LINGVOKULTUREMA TUSHUNCHASI
Abstract
ushbu maqola lingvokulturema atamasi, uning tuzilishi haqida keng ma’limot beradi. shuningdek ushbu maqolada tadqiqotchi V.V.Vorobyev, lingvokulturemaning tuzilishi va tarkibini o‘rganganligi haqida ham keng mushohada yuritiladi.
Full text
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 375 LINGVOKULTUREMA TUSHUNCHASI Umurzaqova Muxayyoxon Raxmatullo qizi Farg‘ona soliq texnikumi ingliz tili fani o‘qituvchisi [email protected] Annotatsiya: ushbu maqola lingvokulturema atamasi, uning tuzilishi haqida keng ma’limot beradi. shuningdek ushbu maqolada tadqiqotchi V.V.Vorobyev, lingvokulturemaning tuzilishi va tarkibini o‘rganganligi haqida ham keng mushohada yuritiladi. Kalit so‘zlar: lingvokulturema, lingvistik, realema, realiya, sintagma. Abstract: this article provides extensive information about the term lingvokulturema, its structure. This article also provides extensive information about the research of the researcher V.V. Vorobyev, who studied the structure and content of lingvokulturema. Keywords: lingvokulturema, linguistic, realema, reality, syntagma. Hozirgi tilshunoslikda lingvokulturema til sathi birligi deb qaraladi va unda lingvistik va ekstralingvistik dialektik yaxlitlik aks etgan bo‘lib, bu yaxlitlik o ‘z ichiga tushunchaga oid va predmetga oid mazmunni qamrab oladi. Dialektik aloqa obyektni anglash jarayonida bir tomondan lingvokulturemaning tilga oid sathdan tashqari komponentlarini, ularning notengligini, farqini, ikkinchi tomondan ularning mosligini, aynan o'xshashligini taqozo etadi. Til lingvokulturemaning tarkibiy qismi sifatida nafaqat uning “yuzaki”, ya’ni tilga oid o ‘z ma’nosi haqida, balki uning tugal” mazmuni (ma’nosi) madaniyatning asosi (elementi, segmenti) ekanligi haqida xabar beradi. Tadqiqotchi V.V.Vorobyev, lingvokulturemaning tuzilishi va tarkibini o‘rganib, o‘z e’tiborini til birliklarini “madaniylashtirish” jarayonida til o‘rganuvchilami ma’nodan, “aniqlashdan” bilim tomon olib borishga va belgi-predmetni u yoki bu millatga xos bo‘lgan madaniy assotsiatsiyalar tarmogMga kiritishga qaratadi. Uning fikricha, “tarkibida yashirin mavjud bo‘lgan “teran mazmun” lingvokulturemaning madaniy-tushunchaga oid ma’noviy jihati ochiladi” (Vorobyev, 1997). Har qanday kommunikatsiyaning oxirgi natijasi xususan tilni tushunish emas, balki tildan tashqaridagi ma’lumotni (shu jumladan, uning doirasida munosabat amalga oshiriladigan madaniyatni) o’zlashtirishdir. Lingvokulturemalar o‘z ifodasida rang-barangdir - ular so‘z bilan, so‘z birikmasi bilan, matn abzatsi bilan, she’r bilan va hatto bir necha uzunlikdagi matn bilan berilishi mumkin. Bu birlik o ‘z mazmuniga ko‘ra so‘zga qaraganda ancha “terandir” So‘z referent bilan o ‘zaro bog‘lanishda bo’ladi, unga “havola qilinadi”, lingvokulturema uning mazmunini tushuncha (predmetlar sinfi) sifatida ochib beradi. Birinchisi realemalar bilan cheklanadi, ikkinchisi - biror belgi bilan o‘zaro bog’lanishda
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 376 bo’lgan predmetlar sinfi ichidagi realiyalarning o’ziga xos xususiyatini va sistematizatsiyasini (tartibga solinishishni) aks etiradi. “Lingvokulturema ham o‘z til tasavvurini (“fikr shaklini”), ham u bilan uzviy bog’langan “tildan tashqari, madaniy muhitni” (vaziyatni, realiyani) hamda chegaralari beqaror va barqaror assotsiatsiyalar tarmog’ni o ‘z ichiga oladi, o ‘zida to‘playdi. Shu tufayli ham so‘z-belgi alohida madaniy kommunikatsiyaning tilini biladigan odamda ma’noni nafaqat ishora tarzida (A.A.Potebnya), balki “madaniy oreolning” butun majmuini uyg‘otadi. Til birligining “madaniy oreolini” bilish so‘zlovchining lingvomadaniy kompetensiyasini tashkil qiladi, uni bilmaslik esa tinglovchi (retsipiyent)ni hali madaniy jarayonni to’liq o'zlashtirmagan shaxs sifatida faqat tilning o ‘zini egallagan kishi darajasida qoldiradi. So‘zni tushunish darajasining lingvomadaniy kompetensiyaga bog’liqligini aniq misollar asosida tushuntirib, V.V. Vorobyev ta’kidlaydiki, til birligining madaniy sohaga yo‘naltirish jarayonida bir qator paradigmalar: giponimik munosabatlar, predmet va tushunchaga oid qatorlar, sintagmalar ochiladi. Adabiy manbalami bilish esa lingvokulturemalarning estetik qoMlanish usullarini aniqlashga kocmaklashadi (Vorobyev, 1997) V.V. Vorobyev lingvokulturema tushunchasini tadqiq qilib, uning iyerarxik tizimi birliklari, ya’ni lingvokulturemalarni tashkil etuvchi lingvomadaniy maydonni tavsif obyektining asosiy birligi sifatida oladi. Bunday maydonlar olamning etnik manzarasini barpo etadi, ularni qiyoslash esa tillardagi va madaniyatlardagi o‘xshashlik va farq qiluvchi jihatlarni aniqlaydi. (Vorobyev, 1997) Shunday qilib, lingvokulturema tarkibida madaniy-tushunchaga oid komponent so‘zning tildan tashqari mazmuni va keyingi (tushunchaga oid-predmetga oid) ma’nosi sifatida albatta ishtirok etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Mamaatov A. Zamonaaviy lingvistika. Darslik. Toshkent.Taafakkur avlodi 2020 . 11 b 2. Maslova V.A. “Conceptual Basics of Modern Linguistics” (Moscow: Flinta Publ., 2019.) 3. Maslova V.A. “Conceptual Basics of Modern Linguistics” (Moscow: Flinta Publ., 2019.) 4. Usmanova Sh., Lingvokulturogiya. Darslik.-T.2019.- 90 b