scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ADOLATSIZ HUKM CHIQARISH UCHUN JAVOBGARLIK: O'ZBEKISTON VA GERMANIYA

Axrorova Nasiba Shohnazar qizi

Abstract

Ushbu maqolada Oʻzbekiston va Germaniya qonunchiligida sudyalar tomonidan adolatsiz hukm chiqarish uchun javobgarlik institutlarining chuqur qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqot davomida Oʻzbekiston Respublikasida sudyalar intizomiy javobgarligining konstitusiyaviy va qonunchilikdagi asoslari, Germaniyada rechtsbeugung jinoiy javobgarlik instituti hamda uning tatbiq etilishidagi muammolar, ikki mamlakat qonunchiligidagi oʻxshashliklar va farqlar hamda sudlov mustaqilligini ta’minlash va ayni paytda adolatsiz qarorlar uchun javobgarlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgan. Qiyosiy huquqshunoslik metodologiyasi asosida ikkala huquqiy tizimning afzalliklari va kamchiliklari aniqlanib, O‘zbekiston sud tizimini takomillashtirish bo‘yicha besh dolzarb amaliy taklif ishlab chiqilgan. Maqola nazariy jihatdan qiyosiy sud tizimi tadqiqotiga, amaliy jihatdan esa milliy sud islohotiga muhim hissa qo‘shadi.

Full text

Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 67 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Oʻzbekiston va Germaniya qonunchiligida sudyalar tomonidan adolatsiz hukm chiqarish uchun javobgarlik institutlarining chuqur qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqot davomida Oʻzbekiston Respublikasida sudyalar intizomiy javobgarligining konstitusiyaviy va qonunchilikdagi asoslari, Germaniyada rechtsbeugung jinoiy javobgarlik instituti hamda uning tatbiq etilishidagi muammolar, ikki mamlakat qonunchiligidagi oʻxshashliklar va farqlar hamda sudlov mustaqilligini ta’minlash va ayni paytda adolatsiz qarorlar uchun javobgarlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgan. Qiyosiy huquqshunoslik metodologiyasi asosida ikkala huquqiy tizimning afzalliklari va kamchiliklari aniqlanib, O‘zbekiston sud tizimini takomillashtirish bo‘yicha besh dolzarb amaliy taklif ishlab chiqilgan. Maqola nazariy jihatdan qiyosiy sud tizimi tadqiqotiga, amaliy jihatdan esa milliy sud islohotiga muhim hissa qo‘shadi. Kalit so‘zlar: adolatsiz hukm, sudyalar javobgarligi, rechtsbeugung, intizomiy javobgarlik, jinoiy javobgarlik, qiyosiy huquqshunoslik, sudlov mustaqilligi, sud islohotlari. АННОТАЦИЯ В данной статье представлен углубленный сравнительный анализ институтов ответственности за вынесение неправосудных решений судьями в законодательстве Узбекистана и Германии. В рамках исследования подробно рассмотрены конституционные и законодательные основы дисциплинарной ответственности судей в Республике Узбекистан, институт уголовной ответственности за rechtsbeugung в Германии и ADOLATSIZ HUKM CHIQARISH UCHUN JAVOBGARLIK: O‘ZBEKISTON VA GERMANIYA Axrorova Nasiba Shohnazar qizi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Departamenti xodimi E-mail: [email protected] Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 68 проблемы его применения, сходства и различия в законодательстве двух стран, а также вопросы обеспечения баланса между независимостью судебной власти и ответственностью за неправосудные решения. На основе методологии сравнительного правоведения выявлены преимущества и недостатки обеих правовых систем, разработаны пять актуальных практических предложений по дальнейшему совершенствованию судебной системы Узбекистана. Статья вносит существенный вклад как в теоретическое исследование сравнительных судебных систем, так и в практику национальной судебной реформы. Ключевые слова: неправос удное решение, ответственность судей, rechtsbeugung, дисциплинарная ответственность, уголовная ответственность, сравнительное