scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSIYALAR ASOSIDA MOLIYA-KREDIT TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISH. JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG'I BAZASINI HISOBLASHNI TAKOMILLASHTIRISH

Ostonaqulov Alisher Abdurashidovich; Subanova Zulayxo Abdunosir qizi

Full text

275 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSIYALAR ASOSIDA MOLIYA-KREDIT TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISH. JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG‘I BAZASINI HISOBLASHNI TAKOMILLASHTIRISH Ostonaqulov Alisher Abdurashidovich Denov tadbirkorlik va pedagogika inisituti “Moliya va bank ishi kafedrasi” katta o‘qituvchisi Tel: +998 93 222 22 17 Subanova Zulayxo Abdunosir qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika inisituti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi 4 – bosqich talabasi Tel: +998(97) 785 27 00 E mail: subanovazula[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17520200 Mazkur tezisda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va ushbu soliqni soliq bazasini aniqlash, hisoblab chiqarish va undirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Yangi taxrirdagi soliq kodeksining 60-bobiga asoslanib, soliq bazasini kengaytirish, kadastr qiymatining haqqoniyligini oshirish, soliq imtiyozlarini maqbullashtirish hamda raqamli ma’lumotlar bazasidan foydalanish yuzasidan fikirlar va takliflar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: mol-mulk, soliq ob’ekti, soliq bazasi, soliq imtiyozlari, kadastr qiymat, Kirish: So‘nggi yillarda aholining mol-mulk solig‘i borasidagi huquqiy savodxonlik darajasi yetarli darajada shakllanmaganligi kuzatilmoqda. Shu sababli fuqarolar orasida ushbu soliq turi mazmun-mohiyati va uning iqtisodiy zarurati yuzasidan turlicha qarashlar hamda bahs-munozaralar mavjud. Ayrim shaxslar mulk solig‘ining mohiyatini to‘liq anglamagan holda “Shaxsiy egalikdagi uy-joy uchun nega soliq to‘lashim kerak?”, “Ko‘p yillar avval sotib olgan mulkimdan yana soliq undirilishi nimaga asoslanadi?” kabi savollarni o‘rtaga tashlaydilar. Bu esa, o‘z navbatida, soliq madaniyati va iqtisodiy ongni yanada rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. “Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mol-mulk solig‘i qadimdan qo‘llanilgan va davlat g‘aznasini to‘ldirish uchun samarali yo‘l hisoblangan. Soliqlar eramizdan avval VI-III asrlardanoq Rim imperiyasida qo‘llanilgan. Ilk ko‘rinishlari yer solig‘i ko‘rinishida bo‘lgan va yer maydonidan kelgan daromadning 10 foizini tashkil etgan.” 1 Mol-mulk solig‘i tizimining takomillashtirilishiga katta hissa qo‘shgan shaxs Shotlandiyalik iqtisodchi Adam Smit sanaladi. U XVIII asr oxirlariga kelib soliq siyosati tamoyillarini shakllantirgan va ish haqi hamda daromadlardan undiriladigan soliqlarning asosiy qismini yer rentasiga o‘tkazishni taklif qilgan. Bugungi kunda ko‘chmas mulk solig‘i dunyoning qariyb 130 mamlakatida amal qilmoqdi. Bu davlatlarning har birida mulk solig‘ining o‘ziga xos tizimi mavjud. Har bir davlatda mulk solig‘ining o‘ziga xos belgilangan qiymati mavjud. Masalan, ko‘chmas mulk sotib olishda qo‘llaniladigan bir martalik soliq Belgiyada mulk qiymatining 10-12 foizini, Gretsiyada – 7-11 foizini, Ispaniyada – 6-7 foizini, Italiyada – 3-7 foizini, Germaniyada – 3,5-5 foizini, Bolgariyada esa – 0,1-3 foizini tashkil etadi. Qariyb barcha mamlakatlarda ko‘chmas mulk egalari hisoblangan jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham mulk solig‘i to‘lovchilari sanaladi. Faqatgina ayrim davlatlarda, xususan, Niderlandiya, Fransiyada ijaraga oluvchilar mulk uchun soliq to‘laydilar. Shuningdek, ayrim toifa ko‘chmas mulk yoki soliq to‘lovchilarning ayrim guruhlariga imtiyozlar ham ko‘zda tutilgan. “Mol-mulk solig‘i O‘zbekistonda 1992-yil 1-yanvardan joriy etildi va shu bilan birga korxonalarning ishlab chiqarish fondlariga to‘lov hamda transport vositalariga solinadigan soliq bekor qilindi.” 