scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSTAQIL O'ZBEKISTONNING JANUBIY KOREYA BILAN IKKI TOMONLAMA MUNOSOBATLARI TARIXI

Shakirova Mubina Abduvoxidovna

Abstract

Mazkur maqolada Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreya Respublikasi bilan o‘rnatgan va rivojlantirgan ikki tomonlama munosabatlari tarixiy jihatdan tahlil qilinadi. Unda 1992-yilda diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilganidan boshlab bugungi kungacha bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ilmiy hamkorlik bosqichlari yoritilgan. Maqolada ikki davlat o‘rtasidagi “strategik sheriklik” va “maxsus strategik sheriklik” darajasiga ko‘tarilgan hamkorlikning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari hamda o‘zaro manfaatli loyihalarning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, Koreya Respublikasining O‘zbekiston iqtisodiyotiga qo‘shgan sarmoyalari, texnologik va ta’lim sohasidagi qo‘llab-quvvatlovi misolida ikki davlat aloqalarining barqaror rivojlanish omillari ko‘rsatib o‘tiladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 69 MUSTAQIL O’ZBEKISTONNING JANUBIY KOREYA BILAN IKKI TOMONLAMA MUNOSOBATLARI TARIXI Shakirova Mubina Abduvoxidovna Millat Umidi Universiteti Business Managament fakulteti 1-kurs talabasi. sakir[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17522915 Annotatsiya. Mazkur maqolada Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreya Respublikasi bilan o‘rnatgan va rivojlantirgan ikki tomonlama munosabatlari tarixiy jihatdan tahlil qilinadi. Unda 1992-yilda diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilganidan boshlab bugungi kungacha bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ilmiy hamkorlik bosqichlari yoritilgan. Maqolada ikki davlat o‘rtasidagi “strategik sheriklik” va “maxsus strategik sheriklik” darajasiga ko‘tarilgan hamkorlikning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari hamda o‘zaro manfaatli loyihalarning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, Koreya Respublikasining O‘zbekiston iqtisodiyotiga qo‘shgan sarmoyalari, texnologik va ta’lim sohasidagi qo‘llabquvvatlovi misolida ikki davlat aloqalarining barqaror rivojlanish omillari ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola yakunida O‘zbekiston–Janubiy Koreya munosabatlarining mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotdagi o‘rni hamda kelajakdagi istiqbollari haqida xulosa berilgan. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, Janubiy Koreya, diplomatik aloqalar, strategik sheriklik, iqtisodiy hamkorlik, ta’lim, madaniy almashinuv, tarix. HISTORY OF BILATERAL RELATIONS OF INDEPENDENT UZBEKISTAN WITH SOUTH KOREA Annotation. This article analyzes the bilateral relations established and developed by the Independent Republic of Uzbekistan with the Republic of South Korea from a historical perspective. It covers the stages of political, economic, cultural and scientific cooperation from the establishment of diplomatic relations in 1992 to the present day. The article analyzes the content of cooperation between the two countries, which has risen to the level of "strategic partnership" and "special strategic partnership", its main directions and the importance of mutually beneficial projects. Also, the Republic of Korea's investments in the economy of Uzbekistan, technological and educational support are used as an example to illustrate the factors of sustainable development of relations between the two countries. At the end of the article, a conclusion is made about the role of Uzbekistan-South Korea relations in regional stability and development, as well as their future prospects. Keywords: Uzbekistan, South Korea, diplomatic relations, strategic partnership, economic cooperation, education, cultural exchange, history. ИСТОРИЯ ДВУСТОРОННИХ ОТНОШЕНИЙ НЕЗАВИСИМОГО УЗБЕКИСТАНА С ЮЖНОЙ КОРЕЕЙ Аннотация. В статье анализируются двусторонние отношения, установленные и развивающиеся между Независимой Республикой Узбекистан и Республикой Южная Корея в историческом аспекте. Охватываются этапы политического, экономического, культурного и научного сотрудничества с момента установления дипломатических отношений в 1992 году до наших дней. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 70 В статье анализируется содержание сотрудничества между двумя странами, достигшего уровня «стратегического партнерства» и «особого стратегического партнерства», его основные направления и значение взаимовыгодных проектов. Также на примере инвестиций Республики Корея в экономику Узбекистана, технологической и образовательной поддержки иллюстрируются факторы устойчивого развития отношений между двумя странами. В конце статьи делается вывод о роли узбекскоюжнокорейских отношений в региональной стабильности и развитии, а также об их перспективах. Ключевые слова: Узбекистан, Южная Корея, дипломатические отношения, стратегическое партнерство, экономическое сотрудничество, образование, культурный обмен, история. Diplomatik munosabatlarning shakllanishi va tarixiy bosqichlar O’zbekiston va Janubiy Koreya o’rtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yil 29-yanvarda o‘rnatilgan. Shu kundan boshlab ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro do‘stona va ishonchli munosabatlar yo‘lga qo‘yildi. 