правоведение, независимость судебной власти, судебные реформы. ANNOTATION This article presents an in-depth comparative analysis of liability institutions for rendering unjust judgments by judges in the legislation of Uzbekistan and Germany. The research comprehensively examines the constitutional and legislative foundations of disciplinary liability of judges in the Republic of Uzbekistan, the institution of criminal liability for rechtsbeugung in Germany and problems of its application, similarities and differences in the legislation of the two countries, as well as issues of maintaining a balance between judicial independence and accountability for unjust decisions. Based on comparative legal methodology, the advantages and disadvantages of both legal systems are identified, and five relevant practical proposals for further improvement of the judicial system of Uzbekistan are developed. The article makes a significant contribution both to the theoretical study of comparative judicial systems and to the practice of national judicial reform. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 69 Keywords: unjust judgment, judicial accountability, rechtsbeugung, disciplinary liability, criminal liability, comparative jurisprudence, judicial independence, judicial reforms. Kirish Zamonaviy demokratik davlatlarda sud tizimining mustaqilligi va adolatliligi davlat boshqaruvining asosiy tamoyillari hisoblanadi. Sud hokimiyati qonunchilik va ijro hokimiyatidan ajralib turadi va faqat qonunga bo‘ysunadi. Biroq sudyalar faoliyati doimo jamiyat nazorati ostida bo‘lib, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Sud qarorlarining adolatli bo‘lishi uchun sudyalarning o‘z vazifalarini vijdonan va professional darajada bajarishi talab etiladi. Adolatsiz hukm chiqarish sud tizimiga bo‘lgan ishonchni buzuvchi, fuqarolar huquq va manfaatlarini buzuvchi eng og‘ir huquqbuzarliklardan biridir. Sudyalar tomonidan qonunga xilof ravishda chiqarilgan qarorlar nafaqat konkret ishtirokchilar, balki butun jamiyatning adolat tizimiga bo‘lgan ishonchiga putur etkazadi. Shu sababli, har bir mamlakat qonunchiligi sudyalar uchun mas’uliyat mexanizmlarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi sud tizimining taraqqiyotida muhim bosqichlardan o‘tgan, biroq turli huquqiy an’analarga ega bo‘lgan mamlakatlardir[10, B. 234-256]. Ushbu tadqiqotning dolzarbligi bir necha omillar bilan belgilanadi. Birinchidan, O‘zbekiston sud-huquq tizimida so‘nggi yillarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda Sudyalar oliy kengashini tashkil etish, sudyalarning mustaqilligini oshirish va ularning sifatli kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator muhim qarorlar qabul qildi. 2019-yilda Sudyalar oliy maktabi faoliyatini boshladi va hozirda sud tizimi uchun yangi avlod kadrlar tayyorlanmoqda [14]. 2024-yilda Sud-huquq tizimini yana ham isloh qilish Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 70 konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu jarayonda xorijiy tajribani o‘rganish va eng yaxshi amaliyotlarni qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, Germaniya rechtsbeugung instituti yuzlab yillar davomida takomillashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda eng yuqori darajadagi huquqiy kafolatlardan biri hisoblanadi [6, B. 2156-2159]. Germaniya Jinoyat kodeksining 339-moddasida belgilangan bu norma sudyalar, prokurorlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan huquqni buzish uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi [3]. Uchinchidan, qiyosiy tahlil orqali har ikki tizimning afzalliklari va kamchiliklarini aniqlash, O‘zbekiston uchun amaliy