ALISHER NAVOIY ASARLARINING TURKIYA ADABIYOTI VA ADABIYOTSHUNOSLIGIGA TA'SIRI
Abstract
Buyuk shaxsiyat bo‘lgan Alisher Navoiyning yozgan asarlari nafaqat o‘zbek xalqining ma’naviy boyligi, balki dunyoda o‘z ahamiyati va qadriga ega ekanligi hech kimga sir emas. Xususan, qardoshlarimiz turk xalqining ham mehrini, e’tiborini qozongan. Turkiyada Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha ko‘pgina tadqiqotlar o‘tkazilgan. Ushbu maqolada mana shu tadqiqotlarga bir nazar tashlaymiz.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 171 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17522292 ALISHER NAVOIY ASARLARINING TURKIYA ADABIYOTI VA ADABIYOTSHUNOSLIGIGA TA’SIRI Ashirmatova Madina Zafar qizi Magistr ashirmat[email protected] ANNOTATSIYA Buyuk shaxsiyat bo‘lgan Alisher Navoiyning yozgan asarlari nafaqat o‘zbek xalqining ma’naviy boyligi, balki dunyoda o‘z ahamiyati va qadriga ega ekanligi hech kimga sir emas. Xususan, qardoshlarimiz turk xalqining ham mehrini, e’tiborini qozongan. Turkiyada Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha ko‘pgina tadqiqotlar o‘tkazilgan. Ushbu maqolada mana shu tadqiqotlarga bir nazar tashlaymiz. Kalit so‘zlar: g‘azal, nazira, devon, Hirot, Onado‘li. ABSTRACT It is no secret that the works of Alisher Navoi, a great personality, are not only the spiritual wealth of the Uzbek people, but also have their importance and value in the world. In particular, our brothers have won the love and attention of the Turkish people. Many studies have been conducted in Turkey on the works of Alisher Navoi. In this article, we take a look at these studies. Key words: ghazal, nazira, devan, Herat, Onadoli. Hozirgi Turkiya bilan Alisher Navoiyning ma’naviy aloqalari ijodkorning hayotlik davrlaridan boshlangan. Navoiy asarlarini tushunish uchun yaratilgan “Abushqa” lug‘atining ham turk xalqi tomonidan tuzilganligi ham so‘zimning isbotidir.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 172 Shuningdek, Alisher Navoiyning bevosita Usmonli turk sultonligi bilan ham aloqalari tarix zarvaraqlaridan joy olgan. Shu sababdan bu ma’naviy aloqlarni quyidagicha davrlarga bo‘lib olishimiz mumkin. • Alisher Navoiyning bevosita o‘zining Usmonli turklar bilan ma’naviy aloqasi • Shoir yashagan davrda G‘arbdagi turk muxlislarining Navoiy ijodiga munosabati • XIX asrdagi Turkiyadagi Navoiy asarlari ustidagi tadqiqotlar • Hozirgi zamon matnshunosligida Alisher Navoiy asarlarining o‘rganilishi Alisher Navoiyning Sulton Boyazid II zamonida shaxsan o‘ziga 33 dona g‘azal yuborib, bularga Usmonli shoirlari tarafidan nazira yozilishi istagani va Ahmad Posho ham bu g‘azallarga naziralar yozgani haqida ma’lumotlar mavjud. Bu bilan birga Alisher Navoiyning g‘azallariga ko‘plab usmonli devon adabiyoti shoirlari naziralar bog‘lagan. Buni quyidagi bir g‘azal misolida ko‘rishimiz mumkin. Yo Rab, o‘lg‘on chog‘da jonim jismi vayrondin judo Ul bo‘lub mundin judo, sen bo‘lmag‘il andin judo, Chun judo bo‘lsam meni g‘amnok yo‘qu bordin Ne g‘amim, sen