scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATLARNI RO'YXATDAN O'TKAZISH: AQSH, GERMANIYA VA O'ZBEKISTON QONUNCHILIGI QIYOSIY TAHLILI.

Choriyev Ulug'bek Rustamovich

Abstract

Mazkur maqolada mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni ro`yxatdan o`tkazishning AQSH, Germaniya qonunchiligi bo`yicha o`rnatilgan tartibi, shuningdek ushbu davlatlardagi ro`yxatdan o`tkazish protsedurasidagi o`ziga xosliklar ko`rsatiladi, shuningdek, ushbu o`ziga xosliklarning ular qonunchiligiga kiritilishi, afzallik jihatlari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, ayni xususiyatlar tahlili asnosida ularni O`zbekiston qonunchiligiga kiritish-kiritmaslikning obyektiv jihatlari ko`rib chiqiladi va muallif tomonidan maqbul takliflar beriladi. Ushbu maqolaning dolzarbligi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shaklidagi yuridik shaxslar ko`plab davlatlar amaliyotida eng ko`p tarqalgan yuridik shaxs bo`lganligi sababli ularni ro`yxatdan o`tkazishga doir to`g`ri va samarali normalarning o`rnatilishi davlatning iqtisodiy holatiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi, shuningdek davlatimizda tabdirkorlikka oid qonunchilikni yanada takomillashtirishga yordam beradi. Mavzu doirasida xorijiy va milliy olimlarning fikrlaridan, ilmiy ishlaridan, qilgan tadqiqot natijalaridan, Gazeta va jurnallardan, xorij mamlakatlari qonun hujjatlaridan maqsadli havolalar berildi. Ushbu mavzuni o`rganish qanchalik muhim ekanligi aks ettirildi.

Full text

Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 393 MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATLARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH: AQSH, GERMANIYA VA O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI QIYOSIY TAHLILI. Choriyev Ulug‘bek Rustamovich Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti, 2-kurs talabasi e-mail: Ulu[email protected]om ANNOTATSIYA Mazkur maqolada mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni ro`yxatdan o`tkazishning AQSH, Germaniya qonunchiligi bo`yicha o`rnatilgan tartibi, shuningdek ushbu davlatlardagi ro`yxatdan o`tkazish protsedurasidagi o`ziga xosliklar ko`rsatiladi, shuningdek, ushbu o`ziga xosliklarning ular qonunchiligiga kiritilishi, afzallik jihatlari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, ayni xususiyatlar tahlili asnosida ularni O`zbekiston qonunchiligiga kiritishkiritmaslikning obyektiv jihatlari ko`rib chiqiladi va muallif tomonidan maqbul takliflar beriladi. Ushbu maqolaning dolzarbligi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shaklidagi yuridik shaxslar ko`plab davlatlar amaliyotida eng ko`p tarqalgan yuridik shaxs bo`lganligi sababli ularni ro`yxatdan o`tkazishga doir to`g`ri va samarali normalarning o`rnatilishi davlatning iqtisodiy holatiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi, shuningdek davlatimizda tabdirkorlikka oid qonunchilikni yanada takomillashtirishga yordam beradi. Mavzu doirasida xorijiy va milliy olimlarning fikrlaridan, ilmiy ishlaridan, qilgan tadqiqot natijalaridan, Gazeta va jurnallardan, xorij mamlakatlari qonun hujjatlaridan maqsadli havolalar berildi. Ushbu mavzuni o`rganish qanchalik muhim ekanligi aks ettirildi. Kalit so`zlar: Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (ayrim hollarda MCHJ, GmbH), BOI hisobot tizimi (Beneficial ownership information), ustav fondi. REGISTRATION OF LIMITED LIABILITY COMPANIES: A COMPARATIVE ANALYSIS OF THE LEGISLATION OF THE USA, GERMANY, AND UZBEKISTAN Ulug‘bek Rustamovich Choriyev Tashkent State University of Law Faculty of Public Law, 2nd-year student e-mail: [email protected] ANNOTATION This article discusses the procedures for registering limited liability companies under the laws of the United States and Germany. It outlines the distinctive features of the registration Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 394 process in these