2 “O‘zbekistonda mulk solig‘i bilan bog‘liq barcha huquqiy me’yorlar Soliq kodeksining “Mol-mulk solig‘i” deb nomlangan XV bo‘limida aks etgan. Uning 60-bobidan bevosita jismoniy shaxslarning mol-mulkiga 1 SH.J.Mamatjanov “Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig’ini hisoblash va byudjetga o’tkazish” - O’quv-uslubiy qo’llanma / Namangan-2024. 2 U.To'lakov, O.Maxmudov “Soliqlar va soliqqa tortish” - O‘quv qo‘llanma / Toshkent-2023 276 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 solinadigan soliq borasida yetarlicha ma’lumotlar olish mumkin. Ko‘chmas mulk solig‘i odatda yer va unda qurilgan bino, yashash yoki tijorat yuritish uchun mo‘ljallangan inshootlar uchun undiriladi.” 3 Mol-mulk solig‘i – mahalliy byudjetlarning barqaror daromad manbai sifatida jismoniy shaxslarning moliyaviy majburiyatlarini ifodalaydi. Soliq kodeksining 17-moddasiga ko‘ra, mol-mulk solig‘i O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi asosiy soliqlardan biridir. Bu soliq turlari nafaqat daromadlarni shakllantiradi, balki fuqarolarning mulkka egalik qilish mas’uliyatini oshirishga ham xizmat qiladi. So‘nggi yillarda davlat tomonidan kadastr tizimini raqamlashtirish, reyestr ma’lumotlarini yagona baza orqali yuritish va soliq obyektlarining to‘liq ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq amaliyotda ayrim uy-joylar, noturar obyektlar yoki meros orqali o‘tgan mulklar hali ham to‘liq baholanish bazasiga kiritilmagani, shuningdek, soliq bazasini aniqlashda bozor qiymati bilan kadastr qiymati o‘rtasidagi tafovut mavjudligi muammoli holat sifatida saqlanib qolmoqda. Soliq kodeksining maxsus qismida ko‘rsatilganidek, mol-mulk solig‘ining bazasi – bu jismoniy shaxsga tegishli ko‘chmas mulkning kadastr qiymati yoki uning bozor qiymatiga yaqinlashtirilgan hisoblangan qiymatidir. Ushbu baza mahalliy kadastr organlari tomonidan shakllantiriladi va har yili yangilanadi. Ammo amaliyotda baholash aniqligi pastligi, ma’lumotlar bazasidagi nomuvofiqliklar va mulk hujjatlarining kechiktirilgan ro‘yxatga olinishi soliq bazasini to‘liq aks ettirishga to‘sqinlik qilmoqda. 1-rasm. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mul;k solig‘ini takomillashtirish yo‘llari 4 Hozirda mol-mulk solig‘i ko‘pincha kadastr qiymati asosida hisoblanadi. Kadastr qiymati real bozor qiymatidan o‘rtacha 20–40% past. Shu sababli, soliq bazasini yanada adolatli shakllantirish uchun kadastr bahosini avtomatik yangilab boruvchi raqamli tizim joriy etilishi lozim. Raqamli reyestr orqali soliq organlari, adliya idoralari, kadastr xizmati va bank tizimi o‘rtasidagi axborot almashinuvini avtomatlashtirish, aniq identifikatsiya raqami asosida mol-mulk obyektlarini kuzatish mumkin bo‘ladi. Bu usul soliq bazasidan yashirilgan obyektlarni aniqlashga yordam beradi. Jismoniy shaxslar uchun ko‘plab soliq imtiyozlari (nogironlar, urush faxriylari, pensiya yoshidagi shaxslar uchun) amal qiladi. Biroq, bu imtiyozlar ko‘p hollarda mulk qiymati yoki turidan qat’iy nazar beriladi. Shu bois, ijtimoiy yo‘naltirilgan differensial imtiyozlar tizimini joriy etish zarur: yuqori qiymatli mulkka ega fuqarolar uchun imtiyozlar qisqartirilib, kam ta’minlangan qatlamlarga nisbatan saqlab qolinadi. “Soliq organlarining GIS (Geografik Axborot Tizimlari) texnologiyalar, dron xaritalash, QR-identifikatsiya kabi vositalarni qo‘llashi orqali mol-mulk obyektlarini tezkor aniqlash va baholash mumkin. Bu nafaqat aniqlikni oshiradi, balki soliq to‘lovchilarning o‘z vaqtida ma’lumot olishini ham yengillashtiradi.” 