bo‘lmasang men zori hayrondin judo. Naqdi jon chiqqanda imon gavharin ko‘nglumga sol, Aylagil jondin judo, lek etma imondin judo. Xonumondin oyirib, qilg‘anda zindon ichra hibs Qilma lutfung men aloxonu alomondin judo. Hashr g‘avg‘osi aro osiylig‘img‘a rahm qil, Lutf ila ilgim tutub, qil ahli isyondin judo. Garchi o‘ldum kofiri ishq ahli islom ichra qot, Ul zamonkim bo‘lg‘usi kofir musulmondin judo. Elga maxlas istasang, yetti tamug‘ni ayla kul, Aylabon bir shu’la bu ohi duraxshondin judo. Jannat istab aylaganlarni ibodat qilmag‘il Kavsaru to‘biyu qasru huru rizvondin judo.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 173 Barchadin ayru Navoiyg‘a qilib vasling nasib, Qilmag‘il, yo Rab, ani mundin, muni andin judo. (Badoye ul-vasat 5-g‘azal) Alisher Navoiyning ushbu g‘azaliga Onadolida ilk nazira yozgan shoir Ja’far Chalabeydir. Faqatgina Ja’far Chalabey boshqa bir naziralarda bo‘lgani kabi nazirasining qofiyasini o‘zgartiradi va “-enden” shakliga o‘zgartiradi. 1 Ja’far Chalabey: Halümi sorma benüm cana nedür senden cüda Hali nolur andelibün düşse gülşenden cüda CÇ202-8 Suniy: Ta ki oldı ol tabib-i can ü dil benden cüda Sabr u sıhhat dostum olmışdurur tenden cüda Suni 2-1 Cemlili: Ya Rab ol dem kim kılur-sen cismimi candın cüda Kılmagıl bu na-tüvan könlümni imandın cüda Cemili 78 Muhyi: Olmasun bir can cihanda aşk-ı canandan cüda Ana ansuz can dimen bir tendür ol candan cüda Muhyı 19a İshhaq Çelebi: Ben garib oldum gül yüzlü yarumdan cüda Bülbulem guya ki düşdüm nev-baharumdan cüda İÇ112-2 2 1 Yusuf Çetindağ; Ali Şir Nevainın Batı Türkçesi divan edebiyatına tesiri tesiri (XVI. Yüzyıl Sonuna Kadar). Ankara 2002 2 Yusuf Çetindağ; Ali Şir Nevainın Batı Türkçesi divan edebiyatına tesiri (XVI. Yüzyıl Sonuna Kadar). Ankara 2002
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 174 Alisher Navoiyning G‘arb turk devon adabiyotiga ta’siri ko‘p o‘rganilgan va ko‘plab ilmiy ishlarga zamin hozirlagan mavzu. Shulardan biri Yusuf Chetintog‘ning “Ali Şir Nevâî’nin Batı Türkçesi Divan Edebiyatına Tesiri (XVI. Yüzyıl Sonuna Kadar)” nomli doktorlik dissertatsiyasidir. Ushbu olimning bir qator qiziqarli ilmiy izlanishlari mavjud ulardan biri “ Ali Şir Nevai’nin Osmanlı şirine ve Kanuni Sultan Süleyman’a tesiri ve sebepleri üzerine” nomli maqolasidir. 1 Maqolada Sulton Sulaymonning Alisher Navoiyning g‘azallariga yozgan naziralari va Hirot va Onado‘li ortasidagi aloqlar haqida tarixiy ma’lumotlar keltiriladi. Alisher Navoiyning muxlislari tomonida tuzilgan “Abushqa” lug‘ati haqida yuqorida biroz ma’lumot berdik. Ammo bu yagona manbaa emas. Turkiyadagi ko‘pgina kutubxonalarda shoir asarlari qo‘lyozmalari borligi, ular ustida ko‘pgina fikrlar yuritilgani, g‘azallariga nazirlar bitilgani so‘zimizning isbotidir. O‘sha zamon Usmonli shoiri Dukakinzoda Yahyo Bey “Gulshani Anvor” nomli masnaviysida Navoiyni shunday tanitadi: Mır Nevayi gül-i bi-hardur Hamsesi bir niife-i tatardır Sözleridür ışk odmun sarsan Her biri bahr-i gazelün gevheri Vasfedemem zat-ı hırad-mendini Ayn-ı Acem görmedi manendini Gerçi saklı oldı velı zer gibi Sözlerinün kıymeti gevher gibi 2 XIX asrda Usmonli siyosatining bir yakuni o‘laroq Sharq Turkiyoti yangidan xotirlandi. Navoiyning asarlari Onadoluda bosildi. Ahmat Vaqif Posho tomonidan 1872-yilda nashr qilingan “Mahbubul Qulub” asari buning bir misolidir. 