G'AFUR G'ULOM: HAYOT, IJOD VA MA'NAVIY MEROS
Abstract
Maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi G‘afur G‘ulomning hayoti, ijodi va ijtimoiy-ma'naviy faoliyati yoritiladi. Unda shoirning bolalik davri, ta'limi, o‘qituvchilik va jamoatchilik ishlari bilan bir qatorda, she'riy va nasriy asarlaridagi realizm, insonparvarlik hamda ma'naviyat g‘oyalari tahlil qilinadi. “Shum bola” qissasi va “Sen yetim emassan” kabi asarlar misolida G‘afur G‘ulom ijodining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va bugungi dolzarbligi asoslab beriladi.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 193 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17522458 G‘AFUR G‘ULOM: HAYOT, IJOD VA MA’NAVIY MEROS Sevinch Uktamova Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi. [email protected] Annotatsiya: maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi G‘afur G‘ulomning hayoti, ijodi va ijtimoiy-maʼnaviy faoliyati yoritiladi. Unda shoirning bolalik davri, taʼlimi, o‘qituvchilik va jamoatchilik ishlari bilan bir qatorda, sheʼriy va nasriy asarlaridagi realizm, insonparvarlik hamda maʼnaviyat g‘oyalari tahlil qilinadi. “Shum bola” qissasi va “Sen yetim emassan” kabi asarlar misolida G‘afur G‘ulom ijodining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va bugungi dolzarbligi asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: G‘afur G‘ulom, o‘zbek adabiyoti, realizm, “Shum bola”, maʼnaviyat, insonparvarlik. Аннотация: в статье рассматриваются жизнь, творчество и общественно-нравственная деятельность одного из крупнейших представителей узбекской литературы XX века — Гафура Гуляма. Освещаются его детские годы, обучение, педагогическая и общественная деятельность, а также анализируются идеи реализма, гуманизма и духовности, отражённые в его поэтических и прозаических произведениях. На примере повести «Озорник» («Shum bola») и стихотворения «Ты не сирота» («Sen yetim emassan») обосновывается место творчества Гафура Гуляма в узбекской литературе и его актуальность в современную эпоху. Ключевые слова: Гафур Гулям, узбекская литература, реализм, «Озорник», гуманизм, духовность.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 194 Abstract: this article explores the life, literary creativity, and socio-moral activities of Gafur Gulom, one of the prominent representatives of twentieth-century Uzbek literature. It highlights his childhood, education, pedagogical and public work, and analyzes the ideas of realism, humanism, and spirituality reflected in his poetic and prose works. Through the examples of “Shum Bola” (“The Naughty Boy”) and “Sen yetim emassan” (“You Are Not an Orphan”), the article substantiates Gafur Gulom’s contribution to Uzbek literature and emphasizes the enduring relevance of his works today. Keywords: Gafur Gulom, Uzbek literature, realism, Shum Bola, humanism, spirituality. Kirish XX asr o‘zbek adabiyoti o‘zining sermahsul ijodkorlari bilan ajralib turadi. Ular orasida G‘afur G‘ulom milliy adabiyotimiz tarixida alohida o‘rin egallaydi. Shoir, yozuvchi, tarjimon va jamoat arbobi sifatida u nafaqat o‘zbek adabiy jarayonini boyitdi, balki milliy tafakkur va maʼnaviyat rivojiga ham katta hissa qo‘shdi. Uning asarlarida xalq hayoti, inson ruhiyati, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik va realizm g‘oyalari chuqur ifodasini topgan. G‘afur G‘ulomning