MAHALLIY SOLIQLARNI UNDURUVCHANLIGIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR
Full text
287 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 MAHALLIY SOLIQLARNI UNDURUVCHANLIGIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR Ravshanov Xurshid Akramovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti “Moliya va bank ishi” kafedrasi o‘qituvchi. tel: +998997155015 E-mail: [email protected]om ORCID: 0009-0004-8142-3984 https://doi.org/10.5281/zenodo.17520371 Annotatsiya: Ushbu tezisda mahalliy soliqlarning unduruvchanligiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, tashkiliy va ma’muriy omillar tahlil qilingan. Soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish, tadbirkorlik faolligining o‘sishi, soliq to‘lovchilarning moliyaviy intizomi hamda soliq imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi mahalliy byudjet daromadlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shuningdek, mahalliy soliqlarni undirishda axborot tizimlarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilar bilan ochiq muloqot mexanizmlarini rivojlantirish va hududiy soliq organlari faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar. mahalliy soliqlar, unduruvchanlik, soliq ma’muriyatchiligi, raqamlashtirish, tadbirkorlik faolligi, soliq intizomi, mahalliy byudjet, soliq imtiyozlari, fiskal barqarorlik. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlar moliyaviy mustaqillikka erishish jarayonida mahalliy soliqlar va ularning unduruuvchanligi muhim o‘rin tutadi. Chunki mahalliy soliqlar nafaqat hududlarning fiskal barqarorligini ta’minlaydi, balki mahalliy hokimiyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda asosiy moliyaviy manba sifatida xizmat qiladi. Shu boisdan, mahalliy soliqlarning unduruuvchanligini oshirish bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Mahalliy soliqlarning undiruvchanligiga ta’sir qiluvchi omillar bu soliqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va samarali undirilishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadigan turli xil iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa omillar majmuasidir. Ularning har biri mahalliy soliq bazasining shakllanishi, kengayishi va boshqarilishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etadi. Ushbu tezisimizda mazkur omillarni tahlil qilishda 4 guruhga ajratilgan holatda (1.3.1-rasm) ko’rib chiqamiz xususan ijtimoiy, iqtisodiy, demografik va ma’muriy boshqaruv guruhlari tarkibida ta’sir etuvchi omillarni o’rganishga harakat qilamiz. Soliqlarni undiruvchanligiga ta'sir etuvchi omillar guruhlanishi Iqtisodiy Ijtimoiy Demografik Ma'muriy
288 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 1-rasm. Mahalliy soliqlarni undiruvchanligiga ta’sir etuvchi omillar guruhlanishi 1 Mahalliy soliqlarning unduruvchanligi mamlakat moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Ushbu jarayonning samaradorligi iqtisodiy faoliyat darajasi, soliq ma’muriyatchiligi, aholi moliyaviy madaniyati hamda hududiy resurslar imkoniyatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Soliqlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi mahalliy byudjet daromadlarining barqarorligi, hududlardagi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyati va davlat moliyasining uzluksizligini ta’minlaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mahalliy soliqlarning unduruvchanligiga ta’sir etuvchi omillar shartli ravishda to‘rt guruhga — iqtisodiy, ijtimoiy, ma’muriy va demografik omillarga ajratiladi. Iqtisodiy omillar, avvalo, hududning iqtisodiy salohiyati, tadbirkorlik faolligi, ishlab chiqarish hajmi va investitsiya muhiti bilan belgilanadi. Agar hududda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlangan bo‘lsa, soliq bazasi kengayadi, bu esa unduruvchanlikni oshiradi. Shu bilan birga, iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarishning pasayishi yoki norasmiy iqtisodiyot ulushining yuqoriligi mahalliy soliqlar tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Soliq imtiyozlarining ortiqcha berilishi ham fiskal imkoniyatlarni qisqartiradi va byudjetning daromad qismidagi bo‘shliqlarni keltirib chiqaradi. Ijtimoiy omillar aholining soliqqa munosabati, moliyaviy savodxonligi va soliq intizomi bilan bog‘liq. Soliq to‘lovchilarning huquqiy bilimi va davlat organlariga bo‘lgan ishonchi qanchalik yuqori bo‘lsa, unduruvchanlik ham shunchalik barqaror bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, aholi o‘rtasida soliq to‘lash madaniyatini shakllantirish, ochiq ma’lumot platformalari orqali soliq mablag‘larining sarflanishini jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyatga ega. Ammo ayrim hududlarda aholida soliq tizimiga nisbatan ishonksizlik, befarqlik va noqonuniy ish faoliyatining keng tarqalganligi soliqlarning to‘liq undirilishini qiyinlashtiradi. Ma’muriy omillar soliq ma’muriyatchiligi samaradorligi, nazorat tizimi va raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimida raqamlashtirish jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. “my.soliq.uz”, “Soliq mobil” ilovalari, elektron hisob-faktura tizimi kabi yechimlar soliq hisobini avtomatlashtirish va inson omilini kamaytirishga xizmat qilmoqda. Bu esa soliqlarning o‘z vaqtida undirilishini ta’minlaydi. Biroq ayrim hududlarda soliq organlari moddiy-texnika bazasining yetarli emasligi, xodimlar malakasining turlicha bo‘lishi va axborot tizimlarining to‘liq integratsiya qilinmagani ma’muriy samaradorlikni cheklab qo‘yadi. Demografik omillar aholining soni, yosh tarkibi, migratsiya jarayonlari va mehnat resurslari bilan bog‘liqdir. Hududda aholi soni ko‘payishi, mehnatga layoqatli qatlamning o‘sishi soliq bazasining kengayishiga xizmat qiladi. Binobarin, migratsiya oqimining kuchayishi, ishsizlikning yuqori bo‘lishi yoki aholining qarib borishi mahalliy soliqlar tushumiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, urbanizatsiya darajasi va mulk bozori faolligi ham soliq tushumlariga ta’sir etuvchi muhim demografik ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan barcha omillar o‘zaro bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatadi. Hududda iqtisodiy faollik yuqori, soliq ma’muriyatchiligi samarali va aholi moliyaviy savodxonligi kuchli bo‘lsa, mahalliy soliqlarning unduruvchanlik darajasi yuqori bo‘ladi. Shu sababli mahalliy byudjetlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida iqtisodiy va ma’muriy omillar o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, soliq imtiyozlarini optimallashtirish, soliq madaniyatini oshirish hamda raqamli nazorat tizimini to‘liq yo‘lga qo‘yish zarur. Bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar nafaqat mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlaydi, balki mamlakatdagi umumiy moliyaviy barqarorlik va fiskal siyosat samaradorligini ham ta’minlaydi. Shu tariqa, mahalliy soliqlarning unduruvchanligini oshirish milliy soliq tizimini barqaror rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘lib hisoblanadi. Xulosalar Mahalliy soliqlarning unduruvchanligi har bir hududning iqtisodiy barqarorligi va byudjet salohiyatini belgilaydigan muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning darajasi iqtisodiy faollik, aholining moliyaviy madaniyati, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligi va demografik holat bilan uzviy bog‘liqdir. Soliqlarning 1 Muallif tomonidan internet ma’lumotlari asosida mustaqil tayyorlandi.
289 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 to‘liq undirilishi mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirish bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. -tahlillar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy omillar — tadbirkorlik faolligi va ishlab chiqarish ko‘lami, ijtimoiy omillar aholining soliqqa munosabati va ishonchi, ma’muriy omillar raqamli ma’muriyatchilik va nazorat tizimlari, demografik omillar esa aholi soni va mehnat bozori bilan bog‘liq holda harakat qiladi. Shu sababli mahalliy soliqlarning unduruvchanligini oshirish uchun iqtisodiy muhitni barqarorlashtirish, soliq imtiyozlarini optimallashtirish, aholi moliyaviy savodxonligini oshirish hamda raqamli soliq tizimini to‘liq joriy etish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu choralar mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlab, davlatning umumiy fiskal barqarorligiga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2023. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish va soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6247-sonli Farmoni, 2021 yil. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. “Ochiq byudjet” axborot portali (openbudget.uz) – 2024 yil ma’lumotlari. 4. OECD (2023). Tax Administration 2023: Comparative Information on OECD and Other Advanced and Emerging Economies. Paris: OECD Publishing. 5. Hybka, M. (2023). Collecting and Managing Tax Debt in Poland. Journal of Public Finance, 5(2), 112–120. 6. Sh.To‘raev. “Mahalliy soliqlarning hududiy tadbirkorlik faolligiga ta’siri va ularni takomillashtirish yo‘nalishlari”. – Ilmiy maqola, 2024. 7. O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi. “Hududlar kesimida soliqlar tushumi tahlili – 2023” hisoboti.