countries, analyzes how these features are integrated into their legal systems, and evaluates their respective advantages and disadvantages. Based on this comparative analysis, the author considers the feasibility of incorporating similar elements into the legislation of Uzbekistan and proposes reasonable recommendations. The relevance of the article lies in the fact that limited liability companies are among the most common forms of legal entities in many jurisdictions. The establishment of clear and effective registration norms positively influences a country’s economic performance and helps to improve business legislation. The article draws on the views of foreign and national scholars, academic research findings, newspapers, journals, and foreign legal acts. The importance of thoroughly studying this topic is emphasized. Keywords: Limited Liability Company (LLC, GmbH), Beneficial Ownership Information (BOI) Hisobot System, Charter Capital. РЕГИСТРАЦИЯ ОБЩЕСТВ С ОГРАНИЧЕННОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТЬЮ: СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА США, ГЕРМАНИИ И УЗБЕКИСТАНА Улугбек Рустамович Чориев Ташкентский государственный юридический университет Факультет публичного права, студент 2 курса e-mail: [email protected] АННОТАЦИЯ В статье рассматриваются процедуры регистрации обществ с ограниченной ответственностью (ООО) в соответствии с законодательством США и Германии. Описываются особенности процесса регистрации в этих странах, анализируется, как данные особенности реализованы в их правовых системах, а также оцениваются их преимущества и недостатки. На основе сравнительного анализа автор рассматривает возможность внедрения аналогичных положений в законодательство Узбекистана и предлагает обоснованные рекомендации. Актуальность темы объясняется тем, что общества с ограниченной ответственностью являются одной из самых распространенных форм юридических лиц в различных странах. Установление четких и эффективных норм регистрации оказывает положительное влияние на экономическое развитие и способствует совершенствованию законодательства в сфере предпринимательства. В статье приведены ссылки на мнения отечественных и зарубежных ученых, результаты научных исследований, статьи из газет и журналов, а также на нормативно-правовые акты иностранных государств. Подчеркивается значимость глубокого изучения данной темы. Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 395 Ключевые слова: Общество с ограниченной ответственностью (ООО, GmbH), система отчетности о бенефициарных владельцах (BOI hisobot), уставной капитал. KIRISH. Hammamizga ma’lumki, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar juda uzoq yillardan beri barcha davlatlarda tadbirkorlar uchun eng qulay va xavfsiz yuridik shaxs sifatida ko`rib kelinadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ancha uzoq yillardan beri deyarli barcha davlatlar qonunchiligidan o`z o`rnini egallay oldi. Albatta,har bir yuridik shaxsning “dunyoga kelishi” ular ro`yxatdan o`tkazilgandan keyin vujudga kelgani kabi mas’uliyati cheklangan jamiyatning ham davlat ro`yxatidan belgilangan tartiblarda o`tkazilishi ularning vujudga kelishiga sabab bo`ladi. Bu haqida huquqshunos olim Rahmonqulov ham o`z asarlarida ta’kidlab o`tadi, ya’ni: “Jamiyatni davlat ro`yxatdan o`tkazish jamiyatning paydo bo`lishi jarayonini yakunlaydi” 1 . Shunday ekan, ushbu ro`yxatdan o`tkazish jarayonini va qoidalarini o`rganish juda muhim hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, biz ushbu maqolada asosan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish masalalarini tahlil qilamiz. Hozirgi davlatlar tajribasida bu bo`yicha turli davlatlarda turlicha tartiblarni ko`ramiz, bu esa o`z navbatida “Qaysi amaliyot eng qulayi?” degan savolni o`rtaga tashlaydi. METODOLOGIYA Ushbu tadqiqotning maqsadi sun’iy intellekt tomonidan yaratilayotgan obyektlarga