OILAVIY MUNOSABATLARDA SHAXS DUNYOQARASHINING SHAKLLANISHI.
Abstract
Oilaviy munosabatlar shaxs dunyoqarashini shakllantirishda asosiy rol oʻynaydi, chunki oiladagi mehr-shafqat, oʻzaro hurmat va qoʻllab-quvvatlash bolaning axloqiy-ruhiy qiyofasini belgilaydi. Ota-onaning tarbiya uslubi, oilaviy qadriyatlar va turmush tarzi bolaning dunyoqarashiga bevosita ta'sir koʻrsatadi. Dastlabki ijtimoiy muhit sifatida oilada bola oʻzining "men" tuygʻusini shakllantiradi, atrofdagilar bilan munosabatlarni oʻrganadi va oʻziga xos dunyoqarashini yaratadi.
Full text
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 411 OILAVIY MUNOSABATLARDA SHAXS DUNYOQARASHINING SHAKLLANISHI. Quva tumani 56-maktabgacha ta`lim tashkiloti psixologi Qurbonova Gulmira Xamidjon qizi Annatotsiya Oilaviy munosabatlar shaxs dunyoqarashini shakllantirishda asosiy rol oʻynaydi, chunki oiladagi mehr-shafqat, oʻzaro hurmat va qoʻllab-quvvatlash bolaning axloqiy-ruhiy qiyofasini belgilaydi. Ota-onaning tarbiya uslubi, oilaviy qadriyatlar va turmush tarzi bolaning dunyoqarashiga bevosita ta'sir koʻrsatadi. Dastlabki ijtimoiy muhit sifatida oilada bola oʻzining "men" tuygʻusini shakllantiradi, atrofdagilar bilan munosabatlarni oʻrganadi va oʻziga xos dunyoqarashini yaratadi. Kalit so‘zlar: Oila, dunyoqarash, fe’l-atvor, xulq, ijtimoiy muhit,men, munosabatlar,rol, farzand tarbiyasi,qo‘llab-quvvatlash,o‘zaro hurmat. Inson shaxsini tarkib toptirish oilaning ilk psixologik muhitidan boshlanadi, xususan boladan xarakter, iroda, odatlar, fe'l-atvor, xulq, tevarak atrofga munosabat e'tiqod qarashlar, qiziqishlar vujudga keladi. Ma'lumki oila-bu ijtimoiy-tarixiy belgiga ega bо`lgan muayyan tuzilishli sosial guruxning ko`rinishidir. Chunonchi, uning a'zolarini qarindosh urug‘chilik, nikox, turmush sharoiti birligi odob-axloq umumiyligi ma'naviy extiyojlar mosligi muayyan yo`nalishning ustivorligi kabi aloqalar o`zaro bog`lab turadi. Oila murakkab ijtimoiy gurux bulib, ideologik va psixologik munosabatlarning uzviy birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababdan turmushdagi va oila a'zolari munosabatlaridagi o`zgarishlar uning moddiymaishiy, ijtimoiy negizi o`zgarishiga bevosita bog`liqdir Bolalar va ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlar birinchi qarashda ko‘rinadiganidan ko‘ra muhimroq va murakkabroqdir, ular bolaning psixikasi va shaxsiyatining rivojlanishi uchun juda jiddiy oqibatlarga olib keladi. Ota-onalarning bolaga bo‘lgan munosabatlarining tabiati uning nafaqat ota-ona oilasidagi mavqeiga ta'sir qiladi, balki keyinchalik uning oilaviy hayotida ham o‘z aksini topadi. Oilada yashovchi bola shaxslararo munosabatlarda katta tajriba to‘playdi. Oiladagi ijobiy hissiy muhit nafaqat oila haqida to‘g‘ri tasavvurni shakllantirishga, balki bolaning ruhiy salomatligini saqlashga ham yordam beradi. Bolalar, hissiy vositalar orqali kattalarning atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga munosabatini idrok etadilar. Shunday qilib, ota-onalar bolaning g‘oyalarini shakllantiradilar, bu esa o‘z navbatida kulgi, g‘azab, imo-ishoralar va yuz ifodalari bilan javob beradi . Shuningdek, bolada har bir oila individual ekanligi va unga o‘xshash oilalar yo‘qligi, o‘z oilangizni qanday bo‘lsa, shunday sevishingiz kerakligi haqidagi tushunchani