3 1 Yusuf Çetindağ; Ali Şir Nevai’nin Osmanlı şirine ve Kanuni Sultan Süleyman’a tesiri ve sebepleri üzerine. Fatih üniversitesi Osmanlı araştırmaları, XXVI (2005) 2 Canım,Rıdvan; Türk kültür ve edabiyatında Ali Şir Nevayi ve Türkiyede Ali Şir Nevayi çalışmaları. A. Ü. Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü Dergisi. Erzurum 2002, s.19 3 Kesin, Tüğçe Nur; Tasavvufi ve Edebi Yönleriyle Ali Şir Nevayi. Gazi Türkiyat. Ankara 2022
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 175 Hozirgi zamonda ham Turkiyada Navoiyshunoslik yo‘nalishida ko‘pgina ilmiy izlanishlar olib borilyapti. Buyuk olim qardoshimiz Vahit Turk bu haqida o‘z alohida maqolalarida to‘xtalib o‘tib, shu kungacha qilingan ilmiy ishlarni klassifikatsiya qilib chiqqanlar. Maqolaning nomi “Türkiyede Ali Şir Nevayi çalışmaları” 1 . Unda ilmiy ishlar quyidagicha bo‘lingan: I. Yüksek Lisans Tezleri – Magistrlik dissertatsiyasi 26ta II. Doktora Tezleri – Doktorlik dissertatsiyasi 18ta III. Makaleler – Maqolalar 281 ta IV. Ansiklopedi MaddeleriJurnallardagi maqolalar 11ta V. Lehçelerden Aktarma Makaleler – Lahjalardan tarjima maqolalar 19ta VI. Çeviri Makaleler – Tarjima maqolalar 10ta VII. Bildiriler – Tesizlar 48ta VIII. Kitaplar – Kitoblar 57ta IX. Aktarma KitapTarjima kitob 2ta X. Çeviri Kitap – 1ta Maqolada umimiy 473 ta ilmiy izlanishlar ro‘yxati keltiriladi. Alisher Navoiyning buyuk merosi o‘rganilgani sari ma’nolari kashf etilib boradigan ma’naviy xazina desak xató bo‘lmaydi. Maqolada yoritganimdek buyuk bobomizning yozgan asarlari o‘z davridan boshlab humdorlar saroyini e’tiborini tortgan va hozirda ko‘plab ilmiy izlanishlarga asos bo‘lib kelmoqda. 1 Vahit Türk; Türkiyede Ali Şir Nevayi çalışmaları. Türk Dünyası Dil ve Edebiyat Dergisi Sayı/Issue: 52 (Güz-Spring 2021) - Ankara, TÜRKİYE
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 176 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Sirojiddinov, Shuhrat. 2019. Matnshunoslik saboqlari. -T.: Adabiyot. 2. Yusuf Çetindağ; Ali Şir Nevainın Batı Türkçesi divan edebiyatına tesiri (XVI. Yüzyıl Sonuna Kadar). Ankara 2002 3. Yusuf Çetindağ; Ali Şir Nevai’nin Osmanlı şirine ve Kanuni Sultan Süleyman’a tesiri ve sebepleri üzerine. Fatih üniversitesi Osmanlı araştırmaları, XXVI (2005) 4. Canım,Rıdvan; Türk kültür ve edabiyatında Ali Şir Nevayi ve Türkiyede Ali Şir Nevayi çalışmaları. A. Ü. Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü Dergisi. Erzurum 2002, s.19 5. Kesin, Tüğçe Nur; Tasavvufi ve Edebi Yönleriyle Ali Şir Nevayi. Gazi Türkiyat. Ankara 2022 6. Vahit Türk; Türkiyede Ali Şir Nevayi çalışmaları. Türk Dünyası Dil ve Edebiyat Dergisi Sayı/Issue: 52 (Güz-Spring 2021) - Ankara, TÜRKİYE