5 3 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (2021-yilgi tahrir). 4 U.To'lakov, O.Maxmudov. Soliqlar va soliqqa tortish - O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2023. 5 https://lex.uz J/SH mol-mulk solig'ini takomillashtirish yo'llari Kadastr qiymatini bozor qiymatiga yaqinlashtirish Mulk obyektlarining yagona elektron reyestrini yaratish Soliq imtiyozlarini maqbullashtirish Soliq bazasini raqamlashtirish va avtomatlashtirish 277 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Mol-mulk solig‘i bazasining xalqaro tajriba asosida baholanishi: OECD (Organisation for Economic Co-operation and Development) davlatlari (masalan, Polsha, Niderlandiya, Germaniya) tajribasida mol-mulk solig‘i bazasi bozor qiymati asosida aniqlanadi va har 3–5 yilda qayta baholash mexanizmi amal qiladi. Polshada, masalan, kadastr ma’lumotlari shahar hokimiyati tomonidan tasdiqlanadi va har yili inflyatsiya koeffitsienti asosida yangilanadi. Ushbu modelni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish orqali hududlararo soliq bazasi nomutanosibligini kamaytirish hamda mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlash mumkin. Kutilayotgan natijalar Taklif etilgan choralar natijasida: ➢ Soliq bazasining shaffofligi va adolatli baholanishi ta’minlanadi; ➢ Mahalliy byudjetlarning daromadlari 10–15% gacha ortadi; ➢ Soliq to‘lovchilarning o‘z vaqtida to‘lash intizomi kuchayadi; ➢ Mulkdan foydalanish samaradorligi oshadi, bozor intizomi mustahkamlanadi. Kamchiliklari: O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i sohasida turli islohotlar amalga oshirilgan bo‘lsada amaliyotda ba’zi kamchiliklar uchraydi. Masalan, kadastr qiymatni aniqlashning shaffov va adolatli emasligi; soliqning kadastr qiymati asosida hisoblanishi va ularning bozor qiymatiga yaqinliligi; turli hududlar uchun munosib farqlanishi masalasida baxslar bo‘lishi; ba’zi mulk egalari uchun kadastr qiymati real bozor narxlaridan yuqori yoki past bo‘lishi; daromadi past bo‘lgan, ammo katta maydondali uyda yashovchi shaxslar uchun soliq yukining og‘irliligi. Bu kamchiliklar asosan soliq siyosati va uning amaliyotdagi takomillashtirishga qaratilgan islohotlar jarayonining bir qismigina holos. Xulosa Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bazasini takomillashtirish iqtisodiy adolat tamoyillarini amalga oshirish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlash va soliq siyosatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Buning uchun quyidagilar muhim: 1. Kadastr qiymatini bozor qiymatiga moslashtirish; 2. Yagona elektron reyestr va raqamli baholash tizimini joriy etish; 3. Ijtimoiy adolatga asoslangan imtiyoz tizimini yaratish; 4. Soliq ma’lumotlarining shaffofligini oshirish va ularni yagona axborot bazasida birlashtirish. Bu chora-tadbirlar “Soliq kodeksi”ning 7-, 9-, 10-moddalarida belgilangan adolatlilik, aniqlik va oshkoralik prinsiplariga mos bo‘lib, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Болотова A.И. Рабочая тетрадь как средство развития познавательной самостоятельности при обучении математике младшего школьника: aвтореф. дис. ... канд. пед. наук: 13.00.02 / Bolotova Aлёна Иванова – M.: 2012 - 24 с. 2. Unt I.E. Индивидуализация и дефференциация обученияю/ I.E. Unt. –M.: Педагогика. 1990. - 197 с. 3. Leontev A.N. Problemы razvitiya psixiki. – M.: Pedagogika, 1972. – 576 s. 4. Mолдaвская Н.Д. Литературное развитие школьников в процессе обучения. – M.: Педагогика, 1976.-224с 5. Rozikov O.R. va boshqalar. Didaktika. – T.: Fan, 1997. – 256 b.