1990-yillarda Janubiy Koreya O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan ilk davlatlardan biri bo‘lib, iqtisodiy va siyosiy sohalarda faol hamkorlikni boshladi. 1994-yil 6iyunda esa ikki davlat poytaxtlarida elchixonalar ochildi, bu esa diplomatik hamkorlikning amaliy bosqichini boshlab berdi va siyosiy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi. 2006-yilda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar “strategik sheriklik” darajasiga ko‘tarildi, 2019-yilda esa ular “maxsus strategik sheriklik” maqomini oldi. Bu holat O‘zbekistonning Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarida yangi bosqichni boshlab berdi. Davlat rahbarlarining muntazam o‘zaro tashriflari, yuqori darajadagi uchrashuvlar, imzolangan bitim va memorandumlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamladi. 2008 yilda Li Myon Bak prezident saylovida g‘alaba qozonib, davlat rahbari lavozimini egallagach, inauguratsiya marosimiga oliy faxriy mehmon sifatida O‘zbekiston rahbarini taklif etdi. 2009 yilning may oyida O‘zbekiston va Janubiy Koreya rahbarlari Toshkentda uchrashdilar. Davlat rahabarlarining har bir uchrashuvi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlab bordi.So‘nggi to‘rt yil davomida esa O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlari ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi boy va sermazmun siyosiy muloqotga asoslangan holda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. 2014 yilda esa Strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Ushbu hujjat respublikalar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalarda munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish imkonini yaratdi.Ikki mamlakatning siyosiy munosabatlari haqida so‘z ketganda, avvalo, davlat rahbarlari o‘rtasidagi samimiy do‘stlikni ta’kidlash kerak. Bu do‘stlik Janubiy Koreya Prezidenti Li Myon Bak Seul meri bo‘lgan yillari boshlangan. Iqtisodiy va investitsion hamkorlik Janubiy Koreya O‘zbekistonning eng muhim iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Koreya kompaniyalari O‘zbekistonning avtomobilsozlik, kimyo, elektrotexnika, tibbiyot, to‘qimachilik va axborot texnologiyalari sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 71 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 2020 yil 30 oktyabr kuni Seul shahrida videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tgan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida o‘z nutqi bilan ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari nutqida jahondagi mushkul vaziyat va global inqiroz sharoitida aynan shunday ko‘p tomonlama muloqot yangi xatar va tahdidlarga samarali qarshi turish uchun imkoniyat yaratib, mamlakatlarimiz barqarorligi, farovonligi va izchil taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qilishini alohida ta’kidladi. Misol uchun, “UzDaewooAuto” (hozirgi “GM Uzbekistan”) korxonasi, “KOGAS”, “Lotte”, “Hyundai Engineering”, “Korean Air” kabi yirik kompaniyalar mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli sarmoya kiritgan. Shu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev xalqaro siyosatning eng muhim jihatlari va mintaqaviy hamkorlik istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi. Muhim yo‘nalishlarda, shu jumladan, Koreya kompaniyalari bilan birgalikda tashkil etilayotgan farmatsevtika klasteri negizida samarali vaksina va zardoblar, kasalliklarni tez va aniq tashxislash tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish taklifi bildirildi. Bundan tashqari, zamonaviy laboratoriyalar yaratish va chegaralardagi sanitariya nazorati punktlarini modernizatsiya qilish, yuqori malakali vrachlarni tayyorlash, tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish korxonalarini tashkil etish, mintaqada epidemiologik vaziyatni monitoring qilish va barvaqt prognozlashtirishning integratsiyalashgan tizimini joriy etish muhimligi qayd etildi. Davlatimiz rahbari Koreya Respublikasini mamlakatimizga raqamli va “yashil” texnologiyalarni keltirishda asosiy hamkorlardan biri deb bilishini alohida ta’kidladi. 2021 yil 28 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazdi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar borasida alohida strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va hamkorlikni har tomonlama kengaytirishni ta’kidladilar. Misol uchun, “UzDaewooAuto” (hozirgi “GM Uzbekistan”) korxonasi, “KOGAS”, “Lotte”, “Hyundai Engineering”, “Korean Air” kabi yirik kompaniyalar mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli sarmoya kiritgan. