LINGVOKULTUROLOGIYA MAKTABLARI
Abstract
ushbu maqola lingvokulturologiya sohasi va uni rivojlantirish yo‘lida tashkil etilgan maktablar hamda maktablar tahkilotchilari haqida keng mushohada qiladi va batafsil ma’lumot beradi.
Full text
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 373 LINGVOKULTUROLOGIYA MAKTABLARI Umurzaqova Muxayyoxon Raxmatullo qizi Farg‘ona soliq texnikumi ingliz tili fani o‘qituvchisi [email protected] Annotatsiya: ushbu maqola lingvokulturologiya sohasi va uni rivojlantirish yo‘lida tashkil etilgan maktablar hamda maktablar tahkilotchilari haqida keng mushohada qiladi va batafsil ma’lumot beradi. Kalit so‘zlar: lingvokulturologiya maktablari, til birligi, milliy-mdaniy tahlil, diaxron tahlil, konsepsiya. Abstract: this article provides a broad overview and detailed information about the field of linguoculturology and the schools established to develop it, as well as the organizers of the schools. Keywords: linguoculturology schools, language unity, national-cultural analysis, diachronic analysis, concept. XX arsning so’nggi yillariga kelib Moskvada to’rtta lingvokulturologiya maktablari tashkil etildi. 1. Yu.Yu.Stepanov maktabi. 2. N.D.Arutyunova maktabi. 3. V.N.Teliya maktabi. 4. V.V.Vorobyev, V.M.Shaklein maktabi. Yu.Yu.Stepanoov maktabi madaniyat davomiyligini diaxron taradfan tadqqiq etardi. Ushbu yo’nalish turli davrlarda yozilgan matnlardan foydalangn holda ish ko’rardi ya’ni tilning faol egasi emas, balki tashqi kuzatuvchisi sifatida faoliyat olib borardi. Bu maktab metodologik jihatdan Fransuz tilshunosi E.Benvenist konsepsiyasiga juda yaqin. Lingvokulturologiyaning rivojlanishida Yu.Yu.Stepanovning ko’p marotaba chop etilgan “Konstanti: slovar russkoy kulturi” (1997) nomli kitobi muhim ahamiyatga ega. Bu lug’atning asosiy g’oyasi rus lingvokulturologiyasinimg asosiy tayanch so’zlari, jamoat arboblari, yozuvchilar asarlari va boshqa lu’gatlarda uchraydigan iboralar va tushunchalarning etimologik tahlilidan iborat. Ushbu lug’at tarkibi azaldan shakllanib kelgan bo’lib, rus madsaniyatining haqiqiy mulki hisoblanadi. N.D.Arutyunova boshchiligidagi maktab esa turli davrlar va turli xalqlarga taaluqli bo’lgan umummadaniy atamalarni o’rganadi. Mazkur atamalar ham tilning faol egasi emas, balki tashqi kuzatuvchisi nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda tadqiq etiladi. Bu faoliyat Rossiya Fanlar akademiyasi Tilshunoslik insituti qoshidagi N.D.Arutyunova rahbarlik qilaytgan “Tilning mantiqiy tahlili” maummolar guruhi chop ettirayotgan nashrlarda o’z isbotini
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 374 topmoqda. “Kulturniye konsepti” (1991) kitobi bunga yorqin mispl bo’la oladi. Ushbu kiotbning so’z boshida N.D.Arutyunova shunday yozgan: “Odam madaniyat kontekstida yashaydi. Uning uchun bu kontekst “ikkinchi voqelik” sanaladi. V.N.Teliya maktabi frazeologizmlarni lingvokulturologik jihatdan tadqiq etish bo’yicha Rossiya va xorijda Moskva nomi bilan tanilgan. V.N.Teliya hamda uning shogirdlari frazeologizmlarni jonli til egasining refleksi deb hisoblab tadqiq etishadi. Ushbu konsepsiya A.Vejbitskayaning so’zlovchining nutqiy mental holati imitatsiya haqidagi pozitsiyasiga yaqin. V.N. Teliya ilgari surgan til birliklarining milliy-madaniy tahlil usuli - tilni “ichidan” tekshirishni taklif qiladi. V.V.Vorobyev va V.M.Shakleinlarning maktabi Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetida taashkillangan bo’lib, maktab asoschilari Ye.M.Vereshchagin va V.G.Kostomarovlarning ta’limotini davom ettirib rivojlantirishadi. Ushbu yo‘nalish ekvivalenti bo’lmagan til birliklari – ma’lum bir madaniyatgagina xos, spetsifik, kumulyativ funksiyali, so'zlovchining ongida bor so‘zlarni o'rganadi. Tillar o’rtasidagi farq madaniayatlar o’rtasidagi farqqa bog’liq, ular leksik birliklar va frazeologizmlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. Mamaatov A. Zamonaaviy lingvistika. Darslik. Toshkent.Taafakkur avlodi 2020 . 11 b 2. Usmanova Sh., Lingvokulturogiya. Darslik.-T.2019.- 90 b 3. Vocabulary.com