adabiy merosi o‘zbek xalqining tarixiy o‘zligini, ruhiy dunyosini va maʼnaviy qadriyatlarini aks ettiruvchi badiiy manbadir. “Shum bola”, “Sen yetim emassan”, “Netay” kabi asarlari o‘zbek nasrining yuksak namunalaridan bo‘lib, ularning barchasida bolalik, orzu, mehr va ezgulik timsollari orqali inson qalbining go‘zal tomonlari yoritilgan. Mazkur maqolada G‘afur G‘ulomning hayoti, ijodiy yo‘li, asarlaridagi asosiy g‘oyalar va ularning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Gʻafur Gʻulom 1903-yilning 10-may sanasida Toshkent shahrining Qoʻrgʻontepa mahallasida, dehqonlar oilasida dunyoga kelgan. Oilaning ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lib, u to‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida esa onasidan yetim qolgan. 1 Bu holat uning erta mehnatga kirishishiga va mustaqil hayot yo‘lini tanlashiga 1 https://oz.sputniknews.uz/20230417/gafur-gulom-33983006.html
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 195 sabab bo‘ladi. Dastlab u mahalliy eski maktabda, keyinchalik esa rus-tuzem maktabida tahsil olgan. Bu maktablar orqali u sharqona an’anaviy taʼlim bilan bir qatorda, rus tilidagi zamonaviy bilimlarga ham ega bo‘lgan. 1916-yil kuzida Gʻafur o‘qishni davom ettirish maqsadida yangi maktabga kiradi. Onasining vafotidan so‘ng esa u butunlay mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishga majbur bo‘ladi. U turli kasblarda o’zini sinab ko‘radi. Nihoyat, matbaada harf teruvchi (noshir) sifatida ish boshlaydi. Bu kasb uning adabiyot va kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada chuqurlashtiradi. 1919-yildan 1927-yilgacha Gʻafur Gʻulom xalq taʼlimi sohasida faoliyat yuritadi. U maktab o‘qituvchisi, so‘ngra maktab direktori, shuningdek, Maʼnaviyat uyushmasi ishchilari raisi sifatida ishlaydi. Uning bu davrdagi faoliyati yosh avlodni tarbiyalash, savodsizlikka qarshi kurashish va maʼnaviyatni oshirishga qaratilgan edi. Uning ijodida realistik ruh, xalq hayotining tiniq aks ettirilishi, ijtimoiy haqiqatga sodiqlik ustuvor o‘rin tutadi. Gʻafur Gʻulom sheʼriyatda soddalik, mazmuniy teranlik va ijtimoiy masʼuliyatni birlashtira olgan shoir sifatida tanilgan. Uning sheʼrlari va qissalari orqali xalq hayoti, urf-odatlari, muammolari chuqur tasvirlangan. Gʻafur Gʻulom 1920-yillarning boshidan boshlab oʻzining she’riy faoliyatini boshlaydi. Uning dastlabki asarlarida ijtimoiy hayot manzaralari, bolalik yillari ogʻrigʻi va jamiyatdagi muammolar poetik ifodasini topadi. Jumladan, 1923-yil yozilgan „Feliks farzandlari“ nomli she’rida u mehrsiz qolgan yetim bolalarning holatiga to‘xtaladi, aslida bu obrazlar orqali shoir oʻz shaxsiy hayotidagi fojiaviy kechinmalarni ham aks ettiradi. 1 Bu davr she’riyatida Gʻafur Gʻulom realizmga tayanadi, jamiyatdagi o‘zgarishlarni oddiy xalq hayoti orqali ko‘rsatishga intiladi. Shu yillarda adibning „Goʻzallik qayerda“ nomli ikkinchi she’ri ham matbuotda chop etilib, o‘zbek she’riyatida estetik izlanishlar doirasini kengaytiradi. Shoir goʻzallikni nafaqat tabiatda, balki inson maʼnaviy dunyosida, mehnatda, maʼrifatda izlaydi. Urush yillarida Gʻafur Gʻulom insoniylik, mehr-oqibat va jamiyat oldidagi mas'uliyat g‘oyalarini chuqur yoritgan. „Sen yetim emassan“ (1942), „Sogʻinish“ (1942), „Biri biriga shogird, biri biriga ustod“ (1950), „Sizga“ (1947), 1 https://oz.sputniknews.uz/20230417/gafur-gulom-33983006.html?