takliflar ishlab chiqish mumkin. ASOSIY QISM O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 130-moddasi va 136-moddasi birinchi qismiga muvofiq, sudyalar mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunadi va sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga har qanday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi [1]. Bu prinsip sudlov mustaqilligining asosiy kafolati bo‘lishi bilan birga, sudyalarning o‘z zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatini ham belgilaydi. Konstitusiyaning 111-moddasi Sudyalar oliy kengashiga konstitusiyaviy maqom beradi [1]. Ushbu organ sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitusiyaviy printsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi. Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi. 2017-yilda Sudyalar oliy kengashiga konstitusiyaviy maqom berilganligi unga yuklatiladigan vazifalarni mustaqil va samarali amalga oshirilishining muhim konstitusiyaviy kafolati hisoblanadi. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 71 Sudyalar maqomi qonun bilan kafolatlanadi va ular odil sudlovni amalga oshirishda davlat tomonidan himoyalanadi [2]. Biroq, bu mustaqillik cheksiz emas, sudyalar qonun doirasida harakat qilishi va o‘z vazifalari zimmasidan kelib chiqib javob berishi shart. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 10moddasi sudyalarning mustaqilligini ta’kidlab, odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqil ekanligi va faqat qonunga bo‘ysunishlarini qayta tasdiqlaydi. O‘zbekiston qonunchiligida sudyalarning asosan intizomiy javobgarligi belgilangan. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, sudyalarga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy javobgarlik turlari: tanbeh, ogohlantirish va sudyalar vakolatini muddatidan ilgari tugatish [2]. Intizomiy javobgarlikka tortiladigan asoslar qatoriga quyidagilar kiradi: qonunlarni yoki qonun osti hujjatlarini buzish, kasb etikasi normalarini buzish, sudya qasamyodini buzish, sud majlislarida tartibsizlikka yo‘l qo‘yish. Sudyalar oliy kengashi qoshida Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi faoliyat yuritadi [14]. Bu organ sudyalarga nisbatan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi, tekshiruvlar o‘tkazadi va intizomiy javobgarlik chorasini qo‘llash to‘g‘risida tavsiyalar beradi. 2022-yil fevral oyida Sudyalar oliy kengashi qasamyodni buzgan sud raisini vazifasidan ozod etdi. 2022-yilda 4 nafar sudya ishdan bo‘shatildi va 10 nafar sudya mas’uliyatsizligi uchun intizomiy jazoga tortildi [14]. Biroq, O‘zbekiston amaliyotida intizomiy javobgarlik choralarining qo‘llanilishi borasida bir qator muammolar mavjud. Birinchidan, intizomiy huquqbuzarlik tushunchasi qonunda yetarlicha aniq belgilanmagan. Ikkinchidan, intizomiy choralarning samaradorligi past, chunki ular asosan tanbeh va ogohlantirish bilan cheklanadi. Uchinchidan, adolatsiz hukm chiqarish uchun maxsus javobgarlik turi yo‘q. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida sudyalarga nisbatan maxsus jinoiy javobgarlik normasi mavjud. Jinoyat kodeksining 231-moddasi “Adolatsiz Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 72 hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish” deb nomlanadi. Ushbu moddaning birinchi qismiga ko‘ra, oldindan bila turib, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Moddaning ikkinchi qismida og‘irlashtirilgan holat nazarda tutilgan: agar bu harakat odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, aybdor besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bu norma sud qarorlarining adolatliligini ta’minlash va sudyalarning mas’uliyatini belgilash uchun muhim huquqiy vosita