BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSIDA NUTQIY KOMPETENSIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Full text
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 203 DOI: https://10.5281/zenodo.17522064 BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSIDA NUTQIY KOMPETENSIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI B.D. Haydarova magistrant, BuxDUPI, Buxoro Ta’lim tizimida o‘quvchilarni bilim olishi,ularni bilimgaqiziqtirish birinchi o‘rinda turishini barcha juda yaxshi biladi. O‘quvchi o‘qituvchi bergan har bir bilimini yaxshi o‘zlashtirishi,ularni chuqur darajada o‘rganishi uchun turli xil metodlarni qo‘llash kerak bo‘ladi. Yangicha metod yoki innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish haqida so‘z ketganda interfaol metodlarning o‘quv jarayonida qo‘llanilishi, tushunilishi bejiz emas. Hozirgi vaqtga kelib, ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari va usullari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning interfaol metodlari va usullarini qo‘llash, o‘qitish jarayonida yuqori natijalarga erishishga olib keladi. Bu metod va usullarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqqan holda tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Faqatgina o‘qituvchi emas, balki o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quvchi ham dars jarayonida faol bo‘lishi hozirgi kunning talablaridan biri hisoblanadi. Bolalarga dars jarayonlarini turli xil ko‘rnishdagi metodlar,usullar orqali, o‘yinlar orqali ularga tushuntirib ularni psixikasiga mos dars jarayonlarni tashkil qilishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dars jarayonida o‘quvchilarni zerkitib qo‘ymaslik uchun ularga turli xildagi metodlar va usullar asosida dars jarayonni tashkil qilishimiz lozimdir. Hattoki, ma’lum bir kitobni o‘qiganda ham sahifalarida turlicha mazmunda bo‘lishini ko‘ramiz. Masalan: L.N.Skatkinning “Metodika” kitobi bilan tanishganda, kitobning boshida metodikaning umumiy masalalariga tegishli bo‘lgan, boblarida muallifning tilida ko‘plab metod so‘zini uchratish mumkin. Lekin, xususiy masalalariga bag‘ishlangan boblarida muallif “metod” so‘zining o‘rniga “usul” so‘zini qo‘llagan. O‘qitishning interfaol metodlarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchining soni, ta’lim oluvchining imkoniyatlari, o‘quv muassasasining o‘quv
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 204 moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi,ta’limning izchilligi, o‘qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tibordan nazarda qolmaydi. Interfaol metodlar va usullar degandata’lim oluvchini faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga chorlovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi va o‘rganiladi. Bu metod va usullar ishlatilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga undaydi. jadallashtirishga asoslangan hisoblanadi. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini hal qilish va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi va shakllanadi. O‘yin texnologiyalaridan tashqari interfaol metodlardan “Aqliy hujum”, “6x6x6”, “Bahs-munozara”, “Savol bering”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Burchaklar metodi”, “Kubiklar”, “Pinbord”, “Bumerang”, “Skarabey”, Roven diagrammalari”, “Blits-o‘yin”, “Klaster”, “Loyihalash”, “Zanjir”, “Insedent”, “Sinkveyn”, “Muzyorar”, “Debat” kabilarni sanab o‘tish mumkin. Bu metodlar sinfda o‘rganiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni yaratishga, mavzuni muhokama qilish asosida bahs – munozara orqali muammo yechimini topishda yaqindan yordam beradi. “Fikriy hujum” metodi A.F. Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib,uning asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash,har qanday luqma va hazilmutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muffaqiyatli foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi. “Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog‘ida o‘quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg‘ulot bir soatga qadar tashkil etilishi mumkin. “Yalpi fikriy hujum” metodi J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni bir necha o‘n nafar o‘quvchilardan iborat sinflarda qo‘llash mumkin. Metod o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladei. Har biri 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 205 yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haiqda guruh a’zolaridan biri axborot beradi 40 . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1.Abdullayeva Q. Nutq o‘stirish. – T.:O‘qituvchi, 1980.66-bet 2. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojiboyeva R.N. Mustaqil fikrlash. – T.:Sharq, 3. Muhiddinov A.G‘. O‘quv jarayonida nutq faoliyati. – T.: O‘qituvchi, 1995. 78bet References 1. Abdullayeva Q. Nutq o‘stirish. – T.:O‘qituvchi, 1980.66-bet www.ziyonet.uz www.wikipedia/interfaol 40 Copyright © 2018 -Talabalar uchun Majmua Sitemap E-darslik.tdpu.uz