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida savdo hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. O‘zbekiston Koreya uchun Markaziy Osiyoda ishonchli iqtisodiy hamkor bo‘lsa, Koreya Respublikasi O‘zbekistonning modernizatsiya va innovatsion rivojlanish strategiyasida muhim o‘rin tutadi. Madaniy va ta’limiy aloqalar O’zbekiston va Janubiy Koreya xalqlarini bog‘lab turuvchi eng muhim omillardan biri bu — tarixiy, madaniy va insoniy yaqinlikdir. O’zbekistonda koreys millatiga mansub fuqarolar tinchlikda yashab, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida, madaniy almashinuvni kuchaytiruvchi omil hisoblanadi. Ta’lim sohasida esa, ko‘plab qo‘shma dasturlar amalga oshirilmoqda. Inha University in Tashkent, Bucheon University in Tashkent kabi oliy ta’lim muassasalari ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy va ta’limiy hamkorlikning yorqin namunalaridir. Har yili yuzlab o‘zbekistonlik talabalar Koreyada tahsil olib, zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘zlashtirmoqdalar. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 72 Oliy, kasb-hunar va maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniy meros ob’yektlarini raqamlashtirish va restavratsiya qilish sohalaridagi hamkorlikning joriy va istiqbolli dasturlari ko‘rib chiqildi. Moliya-texnikaviy ko‘mak Joriy yilda janubiy koreyalik hamkorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida jami 400 million dollargacha investitsiyalarni o‘zlashtirilishi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, ikki davlat hamkorligining yangi yo‘nalishi sifatida yuqori texnologik sohalar, shu jumladan energetika, neft-gaz, kimyo va neft-kimyo, farmatsevtika, qayta ishlash sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani modernizatsiya qilish, transport va logistika, turizm va ko‘plab boshqa tarmoqlarda jami qiymati 3,4 milliard AQSh dollardan ziyod bo‘lgan 55 ta yangi loyiha amalga oshiriladi. Bugungi kunga qadar ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 14 raund siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi (oxirgisi 2020 yil 5 noyabrda videoanjuman shaklida o‘tkazilgan). 2018 yil 17 – 18 aprel kunlari Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. 2007 yil noyabr oyidan buyon “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” yillik hamkorlik forumi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2020 yil noyabr oyida Tashqi ishlar vaziri A. Kamilov Forumning 13-yig’ilishida ishtirok etdi. Joriy yil 24 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari B.Abidov hamda Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligining Erkin savdo bitimlari bo‘yicha Bosh direktori Yang Gi Uk videokonferensiya shaklida Erkin savdo to’g’risida Bitim loyihasi yuzasidan navbatdagi sessiyalararo muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar Bitim loyihasini ko‘rib chiqdilar hamda ayrim tovarlarga qo‘llanaladigan tarif cheklovlarini soddalashtirish istiqbollarini muhokama qildilar. Shu bilan birga, Janubiy Koreya O‘zbekiston Respublikasini Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishida ko‘maklashib kelmoqda. Jumladan, O‘zbekistonni Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhga Koreya Respublikasining Jahon savdo tashkilotidagi doimiy vakili janob Li Te Xon raislik qiladi. 2020 yil avgust oyida JST kotibiyat bilan ishchi guruh yig’ilishining 5 raundi o’tkazildi. Xulosa qilib aytganda, diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan buyon Koreya Respublikasi barcha yo‘nalishlarda, xususan amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlarda, xalqaro masalalalarda O‘zbekistonning sinalgan, ishonchli strategik hamkoriga aylandi. O’z navbatida O‘zbekiston bilan siyosiy, iqtisodiy jabhalarda keng aloqalarni yo‘lga qo‘yish Koreya tomoni manfaatlariga ham to‘la mos keladi. Bundan kelib chiqqan holda tomonlar yaqin va uzoq istiqbolda ikki tomonlama aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga harakat qiladilar. Adabiyotlar 1. Xurshidbek Samiyev. O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi hamkorlik natijalari. https://review.uz/uz/post/ozbekiston-va-koreya-respublikasi-ortasidagi hamkorlik natijalari 2. https://nrm.uz/contentf?doc=65253_o%E2%80%98zbekiston_respublikasi_bilan_koreya _respublikasi_o%E2%80%98rtasida_erkin_harakat_qilish_to%E2%80%98g%E2%80%9 ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 73 8risida_o%E2%80%98zaro_tushunish_memorandumi_(toshkent_1994_yil_6_iyun)&pro ducts=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana 3. Sanjar Said. O'zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlari: tenglik, doʻstlik, hamjihatlik, https://kun.uz/uz/news/2015/11/06/ozbekiston-janubiy-koreya-munosabatlari-tenglikdostlik-hamjihatlik 4. O'zbekiston Janubiy Koreya: strategik sheriklikning yangi bosqichi. 2017-yil 24-noyabr