hisoblanadi. Bundan tashqari, umumiy normalar, masalan, mansabdor shaxslarning mansab vazifasiga bo‘lgan majburiyatlarini buzishi, mansabdor shaxslarning mansab vakolatlarini oshirib yuborishi, pora olish kabi jinoyatlar uchun ham sudyalar javobgar bo‘lishi mumkin. Fuqarolik sudlari ishi yuritish to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, fuqaronning mehnat, pensiya va uy-joyga doir huquqlarni tiklash, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarib berish, g‘ayriqonuniy hukm qilish, g‘ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortish natijasida etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar da’vogarning yashash joyidagi sudga ham taqdim etilishi mumkin. Bu mexanizm adolatsiz hukm chiqarish natijasida jabrlangan shaxslarning huquqlarini himoya qiladi. Oqlanganga qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortish oqibatida etkazilgan ma’naviy va moddiy zararlarni qoplash bo‘yicha uning huquqlari tushuntirilishi kerak. Amaliyotda esa bu mexanizm sekin ishlaydi va ko‘p hollarda zararni qoplash yillarcha davom etadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston sud tizimida bir qator muammolar mavjud. Sudyalar yuklamasi ham dolzarb muammo hisoblanadi. Sudyalik lavozimlari bo‘sh qolsa, sudlarda ish hajmi ortib, odamlar o‘z ishlarining ko‘rib chiqilishini uzoq kutishiga to‘g‘ri keladi. Bu fuqarolarning huquq va manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, sud jarayonlarida uzilish va kechikishlar Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 73 yuzaga keladi. Qolgan sudyalarga ortiqcha yuklama tushishi natijasida ish sifati pasayishi ehtimoli ham bor. Germaniyada adolatsiz hukm chiqarish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Germaniya Jinoyat kodeksining (Strafgesetzbuch, StGB) 339-moddasiga binoan, sud qarorini chiqarishda huquqni buzgan sudya, boshqa davlat xizmatchisi yoki hakam bir yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan jazolanadi [3]. Bu jinoiy-huquqiy normaning mohiyati shundaki, u nafaqat sudyalarni, balki sud tizimiga ishonchni ham himoya qiladi [6, B. 21572158]. Rechtsbeugung so‘zi nemis tilida “huquqni egish” yoki “huquqni buzish” degan ma’noni anglatadi. Bu tushuncha faqat individual huquqlarni emas, balki butun sud tizimining adolatliligini va ishonchliligini himoya qiladi [7, B. 1-5]. Rechtsbeugung tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: maxsus subyekt – sudya, hakam yoki boshqa mansabdor shaxs; obyektiv tomon – huquqni “egish” harakati; bu harakat sud ishini yuritish yoki hal qilishda sodir etilishi kerak; subyektiv tomon – qasddan sodir etilishi; taraf foydasiga yoki zarariga sodir etilishi. Federal Sud (Bundesgerichtshof, BGH) amaliyotiga ko‘ra, rechtsbeugung faqat amaldor ongli ravishda va og‘ir tarzda qonun va huquqdan uzoqlashganda sodir etiladi [4]. Har qanday noto‘g‘ri huquqni qo‘llash yoki xatolik rechtsbeugung bo‘lmaydi – bu “elementar huquq buzilishi” bo‘lishi kerak [5]. Amaliyotda rechtsbeugung uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak: birinchidan, sudya yoki boshqa mansabdor shaxs huquqni qo‘llashda jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishi kerak; ikkinchidan, bu xato ongli ravishda, ya’ni qasddan sodir etilishi kerak; uchinchidan, bu xato “elementar” bo‘lishi, ya’ni har qanday huquqshunos uchun aniq va shubhasiz bo‘lishi kerak [6, B. 2160-2162]. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 74 Bu yuqori standart sudyalarning professional xatolarini jinoiylashtirmaslikni ta’minlaydi [9, B. 178-189]. Sudya huquqni turlicha talqin qilishi, qonunni noto‘g‘ri tushunishi yoki hatto xato qilishi mumkin – bu rechtsbeugung emas. Faqat ongli va og‘ir ravishda huquqni buzish rechtsbeugung hisoblanadi. BGH ning rechtsbeugung bo‘yicha amaliyoti uzoq vaqtdan beri tanqidiy baholanmoqda. Tanqidchilar Federal Sudning § 339 StGB ni qo‘llashda haddan tashqari cheklovchi ekanligini, bu esa qonunning maqsadlariga mos kelmasligini ta’kidlaydilar. Nemis yuristlari ko‘pchiligi justitsiya tizimi o‘z xatolarini tan olishga tayyorligining yo‘qligini ta‘kidlaydilar. Rechtsbeugung uchun sudlanish jiddiy oqibatlarga olib keladi [3]. Kamida bir yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid qiladi va yuridik martaba ham tugatilishi mumkin. Kimki jinoyat uchun hukm qilinsa, u sudya vazifasidan majburiy ravishda chetlatiladi, xizmat to‘lovlari va pensiya huquqlarini yo‘qotadi. Bunday shaxs prokuror, notarius yoki advokat bo‘lib ishlay olmaydi. Bu oqibatlar rechtsbeugung uchun javobgarlikni juda jiddiy qiladi. Rechtsbeugung tarkibi to‘ldirilmagan deb topilsa, unda § 258a StGB (lavozimda jinoyatni yashirish) bo‘yicha javobgarlik ham istisno etiladi, chunki rechtsbeugung tarkibi “blokirovka” ta’sirini ko‘rsatadi [7, B. 42-45]. Bu esa rechtsbeugung institutining amalda qo‘llanilishini yanada qiyinlashtiradi. O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi eng muhim farq javobgarlik turida. O‘zbekistonda asosan intizomiy javobgarlik mexanizmlari qo‘llaniladi: tanbeh, ogohlantirish va vakolatni tugatish [2]. Bu choralar nisbatan yumshoq bo‘lib, sudyaning professional faoliyatini tugatmasligi mumkin. Germaniyada esa rechtsbeugung to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik bo‘lib, bir yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish, professional faoliyatni tugatish, pensiya huquqlarini yo‘qotish kabi jiddiy oqibatlarga olib keladi [3]. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 75 Biroq, Germaniyada rechtsbeugung uchun yuqori standart qo‘yilgan, ongli va og‘ir tarzda huquqni buzish talab etiladi. Bu sudyalarning oddiy professional xatolarini jinoiylashtirmaslikni ta’minlaydi. O‘zbekistonda esa intizomiy huquqbuzarlik tushunchasi aniq belgilanmagan va kengroq talqin etilishi mumkin. Ikki mamlakat ham sudyalar mustaqilligini ta’minlashga alohida e’tibor beradi, lekin turli usullar qo‘llaydi. O‘zbekistonda Sudyalar oliy kengashining tashkil etilishi sudyalar mustaqilligini oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Kengash sudyalarni tayinlash, qayta tayinlash va lavozimdan ozod qilish vakolatiga ega. Bu vakolat avval to‘liq Prezidentga tegishli edi, lekin endi Prezident bilan kelishilgan holda Kengash tomonidan amalga oshiriladi. Germaniyada sudyalar Richtergesetz (Sudyalar to‘g‘risidagi qonun) asosida tayinlanadi va juda yuqori darajada himoyalangan. Sudya faqat sud qarori asosida lavozimdan chetlatilishi mumkin va bu jarayon juda murakkab. Nemis sudyalari umrbod tayinlanadi va ular faqat jiddiy jinoyat sodir etgan hollarda yoki sog‘lig‘i jiddiy buzilgan taqdirda lavozimdan chetlatilishi mumkin. O'zbekistonda sudyalarning intizomiy huquqbuzarliklari qonunda aniq belgilanmagan, ammo umumiy holda qonun va professional burchlarni buzish sifatida tavsiflanadi. Bu yondashuv moslashuvchanlikni ta‘minlaydi, lekin ayni paytda noaniqlikka ham olib keladi. Qaysi xatti-harakat intizomiy javobgarlikka olib kelishi aniq belgilanmagan. Germaniyada esa rechtsbeugung uchun zarur: ongli va og‘ir tarzda qonun va huquqdan uzoqlashish, oddiy huquqni noto‘g‘ri qo‘llash yoki xato yetarli emas, bu “elementar huquq buzilishi” bo‘lishi kerak [6, B. 2160-2164]. BGH amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, rechtsbeugung uchun isbotlash yuki juda yuqori. Ayblovchi tomon sudya ongli ravishda va og‘ir tarzda huquqni buzganligini isbotlashi kerak.