilgan tovarlar (ish va xizmatlar) qiymati tushuniladi, ya‘ni yuklab jo‘natilgan tovarlar (ish va xizmatlar) uchun mablag‘i kelib tushishi davridan qat’iy nazar korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha budjet oldida hisob-kitoblarni amalga oshirishi shart. Soliq solinadigan import deganda esa – O‘zbekiston Respublikasining bojxona xududiga olib kirilayotgan tovarlar hisoblanadi (qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan import tovarlardan tashqari).QQS solig’i davlat byudjetining asosiy qismini tashkil etib umumiy soliqlardan tushumning 40% ini tashkil etadi,ammo postpandemiya inqirozi davrida bu ko’rsatkich bir muncha pasaygan bunga sabab karantin jarayoni edi.Bugungi kunda soliqlar tushumi mamlakatimizda raqmlarda korsatadigan bo‘lsak, Soliq organlari tomonidan 2025-yilning Ichoragida respublika bo‘yicha budjetga 48,2 trln so‘m tushumlar ta’minlandi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,6%ga ko‘p. Soliq turlari kesimida tushum (2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish): foyda solig‘i - 11,8 trln so‘m (22%); QQS - 9,8 trln so‘m - (17,1%); JShODS - 9,3 trln so‘m - (20,3%); aksiz solig‘i - 4,5 trln so‘m - (31,2%); yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq - 4,3 trln so‘m (25,2%); suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va soliqsiz tushumlar* - 3,6 trln so‘m (35%); yer solig‘i - 2,1 trln so‘m (11,1%); mol-mulk solig‘i - 2,1 trln so‘m (21,1%); AOS - 0,7 trln so‘m (18,4%). 2 Xulosa. Bu ko‘rsatkichlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki soliq tushumlari umumiy olganda otib borishi bumamlakatning iqtisodiy rivojlanishidan dalolat beruvchi sohadir. Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkinki, QQS tizimi O’zbekistonda raqamli transformatsiyaning eng muhim ko‘rinishlaridan biri bo’lib, bu sohada olib borilayotgan islohotlar samaradorlik, shaffoflik va ijtimoiy ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Biroq, mavjud muammolarni bartaraf etish, xususan, huquqiy soddalikni oshirish, texnik yordamni kuchaytirish va qaytarish mexanizmlarini takomillashtirish yo’nalishida qo’shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim. Shundagina QQS tizimi iqtisodiyotning barqaror rivojiga to’laqonli xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Komilov M.M. (2020) Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini takomillashtirish – byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlash omilidir. Iqtisodiyotda innovatsiyalar - Innovatsii v ekonomike - Innovations in economy №5. 2. Murojaatnoma (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 20 dekabr 2022 yildagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. 3. Niyazmetov I.M., Safarov U.A., Radjapov X.J. (2021) Qo‘shilgan qiymat solig‘i mexanizmini takomillashtirish.Logistika va iqtisodiyot. 2-son. 4. Пансков В.Г. (2015) Изменение порядка зачисления средств НДС: введение НДСсчетов / В.Г.Пансков // Вестник АКСОР. № 3 (35). – С. 17-18 5. Tashmuradova B.E. (2021) Qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini aniqlash va hisoblash xususiyatlari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, mayiyun 6. https://doi.org/10.5281/zenodo.12810340 7. Soliq.uz 2 Soliq.uz