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 196 „Bahor taronalari“ (1948) kabi she’rlarda ota-onalarning bolalarga boʻlgan muhabbati, yurt oldidagi burch hissi, tarbiya va kamolotga oid falsafiy mushohadalar aks etgan. Ayniqsa, „Sen yetim emassan“ she’rida ota-ona mehridan mahrum qolgan bolaga jamiyat tomonidan ko‘rsatilayotgan mehr, g‘amxo‘rlik ifodalangan. Bu asar o‘zbek poeziyasida ijtimoiy g‘amxo‘rlik timsoli sifatida qaraladi. Shoirning nasriy ijodi ham adabiyotimizda salmoqli o‘rin tutadi. „Netay“ (1930), „Yodgor“ (1936), „Shum bola“ (1936–1962) kabi qissalarda o‘zbek xalqining mentaliteti, kundalik hayoti, xarakteri yumor, tanqid va ijobiy g‘oyalar bilan birga tasvirlanadi. „Hiylai shar’iy“ (1930) va „Mening oʻgʻrigina bolam“ (1965) kabi hikoyalarda esa shoir jamiyatdagi ijtimoiy illatlar, kamsitish, befarqlik va adolatsizlikka qarshi badiiy vositalar bilan kurashadi. U xalqning tabiiy aql-zakovati, hayotiy tajribasi orqali bu muammolarga yechim topishga intiladi. Gʻafur Gʻulom ijodining eng yorqin namunalardan biri – “Shum bola” (1936) qissasi hisoblanadi. Ushbu asar avtobiografik qissa bo‘lib, unda yozuvchining bolalik davri, Toshkent shahrining XX asr boshlaridagi ijtimoiy hayoti, o‘zgaruvchan voqealar tiniq va jonli tarzda tasvir etilgan. Asar o‘zining gumanizmi, qahramon xarakterining tabiiy yetilishi va bolalarcha soddalik bilan yozilgan uslubi orqali oʻquvchilarning qalbidan joy olgan. “Shum bola” oʻzbek bolalar adabiyotining mumtoz namunalaridan biri bo‘lib, bugungi kungacha dolzarbligini yo‘qotmagan. 1 G‘afur G‘ulomning shaxsiyati va ijodiy qiyofasi haqida zamondoshlari, ayniqsa, taniqli yozuvchi Said Ahmadning “Yo‘qotganlarim va topganlarim” asarida bildirgan fikrlari alohida e’tiborga loyiqdir. Ushbu asarda Said Ahmad G‘afur G‘ulomni yuksak insoniy fazilatlar, xalqona soddalik va mehr-muruvvat sohibi sifatida tasvirlaydi. Muallifning yozishicha, G‘afur G‘ulom insonni teran his etuvchi, uning dardini so‘zsiz anglay oladigan, har bir kishiga iliqlik bilan munosabatda bo‘lgan inson edi. Adib shoirning ijodiy faoliyatiga baho berar ekan, uni XX asr o‘zbek adabiyotining tayanch ustunlaridan biri, xalqning ruhini, tilini va tafakkurini adabiyotga olib kirgan ijodkor sifatida e’tirof etadi. Uning fikricha, G‘afur G‘ulom o‘z asarlari orqali o‘zbek xalqining 1 Saydulla Mirzayev. XX asr o‘zbek adabiyoti. – Toshkent: “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2005.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 197 ruhiy olamida yashayotgan mehr, insonparvarlik va vatanparvarlik g‘oyalarini yuksak badiiy ifoda bilan namoyon eta olgan. Yozuvchi shuningdek, G‘afur G‘ulomning ustozlik fazilatlarini ham alohida ta’kidlaydi. U shoirni yosh avlodga faqat ijodiy mahorat emas, balki odamiylik, halollik va hayotga mehr bilan qarashni o‘rgatgan inson sifatida ko‘rsatadi. Said Ahmad o‘z xotiralarida shunday yozadi: “Men G‘afur akadan faqat yozishni emas, odam bo‘lishni ham o‘rgandim. U