nisbatan mualliflik huquqini kimga berishga oid nazariy va amaliy muammolarni tadqiq qilishdir. Tadqiqotning asosiy maqsadi ushbu muammolarni tahlil qilish asnosida ularga oid turli yechimlarni analiz qilish va ularning kamchiliklarini ko`rsatib o`tgan holda maqbul yechimni topishdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun muallif ilmiy tadqiqotning qiyosiy tahlil, mantiqiy tahlil kabi bir qancha usullarni qo`llagan. TADQIQOT NATIJALARI AQSH qonunchiligi tahlili. Tadqiqotlarimizni AQSH amaliyoti bilan boshlaymiz. Bunda AQSH davlat tuzilish shakli federatsiya bo`lganligi uchun ham ro`yxatdan o`tkazishning har bir shtatda alohida tartibi o`rnatilgan. Biz bu tartib-qoidalarni Delavare shtati qonunchiligi asosida ko`rib chiqamiz. Delavare shtatining “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to`g`risida” gi qonuniga ko`ra, ro`yxatdan o`tkazishda quyidagi normalar mustahkamlangan. Mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etish uchun bir yoki bir necha shaxslar ta’sis sertifikatini to`ldirishi kerak. Bunda quyidagi ma’lumotlar to`ldiriladi: 1) Mas’uliyati cheklangan jamiyatning nomi; 2) Mas’uliyati cheklangan jamiyatning manzili va uning registratsiya agentining manzili; 3) Ishtirokchilar xohishiga ko`ra boshqa masalalar 2 . 1 Х. Р. Размонкулов, С. С. Гулямов. Корпоратив хукук. Хукукшунослик олий укув юртлари учун дарслик. - Т.: ТДЮИ, 2007. 512 - 6. 2 https://delcode.delaware.gov/title6/c018/sc02/index.html Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 396 Bunda registratsiya agenti deyilganda huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega bo`lgan va ularni ro`yxatdan o`tkazadigan har qanday shaxs yoki tashkilot tushuniladi. Registratsiya agentligi bo`yicha turli xususiy tashkilotlar mavjud bo`lishidan tashqari, MCHJ tuzayotganlardan birortasini ham agent sifatida ko`rsatish mumkin. Shuningdek, ro`yxatdan o`tkazishda quyidagilar ham talab etiladi: 1) Ta’sis hujjatini ro`yxatdan o`tkazish (articles of association) 2) Ustav tuzish;(Operational agreement) 3) Soliq to`lovchining id raqamini olish; 4) Bank akkaunti ochish; 5) BOI hisoboti topshirish. BOI to`liq shakli - beneficial ownership information bo`lib, o`zbek tilida foydali egalik to`g`risida ma’lumotlar deb tarjima qilish mumkin. BOI hisobotining asosiy maqsadi pul yuvish, soliqdan qochish va boshqa shu kabi bir qator moliyaviy jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan. Ma’lumki, korporativ huquqda yuridik adabiyotlarda korporativ nazoratning ikkita turi keltiriladi: Ex ante – kompaniya tashkil etilishidan oldingi nazorat va Ex post – kompaniya tashkil etilishidan keyingi nazorat. BOI hisoboti nafaqat ex ante nazoratning, balki ex post nazoratni ham amalga oshirishning muhim kafolati hisoblanadi. Bu hisobot 2024-yil 1-yanvardagi “Korporatsiyalar shaffofligi to`g`risida” gi qonun asosida ishlab chiqildi va 2024-yil 1-yanvardan mavjud kompaniyalar uchun ham, yangi ochilayotgan kompaniyalar uchun ham majburiy sifatida belgilandi. Bunda foydali egalik qiluvchilar, ya’ni MCHJ da 25 foizdan katta ulushga ega bo`lganlar haqida to`liq ma’lumot fincen portali orqali topshirish majburiy qilib belgilandi 3 . Shuningdek, hisobot topshirish uchun aniq muddatlar ham ushbu qonunda aniq qilib belgilab beriladi. 2024-yil 1-yanvar sanasidan oldin MCHJ ochgan biznes egalari bir yil muddat ichida, ya’ni 2025-yil 1-yanvargacha ushbu hisobotni topshirishi kerak. 