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 412 shakllantirish muhimdir. Shu bilan birga, bola oiladagi o‘z rolini, ota-onasiga va boshqa oila a'zolariga qanday yordam berishini tushunishi kerak. Bolani har bir oila a'zosining taqdirida ishtirok etishga, so‘rovlarga va yaqinlarining ahvoliga javob berishga o‘rgatish kerak Bolalarning oila, oilaviy an'analar, birgalikda dam olish, oiladagi rollarni taqsimlashning ijobiy namunasi, oilaning asosiy a'zolari - ona va otaning funksional majburiyatlari haqidagi g‘oyalarini kengaytirish muhimdir. Oilaviy hayotni barpo etish bo‘yicha birgalikda tashkil etilgan tadbirlar oila tarixini o‘rganish, oila a'zolarining kundalik hayotdagi faoliyatini tahlil qilish, oilaviy an'analar va bayramlarni yangilash orqali kichik yoshdagi o‘quvchilarda oila haqidagi tushunchalarni kengaytirishga yordam beradi.Oilada har tomonlama sogʻlom muhitni qaror toptirishda quyidagi ijtimoiy pedagogik-psixologik, maʼnaviy-madaniy mezonlarga amal qilishni tavsiya sifatida maqsadga muvofiq deb yondashishimiz mumkin: yoshlarni sportga, jumladan, oilaviy sportga ijobiy munosabatini shakllantirishga erishish; • farzandlarda hayotiy faoliyatni oqilona tashkil etish va reproduktiv madaniyatni shakllantirishga erishish; • Oilada sogʻlom turmush tarzini asosiy omil sifatida xalqimizning oʻziga xos anʼanalari va qadriyatlarini oʻrganish va keng targʻib etish; • Ota-onalarning farzand tarbiyasi yuzasidan masʼuliyatini, salohiyatini, savodxonligini, ota-onaning pedagogik-psixologik layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini taʼminlash; • Oilada maʼnaviy va jismoniy yetuk avlodni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish; • Oilaviy munosabatlarda farzandlarning umumadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish. Xulosa qilib aytganda, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy missiya yuklangandir. Bola tarbiyasi eng ogʻir ijtimoiy vazifa ekanligi ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qoʻyilganida esa bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning taʼsiri sezilarli boʻladi. Taʼlim muassasalari va mahalla-kuy, umuman, ijtimoiy sfera muhiti inson farzandini to hayotining soʻngi daqiqasigacha taʼqib qilib boradi. Shu boisdan, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish, nafaqat shaxsiy hayotda, balki, mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar va ularning taraqqiyoti jamiyatning ruhiy va maʼnaviy takomilida ham muhim oʻrin tutadi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir.2-jild. – Т.: «Oʻzbekiston», 2018. – 508 b.
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 413 2. Шахс инқироз ҳолатининг ижтимоий-психологик сабабларини ўрганиш ва уларни бартараф этиш. /Тузувчилар: С.А.Ахунджанова, Н.А.Соғинов ва бошқ. – Тошкент, 1997. – 40 б. 3. Эйдемиллер Э.Г., Добряков И.В., Никольская И.М. Семейный диагноз и семейная психотерапия. Учебное пособие для врачей и психологов. – СПб.: Речь, 2003. - 336 с. 4. Гозман, Л.Я. Психологические проблемы семьи / Л.Я.Гозман, Е.И. Гилягина, // Вопросы психологии. 1985. - № 2. - С. 186. 5. Шоумаров Ғ.Б. Муҳаббат ва оила. –Т.: Ибн Сино, 994.–120 б. 6. Шоумаров Ғ.Б. Оила психологияси: Академик лицей ва касбҳунар коллежлари ўқувчилари учун /Ғ.Б. Шоумаров таҳрири остида. – Т.: “Шарқ”, 2000. – Б. 146-152. 7. М.Файзиева, А.Жабборов. «Оилавий муносабатлар психологияси». «Янги аср авлоди», 2007 йил.