kishi bilan suhbatning o‘zi bir maktab edi.” 1 Shuningdek, muallif G‘afur G‘ulomning yumori va hayotga kulgu bilan qarash qobiliyatini ham chuqur hayrat bilan eslaydi. U shoirning kulgisi ortida insoniy og‘riq, hayotiy tajriba va dard yashiringanini ta’kidlaydi. Shoir hayotdagi og‘irliklarni kulgi bilan yengib o‘tgan, xalq dardini quvonch bilan yoritgan ijodkor sifatida talqin qilinadi. Xulosa Xulosa qilib atsih mumkinki, G‘afur G‘ulom ijodi o‘zbek adabiyotining tarixida milliy badiiy tafakkurning yangi bosqichini boshlab bergan, o‘z davrining ijtimoiymaʼnaviy jarayonlarini yuksak badiiy ifoda vositasida aks ettirgan yirik hodisadir. Uning asarlarida xalq hayoti, insoniy tuyg‘ular, milliy o‘zlik va maʼnaviy qadriyatlar uyg‘unlashgan. Shoir ijodini o‘rganish orqali biz nafaqat XX asr o‘zbek adabiyotining taraqqiyot bosqichlarini, balki o‘sha davrning ijtimoiy hayotini, xalq tafakkurini ham chuqur anglash imkoniga ega bo‘lamiz. U o‘zining badiiy mahorati bilan real hayotni haqqoniy tasvirlash, inson ruhiyatining nozik qirralarini ochib berish, jamiyatdagi o‘zgarishlarni adabiyot orqali ifodalashda katta muvaffaqiyatga erishdi. Adib ijodi bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Uning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar zamonaviy o‘zbek jamiyatida maʼnaviy barkamollik, insonparvarlik, vatanparvarlik va milliy g‘ururni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan adib — bu o‘zbek xalqining maʼnaviy tarixi, ruhiy kuchi va adabiy tafakkurining yuksak namunasi bo‘lib, uning asarlari kelajak avlodlar uchun ham o‘z qimmatini saqlab qoladi. Adibning hayoti va ijodini o‘rganish — milliy adabiyotimiz taraqqiyoti, xalqimiz maʼnaviyatining ildizlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi. 1 Said Ahmad. Yo‘qotganlarim va topganlarim. — Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2000.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 198 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Sputnik Uzbekistan. (2023, April 17). G‘afur G‘ulom — hayoti va ijodi. https://oz.sputniknews.uz/20230417/gafur-gulom-33983006.html 2. Uzbekistan Travel. (n.d.). G‘afur G‘ulom House-Museum. https://uzbekistan.travel/en/o/gafur-gulyam-house-museum/ 3. Muhaz.org. (n.d.). G‘afur G‘ulom (1903–1966). https://muhaz.org/gafur-gulom-1903-1966.html 4. European Journal of Interdisciplinary Research and Development. (2023). G‘afur G‘ulom is a patriotic writer. Vol. 13. https://ejird.journalspark.org/index.php/ejird/article/view/446 5. Akademiklar.uz. (n.d.). Qodir G‘ulomov (1945 — ) — fizik olim, O‘zbekiston FA akademigi. https://akademiklar.uz/gulomov-qodir-gafurovich 6. Milliycha.uz. (n.d.). Qodir G‘ulomov — Milliylik, millat ko‘zgusi. https://milliycha.uz/ru/gulomov-qodir-gafurovich 7. Said Ahmad. Yo‘qotganlarim va topganlarim. — Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2000. 8. G‘ulom, G‘. Tanlangan asarlar. — Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2012.