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 1yanvar oralig`ida biznes ochganlar 90 kun ichida, 2025-yil 1-yanvardan keyin ochilgan MCHJ lar esa 30 kun ichida topshirishi majburiy etib belgilandi. Belgilangan muddatdan o`tkazib yuborish kuniga 500 dollar jarima yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sabab bo`lishi belgilandi. BOI hisobot tizimiga o`xshash tizim Buyuk Britaniya amaliyotida ham mavjud. Buyuk Britaniya amaliyotiga ko`ra bu People of Significant Control (PSC) deb ataladi va xuddi AQSH dagidek, 25 foizdan ortiq ulushga ega ishtirokchilar haqida boshlang`ich va davomiy hisobot topshirish nazarda tutiladi. Germaniya qonunchiligi tahlili. Germaniya roman-german huquqiy oilasiga mansubligi uchun ham, Germaniya qonunchiligi o`zbek olimlari tomonidan ko`proq muhokama qilinishi ma’lum. Germaniya “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to`g`risida” gi qonunga ko`ra eng e’tiborni tortuvchi talab – bu minimal ustav kapitali 4 . Ya’ni Germaniyada MCHJ ochish 3 https://www.fincen.gov/sites/default/files/shared/Corporate_Transparency_Act.pdf 4 https://www.gesetze-im-internet.de/englisch_gmbhg/ Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 397 uchun eng kamida kapitali – 25,000 yevro (kamida 12,500 yevro jamiyat ro‘yxatdan o‘tkazilguncha to‘lanadi) ustav kapitali bo`lishi qonunga ko`ra talab etiladi. Germaniya olimlarining asarlariga ko`ra minimal ustav kapitali talabi Germaniya qonunchiligiga 1892yildayoq, hali endi MCHJ qonunchilikka kiritilgan yillarda joriy etilgan. Shuningdek, Timothy W. Guinnane buni o`z asarlarida yoritib bergan, ya’ni 1892-yilgi MCHJ ochishda ham 20,0000 mark kapital bo`lishi va uning 5,000 mark qismi korporatsiya ochilishiga to`lanishi kerak 5 . Shulardan kelib chiqqan holda bizningcha, hozirda Germaniya qonunchiligida mavjud 25,000 yevro minimal ustav kapitali talabi qo`yilishiga quyidagi asoslar mavjud: Birinchidan, bu Germaniyaning huquqiy qadriyatlarini qonunchilikka singdirilishi sifatida e’tirof etiladi. Bunda Germaniya huquqiy qadriyatlaridagi tizimlilik, rasmiylik kabi g`oyalar alohida e’tirof etilishi kerak; Ikkinchidan, kreditorlar huquqlari himoyasi. Cheklangan javobgarlik kafolat bilan kelishi shart prinsipi asosida kelib chiqadi. Biroq, bunda AQSH olimlari asarlarini o`qiydigan bo`lsak, ularda minimum share capital qo`yilmasligiga sabab sifatida kreditorlar huquqlari himoyasiga kuchli shartnoma huquqi orqali erishish g`oyasini ilgari surishadi. Shunday bo`lsa-da, ko`pchilik 25000 yevro talabi tufayli MCHJ ochish ko`pchilik yangi biznes egalari uchun muammoli bo`lishini ta’kidlashadi. Aynan shuning uchun Germaniyaning “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to`g`risida” gi qonuniga 2008-yilda kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra qonunda MCHJ larning ikki turi keltirildi: Mas’uliyati cheklangan jamiyat - GmbH (Gesellschaft mit beschränkter Haftung) va kichik Mas’uliyati cheklangan jamiyat – UG yoki mini GmbH (Unternehmergesellschaft). Aynan kichik mas’uliyati cheklangan jamiyatlar yangi biznes boshlaganlar uchun qulay variant sifatida aytish mumkin. Chunki atigi 1 yevro ustav kapitali yetarli hisoblanadi. Ammo UG shunchaki asosiy MCHJ uchun poydevor sifatidagina ko`riladi va ular ham asta-sekin GmbH ga 25000 ustav kapitali bilan aylanadi. Bunga sabab sifatida esa UG shaklidagi bizneslar investorlar uchun kamroq jozibali hisoblanishini keltirishimiz mumkin. Endi Germaniya qonunchiligidagi MCHJ ni ro`yxatdan o`tkazishning umumiy bosqichlarini sanab o`tamiz: Birinchi bosqich, zaruriy hujjatlar tekshiruvi, GmbH nomini tanlash, maqsadini tanlash va bu bo`yicha ta’sis hujjatlari (Gesellschaftsvertrag) tayyorlash; Ikkinchi bosqich, notarial tasdiqlatish; Uchinchi bosqich, bank hisob raqami ochish; To`rtinchi bosqich, Gewerbeampt – tadbirkorlarni ro`yxatdan o`tkazish sayti orqali ro`yxatdan o`tish; Beshinchi bosqich, soliqdan ro`yxatdan o`tish; 5 Guinnane, Timothy W., "Creating a New Legal Form: The GmbH" (2020). Discussion P apers. 1078. https://elischolar.library.yale.edu/egcenter-discussion-paper-series/1078 Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 398 Oltinchi bosqich, faoliyatga doir zaruriy litsenziyalar bo`lsa, ularni olish; Yettinchi bosqich, majburiy sug`urtalarni olish. Germaniya ijtimoiy sug`urta juda keng tarqalgani uchun majburiy sug`urtalar MCHJ lar uchun ham tatbiq etiladi. Xususan, bizness javobgarligi sug`urtasi, kiber himoya sug`urtasi vhkz. O`zbekiston qonunchiligi tahlili. O`zbekiston Respublikasi “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to`g`risida” gi qonunga umumiy holatda ustav kapitalining minimal miqdori belgilanmagan, biroq qonunning 14-moddasida “Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin” degan norma mavjud. MCHJ larni ro`yxatdan o`tkazish esa 2017-yil 9-fevralda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 66-sonli qarori asosida amalga oshiriladi. Ushbu qaror Prezidentning tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini tubdan takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida ularning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida bevosita muloqot qilmaydigan shakllaridan foydalanishni jadal rag‘batlantirish maqsadida qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2646-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Unga ko`ra, tadbirkorlarni ro`yxatdan o`tkazishning bir darcha elektron tizimi ishlab chiqildi va ro`yxatdan o`tish protsessi soddalashtirildi. Xususan ayni 66-sonli qarorda keltirib o`tilgan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibi to`g`risida” gi nizomga 1-ilovada tadbirkorlik subyektlarini ro`yxatdan o`tkazish sxemasi tasdilangan. XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish borasida soddalashtirilgan, tezkor va zamonaviy yondashuvga ega. Ammo bizningcha quyidagi takliflar orqali tizimni yanada takomillashtirish maqsadga yanada muvofiq bo`lar edi: Birinchidan, AQSH va Britaniya davlatlari tajribasi asosida Korporatsiyalar shaffofligi bo`yicha qonunchilikni yanada takomillashtirish. Bunda BOI tizimini ko`rib chiqqan holda, qonunchilikka yangi normalar kiritish va bu orqali faqat ex ante emas, ex post nazorat tizimini ham kuchaytirishga harakat qilish zarur. Bunda onlayn monitoring tizimlarini kuchaytirish va bu orqali turli jinoyatlar sonini kamaytirishga erishishni maqsad qilish zarur. Ikkinchidan, Minimal ustav kapitali bo`yicha iqtisodiy holatni va uning qadriyatlar masalasini hisobga olganda Konstitutsiyadagi erkin tadbirkorlik tamoyillariga rioya qilgan holda iqtisodiy barqarorlikka erishgungacha hozirgi pozitsiyada turish va asta-sekin majburiy ustav kapitaliga o`tish masalasini ko`rib chiqish. Albatta, bu bo`yicha bahsli Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 399 masalalar bisyor, xususan, Szalai, Akosning asarida ham bir qator davlatlarda minimal ustav kapitali qo`yilishi talabini shunchaki samarasiz degan argument asosida qonunchilikdan chiqarib tashlayotganini ta’kidlaydi 6 . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Х. Р. Размонкулов, С. С. Гулямов. Корпоратив хукук. Хукукшунослик олий укув юртлари учун дарслик. - Т.: ТДЮИ, 2007. 512 - 6. 2. https://delcode.delaware.gov/title6/c018/sc02/index.html - AQSH Delavare shtatining “Ma’suliyati cheklangan jamiyatlar to`g`risida” gi qonuni. 3.https://www.fincen.gov/sites/default/files/shared/Corporate_Transparency_Act.pdf - AQSHning 2024-yil 1-yanvarda qabul qilingan “Korporatsiyalar shaffofligi to`g`risida” gi qonuni. 4. https://www.gesetze-im-internet.de/englisch_gmbhg/ - Germaniyaning “Ma’suliyati cheklangan jamiyatlar to`g`risida” gi qonuni. 5. Guinnane, Timothy W., "Creating a New Legal Form: The GmbH" (2020). Discussion P apers. 1078. 6. Szalai, Akos, Reducing Minimum SHARE Capital in Limited Liability Companies: A Basic Model (December 2007). Hungarian Association for Law and Economics Working Papers No. 6, Available at SSRN: https://ssrn.com/abstract=1414127 or http://dx.doi.org/10.2139/ssrn.1414127 6 Szalai, Akos, Reducing Minimum SHARE Capital in Limited Liability Companies: A Basic Model (December 2007). Hungarian Association for Law and Economics Working Papers No. 6, Available at SSRN: https://ssrn.com/abstract=1414127 or http://dx.doi.org/10.2139/ssrn.1414127